Ulashing FacebookTwitterTelegram O‘smirlar orasidagi suiqasd holatlari. Jamiyat zimmasidagi javobgarlik



Download 105,63 Kb.
bet4/18
Sana22.01.2022
Hajmi105,63 Kb.
#399583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ijtimoiy fojea

Haqorat va oxirgi vaqtlarda Internet orqali po‘pisa-tahdidlar o‘z joniga qasd qilish hollariga qarshi kurashuvchilar tomonidan yaqindan o‘rganilmoqda.

AQShning Jarohatlarning oldini olish agentligiga ko‘ra, haqorat va o‘z joniga qasd qilish orasida bog‘liqlik bor, lekin bu bog‘liqlik sodda va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik emas.

"Haqoratga uchragan o‘smir va yoshlar o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq amallarga qo‘l urganlari haqida ham ko‘proq xabar beradilar... Lekin o‘z joniga qasd qilishning asosiy omili haqorat, deya aytish to‘g‘ri emas va hatto zararlidir. Chunki "haqoratga tegishli javob o‘z joniga qasd qilish ekan" degan fikrni keltirib chiqarib, ustiga-ustak bu amalga taqlid qilish kabi xavfli holatni ham keltirib chiqarishi mumkin".

Ba‘zi taxminlarga ko‘ra, o‘z joniga qasd qilishlar haqida matbuotdagi "olamshumul" xabarlar ham taqlid qiluvchilarga turtki berishi mumkin. Mutaxassislar buni "ijtimoiy virusning tarqashi" deya ataydilar.

Sazerlandning aytishicha, matbuotda o‘z joniga qasd qilishni yoritishning ijobiy yo‘llaridan biri odamlarni lozim taqdirda yordam so‘rab murojaat qilishlariga da‘vat qilishdir.

Bundan tashqari, ekspertlar hukumatlar tomonidan qo‘llangan va moliyalangan o‘z joniga qasd qilishlarning oldini olishning uzoq muddatli strategiyasi mavjud bo‘lishi kerakligini aytmoqdalar.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, bu kabi strategiya hozircha jahonning 28 mamlakatida mavjud.

"Masalan Finlyandiyada jahonda birinchilardan bo‘lib bu kabi strategiya ishlab chiqilgan va oxirgi 10 yil mobaynida u yerda o‘z joniga qasd qilish hollari 30 foiz kamaygan", deydi doktor Fleyshmann.


‘smirlar nega o‘z joniga qasd qiladi?


Jamiyat 20:05 / 15.10.2018 34411

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotiga ko‘ra, dunyoda har 40 daqiqada bir marta suiqasd sodir etiladi, 1 yilda qurbonlar soni million nafardan oshadi.

E'tiborli tomoni, suiqasd holatlari aholi yashash darajasi past mamlakatlarda ko‘proq kuzatiladi. Joriy yilda JSST o‘z joniga qasd qilish darajasi eng yuqori 10ta davlat ro‘yxatini tuzib chiqdi. Aniqlandiki, qo‘shni Qozog‘iston ushbu ro‘yxatning 4-pog‘onasida joylashgan, Markaziy Osiyo bo‘yicha ro‘yxatda esa O‘zbekiston Qozog‘istondan keyingi ikkinchi o‘rinda bormoqda.

O‘z joniga qasd qilganlarning asosiy qismi 14-19 yoshdagi o‘spirinlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ko‘plab davlatlardan farqli o‘laroq, Qozog‘istonda yosh avlodning o‘z joniga qasd qilish holati har yili avvalgi davr bilan taqqoslaganda 23 foizga oshib bormoqda. Maktabdagi bezorilik, qo‘rqitish va qiynoqqa solish bu holatlarning asosiy sabablari bo‘lmoqda. Ajablanarli tomoni, o‘z joniga qasd qilayotganlarning 70 foizi sog‘lom bo‘lib, ularning aksariyati qishloqlarda yashagan.

Xo‘sh, Qozog‘istonda o‘smirlar orasida suiqasd nega keskin sur'atlarda o‘sib bormoqda?

Oila va o‘qishdagi muammolardan tashqari, OTMlarga kirish imtihonlari ham odam bolasini tushkunlikka solib qo‘yadi. Ta'lim tizimi muammolari bilan shug‘ullanuvchi «Ұlag‘atty janұya» jamoat fondi prezidenti Marianna Gurinaning fikricha, imtihonda inson psixikasiga mos kelmaydigan qiyin savollar berilishi o‘smirlar suiqasdiga eng ko‘p sabab bo‘layotgan omillardan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonda esa 1990-2016 yillar davomida o‘smirlar o‘limi ikki baravar (400 nafar) oshdi. 2018 yilning 4 oyida 153 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilgan. Qo‘rqinchli va xavotirli statistika. Tabiiyki, savol paydo bo‘ladi: katta hayot ostonasida turgan o‘spirinning bunday og‘ir gunohga qo‘l urishiga nima sabab bo‘lmoqda? Uni qanday muammolar qiynamoqda? 

Asosiy sabablar qatoriga nosog‘lom oilaviy muhit, ajrimlar, yolg‘izlik, tushkunlik, moddiy yetishmovchilik, terrorizm va boshqa o‘nlab sabablarni keltirish mumkin. Oqibatlari ham anchagina. Masala esa vaqt o‘tgan sayin har qanday kurash choralariga qarshi o‘zida immunitet hosil qilmoqda.

Toshkent shahridagi «Wise school» xususiy maktabi o‘qituvchisi Nigora Saydaliyeva shunday deydi: 

«O‘z joniga qasd qilish holatlarining ko‘payishiga olib kelayotgan asosiy sabablardan biri ota-ona va farzand o‘rtasida katta jarlik mavjudligi, uning tobora kengayib ketishidir. Tezkor va shiddatli zamonda kattalar bola tarbiyasini ta'lim muassasalariga yuklab qo‘yishmoqda. Vaholanki, o‘smirlar asosiy vaqtini uyda, oilada o‘tkazadi, unga do‘st kerak. Afsuski, biz - kattalar dilbandimizga kerakli mehrni berolmayapmiz. Yana bir o‘rinda aytish lozimki, ta'lim muassasasida yuzlab o‘quvchilar tahsil olishadi. Ularning har biriga o‘ziga xos yondashuv zarur. Bitta mutaxassis har bir bolaga e'tiborli bo‘lolmaydi. Shu bois maktablarda bitta emas, balki ko‘proq ruhshunoslar jamoasini shakllantirish lozim. Ruhiy ko‘makka muhtoj o‘smirga aniq tashxis qo‘yib, uni normal hayotga qaytarish jiddiy yondashuvni talab qiladi».

O‘zbekiston maktab ta'limi o‘tgan yillar davomida bitta asosiy g‘oya bilan shakllandi: tarbiya va ta'lim ajralmas bo‘lak. Lekin, hech kim asosiy savolni bermadi, berolmadi ham. Kim ta'lim bersin, kim tarbiya? Bizningcha, tarbiya masalasida aniq va yagona javobgarlik oilada shakllanmay, uning maktab yo mahallaga ko‘chib o‘tishi, keyinchalik salbiy oqibatlarga olib keldi. Masalan, maktab o‘qituvchisi endi faqat ta'lim berishni o‘ylamaydi, uning dars berishga ortiqcha vaqti ham qolmayapti.

«Ota-onalar jigarbandidan farqli ravishda ruhiyati mustahkam shakllangan bo‘ladi. O‘smir bola depressiyasining profilaktikasi nizoli vaziyatlarda qochishdan iborat emas, u hali bunga tayyor emas. Buning imkoni yo‘q. Shunday psixologik iqlim yaratish kerakki, o‘smir o‘zini yolg‘iz, tan olinmagan va nomukammal his etmasin. Shunday davrda ota-onalar va psixologlardan sezgirlik talab qilinadi. Depressiyaning belgilarini erta aniqlash juda muhimdir. Ota-onalar o‘z farzandini eshitmaydi, samimiy suhbatdosh bo‘lolmaydi. Oilaviy ajrimlar, ota-onalardan birining xorijga ishlash uchun ketishi, natijada bolalarning qarovsiz qolishi kabilar ham muammoning ildiz otishiga sabab bo‘lyapti.

OAVda o‘smirlarning o‘z joniga qasd qilgan holatlari yoritilgan xabarlarni umuman bermaslik lozim, degan fikrdamiz. Agressiv xabarlar to‘g‘risidagi axborot ong ostiga joylanadi. Qachondir bu o‘zini namoyon qilmasligiga esa kafolat yo‘q. Bu borada bir tavsiyam bor: mudhish vaziyatning oldini olish uchun biblioterapiyani qo‘llashni tavsiya qilardim. O‘quvchilar o‘qigan kitob va maqolalaridan olgan ma'lumotlariga tayanib qayta tiklanishning shaxsiy resurslariga ega bo‘lishlari mumkin. Sog‘lom axborot maydonini yaratish o‘smirga o‘zining qiyinchilik va kechinmalari yagona emasligini anglashga yordam beradi», deydi amaliyotchi psixolog Viloyat Davletova.

Aybni faqat oiladagi muhitga bog‘lash bir tomonlama yondashuvni keltirib chiqaradi. Avvalo, suiqasd jarayoniga yetaklab boruvchi omillar haqida gapirganda aniq 3ta omilni ajratib ko‘rsatish mumkin: turli ijtimoiy qatlamlardan chiqqan bolaning tengdoshlari oldida o‘ksib qolishi, oilaviy nizo va bosimlar, qo‘pol munosabat hamda bepisand bo‘lish, nihoyat, nomukammallikni his etib, shu kabi tuyg‘ularni yengib o‘tolmaslik, muammolar oldida ojiz qolish. Bundan tashqari, quyidagi omillar ham suitsidlar sonini oshirmoqda.

Birinchidan, ta'lim muassasalarida dinshunoslik asoslari talab darajasida o‘qitilmaydi. Bu fanni chuqur o‘rgatadigan mutaxassislar bor. Ammo amaliyotda ulardan, ko‘p hollarda, foydalanilmaydi. Fikrimizni asoslashga harakat qilamiz: ta'lim muassasalarida «Din tarixi» fani tarix yoki ma'naviyat fani o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi. To‘g‘ri, ularning mutaxassisliklari dinshunoslikka yaqindir. (Albatta, maktab resurslarining cheklanganidan xabarimiz bor) Din va hayot falsafasi haqida haqiqiy bilim beradigan dinshunoslarni ta'lim tizimiga jalb etish kerak. Ongi shakllanayotgan o‘spirin din haqida fundamental bilimga ega bo‘lishi ortidan unda e'tiqod, iroda xislatlari paydo bo‘ladi. Qalbda bo‘shliq bo‘lsa, uni nosog‘lom g‘oyalar egallashga harakat qiladi.

Ikkinchidan, mamlakat miqyosida aholining suiqasd holatini monitoring qiluvchi va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi yagona tizim mavjud emas (Mavjud bo‘lsa-da, ishoning, juda yomon ahvolda ishlayapti). Ushbu masalalarni tadqiq qiluvchi markaz tashkil qilinsa, malakali psixologlar jamoasi shakllantirilsa, o‘lim holati keskin kamayishiga erishish mumkin.

Uchinchidan, afsuski, o‘quv maskanlarida hayotni sevish, atrofdagilarni qadrlash, kuchli irodani tarbiyalash, ruhiyatni nopok niyatlardan saqlash sirlari borasidagi motivatsion mashg‘ulotlarga ahamiyat berilmaydi. Vatan tuyg‘usi, ma'naviyat va ma'rifat fanlari borku, dersiz. Ayni vaqtda yoshlar ongida ma'naviyat haqida chuqur bilim mavjud emasligini tan olishimiz kerak. Aslida ma'naviyat haqida ko‘p gapirib, uning qadrsizlanib ketishiga ham biz sababchimiz.O‘quv yurtlarida ma'naviyat soatlariga eng past darajada e'tibor qaratilganidan xabardormiz, buni har bir talaba yo kulib, yo xomush aytib beradi. Shu paytgacha va hozir ham bunga panja ortidan qaralmoqda. Yevropada voyaga yetgan katta kishilar ham tirband navbatlarda hurmat bilan atrofdagilarga xush kayfiyat ato etsa, bunday mehribonchilikni O‘zbekistonda bog‘cha yoshidagi boladan boshqasidan topmaysiz.

Masalani tashqaridan emas, ichkaridan turib asl mohiyatiga kirilmasa, o‘z joniga qasd qilish ko‘rsatkichlari ko‘payib boraveradi. O‘smir bunday holat bilan to‘qnashsa, bunda atrofdagilarni ayblash har doim to‘g‘ri yechim emas. Eng avvalo, uni ruhiyatini yemirayotgan xayollardan qutqarishimiz kerak. Nosog‘lom g‘oya nima ekanligini anglashga turtki bo‘lsakkina, u o‘zini ichkaridan turib taftish qila oladi.




Download 105,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish