XAYOL
50
2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoya-
lanish niyatida;
3) shaxsiy nuqsonlarning tarkibidan;
4) ushalmagan armondan;
5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda;
6) alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda.
Xayolot (fantaziya) turm ushda gavdalanishi mumkin
bo‘lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar
dasturini namoyon etib, u passiv (sust) xayol deb nomlanadi.
Xayolning bundan tashqari aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz,
qayta tiklovchi va ijodiy turlari ham mavjud.
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib, iroda
bilan hech bir bog‘liq bo‘lmagan, jo ‘rttaga «kashf» qilingan,
biroq hayotda gavdalantirishga yo‘naltirilgan obrazlari maj-
muasi «shirin xayol» deyiladi. Odatda, «shirin xayol»da fanta-
ziyaning mahsullari bilan insonning ehtiyojlari o‘rtasidagi aloqa
yengillik bilan yuzaga kelganligi tufayli quvonchli, yoqimli,
qiziqarli narsalar haqida odamlar xayol suradilar. Inson qan
chalik shirin xayolga berilsa, u shunchalik darajada passiv shaxs
sanalib, bu uning nuqsoni hisoblanadi. Goho passiv xayol
ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda quyidagi
holat yuz beradi:
a) ong nazoratining kuchsizlanishi;
b) ikkinchi signallar tizimining susayishi;
d) insonning vaqtincha harakatsizlanishi;
e) uyqusirash kezida;
f) affektiv vaziyatda;
g) tush ko‘rishda;
h) gallutsinatsiyada;
i) patologik holatlarda va h.k.
Passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidek,
aktiv xayol qayta tiklovchi va ijodiy ko‘rinishlarga bo‘linadi.
MULOQOT VA UNING JIHATLARI
Muloqot — odamlar o‘rtasida birgalikda faoliyat ehtiyojla-
ridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p
qirrali jarayonidir. Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli,
51
deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar
davrasida, ular bilan o ‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishini angla-
tib, bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri
muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Insoniy munosabatlar dastlab odamlar o ‘rtasida ro‘y bera
digan fikrlar, his-kechinmalar, tashvish-quvonchlar almashi-
nuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari,
ular o ‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rta-
sida umumiylik, o ‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo
bo‘lib, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan, ayrim
hollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi teskari
reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning
qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi.
Muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir
shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlar-
ning xilma-xilligi namoyon bo‘ladi va shunisi bilan u inso-
niyatni asrlar davomida o ‘ziga jalb etadi.
Shuning uchun ham muloqot, uning jihati, tabiati, texni-
kasi va strategiyasi, muloqotga o ‘rgatish (sotsial psixologik
trening) masalalari bilan shug‘ullanuvchi fanlarning ham
jamiyatdagi o‘rni va salohiyati keskin oshdi. Muloqot hamkor-
likda faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlanishini
o ‘z ichiga olib, bunday m a’lumot almashinuv muloqotning
kommunikativ jihati sifatida ta’riflanadi. Odamlar muloqotga
kirishar ekanlar, uning eng muhim vositalaridan biri sifatida
tilga murojaat qiladilar.
Muloqotning ikkinchi jihatida — munosabatga kirishuvchi-
larning nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki xatti-
harakatlar bilan ham almashinuvi nazarda tutilib, bu muloqot
ning interaktiv jihati deb yuritiladi.
Nihoyat, muloqotning uchinchi jihati perseptiv deb atalib,
bunda munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta
olishlari tushuniladi. Shunday qilib, muloqot jarayonida shartli
ravishda uchta, ya’ni kommunikativ (axborot uzatish), inter
aktiv (hamkorlikda harakat qilish) va perseptiv (o‘zaro birga-
likda idrok etish) jihatlarni alohida ko‘rsatish mumkin. Ana
shu uchta jihatning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi
52
faoliyat va jalb etilgan odamlarning o ‘zaro birgalikdagi
harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |