Trivial nomenklatura bo’yicha etilen, propilen, butilen va hokazo nomlanadi. Tariхiy nomenklaturada olefinlarning nomi tegishli to’yingan uglevodorodlar nomidagi -an qo’shimchasi -en yoki -ilenga almashtirib nomlanadi. (C5H10 nomi bundan mustasno). Izomerlarda qo’sh bog’ning holatini ko’rsatish uchun α, β, γ kabi grek harflaridan foydalaniladi.
Ratsional nomenklatura bo’yicha nomlashda alkenlar gomologik qatorning birinchi vakili etilenning hosilasi deb qaraladi. Alkenlarni ratsional nomenklatura bo’yicha atashda simmetrik va nosimmetrik terminlari qo’llaniladi. Agar etilendagi har bir uglerod atomidagi vodorod atomi radikalga almashgan bo’lsa, u simmetrik, agar faqat bittagina uglerod atomining vodorodlari radikalga almashgan bo’lsa, nosimmetrik deyiladi.
Simmetrik dimetiletilen nosimmetrik dimetiletilendagi uch va to’rtta vodorod atomlari radikallarga almashingan etilen qoldig’idagi uglerod atomlari α va β harflari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |