Kirish qismi
Ushbu o‘quv savolini yoritishda mavjud multimedia qo‘llanmasidan foydalaniladi. O‘qituvchi talabalarga avtomatni yoyish va yig‘ish tartibini tushuntirar ekan, ketma-ketlikni yozib olishlarini va avtomatning qismlarini yod olishlarini tavsiya etadi.
Avtomatni to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ishni ko‘rsatib tushuntirib boradi. Svol ustida avtomat qismlarining joylanish ketma-ketligi qismlarni ajratish tartibiga mos kelishi kerak. Mashg‘ulot rahbari Talabalarga avtomatni chap qo‘l bilan ushlash kerakligini, o‘ng qo‘l bilan esa uni qismlarga ajratish lozimligini xam o‘zi ko‘rsatib bajaradi va tushuntiradi. Keyin Talabalarning ichidan xoxish bildirgan 2 nafar o‘quvchiga avtomatni qismlarga ajratish va yig‘ish uchun maxsus stolga taklif qilib ularni xarakatini kuzatib boradi va kerak joylarda tuzatishlar kiritadi. Bu xol vaqti-vaqti bilan boshqa talabalar bilan ham o‘rin almashib qaytariladi. Mashg‘ulot yakunida mashg‘ulot rahbari Talabalardan avtomatning jangovor xususiyatlarini, ajratish va yig‘ish tartibini, asosiy qism va mexanizmlarini aytib berishini so‘raydi. Kichik kalibrli miltiqni o‘ng qo‘lda zatvor ushlagichidan orqaga tortib, stvol qutisining ochilgan joyiga o‘ng qo‘lning bosh va qo‘rsatkich barmoqlari yordamida o‘qni olib uni o‘qdonga solinadi. O‘qni bosh barmoq bilan oldinga, stvolga to‘liq kirguncha yo‘naltiradi, so‘ngra o‘ng qo‘l bilan zatvor yopiladi.
Reja:
1.Qurol - yarog‘ va o‘q dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari.
2.Avtomatning va GP-25 stvolosti granatamyotining vazifasi, jangovar xususiyatlari, umumiy tuzilishi, ishlash usuli.
3.Avtomatni to‘liq va qisman qismlarga ajratish tartibi.
Qurol - yarog‘ va o‘q dorilar bilan ishlaganda xavfsizlik choralari.
Avtomat bilan muomala qilinganda xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilish shart. Ular kuyidagilardan iborat:
1. Mashg‘ulot boshlanmasdan avval avtomat o‘qlanganligini tekshirib ko‘rish zarur.
2. Avtomatni ko‘zdan kechirish, o‘qdonni o‘qlash va bo‘shatishda ehtiyot bo‘lishlik, harakatlar ketma-ketligiga e’tibor berish kerak.
3. Tepkini ezishdan avval stvolni ko‘tarib turiladi.
4. Avtomat xattoki o‘qlanmagan bo‘lsa ham uni odamlarga do‘layish taqiqlanadi; u mashg‘ulotlardan so‘ng saqlagichga qo‘yiladi.
5.O‘qdonni paxtavon patronlar bilan o‘qlashda ularning ichida jangovarlari yo‘qligini tekshirish zarur.
6. Patronlar pistonini zarbalardan saqlash kerak.
7. Otilmay qolgan patronlardan o‘quv patronlari sifatida foydalanish ta’qiqlanadi.
8. O‘zga quroldan otish ta’qiqlanadi.
9. Foydalanish qoidalarini bilmagan quroldan otish ta’qiqlanadi.
10. Komandirning buyrug‘isiz qurolni boshqa shaxsga berish ta’qiqlanadi.
11. Komandirning buyrug‘isiz qurolni qarovsiz qoldirish ta’qiqlanadi.
12. O‘zga shaxsga qurolni berayotganda u o‘qlanmaganligini tekshirib, keyin berish darkor.
13. O‘zga shaxsdan qurolni olgandan so‘ng u o‘qlanmaganligini tekshirib olish darkor.
14. Harakat chog‘ida qurolni tutish qoidalariga rioya qilish darkor (yugurib ketayotganda; avtomobilda ketayotganda va h.).
15. Avtomatni faqat o‘qlashga ruhsat berilganida, 45 gradus burchak ostida yoki nishon tomonga qaratilgan xolda o‘qlash lozim;
16. Otish mashqlarida komandirning buyrug‘iga qat’iy rioya qilinishi shart.
17. Otish maydonida odamlar, hayvonlar va avtomobil vositalari paydo bo‘lgan xollarda mustaqil ravishda otish to‘htatiladi.
18. Otish mashg‘ulotlarida oq bayroq ko‘tarilganida, yong‘in sodir bo‘lganida otish to‘htatiladi.
19. Ruhsat etilmagan joylarda avtomatni yoyish-yig‘ish ta’qiqlanadi.
20. Patronlarni ochish (poroxini olish maqsadida) ta’qiqlanadi.
21. Zanglagan, shakli buzilgan patronlardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |