2.2. Horijiy mamlakatlar tarixshunosligida xonlik siyosiy tarixining yoritilishi
va tarixshunoslikning asosiy jihatlari.
Jahon tarixining ajralmas bо„lagi va tarkibiy qismi hisoblangan Vatanimiz
tarixi о„zining nafaqat qadimiyligi, balki uzoq davom etgan tarixiy jarayonlarining
jahon tarixiy taraqqiyoti jarayonlariga juda katta ta‟sir etganligi bilan ham jahon
ilm ahli e‟tiborini о„ziga tortib kelmoqda. Aytish mumkinki, О„zbekiston sо„zi
tilga olinganda jahonning turli iqlimlarida yashovchi har qanday insonning kо„z
о„ngida qadimiy tarix gavdalanadi. Bugungi kunda tarixni nafaqat о„rganish, balki
uni ilmiy jihatdan asoslangan dalillarga tayangan holda, tarixiy jarayonlarning
mohiyatini ochib berishda xaqqoniylik tamoyillariga asoslangan holda chuqur va
atroflicha tadqiq etish hamda eng tо„g„ri ilmiy xuloslarni taqdim etish har bir tarix
tadqiqotchisi oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Qо„qon xonligi tarixshunosligining horijiy tarixchilar tomonidan о„rganilgan
va tadqiq etilgan ilmiy ishlarini aks ettirgan bir qator tadqiqotlar xonlik tarixini
atroflicha о„rganishda va ayniqsa tarixiylik hamda ilmiylikka asoslanilgan
fikrlarning yuzaga kelishida ma‟lum darajada о„rin tutadi. Garchi bu asarlar xonlik
tarixini mukammal va manviy ma‟lumotlarga asoslanilgan holda batafsil yoritib
berish darajasida talqin etilmagan bо„lsada, xzonlik tarixining mak‟lum darajada
obyektiv
ravishda
yoritib
berilganligi
bilan
xususiyatlanadi.
Horij
tadqiqotchilarining asarlarida sovet tadqiqotchilari uchun mumkin bо„lmagan
tarixiy tahlilga keng о„rin berilgan hamda tarixiy jarayonlarning asl mohiyati ochiq
oydin yoritib berilgan. Bunday tadqiqotchilar va ularning asarlari orasida
D.Bergxorn
132
, E.Bekon
133
, R.Konnuest
134
, E.Ollvort
135
, T.Rakovski–Xarmstoun
136
,
L.Tillet
137
, D.Uiler
138
, D.Xuson
139
, S.Bekker
140
, Kavaxara YA
141
, M.Oldsvort
142
va
132
Barghorn L. Sovet Russian Nationalism. – New York, 1956;
133
J. Wheeter. The modern history of Central Asia. –London, 1964;
134
E.A. Allworth. Uzbek Literary politics – New York 1964;
135
E. Bacon. Central Asiens under Russians Rule. – New York, 1966;
136
R. Conguest. Soviet Nationalitiea in Practice. – London, 1967;
137
L. Tillet. The Great Friendship. Soviet Historians on the Non-Russian Nationalities. – North Carolina,
1969.
138
T. Rakovska-Harmstone. Russian and Nationalism in Central Asia. – Baltimore, 1970
139
D.Hooson. The Soviet Union. People and Regions – California, 1977
140
Вескег S. Викhага апd Кhiva 1865-191-жилд 24. Саmbridge. 1969.
51
boshqalarni alohida kо„rsatib о„tish mumkin.
Yuqorida ta‟kidlab о„tilganidek, Qо„qon xonligi tarixi, ayniqsa xonlikning
elchilik masalalari bilan bog„liq siyosati haqida qimmatli ma‟lumotlarni jamlagan
M.Saray va Inalchiklarning asarlari ham muhim ahamiyatga ega bо„lgan horij
tadqiqotlari sanaladi. Bu asarlar Qо„qon xonligi tomonidan Turk sultoniga
yuborgan elchilik masalalarining batafsil yoritib berilganligi bilan ahamiyatlidir.
143
Yaponiyaning Tokio universiteti (X.Komatsu) va О„zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi
Sharqshunoslik
instituti
(B.M.Bobojonov,
SH.X.Vohidov)
hamkorligida Yaponiyada chop etilgan «Tuhfa-yi Taib» asarida mualliflar
manbalarga asoslangan holda Qо„qon xonligining chor Rossiyasiga qarshi
kurashlari hamda xonlikning ichki siyosati masalalari bir qator ma‟lumotlarni
keltiradilar
144
.
Mustaqillik yillarida Qо„qon xonligi tarixining horijlik tarixchilarning
tadqiqotlarida yoritib berilishi va uning tarixshunoslik masalalari tadqiq
etilganligini bir qator tadqiqotlarda qisman kuzatish mumkin bо„lsada, biroq bu
borada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar orasida tarixchi O.Masaliyevaning
“Buxoro, Xiva va Qо„qon xonligi tarixini XX asr Angliya va Amerika
tarixshunosligida о„rganilishi” nomli dissertatsiyasi alohida о„rin tutadi.
145
.
Tadqiqotchi O.Masaliyevaning tadqiqotlarida Qо„qon xonligi va uning
siyosiy tarixi, xonlikning tashkil topishi, hukmdorlarining taxtga о„tirishlari va
hukmronligi sanalari va bu haqdagi bir qator ma‟lumotlarning turli horij
141
Кавахара Я. Мухаммад Хакимхоннннг "Мунтахаб ат таворих'" асари тарихий манба сифатида //
Тарихий манбашуносликнинг долзарб муаммолари. Республика илмий-амалий анжуман
материаллари. Т., 2001. - Б 19-22., Ўша муаллиф. Амир Хайдар мактублари // Тарихий
манбашуносликнинг долзарб муаммолари. Республика илмий-амалий анжуман материаллари. Т.,
2005. - Б 41-44.
142
Holdsworth M.Turrestan in the nineteenth century. A brief History of Khanates of Central Asia.
Oxford. 1959
143
Saray M. Rus isgali devrinda Osmanli devleti ile Turkistan hanliklari arasindeki siyasi
munasabetler(1775-1875). -Ankara. 1994. -S74. Saray M. Rusiyanin Turk yurdlarina yayilmasi. –
Istanbul. 1975. -S.35. Inalcik. Osmanli – Rus rekabetinin mensei ve Volga – Don kanali tesebbusi.-
Ankara. 1948. -S349-402.
144
Муҳаммад Йунус Хаджа б. Муҳаммад Амин-Хаджа. Туҳфа-йи Таиб // Islamic Area Studies
Project Central Asian research Series –Ташкент-Токио. 2002. -№ 6. -С.1.
145
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998.
104-б.
52
tarixchilari tadqiqotlarini tahlil qilgan holda yoritib berganligini alohida kо„rsatib
о„tish о„rinlidir.
Bu borada mazkur tadqiqotda bir qator ma‟lumotlarni о„qish mumkin.
Jumladan tadqiqotchining alohida ta‟kidlab о„tishicha, Qо„qon xonligi masalalarini
yoritishda horijliklar asosan Rossiya imperiyasining о„zbek xonliklarini, xususan
Qо„qon xonligini bosib olishi masalalariga alohida e‟tibor qaratganlari holda,
xonlikning tashkil topishidan Rossiya imperiyasi bosqiniga qadar bо„lgan davri
haqida umumiy holda, ya‟ni nisbatan kamroq tо„xtalib о„tganlar.
Tadqiqotchining tia‟kidlashicha, XX asr 60-yillaridan boshlab keyingi
yillarda AQSH va Angliya tarixshunosligida Qо„qon xonligi tarixiga oid bir qator
asarlar yaratildi. Ular orasida Nettleson Susannaning "Qо„qon xonligining gullab-
yashnashi. 1800 - 1820. Turk - Eron madaniy hamkorligi" dissertatsiyasi, Riler
Patron Poetning "Turk tadqiqotlari
xalqaro jurnali"da nashr etilgan "Qо„qon
xonligining gullab-yashnashida Umarxon. 1800-1820" nomli maqolalarini
kо„rsatib о„tadi.
146
Tadqiqotchi O.Masaliyevaning kо„rsatib о„tishicha, xorij tarixshunosligida
XX asr о„rtalari yoki oxirlarida Qо„qon xonligi masalalariga berilgan baxo XX asr
dastlabki yillarida bildirilgan fikrlardan unchalik keskin farqlanmaydi. Tadqiqotchi
bu davrdada horijda yaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilar ekan, AQSH va
Angliyada XX asrda nashr etilgan Qо„qon xonligi tarixi taxliliga bag„ishlangan
asarlarni tadqiqotiga alohida urg„u berib, ulardagi Qо„qon xonligi tarixining
alohida sohalarining yoritilganligiga e‟tibor qaratadi va shunday asarlar qatorida
M.Xoldsvortning "Turkiston XIX asrda" kitobining tahlilini keltiradi.
147
Mazkur tadqiqotda kо„rsatib о„tilishcha, M.Xoldsvortning "Turkiston XIX
asrda" kitobini XX asr 50-yillari ikkinchi yarmiga kelib, Qо„qon xonligi haqida
nisbatan batafsilroq ma‟lumot beruvchi asarlardan biri sifatida e‟tirof etish mumkin
146
Масалиева О. 105-б. Қаранг: Nettleson Susanna. Florishing of the khanate of Qoqan, 1800 -
1820: A Turkic Iranian cultural partneship. New York, unpublislied thesis. - Columbia
University, 1981. Ruler Patron Poet. Umar khan in tlv 14 aiming of the khanate of Qoqan:
1800 1820. / International journal of Turkish studies.
147
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998.
105-б. Қаранг: Holdsworth М. Turkestan in the nineteenth century. - Oxford. - P. 80.
53
bо„lib, Meri Xoldsvort qalamiga mansub quyidagi jumlani keltirib о„tadi: -
“Qо„qon xonligi 1798 yildan 1876 yilgacha ming sulolasi xonlari qо„l ostida
bо„lgan Farg„ona vodiysida mavjud bо„lgan edi. U Marg„ilon, Qо„qon va
Namangan viloyatlarini о„z ichiga olgan edi.”
148
Tadqiqotchi xorij tarixshunosligida Qо„qon xonligining tashkil topganligi
sanasining turlicha talqin qilinganligini kо„rsatib о„tadi va bu borada bir qator
xorijiy tarixchilar asarlarining tahlilini keltirib о„tadi.
149
Shunday tadqiqotchilardan biri sifatida Mansning fikrlarini keltirib о„tadi va
uning ma‟lumotlariga kо„ra Qо„qon xonligi 1798 yilda Buxorodan mustaqilikka
erishib, shu yili chingiziy va temuriy shajarasidan kelib chiqqan ming urug„i
hukmronligigi о„tganligini kо„rsatiladi. Yana bu muallifning kо„rsatishicha,
Qо„qon xonligi Pomirgacha, Toshkentgacha, Sirdaryo va Tyanshangacha bо„lgan
hududlarni о„z tarkibiga kiritganligini kо„rsatib о„tadi.
150
O.Masaliyevaning
fikricha, Mans bu ma‟lumotlari bilan M.Xoldsvort malumotlariga yaqin fikrlarni
bildirgan.
151
Shu о„rinda mazkur tadqiqotchi horij tarixchisi Mansning о„z asarini
yaratishda Muhammad Niyoz Hо„qandiyning “Tarixi shohruxiy” asaridan
foydalanganligini ta‟kidlab о„tadi
152
.
O.Masaliyevaning
fikricha,
M.Xoldsvort
va
Manslarning
Qо„qon
xonligining tashkil topishi sanasini kо„rsatganda davlatning rasman Qо„qon
xonligiga aylanganligini nazarda tutgan bо„lishi mumkinligini kо„rsatib о„tadi.
Shuningdek, tadqiqotchi O.Masaliyeva amerikalik о„zbekshunos olim Eduard
Ollvortning ham Qо„qon xonligini "1710 yilda tashkil etilgan"
2
ligini yozib
qoldirganligini kо„rsatib о„tadi.
153
Biroq biz tadqiqotning avvalgi qismida kо„rsatib о„tganimizdek Qо„qon
148
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998.
105-б. Қаранг: Holdsworth M. Turkestan in the... - P.5.
149
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998.104-б.
150
О„sha joyda
151
О„sha joyda
152
Ўша жойда. Mans B.F. Central Asian uprisings in the nineteenth century: Fergana under the
Russians. /Russi; n review. Vol.46. - P. 268.
153
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998.107-б.
54
xonligi bundan ancha avvalroq, ya‟ni Buxoro xonligidagi siyosiy boshboshdoqlik
natijasida XVIII asr boshlarida Farg„ona vodiysida mustaqil davlat sifatida tashkil
topgan. Qо„qon xonligiga Chodak xо„jalarining yordami bilan 1709 yilda Ming
urug„ining boshlig„i Shohruhbiy ibn Ashur Muhammad (1709 - 1721) asos
solgan.
154
Qо„qon xonligi siyosiy tarixini (1709 - 1876) shartli ravishda tо„rt bosqichga
bо„lish mumkin:
155
1. Xonlikning shakllanish davri (1709 - XVIII asr 50 - yillari). Bu davrda
Qо„qon xonligi asosan Farg„ona vodiysidan iborat bо„lib, xonlik hukmdorlari
mamlakatni birlashtirish, ichki nizolarga barham berish, tashqi dushmanga qarshi
kurashish, mamlakatning mavqeini mustahkamlash bilan mashg„ul bо„lgan.
2. Taraqqiyot davrining boshlanishi (XVIII asrning 60 - yillaridan shu asr
oxirigacha). Bu asosan Norbо„tabiy (1763 - 1798) hukmronlik qilgan davr bо„lib,
xonlik hududi kengaygan, siyosiy va iqtisodiy jihatdan yuksala boshlagan.
Mamlakat О„rta Osiyoda ham о„z mavqeiga ega bо„lib borgan.
3. Taraqqiyot davri (XIX asrning birinchi yarmi). Olimxon (1798 - 1810),
Umarxon (1810 - 1822), Muhammadalixon (1822 - 1842) kabi hukmdorlar davrida
xonlik hududi kengayib, shimoldan qozoq chо„llari va u orqali Rossiya, g„arbdan
Buxoro amirligi, chо„l zonalari orqali Xiva xonligi hududi, sharqsan Qashqar
yerlari bilan chegaradosh bо„lib, janubiy xududlari Pomir toglariga tutashib ketgan.
Xonlik О„rta Osiyoda siyosiy mavqeini mustahkamlash bilan birga, iqgisodiy
jihatdan ham ancha yuksalgan.
4. Tanazzul davri (XIX asrning 50 - 70 - yillari). Bu davrda ichki nizolar va
tashqi urushlar avjiga chiqqan. Mamlakat siyosiy va iqtisodiy tanazzulga yuz
tutgan. Taxt uchun kurashlar kuchayib, xonlik hukmdorlari tinimsiz almashinib
turgan. Xatto, Xudoyorxonning о„zi uch marta (1845 - 1858, 1862 - 1863, 1865 -
1875) taxtga kelib, ichki nizolar oqibatida uch marotaba undan ketishga majbur
bо„lgan. Tashqi dushmandan xonlik о„zini mudofaa qila olmagan. Natijada, dastlab
154
Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. -Т., Янги аср авлоди, 2008. 5-б
155
Мадрахимов З.Ш. Қўқон хонлигида савдо муносабатлари. Наманган. 2009. 30-б
55
1842 yil Buxoro xonligi xonlikni vaqtincha bosib olgan bо„lsa, 1876 yil Rossiya
imperiyasi unga barham bergan.
156
Keyingi о„rinlarda O.Masaliyeva Yuriy Bregel tadqiqotlari haqida fikr
yuritadi. Uning ta‟kidlashicha, Yuriy Bregelning maqolalari ham Qо„qon xonligi
tarixi masalalarini yoritishda muhimdir. Y.Bregel ham Muhammad Niyoz
Hо„qandiyning “Tarixi Shoxruxiy” asarining N.N.Pantusov tomonidan 1885 yilda
Qozonda chop etilgan asari matnidan foydalanganligini alohida ta‟kidlab о„tadi
157
.
Bizningcha mazkur manbaga horijlik tarixchilarning alohida e‟tibor
qaratganlarining sababi bu asar boshqalaridan avvalroq boshqa tillarga tarjima
qilinganligi va horij tarixchilarining tanishishlari uchun imkoniyatning mavjudligi
bо„lishi mumkin, qolversa, Muhammad Niyoz Hо„qandiy saroy amaldorlari safiga
kirganligi uchun Sheralixon hukmronligidan XIX asrning 70-yillarigacha yuz
bergan siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok etgan. Muallif о„z asarida xonlik
ichki siyosiy hayotining barcha tomonlarini atroflicha yoritish bilan birga,
xonlarning tashqi siyosatga munosabati, harbiy ahvolning yomonligi va achinarlisi,
harbiy ahvolning shunday qolib ketganligi, xattoki chor Rossiyasining dastlabki
harbiy yurishlarida xonlik askarlarining mag„lubiyatga uchrashi va shaharlarning
qо„ldan boy berilishini xonlarning beparvoligi oqibatida edi, deya baholaydi.
158
Shuningdek asarda Xudoyorxon va Mallaxon davri siyosiy guruhbozliklarning
kuchayishi, bundan avvalroq yuz bergan qipchoqlar voqealari ham batafsil yoritib
berilgan.
Shu о„rinda ta‟kidlab о„tish kerakki, Muhammad Niyoz Xо„qandiyning
“Tarixi shoxruhiy” asari Qо„qon xonligi tarixiga bag„ishlab yozilgan dastlabki
mukammal asarlardan biri bо„lib, xonlikning XIX asr о„rtalarigacha bо„lgan davri
tarixini yoritib bergan muhim manbalardan biri sanaladi. Bu asarning bir necha
marta tadqiqot obyekti bо„lganligi ham fikrimizni tasdiqlaydi. «Tarixiy Shoxruxiy»
asari XIX asr oxirlaridayoq tarixchilar tomonidan tadqiqot obyekti sifatida
156
О„sha joyda.
157
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998.105-б.
158
Тарихи Шохрухий. Б. 199-200. Қаранг: Илҳомов З. Амирлашкар тарихи. Т. 2013. 41-б.
56
о„rganila boshlangan asarlardan biri sanaladi. Rus tarixchisi N.N.Pantusov 1876
yildayoq asarning rus tilidagi tarjimalarini nashr qildira boshlagan bо„lsa, 1885
yilda uning tо„liq nusxasini rus tilidagi tarjima va izohlar bilan nashr qildirdi.
159
Shuningdek, T.K.Beysembiyev ham «Tarixi Shoxruxiy» asarini chuqur о„rganib,
unda yozilgan ma‟lumotlar asosida Qо„qon xonligi va Sharqiy Turkiston tarixiga
oid bir qator masalalarni tadqiq etgan.
160
O.Masaliyevaning tadqiqotidan о„rin olgan horijlik tarixchilar asarlaridan
yana biri ingliz tarixshunosligida fransuz muallifi Kraussetning inglizchaga
о„girilgan "Dasht imperiyasi. О„rta Osiyo tarixi"
161
asaridir. Bu kitob keyinchalik
bir qator ingliz tarixchilar tadqiqotlari uchun manba bо„lib xizmat qilganligi
tadqiqotda ta‟kidlab о„tiladi.
162
Tadqiqotda kо„rsatib о„tilishicha, Qо„qon xonligi tashkil etilishi masalasini
Krausset – “Farg„ona shayboniylar xukmdorligi davrida Movarounnahr
xonligining bir qismi sifatida shakllandi, ammo keyinroq bu birlashish faqat
nomigagina bо„lib qoldi... 1710 yillar atrofida Abulfayzning avlodidan bо„lgan
Shoxrux deb nomlangan shayboniy xо„jalar ustidan g„olib kelib Farg„onada
poytaxti Qо„qon bо„lgan mustaqil о„zbek xonligini tashkil etishda muvaffaqiyatga
erishdi”, - deb kо„rsatganligini keltiradi.
163
Yuqoridagi ma‟lumotlar tahlilidan kо„rinadiki, Qо„qon xonligi tarixini
о„rganish nafaqat yurtimiz tarixchilarining, balki bir qator horijlik tarixchilarning
ham tadqiqot obyektlari sifatida bir muncha mukammal о„rganilganligi va kо„plab
horijlik tarixchilar e‟tiborini jalb qilganligi baln ham alohida xususiyatga ega.
159
Пантусов Н.Н. Теварихи Шахрухие // Туркестанские ведомости. -1876. -№30.
160
Бесембиев Т.К. «Тарих-и Шохрухи» как исторический источник. Алма-Ата. «Наука», 1987. – C
200; «Тарих–и Шохрухи» о Восточном Туркестане // Из истории Средней Азии и Восточного
Туркестана в ХV – ХIХ вв. –Т., 1987. – С. 162-174. Қаранг: Илҳомов З. Амирлашкар тарихи. Т.
2013. 41-б.
161
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998. 106-б.
Қаранг: The empire of the steppes. A history of Central Asia. By Rene Qrousset. - Rutgers University
press,1970. - P.488.
162
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998.106-б.
163
Масалиева О. Бухоро, Хива ва Қўқон хонлиги тарихини ХХ аср Англия ва Америка
тарихшунослигида ўрганилиши. Тарих фан...номзоди дисс... – Т., 1998.107-б.
57
Biroq bu bilan hoijlik tarixchilarining asarlarida xonlik tarixining yoritilishi
mukammal ilmiy yechimini topgan tadqiqotlar ekanligini anglatmaydi. Yuqorida
keltirib о„tilgan va tadqiqotchilar tomonidan ta‟kidlab о„tilgan kamchiliklar va
ma‟lumotlardagi, sanalardagi, tarixiy voqeliklar va tarixiy jarayonlarning sodir
bо„lishining talqini keltirilgan ma‟lumotlarda chalkashliklarning mavjudligi bu
tarixchilarning xonlik tarixining manbashunoslik masalalarini bir muncha chetlib
о„tganligi va boshqa tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan chalkash fikrlarning
rivojlantirilganligi bilan ham xususitga ega. Garchi horijlik tarixchilarning
tadqiqotlarida umumiy kamchiliklarga yо„l qо„yilgan bо„lsada, ularda keltirilgan
ma‟lumotlarning tahlili va ilmiy jihatdan tadqiq etilishi xonlik tarixi yuzasidan
xaqqoniy xulosalar berish uchun ma‟lum darajada turki beradi.
58
2-BOB BО„YICHA XULOSA
Dissertatsiyaning ikkinchi bobida Qо„qon xonligi siyosiy tarixining
tarixshunosligi masalalarini tahlil etish vazifasi qо„yilgan bо„lib, amalga oshirilgan
tadqiqot yuzasidan quyidagilarni kо„rsatib о„tish mumkin, ya‟ni О„zbekiston
Respublikasining mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar avvalgi
asrda sovet tarixchilari tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlardan Qо„qon
xonligi tarixini, uning ichki va tashqi siyosatini atroflicha va keng yoritib
berilganligi, ilmiy tadqiqotlarda va ilmiy nashrlarda xonlik tarixining obyekitv
ravishda, tarixiylik va ilmiy asosida yoritilganligini kuzatish mumkin. Bunday
tadqiqotlarning asosiy qismini xonlikning tarixshunosligi, manbashunosligi,
siyosiy tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, savdo va diplomatik aloqalari,
madaniy hayoti va boshqa muammolarga qaratilganligini kо„rish mumkin.
Umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, mustaqilik yillarida yaratilgan ilmiy
asarlar va amalga oshirilgan tlmiiy tadqiqotlar о„zining nazariy va metodoloik
jihatlari bilan avvalgi tadqiqotlardan farqlanadi va mazmun jihatdan obyektiv
ahamiyat kasb etadi.
Bu bobda yana bir kо„rib chiqilgan masala Qо„qon xonligining xorijiy
mamlakatlar tarixshunosligida siyosiy tarixining yoritilishi va tarixshunoslikning
asosiy jihatlarining tahlili bо„lib, amalga oshirilgan tadqiqot natijalari shuni
kо„rsatadiki, Mustaqillik yillarida Qо„qon xonligi tarixining horijlik tarixchilarning
tadqiqotlarida yoritib berilishi va uning tarixshunoslik masalalari tadqiq
etilganligini bir qator tadqiqotlarda qisman kuzatish mumkin bо„lsada, biroq bu
borada amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar orasida tarixchi O.Masaliyevaning
“Buxoro, Xiva va Qо„qon xonligi tarixini XX asr Angliya va Amerika
tarixshunosligida о„rganilishi” nomli dissertatsiyasi alohida о„rin tutadi.
Bu borada tarixchilarimizning oldida turgan vazifalardan biri sifatida aytib
о„tish mumkinki, xonlik tarixshunosligining horijiy mamlaktlar tarixiy asarlarining
yanada kengroq va chuqurroq tahlili muhim tadqiqot obyekti bо„lishi mumkin.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |