Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan namunalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vazifani tekshirish: Konspektni tekshirish ,test, savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Test.
1. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan gazolin tarkibida uchraydiganlarini toping.
a) C15H32
b) C10H22
c) C7 H16
d) C4 H10
2. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan kerosin tarkibida uchraydiganlarini toping.
a) C15H32
b) C17H36
c) C8 H18
d) C5 H12
3. Quyidagi formulasi berilgan moddalar orasidan mazut tarkibida uchraydiganlarini toping.
a) C14H30
b) C18H38
c) CH4
d) C9 H20
4. C4 H10 tarkibli alkan termik kreking jarayonidan o‘tkazilganda, nechi xil mahsulot hosil bo‘ladi.
5. C5 H12 tarkibli alkan kreking jarayonidan o‘tkazilganda, nechi xil mahsulot hosil bo‘ladi.
O’quvchilar so`zlarni davomini topadilar.
Neft –…
asfalt asosli….
gazolin, ya’ni benzinlar…..
qoramoy (mazut)…..
Yengil benzin…..
O’rtacha benzin…..
Og‘ir benzin…..
Kerosin fraksiyasi…..
Qoramoy (mazut) fraksiyasi…..
Gudron…..
Parchalanish…..
termik va katalitik u…….
Yangi mavzu bayoni.
Tabiiy gaz tarkibida ko‘proq molekulyar massasi kichik bo‘lgan uglevodorodlar bo‘ladi. Uning taxminiy hajm jihatdan tarkibi quyidagicha: 80-98% metan, 2-20% uning eng yaqin gomologlari – etan, propan, butan va ozroq miqdorda aralashmalar – vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, uglerod (IV) oksid va suv bug‘lari.
Odatda, neft tarkibida erigan holda uni qazib olishda ajralib chiqadigan yo‘ldosh gazlar ham tabiiy gazlar jumlasiga kiradi. Yo‘ldosh gazlar tarkibida metan kamroq, lekin etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar ko‘proq bo‘ladi. Bundan tashqari, ular tarkibida neft konlariga aloqador bo‘lmagan boshqa tabiiy gazlardagi kabi qo‘shimchalar, ya’ni: vodorod sulfid, azot, nodir gazlar, suv bug‘lari va karbonat angidrid bo‘ladi. Neftning yo‘ldosh gazlari tabiatda neftdan yuqorida yoki bosim ostida unda erigan holda bo‘ladi. Yo‘ldosh gazlardan, shuningdek neftni krekinglashda olinadigan gazlardan past temperaturalarda haydash yo‘li bilan alohida-alohida uglevodorodlar olinadi. Gazdan polimer materiallar – polietilen, polivinilxloridlar olish mumkin. Propan va butandan degidrogenlash yo‘li bilan to‘yinmagan uglevodorodlar – propilen, butilen va butadiyen olinadi, so‘ngra ulardan kauchuk va plastmassalar sintez qilinadi.
Neft yo‘ldosh gazlarining xarakteristikasi
Gazli benzin - Pentan, geksan va boshqa uglevodorodlar aralashmasi- Dvigatelni ishga tushirishni osonlashtirish uchun benzinga qo‘shiladi
Propanbutan -Propan va butan aralashmasi- Suyultirilgan gaz holida yonilg‘i sifatida ishlatiladi
Quruq gaz -Tarkibi jihatidan tabiiy gazga o‘xshash -C2 H2 , H2 va boshqa moddalar olishda hamda yonilg‘i sifatida ishlatiladi.
Tabiiy gaz eng yaxshi yoqilg‘i, to‘liq yonadi va juda katta issiqlik beradi. Bu jihatdan boshqa yoqilg‘ilardan farq qiladi. CH4 + 2 O2 =CO2 + 2H2O + Q Hozirgi vaqtda tabiiy gaz kimyo sanoatida har xil sintetik va organik birikmalar olishda asosiy xomashyo bo‘lib qolmoqda. Metanni 1500o C gacha qizdirib asetilen va vodorod olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |