92
2.
Eruvchan saqlagich qo‟llansa, bir fazali qisqa tutashish yuz berganda dvigatel qolgan ikki
faza tokida ishlayveradi. Avtomat qo‟llanganda esa har qanday xavfli holatda dvigatelning hamma
fazalari uzilib u ishlashdan to‟xtaydi.
3.
Eruvchan saqlagichni almashtirib qo‟yish uchun ancha vaqt ketadi.
Avtomatni qayta
ishlatish uchun esa ulash knopkasini bosish kifoya.
8.Kontaktor va magnitli ishga tushirgichlar.
Kuchli tok zanjirlarini boshqarish uchun qo‟llanadigan apparatdir.
Kontaktorning tuzilishi ishlash prinsipi yuqorida ko‟rilgan elektromagnit reledan farq qilmaydi,
faqat kontaktor kuchli tok zanjirida, rele esa boshqarish toki zanjirida foydalanishga mo‟ljallangan.
Asinxron dvigatelni boshqarish uchun qo‟llaniladigan o‟zgaruvchan
tok kontaktori sxemada
ko‟rsatilgan. U qo‟zg‟almas po‟lat o‟zak 5 ga o‟rnatilgan elektromagnit cho‟lg‟ami K va
qo‟zg‟aluvchan po‟lat 4 bilan mexanik bog‟langan K
1
, K
2
va K
4
dan iborat apparatdir.
O‟zgaruvchan tok kontaktori bilan o‟zgarmas tok kontaktorlari orasidagi farq shundaki,
o‟zgarmas tok kontaktorining po‟lat o‟zagi yaxlit po‟latdan, o‟zgaruvchan tok kontaktorining po‟lat
o‟zagi esa 0.3-0.5 mm qalinlikdagi elektromagnit po‟lat plastinkalardan tayyorlanadi. Shuning uchun
o‟zgaruvchan tok kontaktorining po‟lat o‟zagi gisteris va vuko toki tufayli o‟rinsiz isrof bo‟ladigan
energiya miqdori ancha kamayadi.
Ma‟lumki, elektromagnit maydonining tortish
kuchi F
em
maydonining magnit yurituvchi kuchi
Iw ning kvadratiga proporsional va po‟lat o‟zaklar orasidagi havo oralig‟ining kvadratiga teskari
proporsional bo‟ladi.
F
em
=aI
2
W
2
/ u
2
0
Bunda a-proporsionallik koeffisienti, I-elektromagnit cho‟lg‟amidan o‟tadigan
tok kuchi, W-
g‟altakdagi o‟ramlar soni, u
0
– qo‟zg‟aluvchi va qo‟zg‟almas po‟lat o‟zaklar orasidagi boshlang‟ich
havo oralig‟i.
Formulaga muvofiq maydonning tortish kuchi F
em
– tok yo‟nalishining o‟zgarishiga, ya‟ni
uning manfiy yoki musbat qiymatiga bog‟liq bo‟lmaydi va doim bir tomonga yo‟naladi.
Shu sababli bu tok kuchi o‟zgaruvchan tok kontaktorlarida ham bir tomonga bo‟ladi. Lekin bu
kuchning amplitudasi F
em
qiymati noldan maksimumgacha o‟zgaruvchi bo‟ladi. Sxemadan ko‟rinib
turibdiki, F
em
qiymati nolga yaqin kelgan oraliq ∆u da prujinaning tortish kuchi F
pr
elektromagnit
kuchi F
em
dan kattadir. Bunda po‟lat o‟zaklar bir-biridan uzoqlashishi yana F
em
> F
pr
bo‟lganda bir-
biriga tortilish yuz beradi, bundan kontaktorning qattiqtitrashi va buzilishiga olib kelishi mumkin.
O‟zgaruvchan tok kontaktorlarining bu kamchiligini yo‟qotish uchun qo‟zg‟almas o‟zakka mis
halqa 4 qisqa tutashtirilgan cho‟lg‟am kiydiriladi.
Magnitli richag tushirgich ham kontaktor kabi kuchli tok zanjirini uzib-ulashda qo‟llaniladi.
Bu ikki
apparatning farqi shuki, magnitli ishga tushirgichda himoya apparati issiqlik relesi ham bo‟ladi.
O‟zlashtirish uchun savollar:
1.
Ijrochi elementlar nima?
93
2.
Elektr ijrochi elementlar qanday tuziladi?
3.
Elektromagnitli ijrochi elementlar qanday vazifani bajaradi?
4.
Pnevmatik va gidravlik ijrochi elementlar qanday funksiyalarni bajaradi?
5.
Rostlovchi organlar vazifasi nimalar?
6.
Rostlovchi organ xarakteristikasi qanday bo‟lishi kerak?
7.
Relelar tuzilishi qanday?
8.
Relelarning qanday turlari bor?
9.
Relelаrning asosiy vazifasi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: