Jabrlanuvchini so‘roq qilish haqida
BAYONNOMA
10.03.2022 Toshkent shahar
Shayhontohur tumani prokuraturasi prokurori kichik adliya maslahatchisi N.Esonov Shayhontohur tumani prokuraturasining 113-xonasida, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 90-92, 96-108, 114-119-moddalari talablariga rioya qilgan holda jabrlanuvchini so‘roq qildim:
So‘roq boshlandi: soat “14:00”daq.
So‘roq tamomlandi: soat “15:00”daq.
1. Familiyasi, ismi, sharifi: Asqarov Akmal Ahmadjon o’g’li
2. Tug‘ilgan yili, oy va kuni: 11.03.2000
3. Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahar Shayxontohur tumani
4. Millati: oʻzbek
5. Fuqaroligi: O’zbekiston fuqarosi
6. Ma’lumoti, kasbi: o’rta maxsus; vaqtincha ishsiz
7. Yashash joyi, telefon raqami: Toshkent shahar Shayxontohur tumani; +998 94 566 77 88
9. Oilaviy ahvoli: oilali, 1 nafar farzandi bor
10. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat: AA 6526334
11. Ayblanuvchiga (gumondorga) aloqasi: qo’shnisi
O‘zbekiston Respublikasining JPKning 55-moddasi (jabrlanuvchining huquq va majburiyatlari).
Jabrlanuvchi: ko‘rsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; o‘z ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; surishtiruv yoki dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida o‘z hisobidan ko‘chirma nusxalar olish yoki ulardagi ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish; qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv to‘g‘risida arizalar berish hamda yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, birinchi instansiya, apellyasiya, kassasiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan o‘zi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir. Jabrlanuvchi: surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruviga binoan hozir bo‘lishi; haqqoniy ko‘rsatuvlar berishi; haqiqatni aniqlashga dalillarni yo‘q qilish, soxtalashtirish, guvohlarni ko‘ndirishga urinish va qonunga xilof boshqa harakatlar bilan to‘sqinlik qilmasligi; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning talabi bo‘yicha dalillar taqdim qilishi; ishning tergovi va sud majlisi vaqtida tartibga rioya etishi shart.
Jabrlanuvchi: (imzo) A. Asqarov
Men bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning 238-moddasi hamda ko‘rsatuv berishdan bosh tortganlik uchun JKning 240-moddasi bilan javobgarlikka tortilishim to‘g‘risida ogohlantirildim.
Jabrlanuvchi: (imzo) A. Asqarov
Savol: Ko‘rsatuv berish jarayonida advokat xizmatidan foydalanasizmi?
Javob: Yo’q.
Jabrlanuvchi: (imzo) A. Asqarov
Savol: Aytingchi, qaysi tilda ko‘rsatuv berishni xohlaysiz va tarjimon xizmatiga muhtojmisiz?
Javob: O’zbek tilida ko’rsatuv beraman.
Jabrlanuvchi: (imzo) A. Asqarov
Savol: Sizning ko‘rsatuvlaringiz tergovchi tomonidan kompyuter texnika vositasida rasmiylashtirilishiga qarshi emasmisiz? Yoki o‘z ko‘rsatuvlaringizni o‘zingiz yozib berishni xohlaysizmi?
Javob: Qarshi emasman.
Jabrlanuvchi: (imzo) A. Asqarov
Savol: Siz ko‘rsatuvlaringizni o‘zbek tilining qaysi alifbosida, ya’ni lotin yoki kirill alifbosida yozib borilishini xohlaysiz?
Javob: krill alifbosida.
Jabrlanuvchi: (imzo) A. Asqarov
O‘zbekiston Respublikasi JPKning 91, 106-moddalariga binoan so‘roq jarayoni videotasvirga yozib olinishi haqida ogohlantirildim.
Jabrlanuvchi: (imzo) A. Asqarov
Men mazkur jinoyat ishi bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilaman:
Ikki hafta oldin telefonimga bankdan olingan kredit qarzini toʻlash haqida sms keldi va plastik kartamdan 500 ming so’m pul yechildi. To’lovlar tarixini ko’zdan kechirganimda pul Turon bank tomonidan yechilganligini aniqladim. Shundan keyin bankka borib surishtirganimda mening nomimga kredit olingan ekan. Buni bilib uyga borgandimda oila a’zolarimdan so’radim, ammo ularning hech biri olmagan ekan. Shu payt o’tgan oyda qo’shnim G’.Haydarov passport ma’lumotlarim va plastik kartamni olganligi esimga tushdi. U hujjatlarimni mahalladan so’rayapti deb olgan edi. Shu sababli undan gumon qilib uyiga bordim va biz urushib qoldik. U bu ishni men qilmaganman deb turib oldi va menga hech narsani isbotlay olmaysan deb do’q-po’pisa qildi.
Savol: Siz yuqorida bergan ko‘rsatuvlaringizni o‘z xohishingiz bilan bayon qildingizmi?
Javob: Ha.
Savol: Tergov davomida Sizga biror bir shaxs tomonidan jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazildimi?
Javob: Yo’q.
Savol: Yuqorida bayon qilgan ko‘rsatuvlaringizga boshqa qo‘shimcha yoki tuzatishlaringiz bormi?
Javob: Yo’q.
Jabrlanuvchi: (imzo) A. Asqarov
So‘roq qildim: (imzo) N. Esonov
Do'stlaringiz bilan baham: |