245-modda. O’n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni tungi ishlarga,
ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga
jalb etishning taqiqlanishi
O’n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi.
246-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilishda o‘n sakkiz
yoshga to‘lmagan shaxslarning qo‘shimcha kafolatlari
O’n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar bilan to’zilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |