Udk “Tarix” kafedrasi


 Шарқ .юлдузи. 1996 йил 1-2 сонлар    17



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana27.02.2020
Hajmi1,02 Mb.
#41052
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qoqon xonligi siyosiy tarixining mustaqillik davri tarixshunosligi 1991-2012 yy


16

 Шарқ .юлдузи. 1996 йил 1-2 сонлар   



17

 Шарқ юлдузи, 1998 йил. 6 сон 



18

 Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010. 



19

 Ўзбекистон Республикаси Алишер Навоий номидаги Марказий Давлат кутубхонаси. В 961-3. 



20

 Мулло Олим Маҳдумҳожа. Тарихи Туркистон. Т. 2010й. 



21

 Тарихи Фарғона. Мерос. Т.1992 й. 



22

 Мулло Ҳолибой Мамбетов. Туркистон босқини. Т.2009.  



 

ahvol»,



23 

Mirzo  Olim  ibni  Mirzo  Rahim  Toshkandiyning  «Ansob  us  –  salotin  va  

tavorix  ul  –  xavoqin»,

24

  Mullo  Xolbek  ibni  Mullo  Muso  Andijoniyning  «Aliquli 



jangnomasi va Mullo Xolbek sarguzashtlari»,

25

 Muhammad Niyoz Xо„qandiyning 



«Tarixi  Shohruhiy»,

26 


Muhammad  Solih  ibn  Muhammad  Rahim  Toshkandiyning 

«Tarixi jadidi Toshkand»

27

 kabi tarixiy asarlarni alohida kо„rsatib о„tish lozim.  



Tadqiqot  jarayonida  kо„rindiki,  manbalar  va  ularda  keltirilgan  ma‟lumotlar 

mazmun  jihatdan  va  ayni  vaqtda  tarixiy  jarayonlar  va  voqealarga  yondashish, 

ularni  talqin  qilish  va  tavsiflash  masalalarida  ma‟lum  darajada  bir-biridan 

farqlanadi.  XIX asr oxiri va XX asr boshlarida chor Rossiyasi  mustamlakachilik 

siyosati eng avjiga chiqqan bir vaqtda vaziyatga moslashuvchi, hukmron mafkura 

manfaatlari  nuqtai–nazarini  ifodalovchi  mualliflar  tomonidan  ayrim  asarlar  ham 

yaratilganki,  bularda  asl  voqelikdan  chetga  chiqish,  voqealar  tafsilotlari  hamda 

tarixiy shaxslar faoliyatlarining mohiyatini notо„g„ri talqin qilish hollari uchraydi.

 

Tarixchilarning  bunday  yо„l  tutishlariga  XX  asr  boshlariga  kelib  ijtimoiy  va 



siyosiy  hayotning  barcha  sohalarida  mustahkam  hukmronligini  о„rnatgan    chor 

hukumatining  senzurasi  sabab  bо„lgan  bо„lishi  sir  emas.  Xonlik  tarixiga  oid 

manbalar  bir  qator  tadqiqotchilarning  dissertatsiyalarida  keng  va  atroflicha 

о„rganilgan,  jumladan  SH.Vohidov  о„zining ilmiy  tadqiqotida xonlik  tarixiga  oid 

yaratilgan manbalar yuzasidan ilmiy tadqiqot olib borgan  bо„lsa

28

, V.Ishquvatov



29

 

XIX asrda Qо„qon xonligining diplomatik aloqalari va elchiliklar tarixi yuzasidan 



amalga oshirgan ilmiy tadqiqotida, Z.Ilhomov Qо„qon xonligining siyosiy tarixi va 

Rossiya  imperiyasiga  qarshi harbiy  kurashlari  tarixi va diplomatik  aloqalari  tarixi 

                                                 

23

 Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010.. 



24

 Мирзо Рахим Тошкандий. Қўқон хонлиги тарихи. Т.1995 й.  



25

 Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010.. 



26

 Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010. 



27

 Қаранг: Султонов У.А. Муҳаммад Солиххўжа ва унинг "Тарихи жадидайи Тошканд асари"    

    мухим тарихий манба сифатида. Тарих  фан номз ...дисс. - Тошкент: 2007; Ш.Воҳидов. Қўқон  

    хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010. 

28

  Воҳидов  Ш.Х.  XIX  аср  иккинчи  ярми  –  ХХ  аср          бошларида  Қўқон  хонлигида 



тарихнависликнинг  ривожланиши.  Тарих  фанлари          докт.  илм.  дараж.  олиш  учун  ѐзилган 

диссертация. 1998 й. - 240 бет; Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010. 

29

  Ишқуватов  В.  Қўқон-Россия  дипломатик  муносабатлари.  Тарих  фанлари  номзоди  илмий 



даражасини  олиш  учун  ѐзилган  диссертация.  Т.2004;

  29


  Ишқуватов  В.  Қўқон-Россия  дипломатик 

муносабатлари Т.Янги аср авлоди. 2009. 



 

10 


yuzasidan  amalga  oshirgan  tadqiqotida

30

,  O.Masaliyeva  о„zbek  xonliklarining, 



jumladan  Qо„qon  xonligining  horijiy  mamlakatlar  bilan  siyosiy  tarixi  va 

diplomatik aloqalari tarixining horijiy tarixchilar asarlarida yoritilishi masalasidagi 

tadqiqotida

31

,  SH.Qо„ldoshev  XVIII-XIX  asrning  о„rtalarida  Qо„qon  xonligining 



Sharqiy  Turkiston bilan siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalari  tarixini  yoritishda 

va  о„rganishda,

32

  Z.Madrahimov  Qо„qon  xonligining  siyosiy  va  savdo 



munosabatlari  tarixini  tadqiq  qilish  jarayonida

33

  hamda  SH.Mahmudov



34

B.Yandashev  va  boshqalarning  dissertatsiyalarida  manbalar  va  ulardagi 



ma‟lumotlarning xonlik tarixiga oid tadqiqotlarga ilmiy jihatdan kо„plab marotaba 

jalb  etilganligini  kuzatish  mumkin.      Biroq,  yuqorida  kо„rsatilganlar  bilan 

kifoyalanib,  Qо„qon  xonligi  tarixini  chuqur  о„rganib  bо„lmaydi,  albatta.  Bu  esa 

о„z–о„zidan  tarixchi  tadqiqotchilar  oldida    ulkan  vazifalar  turganligini,  tarixning 

о„rganilmagan  yoki  kam  о„rganilgan  qirralariga  yanada  kо„proq  e‟tibor  berish 

zarurligini kо„rsatadi. 



Tadqiqotning  maqsadi  Qо„qon  xonligi  tarixining  mustaqillik  davri 

tarixshunosligini  uning  tadqiqot  metodologiyalari,  ilmiy  adabiyotlar  va 

tadqiqotlarning  xususiyatlari  va  fanning  rivojlanishiga  qay  darajada  hissa 

qо„shganligini  tahlil  etish  va  aniqlashtirish,  ulardagi  tajribalardan  kelib  chiqqan 

holda  bugungi  tarix  fanining  о„rganilishi,  uning  tarixshunosligi  sohasidagi 

masalalarni tahlil etish va tavsiyalar berishdan iborat.  



Tadqiqot maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar qо„yildi: 

1.  Qо„qon xonligi siyosiy tarixining asosiy masalalarini tahlil qilish va umumiy 

tavsifini ochib berish; 

                                                 

30

  Илҳомов  З.А.  “Алиқули  Амирлашкар  ва  унинг  Қўқон  хонлиги  сиѐсий  ҳаѐтида  тутган  ўрни”. 



Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ѐзилган диссертация. Т.2004;  шу муаллиф. 

Амирлашкар тарихи. Монография. Т 2013. 

31

  Масалиева  О.  Бухоро,  Хива  ва  Қўқон  хонлиги  тарихини  ХХ  аср  Англия  ва  Америка 



тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998. 

32

 Қўлдошев Ш. «Қўқон хонлиги ва Шарқий Туркистон ўртасидаги сиѐсий, иқтисодий ва маданий 



алоқалар  (XVIII-XIX  асрнинг  ўрталари)”  Тарих  фанлари  номзоди  илмий  даражасини  олиш  учун 

ѐзилган диссертация. Т.2009. 

33

  З.Мадрахимов.“Қўқон  хонлигида  савдо  муносабатлари”  Тарих  фанлари  номзоди  илмий 



даражасини олиш учун ѐзилган диссертация. Т.2009 

34

 Махмудов Ш. Қўқон хонлиги сиѐисй тарихи. Тарих фан номз илм дар .... дисс. Т. ЎзР ФА ТИ, 



2010.  

 

11 


2.  Qо„qon  xonligi  tarixshunosligining  davrlashtirilishi  masalalari  yuzasidan 

ayrim nazariy tahlil va tavsiyalar berish; 

3.  Qо„qon xonligi siyosiy tarixining tarixshunosligi masalalarini yoritib berish 

va uningn eng asosiy jihatlarini kо„rsatib berish; 

4.  Horijiy mamlakatlar tarixshunosligida xonlik siyosiy tarixining yoritilishi va 

tarixshunoslikning asosiy jihatlarini tahlili etish; 

5.  Darsliklarda  Qо„qon  xonligi  mavzularining  yoritilishi  о„rganish  va  tahlil 

etish; 


6.  Qо„qon  xonligi  tarixi  mavzusining  о„qitish  masalalari  va  ta‟lim 

texnologiyalarining  eng  samarali  usullarini  tanlash  va  ularning  dars  о„tish 

jarayonidagi  metodikalarini  ishlab  chiqish  va  dars  tahlillarini  amalga 

oshirish. 

7.  Tadqiqot yuzasidan umumiy xulosalarni ishlab chiqish. 

Tadqiqotning  nazariy  metodologik  asoslari.  Tadqiqot  ishini  yozishda 

О„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  asarlarida  tarixni  о„rganish 

borasida bildirgan fikrlari, milliy g„oya va milliy mafkuraning eng muhim jihatlari, 

milliy  davlatchiligimiz  va  ma‟naviy  merosimizni  qayta  tiklanishi  borasida  fikrlar, 

asrlar va ularda kо„tarilgan g„oyalar tashkil qiladi.  

Tadqiqotni  amalga  oshirishda  tarixiylik,  obyektivlik,  ilmiylik  tamoyillariga 

asoslanilgan  holda  taqqoslash,  qiyosiy  tadqiqot  metodlari,  xronologik  tadqiqot 

uslublari kabi tadqiqot uslublaridan foydalanildi. 

Tadqiqot uchun tanlangan taqqoslash, qiyosiy tadqiqot metodlari yordamida 

xonlik tarixining tarixshunoslik masalalarini qiyosiy о„rganish imkoniyatini beradi, 

xronologik  uslub  yordamida  xonlikda  sodir  bо„lgan  tarixiy  voqeliklar  va 

jarayoning sodir bо„lishi va ularning о„rganilishining ketma-ketligini shakllantirish 

ta‟minlanadi, bu tadqiqot uslublari albatta tarixiylik va ilmiylik tamoyillariga amal 

qilgan  holda  bajarilayotgan  tadqiqot  yuzaisidan  chiqriladigan  xulosalarning 

ilmiyligini va ob‟yektivligini ta‟minlaydi.  

Shuningdek,  tadqiqot  jarayonida  quyidagi  ilmiy  farazlarga  asosiy  e‟tibor 

qaratish va tarixshunoslik tahlilini amalga oshirish muhim vazifalar etib belgilandi: 


 

12 


 

Birinchidan,  Qо„qon  xonligi  siyosiy  tarixining  asosiy  masalalarini  sо„nggi 

yilarda  chop  etilgan  ilmiy  tadqiqotlar  asosida  umumiy  tavsifini  keltirib  о„tish. 

Bunda asosiy e‟tibor xonlikning tashkil topishi jarayonlaridan boshlab XIX asrning 

70-yillarigacha  bо„lgan  davr  mobaynidagi  siyosiy  jarayonlar,  xonlikning  ichki 

siyosiy hayoti va tashqi siyosiy darayonlardagi ishtiroki, qо„shni mamlakatlar bilan 

о„zaro  siyosiy  munosabatlarining  asosiy  xususiyatlarini  yoritib  berish  kо„zda 

tutiladi.  

Ikkinchidan

Qо„qon 


xonligi 

tarixshunosligining 

davrlashtirilishi 

masalalari,  mustaqillik  yillarida  Qо„qon  xonligi  siyosiy  tarixining  о„rganilishi  va 

tarixshunoslikning  rivojlanishi  masalalarining  tadqiq  etilishi  ham  ilmiy  tadqiqot 

ishida  kо„zlangan  eng  asosiy  vazifalardan  biri  sanaladi.  Bu  vazifani  amalga 

oshirish  jarayonida  xonlik  siyosiy  tarixi  tarixshunosligining  eng  muhim  jihatlari 

tahlili etiladi, mustaqillik yilarida chop etilgan ilmiy adabiyotlar, tо„plamlar, ilmiy 

tadqiqot  ishlari  va  ularning  natijalari,  xulosalarining  tahlili  amalga  oshiriladi, 

mazkur tadqiqot natijalari yuzasidan ilmiy xulosalar ilgari suriladi.  



Uchinchidan,  Qо„qon  xonligi  tarixi  mavzusining  о„qitish  masalalari  va 

ta‟lim  texnologiyalarining  eng  samarali  usullarini  tanlash  va  ularning  dars  о„tish 

jarayonidagi  metodikalarini  ishlab  chiqish  va  dars  tahlillarini  amalga  oshirish, 

mavjud  qо„llanmalar  hamda  darsliklarda  Qо„qon  xonligi  tarixiga  oid 

mavzularining  yoritilishi  tahlil  etiladi,  darslarda  Qо„qon  xonligi  mavzularining 

о„qitishi uslublarini kо„rsatib berish ham tadqiqotning eng asosiy vazifalaridan biri 

sifatida ilgari surilmoqda.  

Yuqorida kо„rsatilgan  holatlarni  nazariy  va  amaliy  tahlil  etish  va  zamonaviy 

tarix  fani  tamoyillari  asosida  qayta  ishlab  chiqish  -  dissertatsiyaning  asosiy 

g„oyasini tashkil etadi.  

Tadqiqot  obyekti:  Qо„qon  xonligi  tarixining  mustaqillik  yillaridagi 

tadqiqotlari va ularning tarixshunoslik masalalari.  



Tadqiqot  predmeti:  Qо„qon  xonligining  mustaqillik  yillarida  amalga 

oshirilgan  ilmiy  tadqiqotlarining  va  chop  etilgan  adabiyotlarning  tahlili,  mavzuni 

о„qitishning ta‟lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiyalar berish.  


 

13 


Tadqiqotning ilmiy yangiligi va natijalari: 

 



Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  Qо„qon  xonligi  tarixiga  oid  amalga 

oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari va tadqiqotlarining tahlil etilishi;  

 

Qо„qon  xonligi  siyosiy  tarixi  bilan  bog„liq  horijda  amalga  oshirilgan 



tadqiqotlar va ularning asosiy jihatlarining tahlil etilishi; 

 



Qо„qon  xonligi  siyosiy  tarixini  о„rganish  va  tarixshunoslik  masalalari  va 

ularning  davrlashtirilishi  muammolari  yuzasidan  ayrim  nazariy  tahlil  va 

tavsiyalarning berilishi; 

 



Qо„qon  xonligi  tarixi  mavzusining  о„qitish  masalalari  va  ta‟lim 

texnologiyalarining  eng  samarali  usullarini  tanlash  va  ularning  dars  о„tish 

jarayonidagi metodikalarini ishlab chiqish va dars tahlillarini amalga oshirish. 

Tadqiqot  ishining  tuzilish  tartibi:  magistrlik  dissertatsiyasi  tuzilishiga 

kо„ra  kirish,  asosiy  qismni  tashkil  etuvchi  oltita  paragraf  va  uchta  bob,  xulosa, 

foydalanilgan 

adabiyotlar 

rо„yxati,  ilovalar  va  metodik  tavsiyalarning 

ishlanmalaridan tarkib topishi rejalashtirilgan.  



 

 

 

 

 

14 


1-BOB.  QО„QON XONLIGI SIYOSIY TARIXI VA 

TARIXSHUNOSLIGINING ASOSIY MASALALARI 

 

1.1. Qо„qon xonligi siyosiy tarixining asosiy masalalari 



 

 

XVIII  asr  birinchi  yarmida  О„rta  Osiyo  xonliklari  chuqur  siyosiy  inqirozni 

boshdan  kechirdi.  Turli  hukmdorlar  orasida  qarama-qarshiliklarning  chuqurlashib 

borishi  natijasida  mavjud  xonliklarda  murakkab  siyosiy  vaziyat  yuzaga  keldi. 

Siyosiy  hayot  inqirozi  iqtisodiy  hayotdagi  parokandalikka  olib  keldi.  Natijada  bu 

davrda markaziy hokimiyatning salohiyati susayib, xukmron sulolalarning mavqei 

pasayib  ketdi.  Hokimiyat  tepasida  turgan  sulolalar  о„rniga  о„zbek  urug„lari 

vakillari  keldilar.  Jumladan,  Buxoroda  Ashtarxoniylar  Mang„itlarga,  Xivada 

Shayboniylar  Qо„ng„irotlarga  siyosiy  hayot  maydonini  bо„shatib  berdi.  Qо„qon 

xonligining  tashkil  topishi  ham  bu  davrda  kechgan  murakkab  siyosiy 

jarayonlarning  hosilasi  edi.  О„zbek  xonliklari  davlatchiligidagi  bu  jarayonlar 

tarixchilarning tadqiqotlari va asarlarida о„z aksini topgan. 

Buxoro  xonligidagi  siyosiy  boshboshdoqlik  natijasida  XVIII  asr  boshlarida 

Farg„ona  vodiysida  mustaqil  Qо„qon  xonligi  tashkil  topgan.  Qо„qon  xonligiga 

Chodak  xо„jalarining  yordami  bilan  1709  yilda  Ming  urug„iining  boshlig„i 

Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709 - 1721) asos solgan.

35

 

Qо„qon xonligi siyosiy tarixini (1709 - 1876) shartli ravishda tо„rt bosqichga 



bо„lish mumkin:

36

  



1.  Xonlikning  shakllanish  davri  (1709  -  XVIII  asr  50  -  yillari).  Bu  davrda 

Qо„qon  xonligi  asosan  Farg„ona  vodiysidan  iborat  bо„lib,  xonlik  hukmdorlari 

mamlakatni  birlashtirish,  ichki  nizolarga  barham  berish,  tashqi  dushmanga  qarshi 

kurashish, mamlakatning mavqeini mustahkamlash bilan mashg„ul bо„lgan.  

2.  Taraqqiyot  davrining  boshlanishi  (XVIII  asrning  60  -  yillaridan  shu  asr 

oxirigacha). Bu asosan Norbо„tabiy (1763 - 1798) hukmronlik qilgan davr bо„lib, 

xonlik  hududi  kengaygan,  siyosiy  va  iqtisodiy  jihatdan  yuksala  boshlagan. 

Mamlakat О„rta Osiyoda ham о„z mavqeiga ega bо„lib borgan.  

                                                 

35

 Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон.  -Т., Янги аср авлоди, 2008. 5-б 



36

 Мадрахимов З.Ш. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Наманган. 2009. 30-б 



 

15 


3.  Taraqqiyot  davri  (XIX  asrning  birinchi  yarmi).  Olimxon  (1798  -  1810), 

Umarxon (1810 - 1822), Muhammadalixon (1822 - 1842) kabi hukmdorlar davrida 

xonlik hududi kengayib,  shimoldan qozoq  chо„llari  va  u  orqali  Rossiya,  g„arbdan 

Buxoro  amirligi,  chо„l  zonalari  orqali  Xiva  xonligi  hududi,  sharqsan  Qashqar 

yerlari bilan chegaradosh bо„lib, janubiy xududlari Pomir toglariga tutashib ketgan. 

Xonlik  О„rta  Osiyoda  siyosiy  mavqeini  mustahkamlash  bilan  birga,  iqgisodiy 

jihatdan ham ancha yuksalgan.  

4. Tanazzul davri (XIX asrning 50 - 70 - yillari). Bu davrda ichki nizolar va 

tashqi  urushlar  avjiga  chiqqan.  Mamlakat  siyosiy  va  iqtisodiy  tanazzulga  yuz 

tutgan.  Taxt  uchun  kurashlar  kuchayib,  xonlik  hukmdorlari  tinimsiz  almashinib 

turgan. Xatto, Xudoyorxonning о„zi uch marta (1845 - 1858, 1862 - 1863, 1865 - 

1875)  taxtga  kelib,  ichki  nizolar  oqibatida  uch  marotaba  undan  ketishga  majbur 

bо„lgan. Tashqi dushmandan xonlik о„zini mudofaa qila olmagan. Natijada, dastlab 

1842  yil  Buxoro  xonligi  xonlikni  vaqtincha  bosib  olgan  bо„lsa,  1876  yil  Rossiya 

imperiyasi unga barham bergan.

37

 



 

Ma‟lumki,  Farg„ona  vodiysi  va  unga  tutash  hududlar  aholisi  azaldan 

polietniylik  xususiyati  bilan  О„rta  Osiyoning  boshqa  hududlaridan  ajralib  turgan. 

Bunday etnik о„ziga xoslilik, Qо„qon xonligi davrida ham saqlanib qolgan edi

38



Qо„qon  xonligi  hududida  asosan  о„zbeklar,  tojiklar,  qirg„izlar,  uyg„urlar 



va  qoraqalpoqlar  istiqomat  qilganlar.  Bundan  tashqari  xonlik  hududida  son 

jihatidan kamroq bо„lsada yahudiylar, tatarlar va boshqa etnik jamoa vakillari ham 

yashar edilar. О„zbeklar Qо„qon xonligi aholisining asosiy qismini tashkil qilgan. 

Ta‟kidlab  о„tish  о„rinliki,  XX  asr  boshlariga  qadar  о„zbeklarning  asosiy  qismi 

о„troq  turmush  tarziga  ega  bshlib,  XX  asr  boshlariga  kelib,  vodiy  о„zbeklarining 

828  mingdan  ziyodrog„i  о„troq  holda  yashab,  dehqonchilik,  hunarmandchilik  va 

savdo-sotiq bilan mashg„ul bо„lganlar. Turli urug„-qabilaviy tuzilishga ega bо„lgan 

yarim  о„troq  (yarim  kо„chmanchi)  о„zbeklarning  vodiydagi  umumiy  soni  о„sha 

davr ma‟lumotlariga kо„ra 215 ming nafardan kо„proqni tashkil etgan. Bular ichida 

                                                 

37

 О„sha joyda. 



38

 Абдуллаев У. Қўқон хонлиги аҳолисининг этник таркиби. / http://www.e-tarix.uz/vatan-tarixi/221. 



 

16 


turk, ming, qipchoq, qurama, yuz, nayman kabilar Qо„qon xonligi hududidagi yirik 

etnografik  guruhlar  hisoblangan.  Ushbu  urug„-qabilalar  о„zbek  xalqini 

konsolidatsiyalashuvida muhim etnik komponentlar sifatida qatnashdilar.

39

  



XVIII  asrdan  Buxoro  xonligida  yuz  bergan  siyosiy  inqiroz  Sirdaryoning 

о„rta oqimida yashab turgan qoraqalpoqlar Qо„qon xonligi hududiga kelib qо„nim 

topdilar.  Qо„qon  xonligi  hududiga  kо„chib  о„tgan  qoraqalpoqlar  Sirdaryo  va 

Qoradaryo bо„ylariga о„rnashib, an‟anaviy xо„jaligini yuritishni davom ettirdilar.

40

 

Aynan mana shunday siyosiy voqeliklar tizimida mamlakat iqtisodiy hayoti 



ham  rivojlanib  borgan.  Markazlashgan  davlatning  salohiyati  kuchli  bо„lgan 

yillarda  iqtisodiy  hayot  taraqqiyoti,  uni  tashkil  etgan  hunarmandchilik  va 

savdoning  rivoji  yaqqol  kо„zga  tashlanadi.  Bu  jarayonlar  faol  kechgan  markazlar 

shaharlar  edi.  Xonlik  tashkil  topgan  XVIII  asr  boshlarida  Andijon,  Marg„ilon, 

О„sh,  Xо„jand  shaharlari  Fargona  vodiysining  yirik  shaharlari  hisoblangan. 

Mamlakatning  siyosiy  jihatdan  taraqqiy  etib  borishi  natijasida  asta-sekinlik  bilan 

bu shaharlarining iqtisodiy markazlar sifatida salohiyati oshib bordi. Ular bilan bir 

qatorda  yangi  shaharlar  paydo  bо„ldi,  avvallari  u  qadar  muhim  ahamiyat  kasb 

etmagan  kichik  shaharlar  yirik  iqtisodiy  markazlarga  aylandi.  Xususan,  poytaxt 

Qо„qon  shahri  XVIII  asr  boshlarida  tashkil  topdi  va  asta-sekinlik  bilan  О„rta 

Osiyoning yirik iqtisodiy markazlaridan biriga aylandi. Ma‟lumotlarga qaraganda, 

Shohruxbiy  (1709  -  1821)  taxtga  о„tirganidan  sо„ng  mamlakat  poytaxti  sifatida 

Qо„qon  shahri  ham  shakllanib  bordi.  Eski  qо„rg„on  va  Kо„ktо„nli  ota  mavzesi 

о„rtasi,  ya‟ni,  ikki  soy  о„rtasidagi  yerlar  poytaxt  uchun  ma‟qul  deb  topilib,  bu 

yerga  о„rda  va  ark,  uning  atrofida  amaldorlar  uylari  qurildi.  Shu  tarzda  Qо„qon 

shahri  ahamiyati  kо„tarilib  bordi.  Abdulkarimbiy  (1733  -  1750)  hukmronligi 

davrida  poytaxtga  e‟tibor  yanada  kuchayib,  Qо„qon  atrofini  devor  bilan  о„ralgan, 

bozor va rastalar barpo qilingan. XIX asr 40 - yillariga kelganda Qо„qon atrofi 18 

kmdan ortiq uzunlikdagi devorlar bilan о„ralgan 12 darvozali yirik shahar edi. Bu 

davrda  Qо„qon  ma‟muriy  jihatdan  4  qismga  -  Xо„jand,  Sarimozor,  Margilon, 

                                                 

39

 Қўқон хонлиги аҳолисининг этник таркиби. . / http://www.e-tarix.uz/vatan-tarixi/221. 



40

 Қўқон хонлиги аҳолисининг этник таркиби. / http://www.e-tarix.uz/vatan-tarixi/221. 

 


 

17 


Qatagon dahalariga bо„linib,  О„rta  Osiyoning  yirik iqtisodiy  markazlaridan  biriga 

aylangan


41

Qо„qon  hukmdorlari  Shohruxbiy  (1709  -  1721),  Abdurahimbiy  (1721  - 



1734)  va  Abdukarimbiy  (1734  -  1750)lar  yangi  davlatning  siyosiy  mavqeini 

mustahkamlash,  ichki  va  tashqi  dushmanlarini  bartaraf  etish  bilan  mashg„ul 

bо„lganliklari bois, ular davrida xonlikning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli uncha yaxshi 

emas  edi.  Bu  davrda,  an‟anaviy  savdo  munosabatlari  amalga  oshirilgan  bо„lsada, 

tartibsiz  va  deyarli  nazoratsiz  bо„lgan.  Erdonabiy  (1750  -  1752,  1753  -  1762) 

hukmronlik davridan  boshlab  iqtisodiy  hayot  bir oz  yaxshilanib,  aholi  farovonligi 

oshib  borgan.  Norbо„tabiy  (1762  -  1798)  taxtga  о„tirganidan  sо„ng,  xonlikning 

nisbatan  taraqqiyot  davri  boshlandi.  Qо„qon  xonligi  hududlari  kengayib,  Urta 

Osiyoda mavqei yuksala bordi. Ichki va tashqi savdo taraqqiy etdi. Olimxon (1798 

-  1810),  Umarxon  (1810  -  1822)  va  Muhammadalixon  (1822  -  1842)lar 

hukmronligi davrida Qо„qon xonligi taraqqiyoti yangi bosqichga kо„tarildi. Xonlik 

Urta  Osiyodagi  eng  yirik  davlatlardan  biriga  aylandi.  Iqtisodiyot  ham  yuksalib, 

ichki va tashqi savdo taraqqiyoti aholining farovonligida о„z aksini topdi. 

1805  yildan  Farg„ona  davlati  rasman  Qо‘qon  xonligi  deb  e‟lon  qilindi  va 

Olimbek  о„ziga  xon  unvonini  oldi.  1809  yilda  xonlik  taxtiga  Umarxon  (1809-

1822)  о„tirdi.  Umarxon  hukmronligi  davrida  bо„ysunmay  qо„ygan  Turkiston, 

Chimkent, Sayram va Avliyoota egallandi. Jizzax, О„ratepa va boshqa joylar uchun 

Qо„qon  xonlari  Buxoro  amirligi  bilan  betо„xtov  urushlar  olib  bordi.  Muhammad 

Alixon  (1822-1842)  Sharqiy  Turkiston  bilan  iqtisodiy  va  siyosiy  aloqalarni 

kuchaytirishga  harakat  qildi.  Xonlik  chegaralarini  kengaytirib  Qorategin,  Kо„lob, 

Hisor,  Badaxshon,  Darvoz  va  Matcho  viloyatlarini  bosib  oldi.  Chegaralarni 

mustahkamlash  maqsadida  Pishpak,  Tо„qmoq,  Kushka,  Avliyoota  va  boshqa 

harbiy istehkomlar qurildi.  

XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Olimxon (1798-1810), Umarxon (1810-

1822) va qisman Muhammad Alixon hukmronligi yillarida (1822-1841) birmuncha 

kuchli  va  markazlashgan  davlatga  aylangan  Qо„qon  xonligi  XIX  asr  о„rtalariga 

                                                 

41

 Бобобеков Ҳ. Қўкон тарихи. - Т., 1996. - Б. 112. 



 

18 


kelib,  siyosiy  va  harbiy  jihatdan  inqirozga  uchray  boshlagan  bо„lsada,  о„zining 

kuch - qudratini saqlab turardi.

42

  

1842  yilda  Buxoro  amiri  Nasrullo  tomonidan  xonlik  poytaxti  Qо„qon 



shahrining  bosib  olinishi  va  xon  oilasining  о„ldirilishi  voqealari  ham  xonlikning 

о„z  qudratini  saqlab  qolishiga  tо„sqinlik  qila  olmadi.  1842  yilning  о„zidayoq 

amirga  qarshi  kо„tarilgan  qо„zg„olonlar  natijasida  Ming  sulolasi  qaytadan 

hokimiyatni  о„z  qо„liga  oldi.  Taxtga  qirg„iz-qipchoq  zodagonlarining  qо„llab-

quvvatlashi  bilan  Sheralixon  о„tirdi.  Uning  taxtga  chiqishida  kо„maklashgan 

qirg„iz-qipchoq urug„lari biylar asta-sekin davlat boshqaruvidagi asosiy mansab va 

lavozimlarni  qо„lga  kirita  boshladilar,  bu  esa  xonlik  ichki  hayotida  siyosiy 

keskinlikning  kelib  chiqishidagi  asosiy  omillardan  biri  bо„lib  qoldi.  Bunga 

qarshilik  kо„rsatishga  uringan  Sheralixon  esa  1845  yilda  saroy  fitnalari  oqibatida 

о„ldirildi.

43

 

XIX  asr  50-yillari  xonlikdagi  ichki  siyosiy  bо„hronlar  eng  kuchaygan 



jarayonlar  bilan  boshlandi.  Birinchidan,  Sayyid  Muhammad  Xudoyorxon  1844 

yildan  buyon  taxtga  egalik  qilib  kelayotgan  bо„lishiga  qaramay,  hukmdorlik 

jilovini  tо„lalagicha  о„z  qо„liga  ololmagan  edi.  Dastlabki  yillarda  Musulmonqul 

mingboshi  va  qipchoq  amaldorlarining  saroydagi  kuchli  ta‟siri  bunga  yо„l 

bermagan bо„lsa, keyingi yillarda о„zaro taxt talashishlar bu imkoniyatlarni yо„qqa 

chiqargan  edi.  Bu  holni  uning  hukmronlik  yillarida  xonlikning  turli  hududlarida 

rо„y bergan qо„zg„olonlar, norozilik harakatlarida ham kuzatish mumkin edi.

44

 



Ikkinchidan,  50-yillarga  kelib,  Rossiya  imperiyasining  bosqinchilik 

yurishlariga  qarshi  kurashga  ham  yetarli  e‟tibor  berilmaganligi  va  siyosiy  ojizlik 

bosqinchilikning  kengayib  ketishi  va  jiddiy  tus  olishiga,  pirovard  natijada  esa 

xonlikning halokatga uchrashiga olib kelgan edi.  

Xudoyorxon hukmronligi yillarida yuzaga kelgan sharoitda  boshboshdoqlik, 

taxtga bо„ysunmaslik va markaziy hokimiyatga  itoatsizlik kuchayib ketdi.

45

 

                                                 



42

 Илҳомов З. Амирлашкар тарихи. Т.2013. 6-б. 

43

 Илҳомов З. Алиқули Амирлашкар ва унинг Қўқон хонлиги сиѐсий ҳаѐтида тутган ўрни. 26-б 



44

 О„sha joyda.  

45

 Амирлашкар тарихи. 19-б 



 

19 


Bu  vaqtda  Buxoro  amiri  Nasrullo  О„ratepani  qamal  qilib,  qо„qonliklarni 

mag„lubiyatga  uchratadi  va  Hо„jandga  yurish  qiladi.    Biroq,  amirning  yurishi 

shahar  hokimi  Yoqubbek  Badavlat  tomonidan  tо„xtatiladi  va  amir  chekinishga 

majbur bо„ladi.

46

 

Vaziyatdan  foydalanib  taxtni  egallagan  Mallaxon  yurtda  tartib  о„rnatish, 



saroydagi  boshboshdoqliklarni  tugatish,  о„zaro  fitnalarga  barham  berib,  ayni 

vaqtda  kuchayib  borayotgan  chor  Rossiyasining  bosqinchilik  tajovuzini  oldini 

olish  maqsadida  hokimiyat  uchun  kurash  olib  borgan  edi.  Uning  bu  maqsadini 

kо„pgina  amaldorlar  va  davlat  arboblari,  din  peshvolari  ham  qо„llab  quvvatlagan 

edilar. Mallaxon taxtga о„tirgach, birinchi navbatda xonlikda tartib о„rnatishga va 

xon hokimiyatini kuchaytirishga kirishadi. Davlatni boshqarishda Mallaxon qattiq 

siyosat  yuritadi.  Qо„qon  xonligidagi  ichki  siyosiy  vaziyatni  diqqat  bilan  kuzatib 

boryotgan    rus  harbiylari  Mallaxonning  taxtni  egallash  voqealarini  ham  nazardan 

chetda qoldirmaganlar. Bu haqda Sibir korpusi qо„mondoni general Gosford 1859 

yil  4  yanvarda  harbiy  vazirga  yuborgan  maxfiy  telegrammasida  –  “Mallabekning 

xonlik taxtiga о„tirgani tasdiqlandi. Xudoyorxon doimiy yashash uchun Hо„jandga 

yuborildi  va  barcha  xuquqlaridan  mahrum  qilindi.  Yangi  xonni  xalq  qо„llab  - 

quvvatlamoqda”, - degan sо„zlarni yozgan edi.

47

 



Mallahon  xonlikning  harbiy  salohiyatini  oshirishga  va  chor  Rossiyasining 

harbiy  tajovuziga qarshi kurashga tayyorgarlik kо„rishga kirishadi.  

1859  yil  oxirlariga  kelib,  Qо„qon  xonligining  ayrim  qal‟alari  Rossiya 

imperiyasi  harbiy  kuchlari  tomonidan  bosib  olinadi.  О„lkaning  musulmon  aholisi 

bundan  nihoyatda tashvishlanib,  Mallaxondan  Rossiyaga  qarshi  urush boshlashni. 

Mallaxon,  agar  xonlikning  ichki  hududlarida  osoyishtalik  saqlansa,  shu  qishda 

yoki erta bahorda urush boshlashga tayyor ekanligini bildiradi.

48

 



Mallaxon  Rossiya  imperiyasiga  qarshi  kurashda  Buxoro  amirligi  bilan 

                                                 

46

 Амирлашкар тарихи. 21-б 



47

  Илхомов  З.,  Расулова  Н.  XIX  асрнинг  50-йилларида  Қўқон  хонлигида  ички  сиѐсий 

зиддиятларнинг  кучайиши  (манбавий-методологик  таҳлил).  Фарғона  водийси  тарихи  янги 

тадқиқотларда.  Мавзусидаги  иккинчи  Республика  илмий  анжумани  (илмий  мақолалар  тўплами). 

2012 йил. 157-160-бб. 

48

  Илхомов  З.,  Расулова  Н.  XIX  асрнинг  50-йилларида  Қўқон  хонлигида  ички  сиѐсий 



зиддиятларнинг кучайиши (манбавий-методологик таҳлил). 157-160-бб. 

 

20 


birlashishga  kо„zi  yetmagach,  Xiva  xonligi  bilan  harbiy  ittifoq  tuzishga  intiladi. 

1859  yil  noyabr  oyi  boshlarida  shu  masalada  Xiva  xoniga  elchilar  yuboradi.  28 

noyabrda har ikki xonlik о„rtasida shartnoma tuziladi va bunga kо„ra, qishda, daryo 

muzlaganda  har  ikki  xonlikning  qо„shinlari  chor  bosqinchilari  ustiga  yurish 

qilishga kelishib oladilar.

49

 



Shu  bilan  bir  vaqtda  Mallaxon    1859  yil  dekbrda  о„ttiz  kishidan  iborat 

elchilikni  imperator  huzuriga  ayrim  siyosiy  masalalarni  hal  etish,  jumladan 

Oqmasjidni qaytarib berishni talab qilib jо„natadi. 

Biroq,  bu  elchilar  hech  qanday  natijaga  erisha  olmadilar.  1860  yil  aprelida 

Hoja  kitobdor  boshchiligida  Sibir  orqali  Peterburgga  yuborilgan  navbatdagi 

elchilik ham natijasiz tugadi. 

Xonlikning  ichki  siyosiy  hayotida  davom  etayotgan  keskinliklar  natijasida 

1862  yil  23  fevral  kuni  Mallaxon  о„ldiriladi.  Taxtdan  quvilgach,  yana  taxtni 

egallash  ishtiyoqida  yurgan  Xudoyorxon  ushbu  vaziyatlardan  foydalanib,  Buxoro 

amiri  qо„shinlari  yordamida  Qо„qonni  egallash  uchun  harakat  boshlaydi.

50

  Amir 


Muzaffar  kо„magida  dastlab  Hо„jandni  egallagan    Xudoyorxon  osonlik  bilan 

Qо„qonni  egallaydi.  Chunki  yuzaga  kelgan  siyosiy  vaziyat  qо„qonliklarga  о„z 

qо„shinlarini birlashtirib, buxoroliklarga va Xudoyorxonga qarshi chiqishga imkon 

bermagan  edi.  Xudoyorxonning  qaytadan  taxtni  egallashi  yana  kо„pgina 

amaldorlarda va harbiy boshliqlarda norozilik uyg„otadi. Uning taxtga da‟vogarlik 

qilib  harakat  boshlashining  о„zidayoq  kо„plab  qirg„iz,  qipchoq  urug„lari  avvalgi 

qirg„inlarni  unutmaganliklari  va  taxtga  ana  shu  xalqlarni  ham    boshqalar  bilan 

barobar  kо„rib,  ish  tutuvchi  xon  о„tkazish  taraddudiga  tushadilar.  Bu  aynan  1863 

yil,  chor  Rossiyasi  bosqinchilari  xonlikning  ichkari  hududlariga  shiddat  bilan 

bostirib kelayotgan vaqtlarga tо„g„ri kelgan edi. 

                                                 

49

  Илхомов  З.,  Расулова  Н.  XIX  асрнинг  50-йилларида  Қўқон  хонлигида  ички  сиѐсий 



зиддиятларнинг кучайиши (манбавий-методологик таҳлил). 157-160-бб. 

50

 Амирлашкар тарихи. 34-б. 



 

21 


Qо„qon xonligida davlat boshqaruvi tizimi О„rta Osiyoning XVI-XIX asrda 

mavjud  bо„lgan  davatlaridagi  an‟anaviy  boshqaruv  tizimi  xususiyatlariga  ega 

bо„lib, boshqaruvning markaziy tizimi dargoh va devondan iborat bо„lgan.

51

  



Xonlikda  mutlaq  huquqlarga  ega  bо„lgan  va  qadimgi  odatlarga  kо„ra, 

saylanib  qо„yiladigan  xon  cheklanmagan  huquqlarga  ega  bо„lib,  u  harbiy-

ma‟muriy, diniy amaldorlar yordamida davlatni boshqargan. Dastlabki hukmdorlar 

«biy» unvoni bilan hokimiyatni boshqargan, Olimxon davridan (1805) esa «xon» 

unvoni bilan yuritila boshlagan. 

Xon  saroyida  muhim  ishlarni  kо„rib  chiqadigan  Kengash  tuzilgan  bо„lib, 

unga “mingboshi” boshchilik qilgan. A‟zolari dasturxonchi, risolachi va yana ba‟zi 

muhim amaldorlar bо„lgan. Davlatni boshqarishda bu Kengashning ham о„rni katta 

edi.  Saroy  amaldorlari  ichida  ming  boshi  (bosh  vazir)  va  amiri  lashkar  (harbiy 

vazir),  qо„shbegi  –  xon  maslahatchi  yoki  viloyat  hokimi,  parvonachi  (xon 

maslahatchisi),  shig„ovul,  xudoychi  xonning  yordamchisi,  tunqator,  xon  yotog„i 

posboni,  tundan  topshiriqlarni  bajaruvchi,  noib  (sarbozlar  boshlig„i)  otaliq, 

dodxoh,  mextar  boshi,  dasturxonchi,  tо„qsoba,  devonbegi,  mirzaboshi,  sarkor  va 

boshqa  muhim  amaldorlar  hisoblanganlar.  Ular  о„z  xizmatlari  evaziga  maosh  va 

tegishli yer mulklari olishgan. 

Mansablardan amirlashkar va mingboshilikka bir kishi tayinlangan. 

Bulardan  tashqari  shariat,  sud  ishlariga  oid  mansabdor  muddaris,  Shayx  ul 

islom  (rais),  Oliy  sud-  qoziul  kuzot,  qozi-kalon  bosh  qozi,  katta  qozi,  qozi  askar, 

maxsus  qozi,  a‟lam  (huquqiy-maslahatchilar  boshlig„i),  mufti  va  boshqa 

mansabdorlar bо„lgan. Bu mansablarni ishga tayinlash va faoliyati ustidan nazorat 

qiluvchi mansabdor shaxs “shig„ovul” deb atalgan. 

Qо„qon  xonligidagi  barcha  mansablar  uch  toifaga  oliy,  о„rta  va  past 

darajalarga ajratilgan.

52

 



Qо„qon  xonligining  asosiy  hududini  Farg„ona  vodiysi,  Toshkent  viloyati, 

Xо„jand,  О„ratepa,  Janubiy  Qozog„iston  va  hozirgi  Qirg„iziston  Respublikalari 

                                                 

51

 О„sha joyda. 



52

 Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги ва бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. Т. 1996. 18-б. 



 

22 


tashkil  qilgan.  Xonlik  ma‟muriy  jihatdan  bekliklarga  bо„linib  boshqarilgan. 

Ularning  kо„pchiligi  turli  davrlarda  xonlik  tarkibiga  kirib  chiqib  turgan.  Asosiy 

bekliklar  sifatida  Namangan,  Marg„ilon,  Andijon,  Tо„raqо„rg„on,  О„sh,  О„ratepa, 

Xо„jand, Toshkent, Turkiston, Chimkent va boshqalar bо„lgan.

53

 

Bekliklar  xon  tomonidan  tayinlanadigan  hokim  –  qо„shbegi  tomonidan 



boshqarilgan, kichik ma‟muriy birliklar amin va oqsoqoliklarga bо„lingan.  

Qо„qon  xonligi  ichki  siyosiy  hayotida  amalga  oshirilgan  eng  asosiy 

ishlardan  biri  bu  pul  sohasidagi  islohotlarning  amalga  oshrilishi  bо„lgan.  Qо„qon 

xonlari  XVIII  asr  70  -  yillariga  qadar  mamlakatning siyosiy  mustaqilligini saqlab 

qolish va ichki urushlarni oldini olish bilan mashgul bо„lgan. Shu bois, ichki savdo 

munosabatlaridagi  oldi-sotdi  jarayoni  qо„shni  xonliklar  pullari,  asosan  Buxoro 

tangalari  va  mol  ayriboshlash  orqali  amalga  oshirilgan.  Norbо„tabiy  Qо„qon 

taxtiga  о„tirganidan  sо„ng  pul  islohatini  amalga  oshirdi.  Bu  xususida  Muhammad 

Solihxо„ja,-  "Norbо„taxon  taxtga  chiqqach  uning  adolatparvarligi  ovozasi  turli 

tarafga  yoyilib,  shariat  rivoj  topdi  va  uning  nomidan  dinoriy  va  dirham  tangalar 

zarb etildi" , - deb ma‟lumot bergan. Ma‟lumotlarga kо„ra, Norbо„tabiy mis (fuls) 

chaqalar  zarb  ettirgan  va  bu  mis  chaqalar  xalq  orasida  "qora  pul"  deb  atalgan. 

Niyoz  Muhammad  Xо„qandiy  ma‟lumotlariga  kо„ra,  Norbо„tabiy  qora  fuls 

tangalarni joriy qilgan va bitta shunday tangaga qо„y bergan

54



Norbо„tabiydan sо„ng xonlik taxtiga chiqqan har bir xon о„z nomidan yangi 



pul  zarb  ettirgan  va  eskisini  yigishtirib  olgan.  Qо„qon  xonlari  kо„proq  chaqa  pul, 

ba‟zilari oltin tanga zarb ettirgan. Xususan, Norbо„tabiy mis chaqa, Olimxon mis 

chaqa  va  kumush  tanga,  Umarxon  dastlab  mis  va  kumush  tanga  hamda 

hukmronligining  sо„nggi  yillarida  yana  pul  isloxoti  о„tkazib,  ilk  bora  xonlik 

tarixida  oltin  tangalarni  muomalaga  kiritgan.  Muhammadalixon  о„z  hukmronligi 

davomida  ikki  marta  pul  isloxoti  о„tkazib,  mis,  kumush  va  oltin  tangalar  zarb 

ettirgan.  Shuningdek,  Sheralixon,  Xudoyorxon,  Mallaxonlar  ham  mis,  kumush  va 

oltin  tangalar  zarb  ettirganlar.  Hatto,  bir  necha  oy  hukmronlik  qilgan  Shohmurod 

                                                 

53

 Қўқон хонлигида савдо муносабатлари.. 56-б. 



54

 Қўқон хонлигида савдо муносабатлари.. 56-б. 



 

23 


oltin va kumush, Sayyid Sulton oltin, kumush va mis, Pо„latxon va Nasriddinbek 

esa kumush tangalar zarb ettirgan.

55

 

Qо„qon xonligi tangalarining bir tomoniga uni zarb ettirgan hukmdor nomi, 



ikkinchi  tomoniga  zarb  yili  va  joyi  yozilgan.  Xususan,  Umarxon  tomonidan  zarb 

ettirilgan  tanganing  bir  tomoniga,  "musulmonlar  amiri  Sayid  Muhammad  Umar 

Sulton",  ikkinchi  tomoniga  "1237  yil  poytaxt  Qо„qonda  zarb  etildi", 

Muhammadalixon  zarb  ettirgan  tanganing  bir  tomoniga,  "Muhammad  Ali-G„ozi 

Umar о„gli 1247 yil", ikkinchi tomoniga "poytaxt Qо„qonda zarb etildi, 1247 yil", 

Xudoyorxon 1274 yil (1857 - 1858) zarb ettirgan oltin tangasi bir tomoniga, "Sayid 

Muhammad  Xudoyorxon  1274  yil",  ikkinchi  tomoniga  "Qо„qandi  Latifda  zarb 

etildi  1274  yil"  va  Mallaxon  1275  yil  (1858  -  1859)  zarb  ettirgan  tillo  tanganing 

birinchi  tomoniga,  "Sayid  Muhammad  Malla  Baxodurxon  1275  yil",  ikkinchi 

tomoniga "Qо„qandi Latifda zarb etildi 1275 yil", - deb qayd etilgan

56



Qо„qon  xonligining  oltin  puli  -  tillo,  kumush  -  tanga  yoki  kо„qon,  mis  - 



chaqa  deb  atalgan.  Mahalliy  aholi  kumushdan  ishlangan  tangani  "oq  tanga", 

misdan ishlangan tangani "qora tanga" deb atagan. Xonlik tangalari sifati va vazni 

turli  xil  bо„lgan.  Muhammadalixon  1249  (1833  -  1834)  yilda  ogirligi  1  misqol 

bо„lgan  tillo  tanga  zarb  ettirgan  hamda  vasiqasida  "Tilloyi  ahmari  a‟loyi 

Xо„qandiy,  zarbi  amir  Muhammad  Alixoni  G„oziy",  nomi  bilan  qayd  etilgan. 

Xudoyorxon 1274 yil (1857 - 1858) zarb ettirgan tillo tangasi ogirligi 3,07 gramm, 

Mallaxon  1275  yilda  (1858  -  1859)  zarb  ettirgan  tillo  tanganing  og„irligi  4,58 

gramm bо„lgan. XIX asr 70 - yillaridagi Qо„qon tillo tangasining 77,60 dan 82,80 

foizigacha toza oltin hisoblangan. 

Qо„qon kumush tangasi ham turli xil vaznda zarb etilgan. Xususan, 1870 - 

1871 yillarda Toshkent ximiya laboratoriyasida tekshirilgan kumush tanga ogirligi 

2,79 dan 2,88 gramgacha (0,75 misqol), soflik darajasi 61- 89,5 bо„lgan.

57

  

XIX  asrning о„rtalaridan boshlab bir  asrdan ortiqroq  davom  etayotgan  chor 



Rossiyasining  о„zbek  xonliklariga  bosqinchilik  yurishlari  kuchaytirildi.  Dastlabki 

                                                 

55

 О„sha joyda. 



56

 О„sha joyda. 

57

 О„sha joyda. 



 

24 


harbiy  harakatlar  asosan  Qо„qon  xonligia  qarshi  qaratildi.  1853  yilda  xonlikning 

chegara  qal‟asi  hisoblangan  Oqmasjid  bosib  olindi.  XIX  asrning  50-60  yillar 

davomida  xonlikning  bir  qator  qal‟alari  va  shaharlari,  jumladan  Avliyoota, 

Turkiston,  Chimkent  (1864  y),  Toshkent  (1865  y)  kabi  yirik  iqtisodiy  va  siyosiy 

markazlari  ham  bosib  olindi.  Asosiy  hududlaridan  ajralgan  Qо„qon  xonligi  1868 

yilda  Rossiya  imperiyasi  bilan  siyosiy  qaramlikka  asos  bо„luvchi  shartnomani 

imzoladi.  XIX  asrning  70-yillariga  kelib  esa  xonlikda  Xudoyorxonning  ichki 

siyosati va ayni vaqtda Rossiya imperiyasining hukmronligiga nisbatan munosabati 

norozilik kayfiyatini kuchaytirib yubordi. Hokimiyatni undan tortib olishga harakat 

qilgan siyosiy kuchlar soxta Pо„ladxon – Mulla Isxoq Hasan  о„g„li boshchiligida 

xonga  qarshi  kurash  boshladi.  Tez  orada  bu  kurashga  xon  xonadoni  vakillari  va 

yirik  amaldorlar  ham  qо„shildi  va  1875  yilda  Xudoyorxondan  taxtni  tortib  oldi. 

Biroq Nasriddinxon (1875-1876 yy) boshchiligidagi yangi hukumat mamlakatning 

siyosiy  barqarorligini  ta‟minlay  olmadi  va  oqibatda  xonlikda  yangidan  fuqarolar 

urushi xavfi yuzaga keldi. Bu vaziyatdan chiqish uchun kurashni chor Rossiyasiga 

qarshi  qaratgan  Nasriddinxon  va  Pо„ladxonlar  muvaffaqiyatsizlikka  uchradilar. 

1875-1876  yillar  davomida  bо„lib  о„tgan  shiddatli  janglardan  sо„ng  1876  yilda 

Qо„qon  xonligi  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  butunlay  bosib  olindi  va  mustaqil 

davlat sifatida tugatildi.  

 

 



 

25 


Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish