5.14- rasm. Venera va uning tuzilishi
Veneraiing bulutlari, tuzilishiga ko‘ra, bir necha kilometrgacha ko‘rish mumkin bo‘lgan Erdagi siyrak tumanga juda o‘xshab ketadi.
Sayyoraning o‘rtacha zichligi haqida kosmik apparatlari yordamida olingan ma’lumotlar asosida «tong yulduzi»ning zichligi, Mars va Merkuriynikidan ancha ortiqligi aniqlandi.
Uzoq yillar davomida olimlar «boshini qotirgan» sayyoraning asosiy «tilsimi» uning sirtiga tegishli yuqori harorati bo‘ldi. Darhaqiqat, Erga nisbatan Kuyoshga juda ham yaqin bo‘lmagan va qalin atmosfera bilan qoplangan Venera sirtida haroratining bu qadar yuqori +470°S bo‘lishining sababi nimada? — degan tabiiy savol tug‘iladi.
Gap shundaki, garchi sayyoraning qalin «to‘ni» - atmosferasi ichidan Quyosh nurlanishining juda kam miqdorga uning sirtiga o‘tsa-da, biroq bu «to‘n» sirtidan ajralib, kosmik bo‘shliqni «ko‘zlagan» issiqlik nurlanishiga deyarli yo‘l bermaydi. Natijada, «parnik effekti» deyiluvchi bu effekt sayyora sirtining qattiq qizishiga sabab bo‘lgan.
Garchi Veneraning ichki tuzilishiga doir tadqiqotlar hali etarlicha bo‘lmasada yaratilgan ko‘p metodlarga tayangan holda, hozirdayoq uning ichki tuzilishi haqida bir qancha asosli fikrlarni berish mumkin.
Sayyoraning massasi, o‘lchamlari, o‘rtacha zichligi, orbital tezligi hamda xususiy aylanish tezligi va uning yuqori qatlamining harorati rejimi asosida Rossiya olimi Kozlovskaya S. V. «tong yulduzi»ning modelini ishlab chiqdi. Bu modelga ko‘ra sayyora 16 kilometrgacha qalinlikdagi po‘stloqdan, silikat mantiyadan va temir yadrodan tashkil topgan. Silikat mantiya va temirdan iborat yadroning chegarasi taxminan 3224 kilometrli chuqurlikda joylashgan deyiladi.
Shubhasiz, Venera to‘g‘risidagn bu modelni tugallangan deyishga hali erta. Bunday model haqiqatga yaqinlashsin uchun sayyora sirtida kuzatiladigan tektonik yorilishlar va vulqonlarning izlariga aniq javob topish talab etiladi.
Venerada hayot masalasi, uzoq yillar tortishuvlarga sabab bo‘lgan sayyoramiz «yon qo‘shnisi»ning muammolaridan biridir. Bir vaqtlar amerikalik planetolog olim K. Sagan (sayyoraga kosmik apparatlar «qadam ranjida» qilishlaridan ilgari) Venerani yashash mumkin bo‘lgan osmon jismiga aylantirish maqsadida, uning atmosferasini kislorod bilan boyitishning loyihasini tuzdi. U taklif etgan loyihaga ko‘ra, sayyora sirtida bir necha o‘n yillar davomida yashil maydonlarni ko‘paytirish zarur edi. Biroq kosmik apparatlar yordamida olingan sayyoraning fizik tabiatiga tegishli ma’lumotlar, bu masalani hal etish, olim o‘ylaganchalik oson emasligini ma’lum qildi. Gap shundaki, sayyoraning sirtida harorat eslatilganidek Selsiy shkalasida +470° gradusgacha etadi. Bu esa har qanday bizga ma’lum organik molekulalarning mustahkamlik chegarasini buzish uchun etarlidir. Shuning uchun ham Venera sirtida Erdagiga o‘xshash mikroorganizmlarning bo‘lishi, haqiqatdan juda uzoq bo‘lib, ilmiy asoslanmagan. Shu kungacha Veneraning tabiiy yo‘ldoshlari topilmagan.
Mars. Yer tipidagi to‘rtinchi sayyora Mars (Mirrix)ning orbitasi Ernikidan tashqarida yotadi. Uning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 228 million kilometr. Mars Quyosh atrofida aylanayotib, har 780 kunda Erga yaqinlashib turadi. Bunday yaqinlashish qarama-qarshi turish deyiladi. Mars orbitasi ellips shaklida bo‘lganligidan, qarama-qarshi to‘rish paytida uning uzoqligi 55 dan 102 million kilometrgacha o‘zgarib to‘radi. Mars Erga yaqin kelgan hol buyuk qarama-qarshi turish deyiladi. Sayyoraning buyuk qarama-qarshi turshi har 15-17 yilda kuzatilib, oxirgisi 1988 yilda bo‘lgan.
Mars nisbatan kichik sayyora, uning diametri 6775 kilometr, massasi esa 6,441023 kg (Yer massasining 0,107 qismini tashkil qiladi. ¡rtacha zichligi ham Ernikidan ancha kam 3,94 g/sm3. Erkin tushish tezlanishi 3,72 m/s2.
Do'stlaringiz bilan baham: |