Bitumlar (lot. bitumen — tog smolasi, qatron) — uglevodorodlar va ularning azotli, kislorodli, oltingugurtli hamda tarkibida metall tutgan hosilalarining qattiq yoki smolasimon aralashmalari. B. suvda erimaydi, benzol, trixloretan va boshqa organik erituvchilarda toʻliq yoki qisman eriydi. Zichligi 950–1500 kg/m3. Tabiiy B.— qazilma yoqilgʻilarning tarkibiy qismi. Ularga neft zaxiralarida mutanosiblikning buzilishi natijasida neftning kimyoviy yoki biokimyoviy oksidlanishidan hosil boʻladigan tabiiy hosilalari, mas, asfalt, keritlar, maltalar, ozokeritlar va boshqa kiradi.
Sunʼiy (mexanik) B.— neft, toshkoʻmir va slaneslarni kayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan koldik mahsulotlar. Tarkibi tabiiy B.ga yaqin. Neft B.iga eruvchanligi turlicha boʻlgan quyidagi guruhlar kiradi: 1) asfaltenlar (eng yuqori molekulali neft birikmalari) — xloroformda yaxshi eriydi, spirt, efir, atsetonda er.imaydi; 2) asfaltogen kislotalar — spirtda, xloroformda eriydigan, benzinda yomon eriydigan smolasimon moddalar; 3) neytral smolalar — neft moylari, benzol, efir, xloroformda eriydigan moddalar; 4) neft moylari; 5) karbenlar (yuqori molekulali moddalar) — asfaltenlarning oltingugurt ishtirokida zichlashuvi natijasida hosil boʻladigan moddalar; 6) karboidlar — organik erituvchilarda erimaydigan moddalar. Asfaltenlar B.ning qattiqligi va yumshash haroratini, smolalar ularning elastiklik va yopishqoqlik xususiyatini, moylar esa sovuqqa chidamligini oshiradi.
Torf, toshkoʻmir va slaneslarni spirtbenzol aralashmasi (1:1) bilan qayta ishlash jarayonida 10—12% miqdorida B. hosil boʻladi. Bunday B. sariq, jigarrang yoki qora rangli kattik moysimon yoxud smolasimon moddalar boʻlib, ularning elementar tarkibida 75—87% uglerod va 7—12% vodorod boʻladi. B. va ular asosida olingan mahsulotlar (asfaltbetonlar, asfaltpolimerbetonlar, ruberoidlar, bitum loklar, bitum emulsiyalar, germetiklovchi moddalar va boshqalar) aerodromlar va avtomobil yoʻllari yuzasini koplashda, platinalar, kanallar va yoʻl qurilishida, quvurlar yuzasini qoplashda, elektr texnikasida, turli kabel va izolyatsiya materiallarini tayyorlashda, tom yopish materiallari sifatida va boshqalarda qoʻllaniladi.
Bitumlarni iste’mol qilish barcha mamlakatlarda to’xtovsiz o’sib bormoqda.
Bitum asosan sanoat qurilishida, uy-joy qurilishida va yo’llar qurilishida, xamda
ta’mirlashda ishlatiladi. Bitumdan yasalgan apparatlar (toshlarini yopish uchun
ishlatiladigan materiallar) xuddi shunday betondan yasalgan materiallardan 2-2,5
marta arzondir.
Bitumlar qora plastik neft mahsuloti bo’lib markasi va ishlatish soxasiga
qarab suyuq, yarim qattiq va qattiq bo’ladi. Bitumlar barcha neft mahsulotlarga
qaraganda yopishqoqligi yuqoriroq.
Fizik-kimyoviy xossalariga ko’ra bitumlar asfalten va yuqori molekulyar
smolani moylardagi assostirlangan birikmasi va plastmolekulyar smolalarning
murakkab kolloid sistemasidir. Asfaltenlar moylar va smolalar bilan qanday
nisbatda ekanligiga qarab mustaxkam karkasli yoki aloxida-aloxida misstellali
birikmalar xosil qiladi. Moylar smolalarni eritadi, asfaltenlarni esa shishirtiradi.
Bitumlarga umuman va yo’l qurilishida ishlatiladigan bitumlarga nisbatan
qo’yilgan talablarnng asosiy vazifasi mineral materiallarni (qum, tosh) bir-biriga
yopishtirish, ularga gidrofob xususiyatini berish va zarrachalar orasidagi
bo’shliqlarni to’ldirishdir. Shuning uchun asfaltlangan yo’llarni mustaxkamligi va
uzoq vaqt ishlashga chidamliligi bitumlarning sifatiga bogliqdir.
Yo’l qurilishida ishlatiladigan bitumlarga quyidagi talablar qo’yiladi:
Sovuqqa chidamli bo’lishi kerak yoki sovuqda o’z egiluvchanligini
yo’qotmasligi kerak. Xarakat qilayotgan transportning ta’siriga, ya’ni siqilish,
uzilish, urilishlarga chidamli bo’lishi kerak. Mineral materiallarning quruq yoki
nam yuzasi bilan yaxshi yopishishini ta’minlashi kerak.
Uzoq
vaqt
davomida
o’zining
boshlangich
yopishqoqligini
va
mustaxkamligini saqlashi kerak. Qurilishda ishlatiladigan bitumlar elastik
bo’lmasalar xam nisbatan qattiqroq bo’lishi kerak.
Ekspluatastiya jarayonida bitumlar quyosh ta’sirida havodagi kislorod, issiq
sovuq haroratni keskin o’zgarishi va dinamik kuchlarini zo’rayishni (ortishi)
natijasida maydalanib ketadi. Bitumni kolloid tuzilishi buziladi, smola, asfaltenlar
karben va karboidlarga o’tadi, bitum yaxlit ko’rpa xosil qilish qobiliyatini
yo’qotadi, mo’rt bo’lib qoladi. Bundan tashqari materiallarga - tosh, qumlarga
yopishish sifatini yo’qotadi. Bu esa o’z navbatida yo’llarni, truboprovodlarni
izolyastiyasini, tomga yopiladigan to’llarni bizilishiga olib keladi.
Yo’l qurilishi uchun tez, o’rta, sekin qotuvchi bitum markalari: BG, SG,
MG, xamda sifati yaxshilangan yopishqoq bitum (BND) ishlatilsa, sanoat va
fuqarolar qurilishi uchun - BN markali neft bitumlari qo’llaniladi.
Tayyor bitumlarni ekpluatastiya xususiyatlari bir qancha ko’rsatkichlar
bo’yicha tekshirib turiladi:
Ninani 25
o
S dagi bitumga botishi (MM) chuqurligi bilan.
Yumshash harorati bilan (
o
S), (uzuk va shar usuli).
Cho’ziluvchanligi, 25
o
S.
Mo’rtlik harorati,
o
S.
40
Kogeziya (MPa 20
o
Sda) va adgeziya bilan.
Ignani bitumga botishi va yumshashi uni qattiqligin ko’rsatadi,
cho’ziluvchanligi uni elastikligini ko’rsatadi. Kogeziya-bitumni yuqa qatlamini
uzilishiga sinalgandagi mustaxkamligini belgilasa, mo’rtlik harorati uni sovuqqa
chidamliligini ko’rsatadi. Adgeziya - bu bitumni minerallarga yopishqoqlik
xususiyatini ko’rsatadi va sifatiga qarab belgilanadi.
Yo’l qurilishida ishlatiladigan cho’ziluvchan bitumlarga qo’yilgan texnik
talablar jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |