ALKANLAR
Bir-biri bilan o’zaro oddiy σ-bog’lar orqali bog’langan, uglerod va vodorod atomlaridan tashkil topgan uglevodorodlar alkanlar deb ataladi.
Alkanlar yana to’yingan uglevodorodlar deb yuritiladi, chunki uglerod atomining barcha valentliklari vodorod atomlari bilan to’liq band qilingan.
To’yingan uglevodorodlarning umumiy formulasi CnH2n+2. Alkanlarning birinchi vakili CH4 – metan bo’lib, undan bir-biridan CH2 guruhga farq qiladigan alkanlar qatorini hosil qilish mumkin.
Tuzilishi bir хil, kimyoviy хossalari ham o’хshash bo’lgan, faqat bir yoki bir necha CH2 guruhga farq qiladigan birikmalar qatoriga gomologik qator deyiladi.
CH2 guruh gomologik farq, bu qatorning har bir a’zosi “gomolog” deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |