III Bob.
Qо„qon xonligi tarixi mavzusining о„qitish masalalari va
texnologiyalari.
3.1. Mavzu yuzasidan о„tkazilgan eksperement va uning natijalari.
3.2. Mavzuning materiallari bо„yicha dars ishlanmasi.
3.3. Xulosa va metodik tavsiyalar.
3.1. Mavzu yuzasidan о„tkazilgan eksperement va uning natijalari
Dissertatsiya mavzusi yuzasidan Toshkent Davlat Yuridik Universiteti
akademik litseyi 1-02 va 1-03 guruh talabalari orasida eksperiment о„tkazildi.
Ushbu faoliyat avvalo eksperimentni о„tkazish rejasini tuzishdan boshlandi va
birinchi navbatda eksperimentni о„tkazish sanasi belgilab olindi. Shuningdek bir
soatlik dars ishlanma qilinib, 1-03 guruhga odatdagidek ma‟ruza yani an‟anaviy
dars tashkil qilindi. 1-02 guruhga esa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalangan holda noan‟anaviy dars tashkil qilindi. Noan‟anaviy dars bevosita
mavzuga oid har xil pedagogik texnologiyalar, slayd, kо„rgazmali qurollar, video
rolik asosida tashkil qilinib, talabalarda mavzu yuzasidan bilim, kо„nikma va
malakalar shakllantirildi.
Dissertatsiya mavzusi yuzasidan о„tkazilgan eksperement rejasi:
1.Eksperement о„tkaziladigan sana;
2.Eksperement о„tkaziladigan mavzuni tanlab olish;
3.Eksperement о„tkaziladigan guruhlarni tanlab olish;
4.Eksperementni amalga oshirish;
5.Eksperement natijalarini tahlil qilish uchun mavzuga oid test sinovlarini har ikki
guruhda ham о„tkazish;
6.Natijalarni tahlil qilish.
1. Eksperement о„tkaziladigan sana: 25.03. 2014
2. Eksperement о„tkaziladigan mavzuni tanlab olish: Qо„qon xonligi siyosiy
tarixi.
3. Eksperement о„tkaziladigan guruhlarni tanlab olish: 1-02 va 1-03
guruhlar.
60
4. Eksperementni amalga oshirish: Eksperement 1-03 -guruh talabalari
orasida о„tkazildi. Ushbu jarayonda har bir guruh faol qatnashdi.
talabalariga odatdagidek ma‟ruza asosida dars о„tildi. 1-02 guruh talabalariga esa
noan‟anaviy tarzda dars tashkil qilindi. Ushbu guruhlarning bilim, kо„nikma va
malakalarini nazorat qilish uchun test savollari tarqatildi va natija aniqlandi.
5.Eksperement natijalarini tahlil qilish: Mavzuga oid test sinovlarini har ikki
guruhda ham о„tkazildi. Talabalarga quyidagi testlar tarqatildi.
Eksperement о„tkazilgan natijani olish uchun maxsus testlar:
1.
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida qо„qon xonligi va Toshkent bekligi
о„rtasidagi munosabatlar keskinlashadi. Buning sababi nimada?
A. Yunusxо„ja qо„qon xonligidagi markaziy hokimiyatga bо„ysunishini
istamagan bekliklar, viloyatlar bilan ittifoq tuzishsga va ularning
markaziy hokimiyatga qarshi kurashidan foydalanishga harakat qilgan
edi
B. Toshkent bekligi xududi asosan qо„qon xonligi hududi hisobiga
kengaygan edi
S. Kо„qon xonligi mustaqil Toshkent bekligini butunlay yо„qotish yо„lini
tutgan edi
D. Ular о„rtasidagi nizolarning asosiy sababi G„urumsaroy muammosi
tufayli kelib chiqayotgan edi
2.
Qо„qon xonlari sulolasi (minglar) ning asoscchisi kim?
A. Shohruxbiy
B. Xudayorxon
S. Muhammad Raxim
D. Arab Muhammad
3.
Qо„qon xonlari tarixida Xudoyorxondan avvalgi xonni aniqlang.
A. Sheralixon
B. Mallaxon.
S. Murodxon
D. Muhammad Alixon
4.
Qо„qon xonini uzlariniig doimiy ittifoqchilari deb bilgan hokimlarni
aniklang.
A. О„ratepa hokimlari
B. Toshkent hokimlari
S. Jizzax hokimlari
D. Turkiston hokimlari
5.
Qо„qon shahrini xonlikning poytaxtiga aylantirgan hukmdorni aniqlang.
A. Abdurahimxon
B. Shohruxbiy
S. Abdulkarimxon
D. Erdonabek
61
6.
XIX asrda О„rta Osiyo xonliklarida viloyat yoki tuman hoqimligiga
tayinlanadigan beklarni tayinlash tartibini kо„rsating.
A. Ular qushbegi tomonidan tayinlangan,
B. Ular xonlar tomonidan tayinlangan,
S. Ular qushbegi tomonidan tavsiya qilinib, amir tomonidan tasdiqlangan
D. Ular amir tomonidan tavsiya qilinib, qushbegi tomonidan tasdiqlangan
7.
Xonliklarda birinchi bor о„g„rilik qilib qо„lga tushgan о„g„riga qanday jazo
berilgan?
A. 20 darra urilgan о„g„irlangan molni 10 hissa miqdorida tо„lashga
majbur qilingan
B. chap qо„li kesilgan
S. chap qо„lining jimjilog„i va bosh barmog„i kesilgan
D. о„ng qо„li kesilgan
8.
Quyidagi davlatlardan qaysi birining hududi va aholisi kо„proq bо„lgan?
A. Qо„qon xonligining
B. Xiva xonligining
S. Buxoro amirligining
D. Bunday ma‟lumot aniqlanmagan
9.
XIX asr о„rtalarida О„rta Osiyoning oltin qazib olinadigan hududlarini
kо„rsating.
A. Buxoro va Shayxjalil tog„lari
B. О„ratepa va Andijon
S. Qorategin va Farg„ona
D. Qoratov va Ohangaron
10.
Toshkent bekligida tо„rt hokimlik davri bо„lgan. Tо„rt hokimlikka barham
bergan hukmdorni aniqlang?
A. Xudoyorxon
B. Norbо„tabiy
S. Yunusxо„ja
D. Nasrulloxon
6. Natijalarni tahlil qilish.
Yuqoridagi test javoblari tekshirilib shunday natija hosil qilindi:
An‟anaviy tarzda dars о„tilgan 1-03 -guruh talabalari 73 % natijani;
Noan‟anaviy tarzda dars о„tilgan 1-02 -guruh talabalari esa 89 % kо„rsatkichni
berdi
Har bir ma‟ruza va amaliy mashg„ulot uchun 0,5 dan 2 ballgacha qо„yiladi.
Reyting bо„yicha natijalar bahosi:
2,0 ball - «a‟lo»
1,5 ball - «yaxshi»
1,0 ball - «koniqarli»
0,5 ball - «qoniqarsiz»
62
3.2. Mavzuning materiallari bо„yicha dars ishlanmasi.
Dissertatsiyamizning ushbu bobida mavzuni о„qitishda foydalanish
mumkin bо„lgan ayrim pedagogik texnologiyalarni tavsiya etish maqsad etib
belgilandi.
Umuman hozirgi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalar juda kо„p
va dars jarayoniga qо„llanilmoqda. Hozirgi kunda о„z ustida mustaqil, ijodiy
izlanuvchan о„qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanishni odat qilganlar. Chunki, bu zamon talablaridan biridir. Shundan
kelib chiqib, biz “Qо„qon xonligi siyosiy tarixi” mavzusini “Aqliy hujum”,
“Qarorlar shajarasi” metodlaridan foydalanib dars о„tilsa dars samaradorligini,
о„quvchilarning faolligini oshirishiga ishonch hosil qildik. Tajriba sinov
maydoni etib belgilagan akademik litseyda tarix fanlarini о„qitishda ushbu
texnologiyalarni dars jarayoniga qо„lladim va ijobiy natijalarga erishildi.
“Qarorlar shajarasi” va “Aqliy hujum” metodlarining dars jarayoniga
qо„llash qoidalari quyidagicha:
“Qarorlar shajarasi” metodi
“Qarorlar shajarasi” metodi quyidagi shartlar asosida qо„llaniladi:
1.О„qituvchi mashg„ulot boshlanishidan oldin munozara, tahlil uchun
mavzuga oid biror muammoni belgilaydi. Guruh tomonidan qabul qilingan xulosa
(qaror)larni yozish uchun plakatlar tayyorlaydi.
2.О„quvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi.
Muammoning hal etilishi, u borada eng muqobil qarorning qabul qilinishi uchun
muayyan vaqt belgilanadi.
Muammo
1-g‟oya
2- g‟oya
3- g‟oya
QAROR
63
3.Qarorni qabul qilish jarayonida guruhlarning har bir a‟zosi tomonidan
bildirilayotgan variantlarning muqobillik hamda nomuqobillik darajalari
muhokama qilinadi.
4.Munozara uchun vaqt nihoyasiga yetkach, har bir guruh a‟zolari qarori
borasida axborot beriladi. О„qituvchi rahbarligida barcha о„quvchilar bildirilgan
xulosa (qaror)larni bir-biri bilan qiyoslaydilar. Dars yakunida baholanadilar.
“Aqliy hujum” metodining asosiy qoidalari
Aqliy hujum metodi
О„quvchilarning о„zlarini erkin his etishlariga
sharoit yaratib berish
О„quvchilar tomonidan bildirilayotg
an har qanday g„oya baholanmaydi
Ғoyalarni yozib borish uchun plakat va
flamastyerlarni tayyorlab qo‟yish
Mashғulot jarayonida amal qilinishi lozim
bo‟lgan shartlarni byelgilash
Bildirilayotgan ғoyalarni ularning mualliflari
tomonidan asoslanishiga erishish va ularni
yozib olish
Qog‟oz varaqlar g‟oya (yoki fikr)lar bilan
to‟lgandan so‟ng ularni doskaga osib qo‟yish
Bildirilgan fikrlarni yangi ғoyalar bilan boyitish
asosida ularni quvvatlash
Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g‟oya)lar
ustidan kulish, kinoyali shartlarni bildirilishiga
yo‟l qo‟ymaslik
Yangi g„oyalarni bildirish davom etayotgan
ekan, muammoning yagona tо„g„ri yechimini
e‟lon qilishga shoshilmaslik
О„quvchilarning mustaqil fikr
yuritishlari, shahsiy fikrlarini ilgari
surishlari uchun qulay muhit yaratiladi
Ғoyalarning turlicha va ko‟p miqdorda
bo‟lishiga ahamiyat qaratiladi
Boshqalar tomonidan bildirilayotgan
fikrlarni yodda saқlash, ularning
fikrlariga tayangan holda yangi
fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar
asosida muayyan xulosalarga kelish
kabi harakatlarning o‟quvchilar
tomonidan bajarilishiga erishish
64
Dissertatsiyaning ushbu paragrafida mavzuni о„qitishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari kо„rib chiqildi. An‟anaviy
dars о„tish ham о„ziga xos afzalliklarga ega, albatta. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida darslarni tashkil etish, о„qituvchining о„z ustida tinmay
izlanishga, о„quvchilarni mustaqil fikrlashga yо„naltiradi.
Quyidagi mahorat va kо„nikmalarni shakllantirish davom ettiriladi:
Mavzuga oid manbalar bilan ishlash mahoratini, ular asosida tarixga
obyektiv baho berishni о„rgatish;
О„rganilgan mavzuni eng zarur nuqtalarini yozib borish (konspekt);
О„z milliy tarixiy merosi va an‟analariga e‟zoz va undan faxrlanish
hissini uyg„otish.
Darsda qо„llaniladigan material va jihozlar:
1.Texnika vositalari bilan jihozlangan о„quv xonasi.
2.Doska, bо„r.
3.Tarqatma materiallar.
Dars bosqichlari:
№
Bajariladigan ishlar mazmuni
Vaqti
1
Uy vazifasini tekshirish
15 daqiqa
2
Yangi mavzuni о„tish
30 daqiqa
3
О„rganilgan mavzuni mustahkamlash
20 daqiqa
4
Darsni xulosalash
10 daqiqa
6
Uyga vazifa berish
5 daqiqa
Tashkiliy ishlar:
Salomlashish, о„qituvchi о„quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan
tanishtiradi, xonani, doskani va texnika vositalarini tayorlaydi.
65
Darsning texnologik xaritasi:
МAVZU
Qо„qon xonligi siyosiy tarixi
Maqsad, vazifalar
- Qо„qon xonligining tashkil topish tarixi haqida
ma‟lumot berish;
- Qо„qon xonligi siyosiy tarixining asosiy
masalalari haqida ma‟lumot berish;
О„quv jarayonining
mazmuni
Qо„qon xonligiga asos solgan ming qabilasining
boshlig„i Shohruhbiy ibn Ashur Muhammaddir. U
taxminan 1669-1670 yillari tavallud topgan. Ming
urug„i XVIII asrning boshlarida siyosiy hukumatni
xо„jagon sulolasining qо„lidan kuch bilan tortib olgan
edi.
1709 yili urug„ zodagonlari hamda xо„jalari roziligi
bilan Shohruxbiy xonlik taxtiga kо„tariladi. Uning qasri
Eski qо„rg„ondan Qо„qonga kо„chiriladi.
Umarxon davrida Qо„qon xonligining davlat tuzumi,
davlat ishlarini yurgizish qonun-qoidalari, diniy ishlar
tartibga keltirilib, mamlakat chegaralari aniqlab olinadi.
Endi Qо„qon davlatining chegarasi shimolda Turkiston
va Dashti Qipchoqqacha, g„arbda Samarqandgacha,
Janubda Kо„histon hamda Kо„lob, Hisor va
Shahrisabzgacha, Sharqda esa Sharqiy Turkistongacha
yetardi. Umarxon 1822 yili 30 dekabrda vafot etgach,
uning vorisi Muhammadalixon davrida (1822-1842)
Qо„qon hukumatini Kо„lob, Hisor, Badaxshon, Darvoz,
Maschoh
tan
oladi.
Muhammadalixon
davrida
qirg„izlarning ba‟zi tumanlari Qо„qonga qо„shib
olinadi.
66
О„quv jarayonini
amalga oshirish
texnologiyasi
Metod: “Aqliy hujum”, “Qarorlar shajarasi”.
Forma: Kichik guruhlarda va jamoada ishlash.
Vosita:Xarita, test savollari, matnlar.
Nazorat:Og„zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish,
о„zini-о„zi nazorat qilish.
Baholash:Rag„batlantirish, 5 balli sistema asosida.
Kutiladigan natijalar
О„qituvchi:
Mavzuni belgilangan vaqt ichida barcha talabalar
tomonidan о„zlashtirilishiga erishadi. Talabalar
faolligini oshiradi. Talabalarda darsga nisbatan qiziqish
uyg„otadi. Kо„pchilik talabalarni baholashga harakat
qiladi. О„z oldiga qо„ygan maqsadlariga iloji boricha
erishishga harakat qiladi.
О„quvchi-talaba:
Mavzuga oid yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda
va guruh bо„lib ishlashga о„rganadi. Nutq rivojlanadi
va eslab qolish qobiliyati kuchayadi. О„z-о„zini
nazorat qilishni о„rganadi. Qisqa vaqt ichida kо„p
ma‟lumotlarga ega bо„ladi.
Kelgusi
rejalar
(tahlil, о„zgarishlar)
О„qituvchi:
Yangi pedagogik texnologiyalarni о„zlashtirish va
darsda tadbiq etish, takomillashtirish. О„z ustida
ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog„lash.
Pedagogik mahoratini oshirish.
О„quvchi-talaba:
Matn bilan mustaqil ishlashni о„rganish. О„z fikrini
ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida
qо„shimcha materillar topish, ularni о„rganish. О„z
fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish
malakasini hosil qilish.
67
О„tilgan mavzuni takrorlash, uyga berilgan mavzu bо„yicha о„tkaziladi:
(ilgari berilgan mavzu bо‘yicha о‘quvchilarning bilimini bilib olish uchun
savollar tayyorlangan bо‘lishi kerak).
О„tilgan mavzu: “Xiva xonligi tarixi bо„yicha manbalar”. О„quvchilarning
о„tilgan mavzu bо„yicha bilimlarini mustaxkamlash savollari quyidagicha
bо„lishi mumkin:
1. A. Boxodirxon nechanchi yillarda yashagan?
2. 1725 - yil qaysi rus elchisi Xiva xonligiga tashrif buyurgan?
3. Nechanchi yil Xiva va Rossiya о„rtasida majburiyat akti tuzilgan?
4. Vengr sharqshunosi X. Vamberining qaysi asari Xiva xonligiga
bag„ishlanadi?
5. Xiva xonligining 2500 yillik yubileyiga atab qaysi kitob nashr qilindi?
6. “Rossiyaning keyingi uch yuz yilda Buxoro va Xiva bilan aloqasi” asarini
kim yozgan?
Dars mavzusi ustida ishlash:
Reja:
1. Qо„qon xonligining tashkil topish tarixi.
2.Qо„qon xonligi siyosiy tarixining asosiy masalalari.
Yangi mavzuning bayoni:
1.
Qо„qon xonligining tashkil topish tarixi.
Qо„qon xonligiga asos solgan ming qabilasining bopshig„i Shohruxbiy ibn
Ashur Muhammaddir. U taxminan 1669-1670 yillari tavallud topgan. Ming urug„i
XVIII asrning boshlarida siyosiy hukumatni xо„jagon sulolasining qо„lidan kuch
bilan tortib olgan edi.
1709 yili ming urug„i zodagonlari hamda xо„jalari roziligi bilan Shohruxbiy
xonlik taxtiga kо„tariladi. Uning qasri Eski qо„rg„ondan Qо„qonga kо„chiriladi.
Shohruxbiy davrida О„sh, О„zgan, Xо„jand hali mustaqil bо„lib, Qо„qon
68
davlatining shimoliy chegarasi Namanganning Shohidonigacha chо„ziladi.
Shohruxbiy о„limidan sо„ng uning о„rniga uch о„g„lidan biri bо„lmish
Abdurahimbiy hijriy 1132 (milodiy 1721) yili shavvol oyida (iyul) taxtga о„tiradi.
Nizomiddin Muhammad Abdurahimbiy hijriy 1110 (milodiy 1690) yili olamga
kelgan edi. Otasi davrida u Namanganda hokim bо„lib, unga Muhammad Bahodur
nomli kishi otaliq bо„lgan. 1725 yili u Xо„jandni Oq Bо„tabiy yuz qо„lidan olib,
bir yiddan sо„ng О„ratepani zabt etib, Qо„qon davlatiga qо„shadi.
1729-1730 (ba‟zi manbalarda hijriy 1145, milodiy 1732) yilda
Abdurahimbiy Samarqandga yurish qilib, shaharni qamalga oladi. Shahrisabz
voliysi Ibrohim otaliq kenagas bilan esa qarindosh bо„lib, uning qiziga uylanadi.
Minglarning kenagas urug„i bilan tuzgan bu ittifoqi XIX asrning 60-yillarigacha
davom etadi. Ammo orada olti oy о„tmay, Buxoro xoni Abulfayzxon Samarqandni
о„z tasarrufiga qayta kiritadi. Abdurahimxon bundan xabardor bо„lgach,
Qо„qondan Xо„jandga kelganida о„ldiriladi va о„rniga Abdulkarimbiy ibn
Shohruxbiy (1734-1750) xon bо„ldi.
XVIII asr birinchi yarmida О„rta Osiyo xonliklari chuqur siyosiy inqirozni
boshdan kechirdi. Turli hukmdorlar orasida qarama-qarshiliklarning chuqurlashib
borishi natijasida mavjud xonliklarda murakkab siyosiy vaziyat yuzaga keldi.
Siyosiy hayot inqirozi iqtisodiy hayotdagi parokandalikka olib keldi. Natijada bu
davrda markaziy hokimiyatning salohiyati susayib, xukmron sulolalarning mavqei
pasayib ketdi. Hokimiyat tepasida turgan sulolalar о„rniga о„zbek urug„lari
vakillari keldilar. Jumladan, Buxoroda Ashtarxoniylar Mang„itlarga, Xivada
Shayboniylar Qо„ng„irotlarga siyosiy hayot maydonini bо„shatib berdi. Qо„qon
xonligining tashkil topishi ham bu davrda kechgan murakkab siyosiy
jarayonlarning hosilasi edi. О„zbek xonliklari davlatchiligidagi bu jarayonlar
tarixchilarning tadqiqotlari va asarlarida о„z aksini topgan.
Buxoro xonligidagi siyosiy boshboshdoqlik natijasida XVIII asr boshlarida
Farg„ona vodiysida mustaqil Qо„qon xonligi tashkil topgan. Qо„qon xonligiga
Chodak xо„jalarining yordami bilan 1709 yilda Ming urug„iining boshlig„i
69
Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709 - 1721) asos solgan.
164
1805 yildan Farg„ona davlati rasman Qо‘qon xonligi deb e‟lon qilindi va
Olimbek о„ziga xon unvonini oldi. 1809 yilda xonlik taxtiga Umarxon (1809-
1822) о„tirdi. Umarxon hukmronligi davrida bо„ysunmay qо„ygan Turkiston,
Chimkent, Sayram va Avliyoota egallandi. Jizzax, О„ratepa va boshqa joylar uchun
Qо„qon xonlari Buxoro amirligi bilan betо„xtov urushlar olib bordi. Muhammad
Alixon (1822-1842) Sharqiy Turkiston bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarni
kuchaytirishga harakat qildi. Xonlik chegaralarini kengaytirib Qorategin, Kо„lob,
Hisor, Badaxshon, Darvoz va Matcho viloyatlarini bosib oldi. Chegaralarni
mustahkamlash maqsadida Pishpak, Tо„qmoq, Kushka, Avliyoota va boshqa
harbiy istehkomlar qurildi.
XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida Olimxon (1798-1810), Umarxon (1810-
1822) va qisman Muhammad Alixon hukmronligi yillarida (1822-1841) birmuncha
kuchli va markazlashgan davlatga aylangan Qо„qon xonligi XIX asr о„rtalariga
kelib, siyosiy va harbiy jihatdan inqirozga uchray boshlagan bо„lsada, о„zining
kuch - qudratini saqlab turardi.
165
1842 yilda Buxoro amiri Nasrullo tomonidan xonlik poytaxti Qо„qon
shahrining bosib olinishi va xon oilasining о„ldirilishi voqealari ham xonlikning
о„z qudratini saqlab qolishiga tо„sqinlik qila olmadi. 1842 yilning о„zidayoq
amirga qarshi kо„tarilgan qо„zg„olonlar natijasida Ming sulolasi qaytadan
hokimiyatni о„z qо„liga oldi. Taxtga qirg„iz-qipchoq zodagonlarining qо„llab-
quvvatlashi bilan Sheralixon о„tirdi. Uning taxtga chiqishida kо„maklashgan
qirg„iz-qipchoq urug„lari biylar asta-sekin davlat boshqaruvidagi asosiy mansab va
lavozimlarni qо„lga kirita boshladilar, bu esa xonlik ichki hayotida siyosiy
keskinlikning kelib chiqishidagi asosiy omillardan biri bо„lib qoldi. Bunga
qarshilik kо„rsatishga uringan Sheralixon esa 1845 yilda saroy fitnalari oqibatida
о„ldirildi.
166
XIX asr 50-yillari xonlikdagi ichki siyosiy bо„hronlar eng kuchaygan
164
Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. -Т., Янги аср авлоди, 2008. 5-б
165
Илҳомов З. Амирлашкар тарихи. Т.2013. 6-б.
166
Илҳомов З. Алиқули Амирлашкар ва унинг Қўқон хонлиги сиѐсий ҳаѐтида тутган ўрни. 26-б
70
jarayonlar bilan boshlandi. Birinchidan, Sayyid Muhammad Xudoyorxon 1844
yildan buyon taxtga egalik qilib kelayotgan bо„lishiga qaramay, hukmdorlik
jilovini tо„lalagicha о„z qо„liga ololmagan edi. Dastlabki yillarda Musulmonqul
mingboshi va qipchoq amaldorlarining saroydagi kuchli ta‟siri bunga yо„l
bermagan bо„lsa, keyingi yillarda о„zaro taxt talashishlar bu imkoniyatlarni yо„qqa
chiqargan edi. Bu holni uning hukmronlik yillarida xonlikning turli hududlarida
rо„y bergan qо„zg„olonlar, norozilik harakatlarida ham kuzatish mumkin edi.
167
Ikkinchidan, 50-yillarga kelib, Rossiya imperiyasining bosqinchilik
yurishlariga qarshi kurashga ham yetarli e‟tibor berilmaganligi va siyosiy ojizlik
bosqinchilikning kengayib ketishi va jiddiy tus olishiga, pirovard natijada esa
xonlikning halokatga uchrashiga olib kelgan edi.
Qо„qon xonligi siyosiy tarixini (1709 - 1876) shartli ravishda tо„rt bosqichga
bо„lish mumkin:
168
1. Xonlikning shakllanish davri (1709 - XVIII asr 50 - yillari). Bu davrda
Qо„qon xonligi asosan Farg„ona vodiysidan iborat bо„lib, xonlik hukmdorlari
mamlakatni birlashtirish, ichki nizolarga barham berish, tashqi dushmanga qarshi
kurashish, mamlakatning mavqeini mustahkamlash bilan mashg„ul bо„lgan.
2. Taraqqiyot davrining boshlanishi (XVIII asrning 60 - yillaridan shu asr
oxirigacha). Bu asosan Norbо„tabiy (1763 - 1798) hukmronlik qilgan davr bо„lib,
xonlik hududi kengaygan, siyosiy va iqtisodiy jihatdan yuksala boshlagan.
Mamlakat О„rta Osiyoda ham о„z mavqeiga ega bо„lib borgan.
3. Taraqqiyot davri (XIX asrning birinchi yarmi). Olimxon (1798 - 1810),
Umarxon (1810 - 1822), Muhammadalixon (1822 - 1842) kabi hukmdorlar davrida
xonlik hududi kengayib, shimoldan qozoq chо„llari va u orqali Rossiya, g„arbdan
Buxoro amirligi, chо„l zonalari orqali Xiva xonligi hududi, sharqdan Qashqar
yerlari bilan chegaradosh bо„lib, janubiy xududlari Pomir toglariga tutashib ketgan.
Xonlik О„rta Osiyoda siyosiy mavqeini mustahkamlash bilan birga, iqtisodiy
jihatdan ham ancha yuksalgan.
167
О„sha joyda.
168
Мадрахимов З.Ш. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Наманган. 2009. 30-б
71
4. Tanazzul davri (XIX asrning 50 - 70 - yillari). Bu davrda ichki nizolar va tashqi
urushlar avjiga chiqqan. Mamlakat siyosiy va iqtisodiy tanazzulga yuz tutgan. Taxt
uchun kurashlar kuchayib, xonlik hukmdorlari tinimsiz almashinib turgan. Xatto,
Xudoyorxonning о„zi uch marta (1845 - 1858, 1862 - 1863, 1865 - 1875) taxtga
kelib, ichki nizolar oqibatida uch marotaba undan ketishga majbur bо„lgan. Tashqi
dushmandan xonlik о„zini mudofaa qila olmagan. Natijada, dastlab 1842 yil
Buxoro xonligi xonlikni vaqtincha bosib olgan bо„lsa, 1876 yil Rossiya imperiyasi
unga barham bergan.
Qо„qon xonligida davlat boshqaruvi tizimi О„rta Osiyoning XVI-XIX asrda
mavjud bо„lgan davatlaridagi an‟anaviy boshqaruv tizimi xususiyatlariga ega
bо„lib, boshqaruvning markaziy tizimi dargoh va devondan iborat bо„lgan.
169
Xonlikda mutlaq huquqlarga ega bо„lgan va qadimgi odatlarga kо„ra,
saylanib qо„yiladigan xon cheklanmagan huquqlarga ega bо„lib, u harbiy-
ma‟muriy, diniy amaldorlar yordamida davlatni boshqargan. Dastlabki hukmdorlar
«biy» unvoni bilan hokimiyatni boshqargan, Olimxon davridan (1805) esa «xon»
unvoni bilan yuritila boshlagan.
Xon saroyida muhim ishlarni kо„rib chiqadigan Kengash tuzilgan bо„lib,
unga “mingboshi” boshchilik qilgan. A‟zolari dasturxonchi, risolachi va yana ba‟zi
muhim amaldorlar bо„lgan. Davlatni boshqarishda bu Kengashning ham о„rni katta
edi. Saroy amaldorlari ichida ming boshi (bosh vazir) va amiri lashkar (harbiy
vazir), qо„shbegi – xon maslahatchi yoki viloyat hokimi, parvonachi (xon
maslahatchisi), shig„ovul, xudoychi xonning yordamchisi, tunqator, xon yotog„i
posboni, tundan topshiriqlarni bajaruvchi, noib (sarbozlar boshlig„i) otaliq,
dodxoh, mextar boshi, dasturxonchi, tо„qsoba, devonbegi, mirzaboshi, sarkor va
boshqa muhim amaldorlar hisoblanganlar. Ular о„z xizmatlari evaziga maosh va
tegishli yer mulklari olishgan.
Mansablardan amirlashkar va mingboshilikka bir kishi tayinlangan.
Bulardan tashqari shariat, sud ishlariga oid mansabdor muddaris, Shayx ul
islom (rais), Oliy sud- qoziul kuzot, qozi-kalon bosh qozi, katta qozi, qozi askar,
169
О„sha joyda.
72
maxsus qozi, a‟lam (huquqiy-maslahatchilar boshlig„i), mufti va boshqa
mansabdorlar bо„lgan. Bu mansablarni ishga tayinlash va faoliyati ustidan nazorat
qiluvchi mansabdor shaxs “shig„ovul” deb atalgan.
Qо„qon xonligidagi barcha mansablar uch toifaga oliy, о„rta va past
darajalarga ajratilgan.
170
Qо„qon xonligining asosiy hududini Farg„ona vodiysi, Toshkent viloyati,
Xо„jand, О„ratepa, Janubiy Qozog„iston va hozirgi Qirg„iziston Respublikalari
tashkil qilgan. Xonlik ma‟muriy jihatdan bekliklarga bо„linib boshqarilgan.
Ularning kо„pchiligi turli davrlarda xonlik tarkibiga kirib chiqib turgan. Asosiy
bekliklar sifatida Namangan, Marg„ilon, Andijon, Tо„raqо„rg„on, О„sh, О„ratepa,
Xо„jand, Toshkent, Turkiston, Chimkent va boshqalar bо„lgan.
171
Bekliklar xon tomonidan tayinlanadigan hokim – qо„shbegi tomonidan
boshqarilgan, kichik ma‟muriy birliklar amin va oqsoqoliklarga bо„lingan.
2. Qо„qon xonligi siyosiy tarixining asosiy masalalari.
Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning rо„y berishidagi
asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil
qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Ayniqsa, turli
davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga
turlicha yondashuvlari va fikrlari, xulosalarning turlichaligi, ularni ilmiy jihatdan
chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka asoslanilgan eng tо„g„ri
xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim
vazifalardan sanaladi.
О„zida Qо„qon xonligi tarixi, ayniqsa xonlikning elchilik masalalari bilan
bog„liq siyosati haqida qimmatli ma‟lumotlarni jamlagan M.Saray va
Inalchiklarning asarlari ham muhim ahamiyatga ega bо„lgan horij tadqiqotlari
sanaladi. Bu asarlar Qо„qon xonligi tomonidan Turk sultoniga yuborgan elchilik
170
Воҳидов Ш. Қўқон хонлиги ва бухоро амирлигида унвон ва мансаблар. Т. 1996. 18-б.
171
Қўқон хонлигида савдо муносабатлари.. 56-б.
73
masalalarining batafsil yoritib berilganligi bilan ahamiyatlidir.
172
Yaponiyaning
Tokio universiteti (X.Komatsu) va О„zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Sharqshunoslik
instituti
(B.M.Bobojonov,
SH.X.Vohidov)
hamkorligida
Yaponiyada chop etilgan «Tuhfa-yi Taib» asarida mualliflar manbalarga
asoslangan holda Qо„qon xonligining chor Rossiyasiga qarshi kurashlari hamda
xonlikning ichki siyosati masalalari bir qator ma‟lumotlarni keltiradilar
173
.
Bu davrda yaratilgan ilmiy tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar qatorida
Z.Ilhomovning Qо„qon xonligi tarixini davrlashtirish va tarixshunoslik
masalalariga bag„ishlangan “Qо„qon xonligi tarixshunosligining ayrim masalalari
(tahlil va mulohazalar)” nomli risolasi xonlik tarixini davrlashtirish va
tarixshunoslik masalalarining bir qator jihatlarini yoritib berganligi bilan e‟tiborga
loyiq.
174
Risolada xonlik tarixini davrlashtirishning an‟naviy davrlashtirilishi va bu
davrlashtirish tarkibidagi kichik davrlar va ularning bir-biridan farqlanuvchi bir
qator nazariy-metodologik jihatlarini kо„rsatib о„tgan.
175
Yuqoridagilardan kо„rinadiki, keltirib о„tilgan asarlarda mualliflar Qо„qon
xonligi tarixini yoritishda turli nuqtai-nazarlardan yondashib, bir qator ilmiy
tadqiqotlarni amalga oshirganlar, aynan mana shu holat xonlik tarixining keyingi
yillarda chuqur va ilmiy jihatdan yangi va obyektiv yondashuvlar asosida, ilmiylik,
tarixiy xolislik nuqtai-nazaridan о„rganish borasida tarixchilar e‟tiborini о„ziga
tortib kelmoqda va bu sohada tarixiylik jihatdan ilmiy qarashlar asosida obyektiv
xulosalarga asoslanilgan fikrlar kо„payib bormoqda. Bunday tadqiqotlar xonlik
tarixining mukammal darajada о„rganilishiga katta hissa bо„lib qо„shilmoqda.
Dars jarayonining ushbu qismida bevosita kichik gurux tashkil etilib,
yangi mavzuni mustahkamlash mumkin. 4 ta kichik guruhlarga о„quvchilar
172
Saray M. Rus isgali devrinda Osmanli devleti ile Turkistan hanliklari arasindeki siyasi
munasabetler(1775-1875). -Ankara. 1994. -S74. Saray M. Rusiyanin Turk yurdlarina yayilmasi. –
Istanbul. 1975. -S.35. Inalcik. Osmanli – Rus rekabetinin mensei ve Volga – Don kanali tesebbusi.-
Ankara. 1948. -S349-402.
173
Муҳаммад Йунус Хаджа б. Муҳаммад Амин-Хаджа. Туҳфа-йи Таиб // Islamic Area Studies
Project Central Asian research Series –Ташкент-Токио. 2002. -№ 6. -С.1.
174
Илҳомов З.А. “Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари (таҳлил ва
мулоҳазалар)”. Т. 2007.
175
Ўша жойда.
74
teng taqsimlanadi. Masalan: 1- guruh ga 4 ta о„quvchi, 2- guruhga 4 ta
о„quvchi va x. k ...
Bahs-munozara uchun savollar:
1. Qо„qon xonligi qachon tashkil topgan?
2. Xonlikka qaysi sulola vakillari asos solishgan?
3. Qо„qon xonligi chegaralari qaysi hukmdor davrida kengaytirilgan?
4. Amir Nasrullohning Qо„qon xonligini bosib olishi haqida gapiring?
5. Xonlikning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi haqida gapiring.
Darsni yakunlash
Xayrlashuv.
1-guruh
2- guruh
3- guruh
4- guruh
75
3.3. Xulosa va metodik tavsiyalar.
Dissertatsiyaning uchinchi bobini Qо„qon xonligi tarixi mavzusining
о„qitishning masalalari va texnologiyalari deb nomladik.
Bu bobda “Qо„qon xonligi siyosiy tarixi” darslarini zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanib о„qitish usullari, mavzuning materiallari bо„yicha
dars ishlanmasiga e‟tiborimizni qaratdik. Yuqoridagilardan kelib chiqib III
Bobga quyidagicha xulosa qilindi:
1. О„zbekiston davlatchiligi va tarixshunoslik fanidan “Qо„qon xonligi
siyosiy tarixi” mavzusini о„qitishda ”Aqliy hujum”, “Qarorlar shajarasi”
metodidan foydalanish dars samaradorligini, о„quvchilarning faolligini oshiradi.
2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar о„quvchilarda matn bilan mustaqil
ishlashni, о„z fikrini ravon bayon qila olishni, shu mavzu asosida qо„shimcha
materillar topish, ularni о„rganishni, о„z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir
yechimga kelish malakalarini shakllantiradi.
“Qо„qon xonligi siyosiy tarixi” mavzusi ustida olib borilgan tajriba – sinov
natijalari о„zining ijobiy natijasini kо„rsatdi. Chunki, zamon talablari va
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars о„tilganda о„quvchilarning
mavzu yuzasidan olgan bilim va kо„nikmalari 89% ni tashlkil etdi.
Biz tajriba-sinov jzarayonida tanlagan tajriba guruhimiz о„quvchilari
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars о„tilganda, mustaqil
fikrlash, о„zini-о„zi boshqarish, taklif etilayotgan tarixiy manbalarni qiyosiy
tahlil qila olish, adabiyotlar ustida ishlay olishlarini namoyish eta oldilar.
An‟anaviy dars asosida tashkil etilgan mashg„ulotda о„quvchilar bilimi
chegaralab qо„yilganligi sezildi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, agar
darslar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida о„tilsa,
-
о„quvchilar о„z fikr-mulohazalarini ilmiy va erkin bayon eta oladilar;
-
О„z-о„zini boshqarish, о„zgalar fikriga hurmat, eshita olish qobiliyatlari
shakllanadi;
76
-
Mavzuni hozirgi davr voqealari bilan bog„lay olish kо„nikmalari hosil
bо„ladi.
Biz yuqoridagilardan kelib chiqib, akademik litsey о„qituvchilariga
quyidagini tavsiya etamiz: YA‟ni, “Qо„qon xonligi siyosiy tarixi” mavzusini
о„qitishda “Aqliy hujum” va “Qarorlar shajarasi” pedagogik texnologiyalar
asosida о„qitish dars samaradorligini oshiradi. О„quvchilarning mustaqil bilim
egallashlariga va о„qituvchining о„z ustida ishlashga va ilmiy izlanishga
yo‟naltiradi.
77
XULOSA
Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning rо„y berishidagi
asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil
qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Ayniqsa, turli
davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga
turlicha yondashuvlari va fikrlari, xulosalarning turlichaligi, ularni ilmiy jihatdan
chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka asoslanilgan eng tо„g„ri
xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim
vazifalardan sanaladi.
Tarix fani tadqiqotlarida muhim sohalardan biri hisoblangan tarixshunoslik
tadqiqotlari tadqiq etilayotgan tadqiqot ob‟yektining turli davrlarda о„rganilishi
jarayonlari, tadqiqotchilarning muammoning yechimini ochib berish jarayonida
turli nuqtai-nazarlardan yondashganliklari va ilmiy xulosalar va natijalarning
turlicha talqinlarini bir-biri bilan qiyoslash, taqqoslash va ularning tahliliy
tadqiqoti jarayonida obyektiv xulosalar chiqarish imkoniyatini beroadi. Mazkur
tadqiqotda ham Qо„qon xonligi siyosiy tarixining asosan XX asr sо„nggi о„n yilligi
va bugungi kungacha bо„lgan davr oralig„ida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar
va nashr etilgan ilmiy adabiyotlar hamda e‟lon qilingan ilmiy maqolalarning
tahlilini amalga oshirish orqali о„rganib chiqilishi natijasida quyidagi xulosalar
yuzaga keldi:
Birinchidan, tadqiqotning ilmiy farazi sifatida qо„yilgan Qо„qon xonligi
siyosiy tarixining asosiy masalalarini sо„nggi yillarda chop etilgan ilmiy
tadqiqotlar asosida umumiy tavsifini keltirib о„tish va bunda asosiy e‟tibor
xonlikning tashkil topishi jarayonlaridan boshlab XIX asrning 70-yillarigacha
bо„lgan davr mobaynidagi siyosiy jarayonlar, xonlikning ichki siyosiy hayoti va
tashqi siyosiy darayonlardagi ishtiroki, qо„shni mamlakatlar bilan о„zaro siyosiy
munosabatlarining asosiy xususiyatlarini yoritib berish vazifasidan chiqqan holda
quyidagilarni kо„rsatib о„tish mumkin:
78
- XX asrning sо„nggi о„n yilligi va XXI asrning dastlabki о„n yilligi
mobaynida Qо„qon xonligi tarixiga oid о„nlab ilmiy tadqiqot amalga oshirilgan,
yuzlab ilmiy va uslubiy ishlar nashr ettirilgan. Amalga oshirilgan ilmiy
tadqiqotlarning asosiy tadqiqot obyektlari sifatida xonlikning tashkil topishi
jarayonlaridan boshlab XIX asrning 70-yillarigacha bо„lgan davr mobaynidagi
siyosiy jarayonlar, xonlikning ichki siyosiy hayoti va tashqi siyosiy jarayonlardagi
ishtiroki, qо„shni mamlakatlar bilan о„zaro siyosiy munosabatlarining asosiy
xususiyatlarini kо„rish mumkin.
- adabiyotlar tahlili shuni kо„rsatadiki, asosiy tadqiqotlar Qо„qon xonligining
siyosiy tarixi masalalariga bag„ishlangan, xonlikning tarixshunosligi masalalariga
bag„ishlangan ishlar esa umumiy tadqiqotlarning unchalik katta qismini tashkil
qilmaydi.
- dissertatsiya tadqiqoti jarayonida xonlik tarixini о„rganishda sо„nggi bir asr
davomida turlicha yondashish va munosabatlar, ayrim vaqtlarda tarixiy jarayonlar
va voqelikni obyektiv baholamaslik holatlariga yо„l qо„yilganligi borasida fikrlar
bildirildi, xonlik tarixini yoritishdagi bunday munosabat ushbu holni tarixshunoslik
nuqta-nazaridan chuqur tahlil qilish va mavzuning о„rganilishini mavjud ilmiy
tadqiqotlarning yо„nalishi, davr va boshqa xususiyatlariga kо„ra bir necha guruhga
bо„lib kо„rib chiqish masalalariga e‟tibor qaratildi va ajratib olingan har bir davr
yuzasidan asarlarning xususiyatlari tahlil etildi, izlanishlar natijalarining ilmiy
tadqiqotlarga jalb etilishi, tadqiqotlarning davriy xususiyatlari haqida xulosalar
berildi.
Ikkinchidan,
Qо„qon
xonligi
tarixshunosligining
davrlashtirilishi
masalalari, mustaqillik yillarida Qо„qon xonligi siyosiy tarixining о„rganilishi va
tarixshunoslikning rivojlanishi masalalarining tadqiq etilishi ilmiy tadqiqot ishida
kо„zlangan eng asosiy vazifalardan biri sifatida belgilanib, bunda tadqiqot
jarayonida xonlik siyosiy tarixi tarixshunosligining eng muhim jihatlari tahlili
etish, mustaqillik yilarida chop etilgan ilmiy adabiyotlar, tо„plamlar, ilmiy tadqiqot
ishlari va ularning natijalari, xulosalarining tahlilini amalga oshirish natijasida
quyidagilarni kо„rsatib о„tish mumkin:
79
- О„zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilmiy
tadqiqotlar avvalgi asrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlardan Qо„qon xonligi
tarixini, uning ichki va tashqi siyosatini atroflicha va keng yoritib berilganligi,
ilmiy tadqiqotlarda va ilmiy nashrlarda xonlik tarixining obyekitv ravishda,
tarixiylik va ilmiy asosida yoritilganligini bilan mukammal tadqiqotlar hisoblanadi:
- bu davrda amalga oshirilgan tadqiqotlarning asosiy qismini xonlikning
tarixshunosligi, manbashunosligi, siyosiy tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti,
savdo va diplomatik aloqalari, madaniy hayoti va boshqa muammolarga
qaratilganligini kо„rish mumkin.
- Qо„qon xonligining xorijiy mamlakatlar tarixshunosligida siyosiy
tarixining yoritilishi va tarixshunoslikning asosiy jihatlarining tahlili natijalari
shuni kо„rsatadiki, Mustaqillik yillarida Qо„qon xonligi tarixining horijlik
tarixchilarning tadqiqotlarida yoritib berilishi va uning tarixshunoslik masalalari
tadqiq etilganligini bir qator tadqiqotlarda qisman kuzatish mumkin.
Uchinchidan, dissertatsiyada “Qо„qon xonligi siyosiy tarixi” darslarini
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib о„qitish usullari,
mavzuning materiallari bо„yicha dars ishlanmasi ishlab chiqildi. Darsning
eksperiment uchun belgilangan obyekti sifatida akademik litsey tanlangan bо„lib,
dissertatsiya mavzusi yuzasidan Toshkent Davlat Yuridik Universiteti qoshidagi
akademik litseyi eksperiment mashg„ulotlari o„tkazildi. Ushbu faoliyat avvalo
eksperimentni o„tkazish rejasini tuzishdan boshlandi va ma‟ruza yani an‟anaviy
dars tashkil qilindi. Eksperiment natijalariga kо„ra mavzuni o„qitish va ta‟lim
samaradorligini oshirishda quyidagi tavsiyalar berildi:
- Zamonaviy pedagogik texnologiyalar о„quvchilarda matn bilan mustaqil
ishlashni, о„z fikrini ravon bayon qila olishni, shu mavzu asosida qо„shimcha
materillar topish, ularni о„rganishni, о„z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir
yechimga kelish malakalarini shakllantiradi.
Mavzu yuzasidan keyingi tadqiqotlar uchun tavsiyalar sifatida kо„rsatib
о„tish о„rinliki, xonlik tarixshunosligining horijiy mamlakatlar tarixiy asarlarining
80
yanada kengroq va chuqurroq tahlilini tadqiqot obyekti sifatida о„rganilishi xonlik
tarixi bо„yicha ma‟lumotlarni yanada mukammallashtirishi mumkin.
Umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, mustaqilik yillarida yaratilgan
ilmiy asarlar va amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar о„zining nazariy va
metodologik jihatlari bilan avvalgi tadqiqotlardan farqlanadi va mazmun jihatdan
ob‟yektiv ahamiyat kasb etadi.
81
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО„YXATI
О„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI
I.A.KARIMOV ASARLARI
1. Каримов И.А. Адолатли жамият сари. -Т.: Ўзбекистон, 1998. – 159 б.
2. Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин Т. 2.–Т.: Ўзбекистон,
1996. -380 б.
3. Каримов И.А. Ватан саждагоҳ каби муқаддасдир. -Т.: Ўзбекистон, 1995. –
278 б.
4. Каримов И.А. Маънавий юксалиш йўлида. -Т.: Ўзбекистон, 1998. - 480 б.
5. Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард
мақсадимиз. -Т.: Ўзбекистон, 2000. -526 б.
6. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. -Т.: Шарқ, 1998. - 31 б.
7. Каримов И.А. Шу азиз Ватан - барчамизники. -Т.: Университет,
1995. - 24 б.
8. Каримов И.А. Янгича фикрлаш ва ишлаш давр талаби. -Т.: Ўзбекистон,
1997. – 382 б.
9. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI асрга интилмоқда. -Т.: Ўзбекистон, 1999. –
48 б.
10. Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т. 5. -Т.: Ўзбекистон, 1999.
– 686 б.
11. Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура.
Т. 1. – Т.: Ўзбекистон, 1996. –364 б.
12. Каримов И.А. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида. -Т.: Ўзбекистон, 1997. –
326 б.
13. Каримов И.А. Донишманд ҳалқимизнинг мустаҳкам иродасига
ишонаман // FIDOKOR. -2000, - 8 июнь.
14. Каримов И.А. Ўзбекистон мустақил тараққиѐт йўлида. -Т.: Ўзбекистон,
1994. – 48 б.
15. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиѐт йўли.-Т.:
Ўзбекистон, 1992. – 78 б.
16. Каримов И.А. Истиқлол ва маънавият. –Т.: Ўзбекистон, 1994. -160 б.
17. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиѐсий-ижтимоий ва иқтисодий
истиқболининг асосий тамойиллари. –Т.: Ўзбекистон, 1995. – 74 б.
18. Каримов И.А. Юксак маънавият-енгилмас куч. Т.Маънавият, 2008.
19.
Каримов И.А.
Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Т.:
“Ўзбекистон”, 2011.
20. Каримов И. А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон
шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2009. – 56 б.
82
MUSTAQILLIK YILLARIDA QО„QON XONLIGI TARIXIGA OID
AMALGA OSHIRILGAN ILMIY TADQIQOTLAR VA ADABIYOTLAR
DISSERTATSIYALAR
1. Ахмеджанов Г.А. Российская империя в центральной Азии (история и
историография колониальной политики царизма в Туркестане). – Т.:
Фан, 1995. – 218 с.
2. Бабабеков Х.Н. Народные движения в Кокандском ханстве и их
социально – экономические и политические предпосилки (XVIII – XIX
вв). Дисс … д-ра ист. наук. - Т. - 1991. 302 с.
3. Болтабоев С.Д. XIX асрнииг 2-ярми - XX аср бошларида Туркистон
ўлкасида вақф мулклари. Тарих фан. номз. дисс - Тошкент, 1995.
4. В.Ишқуватов. Қўқон Россия диплматик алоқлари тарихшунослиги.
Тарих фан. номз. дисс - Тошкент, 2004;
5. Воҳидов Ш.Х. XIX аср иккинчи ярми – ХХ аср бошларида Қўқон
хонлигида тарихнависликнинг ривожланиши. Тарих фанлари докт.
илм. дараж. олиш учун ѐзилган диссертация. 1998 й. - 240 бет
6. Илҳомов З.А. “Алиқули Амирлашкар ва унинг Қўқон хонлиги сиѐсий
ҳаѐтида тутган ўрни”. Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш
учун ѐзилган диссертация. Т.2004
7. Исабоева Г.С. XIX аcрда Қўқон хонлигида маданий ҳаѐт: Тарих фан.
номз. ...дисс. автореф. - Тошкент: Уз МУ. 2010. - 26 б.
8. Исмаилова Ж.Х. Национально - освободительное движения в
Туркестане в начале ХХ века. Автореф. дисс. … д-ра. ист. наук. – Т.,
2002, 27 с.
9. Қўлдошев Ш. «Қўқон хонлиги ва Шарқий Туркистон ўртасидаги
сиѐсий, иқтисодий ва маданий алоқалар (XVIII-XIX асрнинг ўрталари)”
Тарих фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ѐзилган
диссертация. Т.2009.
10. Мадрахимов З. “Қўқон хонлигида савдо муносабатлари” Тарих
фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ѐзилган диссертация.
Т.2009
11. Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия
ва Америка тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди
дисс... – Т., 1998.
12. Махмудов Ш. Қўқон хонлиги сиѐсий тарихи. Тарих фан номз илм дар
.... дисс. Т. ЎзР ФА ТИ, 2010.
13. Султонов У.А. Муҳаммад Солиххўжа ва унинг "Тарихи жадидайи
Тошканд асари" мухим тарихий манба сифатида. Тарих фан номз
...дисс. - Тошкент: 2007.
14. Худойкулов Т.Д. XIX асрда Қўқон хонлигининг ижтимоий-сиѐсий,
иқтисодий ва маданий ҳаѐти:Тарих фан. номз. ...дисс. - Тошкент: Уз
МУ, 2009. - 172 б.
15. Михалѐва Г.А. Узбекистан в XVIII-первой половине XIX века.
83
Ремесло, торговля и пошлины. -Т.,1991.-С. 6.
ADABIYOTLAR VA MONOGRAFIYALAR
16. Абдурахимова Н.А., Рустамова Г. Колониальная система власти в
Туркестане во второй половине XIX – I четвертьи ХХ века. -Т.:
Университет, 1999. -162 с.
17. Абдураҳимова Н.А., Эргашев Ф.Р. Туркистонда чор мустамлака
тизими. Т.: Академия, 2002, -240 б.
18. Ахмеджанов Г.А. Российская империя в Центральной Азии. – Т.: Фан,
1995. – 137 с.
19. Бабаджанов. Б.М. Кокандское ханство: власть, политика, религия.
Токио-Ташкент: 2010.
20. Бобобеков Ҳ. Қўкон тарихи. - Т., 1996. - Б. 112.
21. Бобобеков Ҳ.Н. Пўлатхон қўзғолони. Т., 1996
22. В.Ишқуватов. Қўқон Россия диплматик алоқлари тарихшунослиги.
Т.2008.
23. Вохидов Ш. Қўқон хонлиги ва Бухоро амирлигида унвон ва
мансаблар. Т.: Фан, 1996. Б. 49.
24. Губаева С.С. Население Ферганской долины в конце ХIХ – начале ХХ в.: этно-
культурные процессы. – Т.: Фан, 1991. –130 с.
25. Зиѐев Ҳ.З. Туркистонда Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши
кураш. -Т.: Шарқ. 1998. -478 б.
26. II.49. Зиѐев Ҳ.З. Тарих ўтмиш ва келажак кўзгуси: (Тарихнинг долзарб
масалалари). -Т.: Адабиѐт ва санъат, 2000. –288б.
27. Илҳомов З. Амирлашкар тарихи. монография. Т. 2013
28. Илҳомов З. Туркистон босқини. Т. 2009.
29. Илҳомов З., Якобжанов Ж. Қўқонга саѐҳат қилган рус олими. ТГПУ
им Низами, 2008 г
30. Илҳомов З.А. “Қўқон хонлиги тарихшунослигининг айрим масалалари
(таҳлил ва мулоҳазалар)”. Т. 2007.
31. ИлҳомовЗ., Атаджанов Ш., Ишқувватов В. Аллаева Н. Ўзбек
хонликлари тарихшунослиги . Ташкент. Янги аср авлоди. 2011й
32. Мадрахимов З.Ш. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Т. 2014. 130-
б
33. Набиев А. Мустақиллик учун кураш ѐхуд парчаланган Туркистон
тарихи.-Т.: Ёзувчи, 1998. -96 б.
34. С.Тиллабоев. Туркистон ўлкасининг маъмурий бошқарув тизимида
маҳаллий ахоли вакилларининг иштироки. Т.Фан, 2011.
35. Ўзбекистоннинг энг яги тарихи. 1-китоб. Туркистон чор Россияси
мустамлакаси даврида Т.Шарқ. 2000.
36. Ш.Воҳидов. Қўқон хонлигида тарихнавислик. Т.Академнашр, 2010.
37. Юсупов Ш. Худоѐрхон ва Фурқат. Т., 1995
38. Юсупов Ш. Хуфия қатламлар. -Т.: Маънавият, 1999.
84
VAQTLI MATBUOT NASHRLARI
39. Абдуллаев У. Қўқон хонлиги аҳолисининг этник таркиби. /
http://www.e-tarix.uz/vatan-tarixi/221.
40. Аваз Муҳаммад Аттор Ҳўқандий. Тарихи жаҳоннамойи // Шарқ
юлдузи. 1998 йил. 6–сон;
41. Арслонзода Р.А, М.Ахунова. Ўзбекистон: Мустақиллик йилларида
Қўқон хонлиги тарихининг ўрганилиши . http://uzbegim.us
42. Ахмедова М. Қозилар судида далиллар // Фан ва ѐшлар: (хуқуқшунос
аспирантларнинг илмий мақолалари тўплами). - Тошкент: ТДЮИ,
2008. - № 2.-Б. 13-15.
43. Ахмедова М. Қўқон хонлигида ерга эгалик хуқуқи // ТДЮИ
Ахборотномаси. - Тошкент, 2008. - № 3. - Б. 23-25.
44. Ахмедова М. Қўқон хонлигида хуқуқ манбалари // Турон тарихи.
Тошкент, 2008. - № 3. - Б. 18-22.
45. Ахмедова М. Қўқон хонлигидаги солиқ ва мажбуриятлар // ТДЮИ
Ахборотномаси. - Тошкент, 2007. - № 2. - Б. 86-87.
46. Ахмедова М. Қўқон хонлигининг давлат тузилишига оид баъзи
масалалар // Турон тарихи. - Тошкент, 2009. - № 1. - Б. 13-15.
47. Ахмедова М. Қўқон хонлигининг марказий ва маҳаллий бошқаруви //
Фалсафа ва хукук. - Тошкент, 2009. - № 2. - Б. 46-48.
48. Ахмедова М. Қўқон хонлигининг ташқи савдо алоқалари // ТДЮИ
Ахборотномаси. - Тошкент, 2008. - № 2. - Б. 20-22.
49. Ахмедова М. Қўқон хонлигининг ташқи сиѐсати ва дипломатияси //
ТДЮИ Ахборотномаси. - Тошкент, 2010. - № 2. - Б. 23-24.
50. Ахмедова М. Қўқонлик мутафаккирларпипг сиѐсий-хуқуқий қарашлари
// Фан ва ѐшлар: (хуқуқшунос аспирантларнинг илмий мақолалари
тўплами). - Тошкент: ТДЮИ, 2008. - № 4. - Б. 44-55.
51. Ахмедова М. Нодирабегимнинг сиѐсий-хуқуқий карашлари // Аѐл, оила
ва жамият: Республика илмий-амалий конференция материаллари. -
Тошкент: Ўзбекистои Республикаси Адлия вазирлиги, 2007. - Б. 196.
52. Илхомов З,.Расулова Н. XIX асрнинг 50-йилларида Қўқон хонлигида
ички сиѐсий зиддиятларнинг кучайиши (манбавий-методологик
таҳлил). // Фарғона водийси тарихи янги тадқиқотларда. Мавзусидаги
иккинчи Республика илмий анжумани (илмий мақолалар тўплами).
2012 йил. 157-160-бб.
53. Илҳомов З. “Хотиралар”. // Республиканская научная конференция
“Тошкент Буюк ипак йўли чорраҳаларда”. Ташкент. 2010 йил 14 май.
54. Илҳомов З. XIX асрнинг 50-йилларида Қўқон хонлигида ички сиѐсий
зиддиятларнинг кучайиши (манбавий-методологик таҳлил). // Фарғона
водийси тарихи янги тадқиқотларда. Мавзусидаги иккинчи Республика
илмий анжумани (илмий мақолалар тўплами). 2012 йил
55. Илҳомов З. Алиқули Амирлашкар. Қўқон хонлигида харбий ишлар. //
«Армейский вестник». №.9. 2010 г.
85
56. Илҳомов З. Алиқули Амирлашкар. // Ўзбекистон тарихи №3.1999 г.
57. Илҳомов З. Амирлашкар жангномаси. // Материалы республиканской
научной конференции “Тарихий манбашунослик муаммолари” ЎзМУ,
25 апреля 2003г.
58. Илҳомов З. Жангномада акс этган тарих. // Ўзбекистон тарихини
ўқитиш ва ўрганиш бўйича материаллар. Ташкент, «Фан», 2007 г. С.34-
37
59. Илҳомов
З. Қўқон хонлиги дипломатик алоқалари тарихи
тарихшунослиги
(XIX
аср
60-йиллари).
//
Республиканская
конференция “Ўзбекистонда тарих фани (тарихшунослик ўқишлари-
2003)” АНРУз Институт Истории 2006г.й
60. Илҳомов З. Қўқон хонлигида миллий муносабатларнинг сиѐсий ҳаѐтга
таъсири. // Материалы республиканской научной конференции “Қўқон
асрлар силсиласида” Коканд. 14 мая 2004 г.
61. Илҳомов З. Қўқон хонлигининг дипломатик алоқалари тарихи (XIX
асрнинг 20-30 йиллари). // Педагогик таълим, №6. 2005
62. Илҳомов З. Муҳаммад Юнус Тошкандий “Хотиралар”и. // Перспективы
современных музеев: проблемы и решения. Сборник статей научно
практической конференции. Ташкент 2011.
63. Илҳомов З. Озодлик учун курашлар тарихи. / “Ватанпарвар” 20 май
1997 г. №60 (856).
64. Илҳомов З. Расулова Н. Қўқон хонлиги манбашунослигининг айрим
масалалари (назарий-методологик мулоҳазалар). // Фарғона водийси
тарихи янги тадқиқотларда. Мавзусидаги иккинчи Республика илмий
анжумани (илмий мақолалар тўплами). 2012 йил
65. Илҳомов З. Тошкент озодлик учун курашлар маркази. // Ўзбекистон
тарихини ўқитиш ва ўрганиш бўйича материаллар. Ташкент, “Фан”,
2009 г
66. Илҳомов З. Хотираларда жонланган сиймо. // Жамият ва бошқарув №1.
2000 й
67. Илҳомов З. Алиқули Амирлашкар ва унинг ҳарбий ислоҳотлари (XIX
аср 60-йиллари). // “Ўзбекистон давлатчилиги - тараққиѐти
босқичлари” материалы межвузовской научной конференции ЎзМУ,
2003 г.
68. Илҳомов З. Амирлашкар дипломатияси. // Педагогик таълим №4. 2001
г.
69. Илҳомов З. Қўқон хонлиги дипломатик алоқалари тарихини ўқитишда
манбаларнинг ўрни. // Педагогик таълим, №6 2006 г.
70. Илҳомов З. Қўқон хонлигида ҳарбий ислоҳотлар (XIX аср 60-йиллари).
// Педагогик таълим №5. 2002 г.
71. Илҳомов З. Хотираларда жонланган сиймо. // Жамият ва бошқарув №1.
2000 г.
72. Кавахара Я. Мухаммад Хакимхонинг "Мунтахаб ат таворих'" асари
тарихий манба сифатида // Тарихий манбашуносликнинг долзарб
муаммолари. Республика илмий-амалий анжуман материаллари. Т.,
86
2001. - Б 19-22.,
73. Муҳаммад Юнус Тоиб. Тарихи Алиқули Амирлашкар // Шарқ
юлдузи. -1996. №1-2;
74. Қўқон асрлар силсиласида. -Қўқон. 2004. -350 б.
NASHR ETILGAN MANBALAR
75. Мирзо Алим Ибн Мирза Рахим Тошканди. Ансоб-ус-салотин ва
таворих ал-хавоқин. (Қўқон хонлиги тарихи) – Т.: Фан. 2001
76. Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. -Т., Янги аср авлоди,
2008. 5-б
77. Мирзо Рахим Тошкандий. Ансоб ус-салотин ва таворих ул-хавоқин.
(Қўқон хонлиги тарихи). Т.: “Шарқ”-1995.
78. Мулло Олим Махдумхожа. Тарихи Туркистон. -Т.: Шарқ, 1995. -127 б.
79. Мулло Ҳолибой Мамбетов. Туркистон босқини. Нашрга тайѐрловчи
З.Илҳомов. Т. 2009.
80. Муҳаммад Азиз Марғилоний. Тарихи Азизий. Т.Маънавият. 1999.
81.
Муҳаммад Йунус Хаджа б. Муҳаммад Амин-Хаджа. Туҳфа-йи Таиб //Islamic Area
Studies Project Central Asian research Series № 6. –Ташкент-Токио.: 2002. -С.32.
82. Тарихи Фарғона. Мерос. Т.Мерос. 1991 й.
87
ANNOTATSIYA
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi: Qо„qon xonligi siyosiy tarixining
mustaqillik davri tarixshunosligi (1991-2012 yy).
Mutaxassislik kodi: 5A110601 – Tarix о„qitish metodikasi
Ish bajargan kafedra: “Tarix” kafedrasi.
Dolzarbligi: Qо„qon xonligi siyosiy tarixining mavjud tadqiqotlar
natijalarini va ularning ilmiy va nazariy-metodologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda, XX asrning 80 – yillari oxirlaridan bugungi kunga qadar yaratilgan tarix
asarlarining о„ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, xonlik siyosiy tarixini
о„rganilishi, ularda muammoning ochib berilganligi darajalari tahlil etilishi.
Maqsadi: Qо„qon xonligi tarixining mustaqillik davri tarixshunosligini,
ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlarning xususiyatlari va fanning rivojlanishiga qay
darajada hissa qо„shganligini tahlil etish va aniqlashtirish, ulardagi tajribalardan
kelib chiqqan holda bugungi tarix fanining о„rganilishi, uning tarixshunosligi
sohasidagi masalalarni tahlil etish va tavsiyalar berishdan iborat.
Vazifasi: Qо„qon xonligi siyosiy tarixining tarixshunosligi masalalarini
yoritib berish va uning eng asosiy jihatlarini kо„rsatib berish, horijiy mamlakatlar
tarixshunosligida xonlik siyosiy tarixining yoritilishi va tarixshunoslikning asosiy
jihatlarini tahlili etish, mavzu yuzasidan dars ishlanmasini ishlab chiqish, tadqiqot
yuzasidan umumiy xulosalar berish.
Obyekti: Qо„qon xonligi tarixining mustaqillik yillaridagi tadqiqotlari va
ularning tarixshunoslik masalalari.
Predmeti: Qо„qon xonligining mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilmiy
tadqiqotlar, ilmiy adabiyotlar tahlili, mavzuni о„qitishning ta‟lim texnologiyalarini
ishlab chiqish va tavsiyalar berish.
Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, о„rganilganlik
darajasi, maqsadi, vazifasi, obyekti, predmeti, ilmiy farazi, yangiligi, ilmiy amaliy
ahamiyati, tadqiqot metodologiyasi kо„rsatilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobida Qо„qon xonligi tarixshunosligining
88
davrlashtirilishi masalalari hamda xonlik siyosiy tarixining asosiy masalalari
yoritilgan.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida Qо„qon xonligi siyosiy tarixining
tarixshunosligi va uning horijiy mamlakatlar tarixshunosligida yoritilishi hamda
tarixshunoslikning asosiy jihatlari tahlil etilgan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot
mavzusi yuzasidan о„tkazilgan eksperiment va uning natijalari, shuningdek xulosa
va metodik tavsiyalar berilgan.
Ilmiy rahbar: tarix fanlari nomzodi,
dotsent Z.A.Ilhomov.
Magistr akademik darajasiga
da‟vogar: J.J.Yakobjanov
89
АННОТАЦИЯ
Do'stlaringiz bilan baham: |