16
Шарқ .юлдузи. 1996 йил 1-2 сонлар
17
Шарқ юлдузи, 1998 йил. 6 сон
18
Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010.
19
Ўзбекистон Республикаси Алишер Навоий номидаги Марказий Давлат кутубхонаси. В 961-3.
20
Мулло Олим Маҳдумҳожа. Тарихи Туркистон. Т. 2010й.
21
Тарихи Фарғона. Мерос. Т.1992 й.
22
Мулло Ҳолибой Мамбетов. Туркистон босқини. Т.2009.
9
ahvol»,
23
Mirzo Olim ibni Mirzo Rahim Toshkandiyning «Ansob us – salotin va
tavorix ul – xavoqin»,
24
Mullo Xolbek ibni Mullo Muso Andijoniyning «Aliquli
jangnomasi va Mullo Xolbek sarguzashtlari»,
25
Muhammad Niyoz Xо„qandiyning
«Tarixi Shohruhiy»,
26
Muhammad Solih ibn Muhammad Rahim Toshkandiyning
«Tarixi jadidi Toshkand»
27
kabi tarixiy asarlarni alohida kо„rsatib о„tish lozim.
Tadqiqot jarayonida kо„rindiki, manbalar va ularda keltirilgan ma‟lumotlar
mazmun jihatdan va ayni vaqtda tarixiy jarayonlar va voqealarga yondashish,
ularni talqin qilish va tavsiflash masalalarida ma‟lum darajada bir-biridan
farqlanadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida chor Rossiyasi mustamlakachilik
siyosati eng avjiga chiqqan bir vaqtda vaziyatga moslashuvchi, hukmron mafkura
manfaatlari nuqtai–nazarini ifodalovchi mualliflar tomonidan ayrim asarlar ham
yaratilganki, bularda asl voqelikdan chetga chiqish, voqealar tafsilotlari hamda
tarixiy shaxslar faoliyatlarining mohiyatini notо„g„ri talqin qilish hollari uchraydi.
Tarixchilarning bunday yо„l tutishlariga XX asr boshlariga kelib ijtimoiy va
siyosiy hayotning barcha sohalarida mustahkam hukmronligini о„rnatgan chor
hukumatining senzurasi sabab bо„lgan bо„lishi sir emas. Xonlik tarixiga oid
manbalar bir qator tadqiqotchilarning dissertatsiyalarida keng va atroflicha
о„rganilgan, jumladan SH.Vohidov о„zining ilmiy tadqiqotida xonlik tarixiga oid
yaratilgan manbalar yuzasidan ilmiy tadqiqot olib borgan bо„lsa
28
, V.Ishquvatov
29
XIX asrda Qо„qon xonligining diplomatik aloqalari va elchiliklar tarixi yuzasidan
amalga oshirgan ilmiy tadqiqotida, Z.Ilhomov Qо„qon xonligining siyosiy tarixi va
Rossiya imperiyasiga qarshi harbiy kurashlari tarixi va diplomatik aloqalari tarixi
23
Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010..
24
Мирзо Рахим Тошкандий. Қўқон хонлиги тарихи. Т.1995 й.
25
Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010..
26
Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010.
27
Қаранг: Султонов У.А. Муҳаммад Солиххўжа ва унинг "Тарихи жадидайи Тошканд асари"
мухим тарихий манба сифатида. Тарих фан номз ...дисс. - Тошкент: 2007; Ш.Воҳидов. Қўқон
хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010.
28
Воҳидов Ш.Х. XIX аср иккинчи ярми – ХХ аср бошларида Қўқон хонлигида
тарихнависликнинг ривожланиши. Тарих фанлари докт. илм. дараж. олиш учун ѐзилган
диссертация. 1998 й. - 240 бет; Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010.
29
Ишқуватов В. Қўқон-Россия дипломатик муносабатлари. Тарих фанлари номзоди илмий
даражасини олиш учун ѐзилган диссертация. Т.2004;
29
Ишқуватов В. Қўқон-Россия дипломатик
муносабатлари Т.Янги аср авлоди. 2009.
10
yuzasidan amalga oshirgan tadqiqotida
30
, O.Masaliyeva о„zbek xonliklarining,
jumladan Qо„qon xonligining horijiy mamlakatlar bilan siyosiy tarixi va
diplomatik aloqalari tarixining horijiy tarixchilar asarlarida yoritilishi masalasidagi
tadqiqotida
31
, SH.Qо„ldoshev XVIII-XIX asrning о„rtalarida Qо„qon xonligining
Sharqiy Turkiston bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixini yoritishda
va о„rganishda,
32
Z.Madrahimov Qо„qon xonligining siyosiy va savdo
munosabatlari tarixini tadqiq qilish jarayonida
33
hamda SH.Mahmudov
34
,
B.Yandashev va boshqalarning dissertatsiyalarida manbalar va ulardagi
ma‟lumotlarning xonlik tarixiga oid tadqiqotlarga ilmiy jihatdan kо„plab marotaba
jalb etilganligini kuzatish mumkin. Biroq, yuqorida kо„rsatilganlar bilan
kifoyalanib, Qо„qon xonligi tarixini chuqur о„rganib bо„lmaydi, albatta. Bu esa
о„z–о„zidan tarixchi tadqiqotchilar oldida ulkan vazifalar turganligini, tarixning
о„rganilmagan yoki kam о„rganilgan qirralariga yanada kо„proq e‟tibor berish
zarurligini kо„rsatadi.
Tadqiqotning maqsadi Qо„qon xonligi tarixining mustaqillik davri
tarixshunosligini uning tadqiqot metodologiyalari, ilmiy adabiyotlar va
tadqiqotlarning xususiyatlari va fanning rivojlanishiga qay darajada hissa
qо„shganligini tahlil etish va aniqlashtirish, ulardagi tajribalardan kelib chiqqan
holda bugungi tarix fanining о„rganilishi, uning tarixshunosligi sohasidagi
masalalarni tahlil etish va tavsiyalar berishdan iborat.
Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar qо„yildi:
1. Qо„qon xonligi siyosiy tarixining asosiy masalalarini tahlil qilish va umumiy
tavsifini ochib berish;
30
Илҳомов З.А. “Алиқули Амирлашкар ва унинг Қўқон хонлиги сиѐсий ҳаѐтида тутган ўрни”.
Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ѐзилган диссертация. Т.2004; шу муаллиф.
Амирлашкар тарихи. Монография. Т 2013.
31
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998.
32
Қўлдошев Ш. «Қўқон хонлиги ва Шарқий Туркистон ўртасидаги сиѐсий, иқтисодий ва маданий
алоқалар (XVIII-XIX асрнинг ўрталари)” Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун
ѐзилган диссертация. Т.2009.
33
З.Мадрахимов.“Қўқон хонлигида савдо муносабатлари” Тарих фанлари номзоди илмий
даражасини олиш учун ѐзилган диссертация. Т.2009
34
Махмудов Ш. Қўқон хонлиги сиѐисй тарихи. Тарих фан номз илм дар .... дисс. Т. ЎзР ФА ТИ,
2010.
11
2. Qо„qon xonligi tarixshunosligining davrlashtirilishi masalalari yuzasidan
ayrim nazariy tahlil va tavsiyalar berish;
3. Qо„qon xonligi siyosiy tarixining tarixshunosligi masalalarini yoritib berish
va uningn eng asosiy jihatlarini kо„rsatib berish;
4. Horijiy mamlakatlar tarixshunosligida xonlik siyosiy tarixining yoritilishi va
tarixshunoslikning asosiy jihatlarini tahlili etish;
5. Darsliklarda Qо„qon xonligi mavzularining yoritilishi о„rganish va tahlil
etish;
6. Qо„qon xonligi tarixi mavzusining о„qitish masalalari va ta‟lim
texnologiyalarining eng samarali usullarini tanlash va ularning dars о„tish
jarayonidagi metodikalarini ishlab chiqish va dars tahlillarini amalga
oshirish.
7. Tadqiqot yuzasidan umumiy xulosalarni ishlab chiqish.
Tadqiqotning nazariy metodologik asoslari. Tadqiqot ishini yozishda
О„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida tarixni о„rganish
borasida bildirgan fikrlari, milliy g„oya va milliy mafkuraning eng muhim jihatlari,
milliy davlatchiligimiz va ma‟naviy merosimizni qayta tiklanishi borasida fikrlar,
asrlar va ularda kо„tarilgan g„oyalar tashkil qiladi.
Tadqiqotni amalga oshirishda tarixiylik, obyektivlik, ilmiylik tamoyillariga
asoslanilgan holda taqqoslash, qiyosiy tadqiqot metodlari, xronologik tadqiqot
uslublari kabi tadqiqot uslublaridan foydalanildi.
Tadqiqot uchun tanlangan taqqoslash, qiyosiy tadqiqot metodlari yordamida
xonlik tarixining tarixshunoslik masalalarini qiyosiy о„rganish imkoniyatini beradi,
xronologik uslub yordamida xonlikda sodir bо„lgan tarixiy voqeliklar va
jarayoning sodir bо„lishi va ularning о„rganilishining ketma-ketligini shakllantirish
ta‟minlanadi, bu tadqiqot uslublari albatta tarixiylik va ilmiylik tamoyillariga amal
qilgan holda bajarilayotgan tadqiqot yuzaisidan chiqriladigan xulosalarning
ilmiyligini va ob‟yektivligini ta‟minlaydi.
Shuningdek, tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy farazlarga asosiy e‟tibor
qaratish va tarixshunoslik tahlilini amalga oshirish muhim vazifalar etib belgilandi:
12
Birinchidan, Qо„qon xonligi siyosiy tarixining asosiy masalalarini sо„nggi
yilarda chop etilgan ilmiy tadqiqotlar asosida umumiy tavsifini keltirib о„tish.
Bunda asosiy e‟tibor xonlikning tashkil topishi jarayonlaridan boshlab XIX asrning
70-yillarigacha bо„lgan davr mobaynidagi siyosiy jarayonlar, xonlikning ichki
siyosiy hayoti va tashqi siyosiy darayonlardagi ishtiroki, qо„shni mamlakatlar bilan
о„zaro siyosiy munosabatlarining asosiy xususiyatlarini yoritib berish kо„zda
tutiladi.
Ikkinchidan,
Qо„qon
xonligi
tarixshunosligining
davrlashtirilishi
masalalari, mustaqillik yillarida Qо„qon xonligi siyosiy tarixining о„rganilishi va
tarixshunoslikning rivojlanishi masalalarining tadqiq etilishi ham ilmiy tadqiqot
ishida kо„zlangan eng asosiy vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifani amalga
oshirish jarayonida xonlik siyosiy tarixi tarixshunosligining eng muhim jihatlari
tahlili etiladi, mustaqillik yilarida chop etilgan ilmiy adabiyotlar, tо„plamlar, ilmiy
tadqiqot ishlari va ularning natijalari, xulosalarining tahlili amalga oshiriladi,
mazkur tadqiqot natijalari yuzasidan ilmiy xulosalar ilgari suriladi.
Uchinchidan, Qо„qon xonligi tarixi mavzusining о„qitish masalalari va
ta‟lim texnologiyalarining eng samarali usullarini tanlash va ularning dars о„tish
jarayonidagi metodikalarini ishlab chiqish va dars tahlillarini amalga oshirish,
mavjud qо„llanmalar hamda darsliklarda Qо„qon xonligi tarixiga oid
mavzularining yoritilishi tahlil etiladi, darslarda Qо„qon xonligi mavzularining
о„qitishi uslublarini kо„rsatib berish ham tadqiqotning eng asosiy vazifalaridan biri
sifatida ilgari surilmoqda.
Yuqorida kо„rsatilgan holatlarni nazariy va amaliy tahlil etish va zamonaviy
tarix fani tamoyillari asosida qayta ishlab chiqish - dissertatsiyaning asosiy
g„oyasini tashkil etadi.
Tadqiqot obyekti: Qо„qon xonligi tarixining mustaqillik yillaridagi
tadqiqotlari va ularning tarixshunoslik masalalari.
Tadqiqot predmeti: Qо„qon xonligining mustaqillik yillarida amalga
oshirilgan ilmiy tadqiqotlarining va chop etilgan adabiyotlarning tahlili, mavzuni
о„qitishning ta‟lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiyalar berish.
13
Tadqiqotning ilmiy yangiligi va natijalari:
Mustaqillikning dastlabki yillarida Qо„qon xonligi tarixiga oid amalga
oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari va tadqiqotlarining tahlil etilishi;
Qо„qon xonligi siyosiy tarixi bilan bog„liq horijda amalga oshirilgan
tadqiqotlar va ularning asosiy jihatlarining tahlil etilishi;
Qо„qon xonligi siyosiy tarixini о„rganish va tarixshunoslik masalalari va
ularning davrlashtirilishi muammolari yuzasidan ayrim nazariy tahlil va
tavsiyalarning berilishi;
Qо„qon xonligi tarixi mavzusining о„qitish masalalari va ta‟lim
texnologiyalarining eng samarali usullarini tanlash va ularning dars о„tish
jarayonidagi metodikalarini ishlab chiqish va dars tahlillarini amalga oshirish.
Tadqiqot ishining tuzilish tartibi: magistrlik dissertatsiyasi tuzilishiga
kо„ra kirish, asosiy qismni tashkil etuvchi oltita paragraf va uchta bob, xulosa,
foydalanilgan
adabiyotlar
rо„yxati, ilovalar va metodik tavsiyalarning
ishlanmalaridan tarkib topishi rejalashtirilgan.
14
1-BOB. QО„QON XONLIGI SIYOSIY TARIXI VA
TARIXSHUNOSLIGINING ASOSIY MASALALARI
1.1. Qо„qon xonligi siyosiy tarixining asosiy masalalari
XVIII asr birinchi yarmida О„rta Osiyo xonliklari chuqur siyosiy inqirozni
boshdan kechirdi. Turli hukmdorlar orasida qarama-qarshiliklarning chuqurlashib
borishi natijasida mavjud xonliklarda murakkab siyosiy vaziyat yuzaga keldi.
Siyosiy hayot inqirozi iqtisodiy hayotdagi parokandalikka olib keldi. Natijada bu
davrda markaziy hokimiyatning salohiyati susayib, xukmron sulolalarning mavqei
pasayib ketdi. Hokimiyat tepasida turgan sulolalar о„rniga о„zbek urug„lari
vakillari keldilar. Jumladan, Buxoroda Ashtarxoniylar Mang„itlarga, Xivada
Shayboniylar Qо„ng„irotlarga siyosiy hayot maydonini bо„shatib berdi. Qо„qon
xonligining tashkil topishi ham bu davrda kechgan murakkab siyosiy
jarayonlarning hosilasi edi. О„zbek xonliklari davlatchiligidagi bu jarayonlar
tarixchilarning tadqiqotlari va asarlarida о„z aksini topgan.
Buxoro xonligidagi siyosiy boshboshdoqlik natijasida XVIII asr boshlarida
Farg„ona vodiysida mustaqil Qо„qon xonligi tashkil topgan. Qо„qon xonligiga
Chodak xо„jalarining yordami bilan 1709 yilda Ming urug„iining boshlig„i
Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709 - 1721) asos solgan.
35
Qо„qon xonligi siyosiy tarixini (1709 - 1876) shartli ravishda tо„rt bosqichga
bо„lish mumkin:
36
1. Xonlikning shakllanish davri (1709 - XVIII asr 50 - yillari). Bu davrda
Qо„qon xonligi asosan Farg„ona vodiysidan iborat bо„lib, xonlik hukmdorlari
mamlakatni birlashtirish, ichki nizolarga barham berish, tashqi dushmanga qarshi
kurashish, mamlakatning mavqeini mustahkamlash bilan mashg„ul bо„lgan.
2. Taraqqiyot davrining boshlanishi (XVIII asrning 60 - yillaridan shu asr
oxirigacha). Bu asosan Norbо„tabiy (1763 - 1798) hukmronlik qilgan davr bо„lib,
xonlik hududi kengaygan, siyosiy va iqtisodiy jihatdan yuksala boshlagan.
Mamlakat О„rta Osiyoda ham о„z mavqeiga ega bо„lib borgan.
35
Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. -Т., Янги аср авлоди, 2008. 5-б
36
Мадрахимов З.Ш. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Наманган. 2009. 30-б
15
3. Taraqqiyot davri (XIX asrning birinchi yarmi). Olimxon (1798 - 1810),
Umarxon (1810 - 1822), Muhammadalixon (1822 - 1842) kabi hukmdorlar davrida
xonlik hududi kengayib, shimoldan qozoq chо„llari va u orqali Rossiya, g„arbdan
Buxoro amirligi, chо„l zonalari orqali Xiva xonligi hududi, sharqsan Qashqar
yerlari bilan chegaradosh bо„lib, janubiy xududlari Pomir toglariga tutashib ketgan.
Xonlik О„rta Osiyoda siyosiy mavqeini mustahkamlash bilan birga, iqgisodiy
jihatdan ham ancha yuksalgan.
4. Tanazzul davri (XIX asrning 50 - 70 - yillari). Bu davrda ichki nizolar va
tashqi urushlar avjiga chiqqan. Mamlakat siyosiy va iqtisodiy tanazzulga yuz
tutgan. Taxt uchun kurashlar kuchayib, xonlik hukmdorlari tinimsiz almashinib
turgan. Xatto, Xudoyorxonning о„zi uch marta (1845 - 1858, 1862 - 1863, 1865 -
1875) taxtga kelib, ichki nizolar oqibatida uch marotaba undan ketishga majbur
bо„lgan. Tashqi dushmandan xonlik о„zini mudofaa qila olmagan. Natijada, dastlab
1842 yil Buxoro xonligi xonlikni vaqtincha bosib olgan bо„lsa, 1876 yil Rossiya
imperiyasi unga barham bergan.
37
Ma‟lumki, Farg„ona vodiysi va unga tutash hududlar aholisi azaldan
polietniylik xususiyati bilan О„rta Osiyoning boshqa hududlaridan ajralib turgan.
Bunday etnik о„ziga xoslilik, Qо„qon xonligi davrida ham saqlanib qolgan edi
38
.
Qо„qon xonligi hududida asosan о„zbeklar, tojiklar, qirg„izlar, uyg„urlar
va qoraqalpoqlar istiqomat qilganlar. Bundan tashqari xonlik hududida son
jihatidan kamroq bо„lsada yahudiylar, tatarlar va boshqa etnik jamoa vakillari ham
yashar edilar. О„zbeklar Qо„qon xonligi aholisining asosiy qismini tashkil qilgan.
Ta‟kidlab о„tish о„rinliki, XX asr boshlariga qadar о„zbeklarning asosiy qismi
о„troq turmush tarziga ega bshlib, XX asr boshlariga kelib, vodiy о„zbeklarining
828 mingdan ziyodrog„i о„troq holda yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va
savdo-sotiq bilan mashg„ul bо„lganlar. Turli urug„-qabilaviy tuzilishga ega bо„lgan
yarim о„troq (yarim kо„chmanchi) о„zbeklarning vodiydagi umumiy soni о„sha
davr ma‟lumotlariga kо„ra 215 ming nafardan kо„proqni tashkil etgan. Bular ichida
37
О„sha joyda.
38
Абдуллаев У. Қўқон хонлиги аҳолисининг этник таркиби. / http://www.e-tarix.uz/vatan-tarixi/221.
16
turk, ming, qipchoq, qurama, yuz, nayman kabilar Qо„qon xonligi hududidagi yirik
etnografik guruhlar hisoblangan. Ushbu urug„-qabilalar о„zbek xalqini
konsolidatsiyalashuvida muhim etnik komponentlar sifatida qatnashdilar.
39
XVIII asrdan Buxoro xonligida yuz bergan siyosiy inqiroz Sirdaryoning
о„rta oqimida yashab turgan qoraqalpoqlar Qо„qon xonligi hududiga kelib qо„nim
topdilar. Qо„qon xonligi hududiga kо„chib о„tgan qoraqalpoqlar Sirdaryo va
Qoradaryo bо„ylariga о„rnashib, an‟anaviy xо„jaligini yuritishni davom ettirdilar.
40
Aynan mana shunday siyosiy voqeliklar tizimida mamlakat iqtisodiy hayoti
ham rivojlanib borgan. Markazlashgan davlatning salohiyati kuchli bо„lgan
yillarda iqtisodiy hayot taraqqiyoti, uni tashkil etgan hunarmandchilik va
savdoning rivoji yaqqol kо„zga tashlanadi. Bu jarayonlar faol kechgan markazlar
shaharlar edi. Xonlik tashkil topgan XVIII asr boshlarida Andijon, Marg„ilon,
О„sh, Xо„jand shaharlari Fargona vodiysining yirik shaharlari hisoblangan.
Mamlakatning siyosiy jihatdan taraqqiy etib borishi natijasida asta-sekinlik bilan
bu shaharlarining iqtisodiy markazlar sifatida salohiyati oshib bordi. Ular bilan bir
qatorda yangi shaharlar paydo bо„ldi, avvallari u qadar muhim ahamiyat kasb
etmagan kichik shaharlar yirik iqtisodiy markazlarga aylandi. Xususan, poytaxt
Qо„qon shahri XVIII asr boshlarida tashkil topdi va asta-sekinlik bilan О„rta
Osiyoning yirik iqtisodiy markazlaridan biriga aylandi. Ma‟lumotlarga qaraganda,
Shohruxbiy (1709 - 1821) taxtga о„tirganidan sо„ng mamlakat poytaxti sifatida
Qо„qon shahri ham shakllanib bordi. Eski qо„rg„on va Kо„ktо„nli ota mavzesi
о„rtasi, ya‟ni, ikki soy о„rtasidagi yerlar poytaxt uchun ma‟qul deb topilib, bu
yerga о„rda va ark, uning atrofida amaldorlar uylari qurildi. Shu tarzda Qо„qon
shahri ahamiyati kо„tarilib bordi. Abdulkarimbiy (1733 - 1750) hukmronligi
davrida poytaxtga e‟tibor yanada kuchayib, Qо„qon atrofini devor bilan о„ralgan,
bozor va rastalar barpo qilingan. XIX asr 40 - yillariga kelganda Qо„qon atrofi 18
kmdan ortiq uzunlikdagi devorlar bilan о„ralgan 12 darvozali yirik shahar edi. Bu
davrda Qо„qon ma‟muriy jihatdan 4 qismga - Xо„jand, Sarimozor, Margilon,
39
Қўқон хонлиги аҳолисининг этник таркиби. . / http://www.e-tarix.uz/vatan-tarixi/221.
40
Қўқон хонлиги аҳолисининг этник таркиби. / http://www.e-tarix.uz/vatan-tarixi/221.
17
Qatagon dahalariga bо„linib, О„rta Osiyoning yirik iqtisodiy markazlaridan biriga
aylangan
41
.
Qо„qon hukmdorlari Shohruxbiy (1709 - 1721), Abdurahimbiy (1721 -
1734) va Abdukarimbiy (1734 - 1750)lar yangi davlatning siyosiy mavqeini
mustahkamlash, ichki va tashqi dushmanlarini bartaraf etish bilan mashg„ul
bо„lganliklari bois, ular davrida xonlikning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli uncha yaxshi
emas edi. Bu davrda, an‟anaviy savdo munosabatlari amalga oshirilgan bо„lsada,
tartibsiz va deyarli nazoratsiz bо„lgan. Erdonabiy (1750 - 1752, 1753 - 1762)
hukmronlik davridan boshlab iqtisodiy hayot bir oz yaxshilanib, aholi farovonligi
oshib borgan. Norbо„tabiy (1762 - 1798) taxtga о„tirganidan sо„ng, xonlikning
nisbatan taraqqiyot davri boshlandi. Qо„qon xonligi hududlari kengayib, Urta
Osiyoda mavqei yuksala bordi. Ichki va tashqi savdo taraqqiy etdi. Olimxon (1798
- 1810), Umarxon (1810 - 1822) va Muhammadalixon (1822 - 1842)lar
hukmronligi davrida Qо„qon xonligi taraqqiyoti yangi bosqichga kо„tarildi. Xonlik
Urta Osiyodagi eng yirik davlatlardan biriga aylandi. Iqtisodiyot ham yuksalib,
ichki va tashqi savdo taraqqiyoti aholining farovonligida о„z aksini topdi.
1805 yildan Farg„ona davlati rasman Qо‘qon xonligi deb e‟lon qilindi va
Olimbek о„ziga xon unvonini oldi. 1809 yilda xonlik taxtiga Umarxon (1809-
1822) о„tirdi. Umarxon hukmronligi davrida bо„ysunmay qо„ygan Turkiston,
Chimkent, Sayram va Avliyoota egallandi. Jizzax, О„ratepa va boshqa joylar uchun
Qо„qon xonlari Buxoro amirligi bilan betо„xtov urushlar olib bordi. Muhammad
Alixon (1822-1842) Sharqiy Turkiston bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni
kuchaytirishga harakat qildi. Xonlik chegaralarini kengaytirib Qorategin, Kо„lob,
Hisor, Badaxshon, Darvoz va Matcho viloyatlarini bosib oldi. Chegaralarni
mustahkamlash maqsadida Pishpak, Tо„qmoq, Kushka, Avliyoota va boshqa
harbiy istehkomlar qurildi.
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Olimxon (1798-1810), Umarxon (1810-
1822) va qisman Muhammad Alixon hukmronligi yillarida (1822-1841) birmuncha
kuchli va markazlashgan davlatga aylangan Qо„qon xonligi XIX asr о„rtalariga
41
Бобобеков Ҳ. Қўкон тарихи. - Т., 1996. - Б. 112.
18
kelib, siyosiy va harbiy jihatdan inqirozga uchray boshlagan bо„lsada, о„zining
kuch - qudratini saqlab turardi.
42
1842 yilda Buxoro amiri Nasrullo tomonidan xonlik poytaxti Qо„qon
shahrining bosib olinishi va xon oilasining о„ldirilishi voqealari ham xonlikning
о„z qudratini saqlab qolishiga tо„sqinlik qila olmadi. 1842 yilning о„zidayoq
amirga qarshi kо„tarilgan qо„zg„olonlar natijasida Ming sulolasi qaytadan
hokimiyatni о„z qо„liga oldi. Taxtga qirg„iz-qipchoq zodagonlarining qо„llab-
quvvatlashi bilan Sheralixon о„tirdi. Uning taxtga chiqishida kо„maklashgan
qirg„iz-qipchoq urug„lari biylar asta-sekin davlat boshqaruvidagi asosiy mansab va
lavozimlarni qо„lga kirita boshladilar, bu esa xonlik ichki hayotida siyosiy
keskinlikning kelib chiqishidagi asosiy omillardan biri bо„lib qoldi. Bunga
qarshilik kо„rsatishga uringan Sheralixon esa 1845 yilda saroy fitnalari oqibatida
о„ldirildi.
43
XIX asr 50-yillari xonlikdagi ichki siyosiy bо„hronlar eng kuchaygan
jarayonlar bilan boshlandi. Birinchidan, Sayyid Muhammad Xudoyorxon 1844
yildan buyon taxtga egalik qilib kelayotgan bо„lishiga qaramay, hukmdorlik
jilovini tо„lalagicha о„z qо„liga ololmagan edi. Dastlabki yillarda Musulmonqul
mingboshi va qipchoq amaldorlarining saroydagi kuchli ta‟siri bunga yо„l
bermagan bо„lsa, keyingi yillarda о„zaro taxt talashishlar bu imkoniyatlarni yо„qqa
chiqargan edi. Bu holni uning hukmronlik yillarida xonlikning turli hududlarida
rо„y bergan qо„zg„olonlar, norozilik harakatlarida ham kuzatish mumkin edi.
44
Ikkinchidan, 50-yillarga kelib, Rossiya imperiyasining bosqinchilik
yurishlariga qarshi kurashga ham yetarli e‟tibor berilmaganligi va siyosiy ojizlik
bosqinchilikning kengayib ketishi va jiddiy tus olishiga, pirovard natijada esa
xonlikning halokatga uchrashiga olib kelgan edi.
Xudoyorxon hukmronligi yillarida yuzaga kelgan sharoitda boshboshdoqlik,
taxtga bо„ysunmaslik va markaziy hokimiyatga itoatsizlik kuchayib ketdi.
45
42
Илҳомов З. Амирлашкар тарихи. Т.2013. 6-б.
43
Илҳомов З. Алиқули Амирлашкар ва унинг Қўқон хонлиги сиѐсий ҳаѐтида тутган ўрни. 26-б
44
О„sha joyda.
45
Амирлашкар тарихи. 19-б
19
Bu vaqtda Buxoro amiri Nasrullo О„ratepani qamal qilib, qо„qonliklarni
mag„lubiyatga uchratadi va Hо„jandga yurish qiladi. Biroq, amirning yurishi
shahar hokimi Yoqubbek Badavlat tomonidan tо„xtatiladi va amir chekinishga
majbur bо„ladi.
46
Vaziyatdan foydalanib taxtni egallagan Mallaxon yurtda tartib о„rnatish,
saroydagi boshboshdoqliklarni tugatish, о„zaro fitnalarga barham berib, ayni
vaqtda kuchayib borayotgan chor Rossiyasining bosqinchilik tajovuzini oldini
olish maqsadida hokimiyat uchun kurash olib borgan edi. Uning bu maqsadini
kо„pgina amaldorlar va davlat arboblari, din peshvolari ham qо„llab quvvatlagan
edilar. Mallaxon taxtga о„tirgach, birinchi navbatda xonlikda tartib о„rnatishga va
xon hokimiyatini kuchaytirishga kirishadi. Davlatni boshqarishda Mallaxon qattiq
siyosat yuritadi. Qо„qon xonligidagi ichki siyosiy vaziyatni diqqat bilan kuzatib
boryotgan rus harbiylari Mallaxonning taxtni egallash voqealarini ham nazardan
chetda qoldirmaganlar. Bu haqda Sibir korpusi qо„mondoni general Gosford 1859
yil 4 yanvarda harbiy vazirga yuborgan maxfiy telegrammasida – “Mallabekning
xonlik taxtiga о„tirgani tasdiqlandi. Xudoyorxon doimiy yashash uchun Hо„jandga
yuborildi va barcha xuquqlaridan mahrum qilindi. Yangi xonni xalq qо„llab -
quvvatlamoqda”, - degan sо„zlarni yozgan edi.
47
Mallahon xonlikning harbiy salohiyatini oshirishga va chor Rossiyasining
harbiy tajovuziga qarshi kurashga tayyorgarlik kо„rishga kirishadi.
1859 yil oxirlariga kelib, Qо„qon xonligining ayrim qal‟alari Rossiya
imperiyasi harbiy kuchlari tomonidan bosib olinadi. О„lkaning musulmon aholisi
bundan nihoyatda tashvishlanib, Mallaxondan Rossiyaga qarshi urush boshlashni.
Mallaxon, agar xonlikning ichki hududlarida osoyishtalik saqlansa, shu qishda
yoki erta bahorda urush boshlashga tayyor ekanligini bildiradi.
48
Mallaxon Rossiya imperiyasiga qarshi kurashda Buxoro amirligi bilan
46
Амирлашкар тарихи. 21-б
47
Илхомов З., Расулова Н. XIX асрнинг 50-йилларида Қўқон хонлигида ички сиѐсий
зиддиятларнинг кучайиши (манбавий-методологик таҳлил). Фарғона водийси тарихи янги
тадқиқотларда. Мавзусидаги иккинчи Республика илмий анжумани (илмий мақолалар тўплами).
2012 йил. 157-160-бб.
48
Илхомов З., Расулова Н. XIX асрнинг 50-йилларида Қўқон хонлигида ички сиѐсий
зиддиятларнинг кучайиши (манбавий-методологик таҳлил). 157-160-бб.
20
birlashishga kо„zi yetmagach, Xiva xonligi bilan harbiy ittifoq tuzishga intiladi.
1859 yil noyabr oyi boshlarida shu masalada Xiva xoniga elchilar yuboradi. 28
noyabrda har ikki xonlik о„rtasida shartnoma tuziladi va bunga kо„ra, qishda, daryo
muzlaganda har ikki xonlikning qо„shinlari chor bosqinchilari ustiga yurish
qilishga kelishib oladilar.
49
Shu bilan bir vaqtda Mallaxon 1859 yil dekbrda о„ttiz kishidan iborat
elchilikni imperator huzuriga ayrim siyosiy masalalarni hal etish, jumladan
Oqmasjidni qaytarib berishni talab qilib jо„natadi.
Biroq, bu elchilar hech qanday natijaga erisha olmadilar. 1860 yil aprelida
Hoja kitobdor boshchiligida Sibir orqali Peterburgga yuborilgan navbatdagi
elchilik ham natijasiz tugadi.
Xonlikning ichki siyosiy hayotida davom etayotgan keskinliklar natijasida
1862 yil 23 fevral kuni Mallaxon о„ldiriladi. Taxtdan quvilgach, yana taxtni
egallash ishtiyoqida yurgan Xudoyorxon ushbu vaziyatlardan foydalanib, Buxoro
amiri qо„shinlari yordamida Qо„qonni egallash uchun harakat boshlaydi.
50
Amir
Muzaffar kо„magida dastlab Hо„jandni egallagan Xudoyorxon osonlik bilan
Qо„qonni egallaydi. Chunki yuzaga kelgan siyosiy vaziyat qо„qonliklarga о„z
qо„shinlarini birlashtirib, buxoroliklarga va Xudoyorxonga qarshi chiqishga imkon
bermagan edi. Xudoyorxonning qaytadan taxtni egallashi yana kо„pgina
amaldorlarda va harbiy boshliqlarda norozilik uyg„otadi. Uning taxtga da‟vogarlik
qilib harakat boshlashining о„zidayoq kо„plab qirg„iz, qipchoq urug„lari avvalgi
qirg„inlarni unutmaganliklari va taxtga ana shu xalqlarni ham boshqalar bilan
barobar kо„rib, ish tutuvchi xon о„tkazish taraddudiga tushadilar. Bu aynan 1863
yil, chor Rossiyasi bosqinchilari xonlikning ichkari hududlariga shiddat bilan
bostirib kelayotgan vaqtlarga tо„g„ri kelgan edi.
49
Илхомов З., Расулова Н. XIX асрнинг 50-йилларида Қўқон хонлигида ички сиѐсий
зиддиятларнинг кучайиши (манбавий-методологик таҳлил). 157-160-бб.
50
Амирлашкар тарихи. 34-б.
21
Qо„qon xonligida davlat boshqaruvi tizimi О„rta Osiyoning XVI-XIX asrda
mavjud bо„lgan davatlaridagi an‟anaviy boshqaruv tizimi xususiyatlariga ega
bо„lib, boshqaruvning markaziy tizimi dargoh va devondan iborat bо„lgan.
51
Xonlikda mutlaq huquqlarga ega bо„lgan va qadimgi odatlarga kо„ra,
saylanib qо„yiladigan xon cheklanmagan huquqlarga ega bо„lib, u harbiy-
ma‟muriy, diniy amaldorlar yordamida davlatni boshqargan. Dastlabki hukmdorlar
«biy» unvoni bilan hokimiyatni boshqargan, Olimxon davridan (1805) esa «xon»
unvoni bilan yuritila boshlagan.
Xon saroyida muhim ishlarni kо„rib chiqadigan Kengash tuzilgan bо„lib,
unga “mingboshi” boshchilik qilgan. A‟zolari dasturxonchi, risolachi va yana ba‟zi
muhim amaldorlar bо„lgan. Davlatni boshqarishda bu Kengashning ham о„rni katta
edi. Saroy amaldorlari ichida ming boshi (bosh vazir) va amiri lashkar (harbiy
vazir), qо„shbegi – xon maslahatchi yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon
maslahatchisi), shig„ovul, xudoychi xonning yordamchisi, tunqator, xon yotog„i
posboni, tundan topshiriqlarni bajaruvchi, noib (sarbozlar boshlig„i) otaliq,
dodxoh, mextar boshi, dasturxonchi, tо„qsoba, devonbegi, mirzaboshi, sarkor va
boshqa muhim amaldorlar hisoblanganlar. Ular о„z xizmatlari evaziga maosh va
tegishli yer mulklari olishgan.
Mansablardan amirlashkar va mingboshilikka bir kishi tayinlangan.
Bulardan tashqari shariat, sud ishlariga oid mansabdor muddaris, Shayx ul
islom (rais), Oliy sud- qoziul kuzot, qozi-kalon bosh qozi, katta qozi, qozi askar,
maxsus qozi, a‟lam (huquqiy-maslahatchilar boshlig„i), mufti va boshqa
mansabdorlar bо„lgan. Bu mansablarni ishga tayinlash va faoliyati ustidan nazorat
qiluvchi mansabdor shaxs “shig„ovul” deb atalgan.
Qо„qon xonligidagi barcha mansablar uch toifaga oliy, о„rta va past
darajalarga ajratilgan.
52
Qо„qon xonligining asosiy hududini Farg„ona vodiysi, Toshkent viloyati,
Xо„jand, О„ratepa, Janubiy Qozog„iston va hozirgi Qirg„iziston Respublikalari
51
О„sha joyda.
52
Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги ва бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. Т. 1996. 18-б.
22
tashkil qilgan. Xonlik ma‟muriy jihatdan bekliklarga bо„linib boshqarilgan.
Ularning kо„pchiligi turli davrlarda xonlik tarkibiga kirib chiqib turgan. Asosiy
bekliklar sifatida Namangan, Marg„ilon, Andijon, Tо„raqо„rg„on, О„sh, О„ratepa,
Xо„jand, Toshkent, Turkiston, Chimkent va boshqalar bо„lgan.
53
Bekliklar xon tomonidan tayinlanadigan hokim – qо„shbegi tomonidan
boshqarilgan, kichik ma‟muriy birliklar amin va oqsoqoliklarga bо„lingan.
Qо„qon xonligi ichki siyosiy hayotida amalga oshirilgan eng asosiy
ishlardan biri bu pul sohasidagi islohotlarning amalga oshrilishi bо„lgan. Qо„qon
xonlari XVIII asr 70 - yillariga qadar mamlakatning siyosiy mustaqilligini saqlab
qolish va ichki urushlarni oldini olish bilan mashgul bо„lgan. Shu bois, ichki savdo
munosabatlaridagi oldi-sotdi jarayoni qо„shni xonliklar pullari, asosan Buxoro
tangalari va mol ayriboshlash orqali amalga oshirilgan. Norbо„tabiy Qо„qon
taxtiga о„tirganidan sо„ng pul islohatini amalga oshirdi. Bu xususida Muhammad
Solihxо„ja,- "Norbо„taxon taxtga chiqqach uning adolatparvarligi ovozasi turli
tarafga yoyilib, shariat rivoj topdi va uning nomidan dinoriy va dirham tangalar
zarb etildi" , - deb ma‟lumot bergan. Ma‟lumotlarga kо„ra, Norbо„tabiy mis (fuls)
chaqalar zarb ettirgan va bu mis chaqalar xalq orasida "qora pul" deb atalgan.
Niyoz Muhammad Xо„qandiy ma‟lumotlariga kо„ra, Norbо„tabiy qora fuls
tangalarni joriy qilgan va bitta shunday tangaga qо„y bergan
54
.
Norbо„tabiydan sо„ng xonlik taxtiga chiqqan har bir xon о„z nomidan yangi
pul zarb ettirgan va eskisini yigishtirib olgan. Qо„qon xonlari kо„proq chaqa pul,
ba‟zilari oltin tanga zarb ettirgan. Xususan, Norbо„tabiy mis chaqa, Olimxon mis
chaqa va kumush tanga, Umarxon dastlab mis va kumush tanga hamda
hukmronligining sо„nggi yillarida yana pul isloxoti о„tkazib, ilk bora xonlik
tarixida oltin tangalarni muomalaga kiritgan. Muhammadalixon о„z hukmronligi
davomida ikki marta pul isloxoti о„tkazib, mis, kumush va oltin tangalar zarb
ettirgan. Shuningdek, Sheralixon, Xudoyorxon, Mallaxonlar ham mis, kumush va
oltin tangalar zarb ettirganlar. Hatto, bir necha oy hukmronlik qilgan Shohmurod
53
Қўқон хонлигида савдо муносабатлари.. 56-б.
54
Қўқон хонлигида савдо муносабатлари.. 56-б.
23
oltin va kumush, Sayyid Sulton oltin, kumush va mis, Pо„latxon va Nasriddinbek
esa kumush tangalar zarb ettirgan.
55
Qо„qon xonligi tangalarining bir tomoniga uni zarb ettirgan hukmdor nomi,
ikkinchi tomoniga zarb yili va joyi yozilgan. Xususan, Umarxon tomonidan zarb
ettirilgan tanganing bir tomoniga, "musulmonlar amiri Sayid Muhammad Umar
Sulton", ikkinchi tomoniga "1237 yil poytaxt Qо„qonda zarb etildi",
Muhammadalixon zarb ettirgan tanganing bir tomoniga, "Muhammad Ali-G„ozi
Umar о„gli 1247 yil", ikkinchi tomoniga "poytaxt Qо„qonda zarb etildi, 1247 yil",
Xudoyorxon 1274 yil (1857 - 1858) zarb ettirgan oltin tangasi bir tomoniga, "Sayid
Muhammad Xudoyorxon 1274 yil", ikkinchi tomoniga "Qо„qandi Latifda zarb
etildi 1274 yil" va Mallaxon 1275 yil (1858 - 1859) zarb ettirgan tillo tanganing
birinchi tomoniga, "Sayid Muhammad Malla Baxodurxon 1275 yil", ikkinchi
tomoniga "Qо„qandi Latifda zarb etildi 1275 yil", - deb qayd etilgan
56
.
Qо„qon xonligining oltin puli - tillo, kumush - tanga yoki kо„qon, mis -
chaqa deb atalgan. Mahalliy aholi kumushdan ishlangan tangani "oq tanga",
misdan ishlangan tangani "qora tanga" deb atagan. Xonlik tangalari sifati va vazni
turli xil bо„lgan. Muhammadalixon 1249 (1833 - 1834) yilda ogirligi 1 misqol
bо„lgan tillo tanga zarb ettirgan hamda vasiqasida "Tilloyi ahmari a‟loyi
Xо„qandiy, zarbi amir Muhammad Alixoni G„oziy", nomi bilan qayd etilgan.
Xudoyorxon 1274 yil (1857 - 1858) zarb ettirgan tillo tangasi ogirligi 3,07 gramm,
Mallaxon 1275 yilda (1858 - 1859) zarb ettirgan tillo tanganing og„irligi 4,58
gramm bо„lgan. XIX asr 70 - yillaridagi Qо„qon tillo tangasining 77,60 dan 82,80
foizigacha toza oltin hisoblangan.
Qо„qon kumush tangasi ham turli xil vaznda zarb etilgan. Xususan, 1870 -
1871 yillarda Toshkent ximiya laboratoriyasida tekshirilgan kumush tanga ogirligi
2,79 dan 2,88 gramgacha (0,75 misqol), soflik darajasi 61- 89,5 bо„lgan.
57
XIX asrning о„rtalaridan boshlab bir asrdan ortiqroq davom etayotgan chor
Rossiyasining о„zbek xonliklariga bosqinchilik yurishlari kuchaytirildi. Dastlabki
55
О„sha joyda.
56
О„sha joyda.
57
О„sha joyda.
24
harbiy harakatlar asosan Qо„qon xonligia qarshi qaratildi. 1853 yilda xonlikning
chegara qal‟asi hisoblangan Oqmasjid bosib olindi. XIX asrning 50-60 yillar
davomida xonlikning bir qator qal‟alari va shaharlari, jumladan Avliyoota,
Turkiston, Chimkent (1864 y), Toshkent (1865 y) kabi yirik iqtisodiy va siyosiy
markazlari ham bosib olindi. Asosiy hududlaridan ajralgan Qо„qon xonligi 1868
yilda Rossiya imperiyasi bilan siyosiy qaramlikka asos bо„luvchi shartnomani
imzoladi. XIX asrning 70-yillariga kelib esa xonlikda Xudoyorxonning ichki
siyosati va ayni vaqtda Rossiya imperiyasining hukmronligiga nisbatan munosabati
norozilik kayfiyatini kuchaytirib yubordi. Hokimiyatni undan tortib olishga harakat
qilgan siyosiy kuchlar soxta Pо„ladxon – Mulla Isxoq Hasan о„g„li boshchiligida
xonga qarshi kurash boshladi. Tez orada bu kurashga xon xonadoni vakillari va
yirik amaldorlar ham qо„shildi va 1875 yilda Xudoyorxondan taxtni tortib oldi.
Biroq Nasriddinxon (1875-1876 yy) boshchiligidagi yangi hukumat mamlakatning
siyosiy barqarorligini ta‟minlay olmadi va oqibatda xonlikda yangidan fuqarolar
urushi xavfi yuzaga keldi. Bu vaziyatdan chiqish uchun kurashni chor Rossiyasiga
qarshi qaratgan Nasriddinxon va Pо„ladxonlar muvaffaqiyatsizlikka uchradilar.
1875-1876 yillar davomida bо„lib о„tgan shiddatli janglardan sо„ng 1876 yilda
Qо„qon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan butunlay bosib olindi va mustaqil
davlat sifatida tugatildi.
25
Do'stlaringiz bilan baham: |