Umum va tib psix p65


M uloqot shakl (usul)lari


bet30/99
Sana02.03.2022
Hajmi
#478365
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99
Bog'liq
58c91c3c0773b

M uloqot shakl (usul)lari
Muloqot turlari demokratik, avtoritar, liberal shaklda, 
usulda amalga oshadi. «Demokratik» usulda suhbatlar, muno- 
zaralar, mulohazalar o‘zaro tenglik, o‘zaro hurmat ruhiga 
bo‘ysundirilib, ta’sir o‘tkazish sohalari yashiringan holda bo‘ladi. 
Shu boisdan, tasodifan voqea va hodisalarning sodir bo‘lishi 
turlicha baholanadi, rag‘batlantiriladi yoki jazolanadi. Mana 
bunday odilona amalga oshirilgan muloqot ta’sirida o ‘g‘il- 
qizlarda do‘stlik, dilkashlik, xushmuomalalilik, shaxsiy xatti- 
harakatida va mulohaza yuritishida mustaqillik, shaxsiy qarashlari 
saqlangan holda yangi norma va talablarga moslashish, o‘z 
faoliyati uchun javobgarlik, emotsional zo‘riqish davrida o‘z- 
o ‘zini qo‘lga olishlik kabi muhim fazilatlar paydo bo‘ladi.
Muloqotning yana bir shakli «avtoritar» deb atalib, bunda 
shaxslararo teng huquqlilik, erkin xatti-harakat qilish, tashab- 
buskorlik o‘z ahamiyatini yo‘qota boshlaydi. Masalan, boshliq 
tomonidan xodimlarning yurish-turishi, xatti-harakati ko‘pin- 
cha cheklab qo‘yiladi. Boshliq tomonidan ta’sir o‘tkazishning 
asosiy metodi jazolash hisoblanadi. Biroq onda-sonda rag‘bat- 
lantirish metodidan foydalanilganda ham, u xodimga ma’naviy 
ozuqa bermaydi. Mazkur usul oilada qo‘llanilsa, farzandlarda 
ota-onaga yaqinlik, mehr hissi kamayadi, keyinchalik bu tuyg‘u 
uzoqlashish, «begonalashish» kechinmasiga aylanadi. Oiladagi 
shaxslararo munosabatlar bolalarni qondirmaydi; natijada 
odamovi, tund, ichimdagini top, tashvishlilik, xavotirlilik kabi 
sotsial norma va qoidalarga qiyinchilik bilan moslashishdan iborat 
xarakter xislatlari vujudga keladi. Shu sababdan oila a’zolari ruhiy 
dunyosida simpatiya (yoqtirish), empatiya (hamdardlik), 
samimiylik, xayrxohlik kabi yuksak insoniy his-tuyg‘ular juda 
nursiz ifodalanadi. Ko‘r-ko‘rona va so‘zsiz bo‘ysunishga asoslangan
54


munosabatlar negizida yotgan tarbiyaviy ta’sir qo‘rqoq va irodasi 
kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi.
Muloqot shakli ichida «liberal» usuli ham ko‘zga tashlanib 
turadi. Bu usul muloqot jarayonida murosasoz, ko‘ngilchan 
bo‘lishlik, tashqi ko‘rinishdan iliq psixologik iqlimni, guruhiy 
moslikni o‘zida aks ettirgandek bo‘lib tuyuladi. Afsuski, «libe- 
ral»lik, murosasozlik har qanday vaziyatni til topib hal qilish­
ga, prinsipiallikdan uzoqlashishga, subutsizlikka olib keladi. 
Masalan, ota-onalarning farzandlari bilan bunday munosa- 
batda bo‘lishlari salbiy oqibat sari yetaklaydi: qat’iylik, musta- 
qillik, dadillik va cho‘rtkesarlik singari irodaviy sifatlar farzand- 
lar ruhiy dunyosidan uzoqlashadi. Murosasozlik ta’sirida yosh 
avlod xarakterida munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kelishuv- 
chanlik kabi illatlar tarkib topishi mumkin.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish