G„.Ahmadjonovning «Rossiyskaya imperiya v Sentralnoy Azii» nomli
monografiyasi chor Rossiyasining О„rta Osiyo xonliklarini mustamlakaga
aylantirishi va imperiyaning Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati
tarixining tarixshunosligiga bag„ishlangan bо„lib, bu sohada tadqiqot olib borgan
bir qator olimlarning ilmiy xulosalari tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil
etilgan.
89
Shu sohada ayrim manbalar bilan tanishib, о„ziga xos tadqiqot ishlari olib
borgan adabiyotshunos olim SH.Yusupov Qо„qon xonligi tarixi bilan bog„liq
85
Зиѐев Ҳ.З. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. -Т.: Шарқ, 1998;
Бабабеков Х.Н. Народные движения в Кокандском ханстве и их социально – экономические и
политические предпосўлки (XVIII – XIX вв). Дисс … д-ра ист. наук. - Т. - 1991. 302 с. Воҳидов
Ш.Ҳ. XIX – ХХ аср бошларида Қўқон хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши. Тарих
фанлари д-ри илм. 1998. - 240 б.
86
Зиѐев Ҳ.З. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. -Т.: Шарқ. 1998. -478
б.
87
Бобобеков Ҳ. ва бошқ. Ўзбекистон тарихи. Қисқача маълумотнома. -Т.: Шарқ, 2000. Б. 160–163.
88
Воҳидов Ш.Ҳ. XIX – ХХ аср бошларида Қўқон хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши.
Тарих фанлари д-ри ... диссер. -Т. -1998; Қаранг: Муҳаммад Юнус Тоиб. Тарихи Алиқули
Амирлашкар // Шарқ юлдузи. -1996. №1-2; Аваз Муҳаммад Аттор Ҳўқандий. Тарихи
жаҳоннамойи // Шарқ юлдузи. 1998 йил. 6–сон; Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва
мансаблар. Т.: Фан, 1996. Б. 49.
89
Ахмеджанов Г.А. Российская империя в центральной Азии (история и историография
колониальной политики царизма в Туркестане). – Т.: Фан, 1995. – 218 с.
35
ma‟lumotlarga bir muncha batafsil tavsif berishga harakat qilgan. U о„z fikrlarini
Ibratning «Tarixi Farg„ona», Mullo Olim Mahdumhojaning «Tarixi Turkiston»,
Mirzo Olim Mushrifning «Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin» asarlari asosida
yoritib bergan.
90
Keltirib о„tilgan asarlar bilan bir qatorda horijlik tarixchi olimlar ham XIX
asr ikkinchi yarmi Qо„qon xonligi va Rossiya imperiyasi о„rtasidagi о„zaro
munosabatlar masalasiga tо„xtalib о„tganlar. Horij olimlari tomonidan chor
Rossiyasining О„rta Osiyo xonliklari, xususan Qо„qon xonligiga qarshi olib borgan
harbiy siyosati va ularni mustamlakaga aylantirishi tarixi masalasida olib borgan
tadqiqot ishlari ham о„rganilayotgan mavzuning tahlilini chuqurroq va kengroq
tahlil etishda katta ahamiyatga ega. Totalitar tuzum davrida murojaat qilish va
о„rganilishi ta‟qiqlangan horij tadqiqotchilarining asarlarida sovet tadqiqotchilari
uchun mumkin bо„lmagan tarixiy tahlilga keng о„rin berilgan hamda tarixiy
jarayonlarning asl mohiyati ochiq oydin yoritib berilgan. Bunday tadqiqotchilar va
ularning asarlari orasida D.Bergxorn, E.Bekon, R.Konnuest, E.Ollvort,
T.Ranovski–Xarmstoun, L.Tillet, D.Uiler, D.Xuson va boshqalarni alohida
kо„rsatib о„tish mumkin. Ular haqli ravishda sovet tarixshunoslik fani va unda yо„l
qо„yilayotgan haddan tashqari mafkuraviy yondashishni qattiq tanqid qilgan
edilar.
91
О„zida Qо„qon xonligi tarixi, ayniqsa xonlikning elchilik masalalari bilan
bog„liq siyosati haqida qimmatli ma‟lumotlarni jamlagan M.Saray va
Inalchiklarning asarlari ham muhim ahamiyatga ega bо„lgan horij tadqiqotlari
sanaladi. Bu asarlar Qо„qon xonligi tomonidan Turk sultoniga yuborgan elchilik
masalalarining batafsil yoritib berilganligi bilan ahamiyatlidir.
92
Yaponiyaning
90
Юсупов Ш. Хуфия қатламлар. -Т.: Маънавият, 1999. Б. 80-95.
91
Barghorn L. Sovet Russian Nationalism. – New York, 1956; J. Wheeter. The modern history of Central
Asia. –London, 1964; E.A. Allworth. Uzbek Literary politics – New York 1964; E. Bacon. Central Asiens
under Russians Rule. – New York, 1966; R. Conguest. Soviet Nationalitiea in Practice. – London, 1967;
L. Tillet. The Great Friendship. Soviet Historians on the Non-Russian Nationalities. – North Carolina,
1969. T. Rakovska-Harmstone. Russian and Nationalism in Central Asia. – Baltimore, 1970; D.Hooson.
The Soviet Union. People and Regions – California, 1977 и др.
92
Saray M. Rus isgali devrinda Osmanli devleti ile Turkistan hanliklari arasindeki siyasi
munasabetler(1775-1875). -Ankara. 1994. -S74. Saray M. Rusiyanin Turk yurdlarina yayilmasi. –
36
Tokio universiteti (X.Komatsu) va О„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Sharqshunoslik
instituti
(B.M.Bobojonov,
SH.X.Vohidov)
hamkorligida
Yaponiyada chop etilgan «Tuhfa-yi Taib» asarida mualliflar manbalarga
asoslangan holda Qо„qon xonligining chor Rossiyasiga qarshi kurashlari hamda
xonlikning ichki siyosati masalalari bir qator ma‟lumotlarni keltiradilar
93
.
Bu davrda yaratilgan ilmiy tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar qatorida
Z.Ilhomovning Qо„qon xonligi tarixini davrlashtirish va tarixshunoslik
masalalariga bag„ishlangan “Qо„qon xonligi tarixshunosligining ayrim masalalari
(tahlil va mulohazalar)” nomli risolasi xonlik tarixini davrlashtirish va
tarixshunoslik masalalarining bir qator jihatlarini yoritib berganligi bilan e‟tiborga
loyiq.
94
Risolada xonlik tarixini davrlashtirishning an‟naviy davrlashtirilishi va bu
davrlashtirish tarkibidagi kichik davrlar va ularning bir-biridan farqlanuvchi bir
qator nazariy-metodologik jihatlarini kо„rsatib о„tgan.
95
Yuqoridagilardan kо„rinadiki, keltirib о„tilgan asarlarda mualliflar Qо„qon
xonligi tarixini yoritishda turli nuqtai-nazarlardan yondashib, bir qator ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshirganlar, aynan mana shu holat xonlik tarixining keyingi
yillarda chuqur va ilmiy jihatdan yangi va obyektiv yondashuvlar asosida, ilmiylik,
tarixiy xolislik nuqtai-nazaridan о„rganish borasida tarixchilar e‟tiborini о„ziga
tortib kelmoqda va bu sohada tarixiylik jihatdan ilmiy qarashlar asosida obyektiv
xulosalarga asoslanilgan fikrlar kо„payib bormoqda. Bunday tadqiqotlar xonlik
tarixining mukammal darajada о„rganilishiga katta hissa bо„lib qо„shilmoqda.
Istanbul. 1975. -S.35. Inalcik. Osmanli – Rus rekabetinin mensei ve Volga – Don kanali tesebbusi.-
Ankara. 1948. -S349-402.
93
Муҳаммад Йунус Хаджа б. Муҳаммад Амин-Хаджа. Туҳфа-йи Таиб // Islamic Area Studies Project
Central Asian research Series –Ташкент-Токио. 2002. -№ 6. -С.1.
94
Илҳомов З.А. “Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари (таҳлил ва
мулоҳазалар)”. Т. 2007.
95
Ўша жойда.
37
1-BOB BО„YICHA XULOSA
Dissertatsiyaning birinchi bobida asosiy vazifa etib qо„yilgan Qо„qon
xonligi siyosiy tarixining asosiy masalalarini sо„nggi yillarda chop etilgan ilmiy
tadqiqotlar asosida umumiy tavsifini keltirib о„tish masalasi yuzasidan amalga
oshirilgan tadqiqot shuni kо„rsatadiki, XX asrning sо„nggi о„n yilligi va XXI
asrning dastlabki о„n yilligi mobaynida Qо„qon xonligi tarixiga oid о„nlab ilmiy
tadqiqot amalga oshirilgan, yuzlab ilmiy va uslubiy ishlar nashr ettirilgan. Amalga
oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy tadqiqot obyektlari sifatida xonlikning
tashkil topishi jarayonlaridan boshlab XIX asrning 70-yillarigacha bо„lgan davr
mobaynidagi siyosiy jarayonlar, xonlikning ichki siyosiy hayoti va tashqi siyosiy
darayonlardagi
ishtiroki,
qо„shni
mamlakatlar
bilan
о„zaro
siyosiy
munosabatlarining asosiy xususiyatlarini kо„rish mumkin. Adabiyotlar tahlili shuni
kо„rsatadiki, asosiy tadqiqotlar Qо„qon xonligining siyosiy tarixi masalalariga
bag„ishlangan, xonlikning tarixshunosligi masalalariga bag„ishlangan ishlar esa
umumiy tadqiqotlarning unchalik katta qismini tashkil qilmaydi.
Shuningdek, dissertatsiya tadqiqoti jarayonida xonlik tarixini о„rganishda
sо„nggi bir asr davomida turlicha yondashish va munosabatlar, ayrim vaqtlarda
tarixiy jarayonlar va voqelikni obyektiv baholamaslik holatlariga yо„l qо„yilganligi
borasida fikrlar bildirildi, xonlik tarixini yoritishdagi bunday munosabat ushbu
holni tarixshunoslik nuqta-nazaridan chuqur tahlil qilish va mavzuning
о„rganilishini mavjud ilmiy tadqiqotlarning yо„nalishi, davr va boshqa
xususiyatlariga kо„ra bir necha guruhga bо„lib kо„rib chiqish masalalariga e‟tibor
qaratildi va ajratib olingan har bir davr yuzasidan asarlarning xususiyatlari tahlil
etilib, bu ularning ilmiy tadqiqotlarga ealb etilishi, tadqiqotlarning davriy
xususiyatlari haqida xulosalar berildi.
38
2-BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA QО„QON XONLIGI SIYOSIY
TARIXINING О„RGANILISHI VA TARIXSHUNOSLIKNING
RIVOJLANISHI
2.1. Qо„qon xonligi siyosiy tarixining tarixshunosligi
Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning rо„y berishidagi
asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil
qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Tadqiqotchilar
tomonidan О„zbekiston tarixining turli sohalari yuzasidan juda kо„plab tadqiqotlar
va turli muammolari yuzasidan izlanishlar olib borilgan bо„lsada, bugungi
kungacha О„zbekiston tarixi sohalarining barcha masalalari tо„lig„icha tadqiq qilib
bо„lingan deb bо„lmaydi. Ayniqsa, turli davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda
mualliflarning tadqiqot masalalariga turlicha yondashuvlari fikrlar va xulosalarning
ham turlicha bо„lishiga olib kelgan. Ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va
tarixiylik, ilmiylik va xolislikka asoslanilgan eng tо„g„ri xulosalarni chiqarish
bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
Bugungi kunda tarix faniga qо„yilayotgan talablar о„tmishni sinchiklab
о„rganish, jamiyat oldida turgan muammolarni bor murakkabligi bilan baholash,
ularni hal etishga bо„lgan yondashuvlar va nuqtai-nazarlarni tahlil etib, ulardan
bugungi kun uchun zarur xulosalarni chiqarishni talab etadi.
Mustaqillik yillarida О„zbekiston tarixi har tomonlama xolis va ilmiy
yoritila boshlandi. Ayniqsa, о„zbek davlatchiligi tarixi va uning jahon
sivilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonlarida tutgan о„rnini yoritishga katta e‟tibor
berilmoqda.
О„zbek davlatchiligi tarixi masalalariini yoritish borasida bugungi kunda
respublikamizdagi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy о„quv yurtlari tadqiqotchilari
tomonidan kо„pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, keyingi bir necha yil
davomida О„zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti hamda
respublikamizdagi oliy о„quv yurtlari mutaxassislari tomonidan о„zbek
davlatchiligi tarixi masalalariga bag„ishlangan kо„plab respublika va xalqaro
miqyosdagi ilmiy-nazariy anjumanlar о„tkazib kelinmoqda. Bundan kо„rinadiki,
39
bugungi kunda о„zbek davlatchiligi tarixi va uning taraqqiyoti masalalarini
о„rganishga katta e‟tibor berilmoqda va bu mavzu tarixchilar oldidagi eng muhim
vazifalardan biri bо„lib qolmoqda.
Qо„qon xonligi tarixi chor Rossiyasi hukmronligi va sovet davrida ma‟lum
darajada о„rganildi. О„sha davrda tadqiqotchilar xonlik tarixiga oid talay yozma
manbalarni ilmiy muomalaga kiritdilar hamda bu davlatning ijtimoiy-siyosiy
taraqqiyoti bilan bog„liq kо„p faktik ma‟lumotlarni tо„plashga muvaffaq bо„ldilar.
Ammo tarix fanida hukmron bо„lgan kommunistik mafkura Qо„qon xonligi
tarixini obyektiv tarzda yoritishga, uning yaxlit tarixiy konsepsiyasini yaratishga
imkon bermadi. Shuning uchun mustaqillik yillarida respublikamizning bir necha
yetakchi tarixchi olimlari hamda qator yosh tadqiqotchilar Qо„qon xonligi tarixini
atroflicha о„rganishga bel bog„ladilar. Ularning ilmiy izlanishlari xonlikning
tarixshunosligi, manbashunosligi, siyosiy tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti,
savdo va diplomatik aloqalari, madaniy hayoti va boshqa muammolarga qaratildi.
96
Tarix ilmining rivojlanishi kо„p jihatdan yozma manbalarning о„rganilishi
va ularning ilmiy muomalaga kiritilishi bilan bog„liqdir. Bu borada taniqli
manbashunos olim SH.H.Vohidovning xizmatlari diqqatga sazovordir. U sovet
davrida boshlagan xayrli ishini davom ettirib, Qо„qon xonligi tarixini о„zida
mujassam etgan mahalliy tarixnavislarning asarlarini о„rganish va ularni nashr
etish borasida kо„p xizmatlar qildi. Bunday ishlarning natijasi о„laroq
SH.H.Vohidov 1998 yilda “XIX-XX asrning boshlarida Qо„qon xonligida
tarixnavislikning rivojlanishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi
97
.
Ushbu dissertatsiya materiallari asosida 2010 yilda “Qо„qon xonligida
tarixnavislik” nomli monografiyasini e‟lon qildi
98
. SH.H.Vohidovning asarlari
tufayli ilmiy jamoatchilikda XIX–XX asrning boshlarida Farg„onada о„ziga xos
tarixnavislik maktabi vujudga kelganligi hamda bu maktabga mansub bо„lgan
muarrixlar asarlarining Qо„qon xonligi tarixini о„rganishda g„oyat muhim о„rin
96
Р.А.Арслонзода, М.Ахунова. Ўзбекистон: Мустақиллик йилларида Қўқон хонлиги тарихининг
ўрганилиши . http://uzbegim.us
97
Воҳидов Ш.Ҳ. XIX – ХХ аср бошларида Қўқон хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши.
Тарих фанлари д-ри илм. 1998. - 240 б.
98
Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010.
40
tutganligi haqida aniq tasavvurlar shakllandi.
99
Istiqlol yillarida tajribali olimlar bilan bir qator yosh olimlar ham Qо„qon
tarixnavislik maktabida yaratilgan asarlarni tadqiq etish va nashr qilishga о„z
hissalarini qо„shdilar. Ulardan biri D.Sangirova 1999 yilda “Muhammad Aziz
Marg„iloniyning “Tarixi Aziziy” asari muhim tarixiy manba” mavzusidagi
nomzodlik dissertatsiyasida ushbu asarning Qо„qon xonligi tarixini о„rganishdagi
ahamiyatini kо„rsatib о„tdi. Jumladan, bu asar Xudoyorxonning oxirgi boshqaruvi
davrida xonlikdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, “mahrumi meros” va boshqa yangi
soliqlarning joriy etilishi, Pо„latxon qо„zg„oloni va Farg„onaning chor Rossiyasi
tomonidan bosib olinishi tо„g„risida qimmatli ma‟lumotlar berilishi qayd etiladi
100
.
Ayni vaqtda D.Sangirova SH.H.Vohidov bilan hamkorlikda Muhammad Aziz
Marg„iloniy asarining original qismi bо„lgan beshinchi bobini izohlar bilan nashr
etdi.
101
Muhammad Solih Toshkandiyning “Tarixi jadidayi Toshkand” asarini
boshqa yosh tadqiqotchi – О„.A.Sultonov о„rgandi. О„z izlanishlari yakunida u
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi hamda “Muhammad Solihxо„ja va uning
“Tarixi jadidayi Toshkand” asari” nomli monografiyasini e‟lon qildi”. Kо„rsatib
о„tilgan manba muallif tomonidan asosan unda Toshkent shahri tarixining
yoritilishi nuqtai nazaridan о„rganilgan. О„.A.Sultonov Toshkent shahri
topografiyasi, shaharning mashhur kishilari, aholining mashg„ulotlari kabi
masalalarga asosiy e‟tiborni qaratdi.
102
Istiqlol yillarida Qо„qon xonligi tarixiga oid mahalliy tarixnavislar
asarlarining nashr etilishi ijobiy hodisa bо„ldi. Dastlab qо„qonlik tarixnavislarning
eski о„zbek tilida bitilgan asarlari, jumladan, Ibratning “Farg„ona tarixi”,
103
Mirza
Olim maxdum hojining “Tarixi Turkiston”
104
, Mirza Olim Mushrifning “Ansob us-
99
О„sha joyda.
100
Муҳаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. Т.Маънавият. 1999.
101
О„sha joyda.
102
Султонов У.А. Муҳаммад Солиххўжа ва унинг "Тарихи жадидайи Тошканд асари" мухим
тарихий манба сифатида. Тарих фан номз ...дисс. - Тошкент: 2007.
103
Ибрат . Фарғона тарихи. Т.Мерос. 1991.
104
Мирзо Олим Маҳдумхожа. Тарихи туркистон. Т.2010.
41
salotin va tavorix ul-xavoqin”
105
kitoblari nashr etildi. Ushbu nashrlar keng
kitobxonlar ommasini ajdodlarimizning ma‟naviy merosi bо„lmish bu asarlar bilan
yaqindan tanishtirish jihatidan ahamiyatli edi. Ammo tarixchilar uchun bu
asarlarning batafsil sharh va izohlar bilan boyitilgan ilmiy-tanqidiy nashri zarur
edi. Shu boisdan keyinchalik “Ansob us-salotin” va “Tarixi Turkiston”
SH.H.Vohidova va S.Yо„ldoshevlar tomonidan qayta nashr etildi.
106
Tarixning mukammal va atroflicha о„rganishning eng muhim asoslaridan
biri manbalardir. Manbalar asosida о„rganilgan tarix о„zining tarixiyligi,
ishonchliligi, voqelarning bor tafsilotlari bilan yoritib berilishi bilan alohida
ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, tarixni о„rganishda manbalarga tayanish ham
eng muhim omillardan biridir. Bunda nafaqat milliy tarixnavislik maktablarida
yaratilgan ma‟lumotlardan va asarlardan, balki mamlakatimiz tarixinining turli
jihatlari qayd etib о„tilgan horijiy mamlakatlar tarixchilari tomonidan yozib
qoldirilgan manbalar va rasmiy hujjatlarni ham ilmiy jihatdan о„rganish va ularni
ilmiy muomalaga jalb qilish tariximizni о„rganishni mazmun jihatdan yanada
boyitishi mumkin. Manbashunos olimlar Qо„qon tarixnavislik maktabida fors-
tojik tilida yozilgan asarlarni о„zbekchaga tarjima qilish va nashr etishga e‟tibor
qaratdilar. SH.H.Vohidov tomonidan Muhammad Yunus Toibning “Tarixi Aliquli
amirlashkar”, Muhammad Hakimxon tо„raning “Muntaxab at-tavorix” asarlari
nashr etildi.
107
Shuni ham qayd etish lozimki, Qо„qon tarixnavislik maktabida yaratilgan
asarlar nafaqat О„zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham о„rganilib, nashr
etila boshlandi. Jumladan, 1991 yilda Tohir Xо„jandiyning “G„aroyibi sipoh” asari
Tojikiston Respublikasining Xо„jand shahrida nashr etildi. О„zbek va yapon
olimlarining hamkorligi tufayli 2002 yilda Muhammad Yunusxо„ja Toibning
105
Мирза Олим Мушриф. Қўқон хонлиги тарихи. Т.1995.
106
О„sha joyda.
107
Кавахара Я. Мухаммад Хакимхоннннг "Мунтахаб ат таворих'" асари тарихий манба сифатида //
Тарихий манбашуносликнинг долзарб муаммолари. Республика илмий-амалий анжуман
материаллари. Т., 2001.
42
“Tuhfai Toib” asari chop etildi
108
. Muhammad Hakimxon tо„raning “Muntaxab at-
tavorix” asari fors-tojik tilida arab imlosida Tokioda bosmadan chiqdi. Ushbu
nashr asarning oldingi nashrlaridan о„zining mukammalligi va bir necha qо„lyozma
nusxalarning qiyosiy tahlili asosida yaratilganligi bilan ajralib turadi. Qо„qon
xonligi manbashunosligi bо„yicha taniqli mutaxassis, qozog„istonlik olim
T.K.Beysembiyev esa “Tarixi Aliquli amirlashkar” asarining inglizcha tarjimasi va
unga ilova qilingan matnini Londonda nashr ettirdi.
Qо„qon xonligi tarixiga oid yozma manbalarning tarjima va nashr etilishi
tarixiy tadqiqotlar bazasini kengaytirishga xizmat qildi hamda ilmiy izlanishlarni
jonlantirishga turtki bо„ldi.
О„zbekiston mustaqillikka erishgandan sо„ng Qо„qon xonligi tarixini
retrospektiv tarzda yoritib bergan dastlabki asar – bu “О„zbekiston tarixi”ning
uchinchi jildidir. Ushbu kitobning “Qо„qon xonligi” deb atalgan qismida
xonlikning tashkil topishi, hududi, aholisi, xо„jalik hayoti haqida batafsil
ma‟lumotlar beriladi. Ammo ushbu nashrda sovet tarixshunosligiga xos bо„lgan
ayrim jihatlar kо„zga tashlanadi. Qо„qon xonligi “tipik feodal davlat” bо„lganligi
haqidagi da‟volar, xonlik tarixining ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai-nazarlariga kо„proq
urg„u berilishi shular jumlasidandir.
Milliy istiqlol davrida taniqli olim H.N.Bobobekov Qо„qon xonligi tarixi
bilan bog„liq bir necha kitob va maqolalar e‟lon qildi. Ulardan biri “Qо„qon tarixi”
deb atalsa-da, aslida unda Qо„qon shahrining xonlik davri tarixi yoritilgan. Muallif
xonlikning qisqacha tarixini bayon etib, asosiy e‟tiborni “xalq harakatlari”ga,
shuningdek xonlikning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga qaratadi. Ammo
kitobda ayrim bahsli fikrlar ham uchraydi. Masalan, muallifning Qо„qon xonligida
muntazam qо„shin bо„lmaganligi haqidagi fikri munozaralidir. Muallif tomonidan
xonlikda rо„y bergan ayrim qabilaviy va etnik mojarolarni “xalq harakati” yoki
“sinfiy kurash” sifatida talqin etilishida shо„rolar davridagi tarix fanida ustuvor
bо„lgan metodologiyaning ta‟siri sezilib turadi.
109
108
Муҳаммад Йунус Хаджа б. Муҳаммад Амин-Хаджа. Туҳфа-йи Таиб // Islamic Area Studies
Project Central Asian research Series –Ташкент-Токио. 2002
109
Р.А.Арслонзода, М.Ахунова. Ўзбекистон: Мустақиллик йилларида Қўқон хонлиги тарихининг
43
О„rta Osiyo davlatlari, jumladan, Qо„qon xonligining Rossiya bilan
diplomatik aloqalari tarixi X.G„.G„ulomovning monografiyasi va doktorlik
dissertatsiyasida о„z aksini topdi. Muallif asosan rus tilidagi manbalarga tayangan
holda ushbu aloqalarni atroflicha va obyektiv tarzda yoritishga erishdi.
110
Qayta qurish va xususan mustaqillik davrida Qо„qon xonligining tugatilishi
tarixchilarimiz tomonidan yangicha talqin etila boshlandi. Sovet adabiyotlarida
о„zbek xonliklarining Rossiyaga “qо„shib olinishi” va uning “progressiv
ahamiyati” tо„g„risidagi tezis ustuvor bо„lsa, endilikda tarixiy faktlar asosida
ularning, jumladan, Qо„qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan zabt
etilganligi asoslab berildi. Bu borada H.Z.Ziyoyevning xizmatlarini ta‟kidlab о„tish
joiz. U о„zining ilmiy maqolalari va xususan “Turkistonda Rossiya tajovuzi va
hukmronligiga qarshi kurash” nomli kitobida hujjatli materiallar asosida Qо„qon
xonligining chor qо„shinlari tomonidan bosib olinganligini kо„rsatib berdi
111
.
Bosqinchilarga qarshi olib borilgan jangu jadallar tafsilotlarining bayon etilishi, bu
janglarda jasorat va qahramonlik namunalarini kо„rsatgan vatanparvarlar ismi-
shariflarining keltirilishini asarning muhim ahamiyatli jihatlari deb hisoblash
kerak.
112
Chor istilosi masalasi “О„zbekistonning yangi tarixi” nomli nashrning
birinchi kitobida ham о„z aksini topgan. Bu nashr mualliflari ham Qо„qon
xonligining chor mustamlakachilari tomonidan bosib olinishi tarixini obyektiv
tarzda yoritib berishga harakat qilganlar.
113
Mustaqillik davrida yaratilib, Qо„qon xonligi tarixini turli jabhalarini
о„zida mujassam etgan yirik asar – bu B.M.Bobojonovning “Qо„qon xonligi:
hokimiyat, siyosat, din” nomli monografiyasidir. Ushbu asarning mavjud
adabiyotlardan farqli tomoni shundaki, muallif Qо„qon xonligining siyosiy,
iqtisodiy va ijtimoiy tarixini islom dini ta‟limlari va yо„l-yо„riqlari bilan bog„liq
ўрганилиши . http://uzbegim.us. Қаранг: Бобобеков Х. Қўқон тарихи. - Т., 1996. - Б. 112.
110
Ғуломов Х.
111
Зияев Х.З. туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмролнлигига қарши кураш. Т.Шарқ. 1998.
112
О„sha joyda.
113
Ўзбекистоннинг энг яги тарихи. 2-китоб. Туркистон чор Россияси мустамлакаси даврида
Т.Шарқ. 2000.
44
holda tadqiq etadi. Asar Qо„qon xonligi tarixiga oid manbalar va adabiyotning
batafsil tahlilidan boshlanadi.
114
Muallif xonlik tarixiga oid adabiyotlarning ijobiy
tomonlarini ta‟kidlab о„tgan holda, ularning aksariyati, xususan sovet davri
adabiyotlari, jiddiy nuqson va kamchiliklardan holi emasligini qayd etadi.
Monografiyada ilk bora Qо„qon xonligining siyosiy tarixi batafsil bayon etilib,
Minglar davlatining shakllanishi va faoliyatida islomiy omillar ta‟siri kо„rsatib
beriladi. Muallif Minglar sulolasi hokimiyatini “legitimlashtirish”, ya‟ni
qonuniylashtirilishi masalasiga e‟tibor qaratadi.
115
Asarning keyingi boblarida xonlar о„z hokimiyati, ichki va tashqi urushlar,
axloq va odob kabi hodisalarni qay tazda diniy-islomiy qoida va normalar bilan
uyg„unlashtirib borganliklarini qо„qonlik tarixnavislar asarlaridan olingan kо„p
sonli
faktik
materiallar
asosida
tadqiq
etadi.
Umuman
olganda,
B.M.Bobojonovning mazkur monografiyasi Qо„qon xonligi tarixshunosligida ham
mavzu jihatidan, ham tadqiqot usullari jihatidan alohida ajralib turadi. Bu asar
Qо„qon xonligi tarixini chuqur idrok etish yо„lida qо„yilgan muhim qadam, deb
hisoblash mumkin
116
.
Mustaqillik yillarida Qо„qon xonligi tarixining turli qirralari qator
dissertatsiyalarda о„z aksini topdi.
Z.A.Ilhomov tomonidan Qо„qon xonligining XIX asr 50-60 yillaridagi
siyosiy tarixi, xususan, xonlikning chor Rossiyasiga qarshi kurashlarining tarixi
yoritilgan va unda shuningdek Qо„qon xonligi sarkardasi Aliquli Amirlashkar va
uning xonlik siyosiy tarixida tutgan о„rni yoritib berilishi bilan birga, xonlikning
tashqi davlatlar bilan diplomatik aloqalari tarixi, xonlikda amalga oshirilgan harbiy
va davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar jarayonlari yoritib berilgan.
117
V.Ishquvvatov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotda esa xonlikning
XIX asr birinchi yarmida amalga oshirgan diplomatik aloqalari tarixining
114
Бабаджанов М.Б. История Коканского ханства: власть, религия и политика. Т.2010.
115
О„sha joyda.
116
О„sha joyda.
117
З.Илҳомов. Алиқули Амирлашкар ва унинг Қўқон хонлиги сиѐсий таврихида тутган ўрни.
Тарих фан. номз. дисс - Тошкент, 2004; Қаранг: З.Илҳомов Амирлашкар тарихи. монография. Т.
2013.
45
tarixshunoslik masalalari yoritib berilgan.
118
Mazkur tajqiqotda xonlikning siyosiy
tarixiy jarayonlarini о„qish bilan bir qatorda xonlik tomonidan Rossiya
imperiyasiga va о„z navbatida imperiya tomonidan Qо„qon xonligiga yuborilgan
bir qator elchilar, ularning faoliyati, amalga oshirgan ishlari, elchiliklar haqidagi
yozib qoldirgan xotiralari va ularning manbaviy jihatlari haqida ham bir qator
qimmatli ma‟lumotlarni о„qish mumkin.
S.Tillaboyev tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotning bir qismi ham
Qо„qon xonligi tarixiga bag„ishlangan bо„lib, unda xonlikning boshqaruvigna oid
bir qator ma‟lumotlar keltirib о„tilgan.
119
Shunday xususiyatlarni о„zida kо„rsatib bera olgan va mazmun jihatdan
ancha mukammal bо„lgan tadqiqotlardan biri SH.Qо„ldoshev tomonidan amalga
oshirilgan «Qо„qon xonligi va Sharqiy Turkiston о„rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va
madaniy aloqalar (XVIII-XIX asrning о„rtalari)” mavzusidagi tadqiqotdir
120
.
О„zbek davlatchiligi tarixida muhim о„rinlardan birini egallagan Qо„qon xonligi va
uning tashqi siyosati hamda diplomatik aloqalari tarixini yoritib berishga
bag„ishlangan mazkur tadqiqot ishida juda kо„plab yangi ma‟lumotlar keltirilgan
va turli tillarda yozib qoldirilgan manbalar ishga jalb etilgan. Buni tadqiqotchining
eng katta yutuqlaridan biri sifatida e‟tirof etib о„tish о„rinlidir.
Tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligi kо„rsatib berilgan va
bunda Sharqiy Turkistonning tarixiy jarayonlardagi о„zbek xonliklari bilan
aloqalari, xususan Qо„qon xonligi bilan savdo, iqtisodiy va siyosiy, madaniy
sohalardagi aloqalari tarixini manbalar asosida yoritib berish va ilmiy jihatdan
tahlil etilishiga alohida e‟tibor qaratilgan. Shuningdek, bu qismda ishning nazariy
metodologik asoslari, о„rganilishi darajasi va tarixshunoslik masalalari, tadqiqot
chegaralari hamda ishning ilmiy yangiliklari va amaliy ahamiyati kо„rsatib
118
В.Ишқуватов. Қўқон Россия диплматик алоқлари тарихшунослиги. Тарих фан. номз. дисс -
Тошкент, 2004; Қаранг:В.Ишқуватов. Қўқон Россия диплматик алоқлари тарихшунослиги.
Т.2008.
119
С.Тиллабоев. Туркистон ўлкасининг маъмурий бошқарув тизимида маҳаллий ахоли
вакилларининг иштироки. Т.Фан, 2011
120
Қўлдошев Ш. «Қўқон хонлиги ва Шарқий Туркистон ўртасидаги сиѐсий, иқтисодий ва маданий
алоқалар (XVIII-XIX асрнинг ўрталари)” Тарих фан. номз. дисс - Тошкент, 2010.
46
berilgan
121
.
SH.Qо„ldoshevning bu tadqiqot ishida Markaziy Osiyoda kechgan ijtimoiy
siyosiy jarayonlar va ularda Sharqiy Turkiston xalqlari hamda Qо„qon xonligining
ma‟lum darajadagi ishtiroki, о„zaro munosabatlari va о„zaro ta‟siri jarayonlarini
ochib berishga yо„naltirilgan. Bunda tadqiqotchi tomonidan Qо„qon xonligining
nafaqat Sharqiy Turkiston bilan, balki Xitoy bilan munosabatlari va о„zaro
aloqalarini yoritib berishga ham katta e‟tibor qaratilgan. Shuningdek har ikki
hudud о„rtasidagi munosabatlarni tartibga solish borasida ayrim vaqtlarda Xitoy
imperatorlari va Qо„qon hukmdorlari о„rtasidagi elchilik munosabatlari va holatlari
ham yoritib berilgan. Bu bobda shuningdek, bugungi kunda tarix kitoblarida
kо„zga tashlanmagan bir qator yangi ma‟lumotlar kо„rish mumkin va tadqiqotchi
bu ma‟lumotlarni ilmiy jihatdan turli manbalar va mualliflarning xulosalariga
asoslangan holda isbotlashga harakat qilgan. Shuningdek faoliyati ma‟lum darajada
ilmiy adabiyotlarda о„z aksini topgan bir qator tarixiy shaxslar (Umarxon,
Erdonabiy, Muhammad Alixon, Jahongirxontо„ra, Valixontо„ra, Yoqubbek
Badavlat va boshq) bilan bir qatorda nomlari kam uchragan yoki bizga noma‟lum
bо„lgan tarixiy shaxslar (amaldorlar, elchilar, savdogarlar va boshq) va ularning
ikki hudud о„rtasidagi о„zaro munosabatlardagi ishtiroki va о„rni masalalari yoritib
berilgan
122
.
Dissertatsiyada Qо„qon xonligi va Sharqiy Turkiston о„rtasidagi iqtisodiy
aloqalar masalalariga bag„ishlangan bо„lib, bunda tadqiqotchi tomonidan har ikki
tomondan amalga oshirilgan savdo karvonlari va ularning harakatlari yо„nalishlari,
Qо„qon xonligi hududlarida faoliyat kо„rsatgan Sharqiy Turkiston savdogarlari va
aksincha Sharqiy Turkistondagi qо„qonlik savdogarlar va ularning faoliyatidagi
turli davrlarda rо„y berib turgan turli о„zgarishlar, imtiyozlar va cheklanishlar, turli
tarixiy vaziyatlarning iqtisodiy munosabatlarga ta‟siriga qaramasdan bunday
aloqalarning tо„xtab qolmaganligi va har ikki tomonga keltirgan ijobiy tomonlari
masalalariga tо„xtalib о„tgan.
123
121
О„sha joyda.
122
О„sha joyda.
123
О„sha joyda.
47
Shuningdek, har ikki hudud xalqlari о„rtasidagi madaniy sohadagi о„zaro
yaqinlik va ijod namunalari hamda madaniy aloqalar masalalariga tо„xtalib
о„tilgan.
124
Mustaqillik yillarida Qо„qon xonligi tarixiga oid amalga oshirilgan ilmiy
tadqiqotlardan yanak biri Z.Madraximov tomonidan amalga oshirilgan “Qо„qon
xonligida savdo munosabatlari” nomli dissertatsiya ishidir
125
. Tadqiqot о„zbek
xonliklari orasida muhim о„rin tutgan Qо„qon xonligining ichki va tashqi savdo
munosabatlaridagi ishtiroki, о„rni va savdo munosabatlarining xususiyatlari,
iqtisodiy sohaning о„ziga xos jihatlarini manbalarga va statistik hujjatlarga
asoslangan holda yoritib berilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tadqiqotda Qо„qon xonligining savdo markazlari va iqtisodiy
jihatdan muhim ahamiyatga ega bо„lgan ayrim viloyatlari va hududlarining xonlik
iqtisodiy hayotidagi о„rnini kо„rsatib berilgan. Shuningdek, muallif tomonidan
Qо„qon xonligi siyosiy tarixini tо„rt bosqichga bо„lib о„rganishning tavsiya
etilganligi va bu jarayonlarning iqtisodiy hamda siyosiy jarayonlar bilan bog„liqligi
xususida ayrim fikrlarning berilishi ham ishning yutug„idir
126
.
Dissertatsiyaning keyingi qismlarida xonlikdagi savdo munosabatlari va pul
muomalasiga oid juda muhim ma‟lumotlar keltirilgan bо„lib, iqtisodiy
munosabatlarda amalda qо„llanilgan ayirboshlash vositalari, xususan tangalarning
turlari, ularning turli darajadagi og„irlik о„lchovlari va qiymatlari, pul zarb etish
jarayoni va uning turli о„ziga xos amaliyotlari haqida manbalarga asoslanilgan
ma‟lumotlar keltirib о„tilgan. Shuningdek, ayrim tovarlarning tarixiy nomlari ham
(masalan atlas - jiba arqoq) tilga olingan. Har bir qism sо„nggida keltirib о„tilgan
ma‟lumotlar yuzasidan umumiy xulosalar va taxliliy ma‟lumotlar berib о„tilgan va
bu
shubhasiz
dissertantning
masalaga
ilmiy-tahliliy
jihatdan
jiddiy
yondashganligini kо„rsatib beradi.
127
Bu tadqiqot ishida Qо„qon xonligining qо„shni mamlakatlar bilan tashqi
124
О„sha joyda.
125
Мадрахимов З. “Қўқон хонлигида савдо муносабатлари”. Тарих фан. номз. дисс - Тошкент,
2010.
126
О„sha joyda.
127
О„sha joyda.
48
savdo munosabatlaridagi о„rni, savdo yо„llari va ularning muhim yо„nalishlari,
turli savdo yо„nalishlari bо„yicha bozorlarga keltirilgan va olib ketilgan tovarlar va
ularning turlari, miqdorlari haqida ham qimmatli ma‟lumotlar keltirib о„tilgan.
Shuningdek, xonlikning tashqi savdo munosabatlarida yaqin qо„shnilari – Buxoro
amirligi hamda Xiva xonligi bilan olib borgan savdo-iqtisodiy aloqalari haqida
ham sо„z yuritilib, bunday aloqalarning har uchala davlat uchun ahamiyati va
muhim jihatlarini kо„rsatib berilgan.
128
Dissertatsiyaning e‟tiborga molik qismlaridan biri - savdo-iqtisodiy
munosabatlarning etno-integratsion sohadagi о„rni va ahamiyatini ochib berishga
ham alohida tо„xtalib о„tilganligidir. Bunda qо„shni mamlakatlar va olis horijiy
davlatlardan kelgan savdogarlar va ularning xonlik savdosidagi ishtiroki, ularga
xonlik hokimiyati va mahalliy hokimiyatlar tomonidan yaratib berilgan sharoitlar,
savdo bilan bir vaqtda turli millatlar о„rtasidagi о„zaro munosabatlar ham ham
qimmatli ma‟lumotlar keltirib о„tilganki, bular Qо„qon xonligi tashqi davlatlar
uchun nafaqat teng xuquqli iqtisodiy hamkor bо„lganligi, balki siyosiy va milliy
masalalarda ham davlatning qat‟iy siyosati mavjud bо„lganligini kо„rsatib
beradi.
129
Dissertatsiyaning “Bozor infrastrukturasi, uning ichki va tashqi savdoda
tutgan о„rni” deb nomlangan qismida Qо„qon xonligida nafaqat savdo aloqalari,
balki savdoni amalga oshirish uchun barcha sharoitlarning yaratilganligi, bozorlar,
rastalar, bozorlarning mavqelari, karvonsaroylar va ularning savdo ishlaridagi
xizmati va axamiyati va boshqa shu kabi ma‟lumotlar keltirib о„tilgan. Bunda
yuqorida kо„rsatib о„tilgan joylarning umumiy iqtisodiy munosabatlarning amalga
oshirilishi va iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan biri ekanligi alohida
ta‟kidlab о„tiladi. Bundan tashqari mazkur bobda bojxona ishlari va soliqlar,
ularning turlari, tо„lov ishlarining amalga oshirilishi va tо„lovlarning miqdorlari,
bojxona bilan bog„liq ayrim qimmatli ma‟lumotlar ham keltirib о„tilgan va tahlil
qilingan.
130
128
О„sha joyda.
129
О„sha joyda.
130
О„sha joyda.
49
Qо„qon xonligi tarixini о„rganishda mustaqillik davrida о„tkazilgan turli
ilmiy-nazariy konferensiyalar muhim о„rin tutadi. Xususan, 2004 yilda Qо„qon va
Farg„ona shaharlarida bо„lib о„tgan anjumanlar materiallarida ham xonlik
tarixining ayrim muammolari xususida bahr yuritildi. Ushbu kitoblarning tahlili
shuni kо„rsatadiki, eslatib о„tilgan anjumanlarda xonlik tarixining ba‟zi
masalalariga doir jiddiy mulohazalar bayon qilingan. Ammo aksariyat ma‟ruzalar
mavzuning torligi, yangilikning yо„qligi, ilmiy apparatning talab darajasida
emasligi yoki umuman yо„qligi bilan ajralib turadi. Bunday ma‟ruzalarni xonlik
tarixshunosligiga qо„shilgan hissa, deb aytish amri maholdir.
Yuqorida keltirib о„tilgan asarlar, xonlik siyosiy tarixini yoritibberuvchi
ilmiy tadqiqotlar, ularda kо„tarilgan muammolar va tadqiqot obyektini tashkil
qiluvchi masalalarning mazmuni va mohiyatidan anglash mumkinki, mustaqillik
yillarida Qо„qon xonligi tarixini о„rganish bо„yicha salmoqli ishlar amalga
oshirildi. Xususan xonlik tarixiga oid yozma manbalarni tadqiq etish, tarjima va
nashr qilish bobida talay ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xonlik tarixining kam
о„rganilgan jihatlari, jumladan, Rossiya bilan diplomatik aloqalari, uni chor
qо„shinlari tomonidan istilo qilinishi masalalari yangicha yondashuvlar asosida
yoritib berildi. Shu bilan birga sо„nggi paytlarda Qо„qon xonligi tarixini yangi
metodologik asoslarda о„rganish tomon jiddiy burilish kuzatilmoqda. Bularning
barchasi tarixchilarimiz Qо„qon xonligi tarixi yangi konsepsiyasini yaratishga
kirishganliklaridan darak beradi.
131
131
Р.А.Арслонзода, М.Ахунова. Ўзбекистон: Мустақиллик йилларида Қўқон хонлиги тарихининг
ўрганилиши . http://uzbegim.us.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |