Buyruqning zaruriy qismlari:
1.
Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma ish qog’ozi qismlari).
2.
Vazirlik, boshqarma nomi.
3.
Muassasaga xos raqami (KTUT bo’yicha).
4.
Hujjat shaklining xos raqami (BXUT bo’yicha).
5.
Muassasa nomi.
6.
Hujjatning nomi (Buyruq).
7.
Sanasi.
8.
Raqami (
№
).
9.
Buyruq chiqqan joy nomi.
10.
Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
11.
Buyruq matni (ilovalari bo’lsa qayd qilinadi).
12.
Rahbar yoki o’rinbosar imzosi.
Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo’lishi lozim. Adliya maslahatchisi
buyruqni ko’rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish
maqsadga qanchalik to’g’ri keladi: buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga hukumat
qarorlariga qanchalik muvofiq keladi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan
ziddiyat yo’qmi yoki ularning qisman takrori bo’lib qolayaptimi?
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda mazmunidan kelib chiqib sarlavha
qo’yiladi (ba’zi qisqa buyruqlarda qo’yilmasligi ham mumkin).
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tarkib
topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoitlar, sabablar
ko’rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, sanasi, raqami
yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo’lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli
bandida ham ko’rsatiladi. Ba’zi buyruqlarni asoslashga xojat bo’lmasligi mumkin,
bunday hollarda ular to’g’ridan-to’g’ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan bosh harflar bilan yoziladigan
“BUYURAMAN” so’zi bilan boshlanadi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga
bo’linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so’ng nuqta qo’yilib, so’z
bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda
bajarish ko’rsatiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“Amalga oshirilsin”,
“ta’minlansin”, “yuklatilsin”, ”hisoblansin”,…). Bajaruvchilar-muassasa yoki tarkibiy
qismlari (bo’limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko’rsatilgan holda) ko’pincha
jo’natish kelishigida qayd qilinadi.Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan
kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko’rsatilishi mumkin. Buyruq
imzo chekilgandan so’ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarning farmoyishda unga
tegishli kuchga kirish muddati aniq ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqning nazorat
qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo’yiladi: «Buyruq ijrosini nazorat qilish
…ga yuklatiladi.» (lavozimi va familiyasi to’liq yoziladi). Kadrlarning shaxsiy tarkibiga
oid buyruq yoki individual buyruqlar biror xodim ishga qabul qilinganda yoki
bo’shatilganda, boshqa bo’limga o’tkazilganda, shuningdek, muayyan xodim
mukofotlanganda, mehnat ta’tiliga chiqqanda va shu kabi hollarda beriladi. Bunday
buyruqlar, odatda, bo’limlar rahbarlari tavsiyanomasi, shaxsiy arizalar va shu kabilar
asosida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |