Venera. Qadim rim mifologiyasida sevgi xudosining nomi «Venera» deb yuritiladigan bu sayyoraning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 108 million kilometrdir. Venera (Sharqda Zuhro nomi bilan tanilgan) orbitasi bo‘ylab sekundiga 35 kilometr tezlik bilan harakatlanib, 225 kunda Quyosh atrofida bir marta to‘la aylanib chiqadi.
Ravshanligi jihatidan Quyosh va Oydan keyin turadigan bu sayyora, juda qadimdan kishilar diqqatini o‘ziga tortib, «qo‘zg‘almas» yulduzlar fonida harakatlanishi birinchi bo‘lib sezilgan «adashgan» yoritkichdir.
1610 yildayoq G. Galiley o‘zi yasagan teleskopda bu sayyorani kuzatib, Oy kabi turli fazalarda bo‘lishini ko‘rdi. Bu hodisa, Venera xam Oy kabi sferik shakldagi osmon jismi ekanligining dastlabki isboti edi. Veneraning kattaligi salkam Ernikicha bo‘lib, diametri 12 ming 100 kilometrni tashkil qiladi.
1761 yil 6 iyunda astronomlar «tong yulduzi» bilan bog‘liq qiziq bir hodisaning guvohi bo‘ldilar: sayyoraning harakati Quyosh diskida proeksiyalandi. Bunday g‘aroyib xodisa taniqli rus olimi M. V. Lomonosov tomonidan sinchiklab kuzatildi. Olim Veneraning Quyosh diskidan o‘tishini kuzatayotib, sayyora qalin atmosfera bilan qoplanganligini aniqladi. Uzoq yillar davomida ana shu qalin atmosfera «paranji» misol Veneraning sirt tuzilishini bizdan yashirib kelardi.
Kezi kelganda shuni aytish kerakki, Veneraning Quyosh diskiga proeksiyalanib o‘tishi, juda kam uchraydigan hodisa bo‘lib, Lomonosovning XVIII asrdagi eslatilgan kuzatishidan so‘ng atigi 3 martagina kuzatildi, uning navbatdagi o‘tishi esa 2004 yilning 8 iyunida bo‘ladi. Sayyoraning sirtini spektral o‘rganishlar, uning atmosferasi, asosan karbonat angidriddan iboratligini ko‘rsatdi.
Sayyorani tekshirishning 60-yillardan boshlangan yangi metodi «tong yulduzi»ga tegishli ko‘p jumboqlarni hal qilishga imkon berdi. Natijada Veneraning o‘z o‘qi atrofida va Quyosh atrofida haqiqiy aylanish davrlari birinchi marta to‘g‘ri aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, sayyoraning aylanish o‘qi uning orbita tekisligiga deyarli tik joylashib (anig‘i 87 gradus) unda Erdagidek yil fasllari kuzatilmaydi. Shuningdek radiolokatsion kuzatishlar Veneraning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri 243 kunga tsngligini hamda u, Quyosh sistemasining sharqdan g‘arbga aylanuvchi yagona sayyorasi ekanligiii ma’lum qildi (boshqa sayyoralar o‘z o‘qlari atrofida g‘arbdan sharqqa aylanadi).
Veneraning bir kuni, ya’ni Quyoshga nisbatan o‘z o‘qi atrofida aylanish davri 117 kunga teng bo‘lib, bir yili uning salkam ikki kuniga teng.
Sayyora atmosferasining ximiyaviy tarkibi, bosimi va haroratiga tegishli aniq ma’lumotlar, bu sayyoraga «sayohat» qilgan sobiq Sovet va AQSh sayyoralararo avtomatik stansiyalari yordamida olindi. Birnnchi bo‘lib, 1961 yili 12 fevralda Veneraga sobiq Ittifoqning «Venera-1» avtomatik stansiyasi yo‘l olib, 97-kuni u sayyoradan 100 ming kilometr naridan o‘tdi. Veneraning Erga yaqin kelgan holatlarida, ungacha masofa 40 million kilometrdan kam bo‘lmasligini e’tiborga olsak, «Venera-1» sayyoramiz «qo‘shnisi»ga qanchalik yaqin borganini tasavvur etish qiyin bo‘lmaydi.
1967 yilda uchirilgan «Venera-4» stansiyasida esa birinchi marta sayyoraga qo‘ndiriluvchi apparat ishga tushirildi. Bu apparat, sayyora atmosferaning 25 kilometrli qalin qatlamini o‘tish paytida, «tong yulduzi» atmosferasiga tegishli ma’lumotlarni Erga uzatib turdi.
Shuningdek, bu apparatga o‘rnatilgan magnitometr yordamidagi o‘tkazilgan o‘lchashlar, Venerada, deyarli magnit maydon yo‘qligini yoki, eng ko‘pi bilan u Yer magnit maydoni kuchlanganligidan 5000 marta kuchsiz maydonga ega ekanligini ma’lum qildi.
1970 yilda uchirilgan «Venera-7»ning qo‘ndiriluvchi apparati Venera sirtiga muvaffaqiyat bilan ohista qo‘ndirildi va 23 minut davomida atmosferaning bosimi, harorati va tarkibiga tegishli ma’lumotlarni o‘lchab turdi.
Ayniqsa, 1975 yil oktyabrida Veneraga sayohatga yo‘l olgan «Venera-9» va «Venera-10», Yer «qo‘shnisi»ni o‘rganish tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu ikkala stansiya sayyoraning birinchi sun’iy yo‘ldoshlari orbitalariga chiqarilib, ularning qo‘ndiriluvchi apparatlari, sayyora sirtining birinchi tasvirlarini Erga uzatdi (23-rasm). Shuningdek, bu apparatlar, sayyoraning sirt tuprog‘ida tabiiy radioaktiv elementlarning miqdorini, shamolning tezligini, bug‘larining atmosferadagi miqdorini, harorati, bosimi va yoritilganliklarini o‘lchadilar.
Xulosa qilib aytganda, Veneraga uchirilgan kosmik apparatlar yordamida uning atmosferasi va sirtiga tegishli quyidagi yangi ma’lumotlar qo‘lga kiritildi: sayyora atmosferasining bosimi juda yuqori bo‘lib, u 90 atmosferani ko‘rsatdi. Uning 97 foizini karbonat angidrid, suv bug‘lari, kislorod esa atigi 1,5 foizni tashkil qilishi ma’lum bo‘ldi. Sayyora sirti yaqinida o‘lchangan harorat +470 gradusgacha (Selsiy shkalasida) etdi. Venera atmosferasida ham Erdagi kabi ionosfera qatlami borligi aniqlandi, u taxminan 140 kilometrcha balandlikda bo‘lib, elektronlarnnng konsentratsiyasi bir kub santimetrda yarim milliondan ortadi. «Tong yulduzi»ning Erga yaia bir «qarindosh»ligi shundaki, uning osmonida ham qalin bulutlar kuzatilib, ularning «tizgini» shamolning qo‘lida bo‘ladi.
Qizig‘i shundaki, sayyora atmosferasida bulutlar bir necha qavatga ega. Asosiy bulutlar qatlamiiing yuqori chegarasi taxminan 65 kilometr, pastki chegarasi esa 48-49 kilometrli balandlikda yotadi. 65 kilometrdan to 85 kilometrgacha oraliqda siyrak tutunsimon qatlam joylashib, ultrabinafsha diapazonda yaxshi ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |