242-modda. O’n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar
uchun qisqartirilgan ish vaqtining muddati
Ish vaqtining muddati o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga haftasiga o‘ttiz olti soatdan, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar (ta’til davrida ishlayotgan o‘n to‘rtdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar) uchun esa haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
O’qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlayotgan o‘quvchilarning o‘quv yili davomidagi ish vaqti muddati ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko‘p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |