Sintetik usullari
1) Tuyinmagan uglevodorodlardan olish (gidrogenlash reaksiyasi). To’yinmagan uglevodorodlarning metall katalizatorlari (nikel, platina, palladiy) ishtirokida vodorod bilan o’zaro ta’sirlashuvidan alkanlar hosil bo’ladi.
2) Monogalogenalkillarga natriy metali ta’sir ettirib, alkanlarni olish (Vyurs reaksiyasi). Bu usul klassik usul hisoblanadi.
Agar reaksiya uchun ikki хil galogenalkan olinsa, asosiy mahsulot bilan birga qo’shimcha alkanlar ham hosil bo’ladi.
Bu reaksiya yodalkanlar bilan oson amalga oshadi, brom va хloralkanlar bilan qiyin boradi. Bu reaksiyada qo’shimcha ajralish, qayta guruhlanish kabi qo’shimcha jarayonlar amalga oshganligi hisobiga bu reaksiya kam qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |