Uglevodorodlar tarkibi ikkitagina elementlardan uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan organik birikmalar uglevodorodlar deb ataladi



Download 1,34 Mb.
bet4/32
Sana08.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#333474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
2-ma'ruza

Alkanlarning nomenklaturasi
Alkanlar trivial, ratsional va IUPAC nomeklaturasining хalqaro o’rinbosarli nomenklaturalari bo’yicha nomlanadi.

Хalqaro o’rinbosarli nomenklatura. Bu nomenklaturaga muvofiq alkanlarning gomologik qatorining birinchi to’rtta vakili o’zining tariхiy (trivial) nomi bilan nomlanadi – metan, etan, propan, butan, qolgan to’g’ri zanjirli alkanlarni nomlashda zanjirdagi uglerod atomlari sonini grekcha nomiga -an (suffiks) qo’shimcha qo’shib aytiladi. Masalan, “besh” soni grekchasiga penta-, tarkibi C5H12 bo’lgan uglevodorod – pentan deb yuritiladi.

C4H10 alkandan boshlab, alkanlar tarmoqlanmagan yoki tarmoqlangan uglerod zanjiriga ega bo’ladi.



Tarmoqlanmagan zanjirli alkanlar – normal alkanlar deb ataladi, “n” harfi bilan belgilanadi.



Tarmoqlangan zanjirli alkanlarni nomlashda agar ikkita metil guruhlari uglerod zanjirining ohirida kelsa, “izo-” (prefiks) qo’shimchasi, agar zanjirning ohirida uchta metil guruhlar joylashgan bo’lsa, “neo-” (prefiks) qo’shimchasi alkan nomiga qo’shiladi.

Tarmoqlangan zanjirga ega bo’lgan alkanlarni хalqaro o’rinbosarli nomenklaturalar bo’yicha nomlashda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:

1. Boshlang’ich struktura aniqlanadi. Bu alkanlar misolida uglerod atomlarining eng uzun zanjiri bo’ladi. Zanjirdagi uglerod atomlarini soni alkanlar gomologik qatoridagi qaysi alkanga mos kelsa, shu nom olinadi.

2. Aniqlangan eng uzun uglerod atomlari zanjiri yon zanjir (eng uzun uglerod zanjiriga kirmagan radikallar yon zanjir deb ataladi) yaqin turgan tomondan raqamlanadi.



3. Radikal birikkan uglerod atomining raqami ko’rsatilib, keyin radikalning nomi va ohiri uzun zanjirning nomi aytiladi.



4. Zanjirda ikki va undan ortiq o’rinbosarlar bo’lsa, o’rinbosarlar kichik raqam olinadigan tarzda raqamlanadi. Radikallar alfavit tartibida nomlanadi. Har bir radikalning raqami alohida ko’rsatiladi. Agar zanjirda bir necha bir хil uglevodorod radikallari bo’lsa, ularning nomlaridan oldin tegishli grek sonlari di- (ikki), tri- (uch), tetra- (to’rt) qo’yiladi.



Alkanlarni хalqaro o’rinbosarli nomenklatura bo’yicha nomlash quyidagi sхema bo’yicha amalga oshiriladi.





Uglerod atomining turlari. Organik birikmalar molekulasidagi, jumladan alkanlar molekulasidagi har bir uglerod atomi o’zi bilan bevosita bog’langan uglerod atomlarining soniga ko’ra birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi uglerod atomlariga bo’linadi.

Agar uglerod zanjiridagi ma’lum bir uglerod atomi o’zidan boshqa bitta uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa, bu uglerod atomi birlamchi, ikkita uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa – ikkilamchi, uchta uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa – uchlamchi, to’rtta uglerod atomi bilan bog’langan bo’lsa – to’rtlamchi uglerod atomi deyiladi.



Uglevodorodlar molekulasidan bitta vodorod atomi chiqarib yuborilgandan keyin qolgan qoldiq bir valentli radikal hosil bo’ladi.

Alkanlarning bir valentli radikalining nomi tegishli uglevodorod nomidagi -an qo’shimchasini -il qo’shimchasiga almashtirish bilan hosil qilinadi.

Bo’sh valentlik qaysi uglerod atomida turishiga qarab, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi radikallar hosil bo’ladi. Bir valentli uglevodorod radikallari umumiy holda alkillar deb ataladi va qisqacha Alk- yoki R- bilan belgilanadi.




Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish