2CH4 =HC≡CH + 3 H2
Elektrkimyo kombinatlarida asetilendan sirka aldegid, benzol, sirka kislota, etil spirt, kauchuk va boshqa moddalar, vodoroddan esa ammiak, nitrat kislota, kaliy, natriy va ammoniyli selitralar olinadi. Metanni suv bilan yuqori haroratda katalizator ishtirokida qizdirib is gazi va vodorod olinadi. Bu aralashma sintez gaz deyiladi.
CH4 + H2O =CO + 3H2
Tabiiy gazlarni qayta ishlashning ko‘p usullari ishlab chiqilgan. Qayta ishlashdan asosiy maqsad – to‘yingan uglevodorodlarni to‘yinmagan uglevodorodlarga aylantirishdan iborat, so‘ngra to‘yinmagan uglevodorodlar sintetik polimerlarga (kauchuk, plastmassalarga) aylantiriladi. Bundan tashqari, uglevodorodlarni oksidlash yo‘li bilan organik kislotalar, spirtlar va boshqa mahsulotlar olinadi. Toshko‘mir. Yoqilg‘i sifatida ishlatilishidan tashqari, undan metallurgiya sanoatida rudalardan temirni suyuqlantirib olishda ko‘p miqdorda kerak bo‘ladigan koks ham tayyorlanadi. Toshko‘mir maxsus koks pechlarida havosiz sharoitda qizdirib, quruq haydaladi (kokslanadi), bunda uchuvchan moddalar, uglerod va kul aralashmasidan iborat g‘ovak birlashma (substansiya) - koks hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan aralashma sovutilganda undan toshko‘mir smolasi, ammiak suvi, koks gazi deb ataluvchi gazsimon mahsulotlar olinadi.
Toshko‘mirni quruq haydash yo‘li bilan smola olinadi. Toshko‘mir smolasi tarkibida aromatik va geterosiklik birikmalar bo‘ladi. Undagi organik birikmalar fraksiyalarga bo‘lib ajratiladi. Bu fraksiyalar bir-biridan harorati bilan farq qiladi. Bu fraksiyalar quyidagilardir:
Koks gazidan ammiak, vodorod sulfid alohida ajratilgandan so‘ng benzol va boshqa qimmatbaho moddalar olinadi.
Mustahkamlash
Tabiiy gazni tarkibidagi metanni yoqish uchun 67,2 l (n.sh.) kislorod sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan karbonat angidrid massasini (g) aniqlang.
Masalaning yechimi. Dastlab, metanning yonish reaksiyasini yozamiz. CH4+ 2O2 =CO2 + 2 H2O
Reaksiyadan ma’lumki, 2 mol kislorod reaksiyaga kirishsa, 1 mol karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Demak, kislorodning molini topamiz va proporsiya yo’zamiz.
n= 67,2 22,4 =3 mol
Agar 2 mol kislorod reaksiyada ishtirok etganda 1 mol karbonat angidrid hosil bo‘lsa, 3 mol kisloroddan qanday miqdordagi gaz hosil bo‘ladi?
n= 2 3•1 =1,5 mol CO2
Endi hosil bo‘lgan gazning massasini topamiz.
m=Mr·n m = 44·1,5 = 66 g Javob: 66 g
Test.
1. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan gazli benzin tarkibida uchraydiganlarini toping.
a) C15H32 b) CH4 c) C6 H14 d) C4 H10
2. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan suyuq yonilg‘i tarkibida uchraydiganlarini toping.
a) C3 H8 b) CH4 c) C7 H16 d) C15H32
3. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan quruq gaz tarkibida uchraydiganlarini toping.
a) C4 H10 b)C10H22 c) C2 H2 d) CH4
4. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan koks tarkibida uchraydiganlarini toping
a) kumol - C9 H12
b)sulfat kislota – H2 SO4
c) osh to’zi - NaCl
d) benzol – C6 H6
5. Tabiiy gazni tarkibidagi metanni yoqish uchun 11,2 l (n.sh.) kislorod sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan karbonat angidrid massasini (g) aniqlang.
Dars yakuni: O`quvchilarni baholash.
Uyga: mavzuga savol to’zish,masala yechish.
3-ras,3
Do'stlaringiz bilan baham: |