Udk sodiqova salima zohidovna


«Lison ut-tayr» asarida realiyalar tarjimasi xususida



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana15.04.2020
Hajmi0,94 Mb.
#44805
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
badiiy asarlarda realiyalar tarjimasi


 .«Lison ut-tayr» asarida realiyalar tarjimasi xususida. 

«Lison  ut-tayr»  asarida  ham  realiyalar  tarjimasi  alohida  o‘rin  egallaydi. 

«Lison ut-tayr» asaridagi realiyalarni quyidagi guruhga bo‘lishimiz mumkin: 


44 

 

• Kiyim bosh, oyoq kiyim realiyalari tarjimasi. 



• Kasblar nomlarining tarjimasi. •Tasavvuf atamalari tarjimasi. 

• Diniy atamalar tarjimasi. 

• Nomlar va ismlar tarjimasi. 

«Lison ut-tayr»dagi kiyim boshlarga asoslangan muammolar

Vaqt  zamon  zamon  o‘zgarishi bilan odamlar  ham,  ularning  yashash  tarzi, 

qiziqishlari  va  xatto  kiyinishlari  o‘zgaradi.  Qadimda  o‘zbek  ayollari  uzun 

beqasam  cho‘ponlar,  englari  juda  keng  atlas  ko‘ylaklar,  boshlariga  tillaqosh  va 

zeb  ziynatlar  taqishgan,  oyoqlariga  kavushlar  kiyishgan.  Xrzir  esa  bunday 

kiyimlar kiyish kundalik qayotda foydalanilmaydi. Yoki erkaklar salla, cho‘pon, 

yaxtak,  oyokdarida  maxsi  kalish  bo‘lgan.  Qozirda  bu  kiyimlar  kostyum  shim, 

yokali ko‘ylaklar,  tuflilar bilan  almashtirilgan.  Bu  liboslar  umuman  iste`moldan 

chiqib ketmagan, faqat ularning o‘rnini zamonaviylari egallagan. Bunday  milliy 

kiyimlarsiz (cho‘pon, do‘ppi, salla, atlas ko‘ylak, nimcha, kavush) o‘zbek millati 

o‘z milliyligini yo‘qotadiku! 

Lekin  bir  tildan  ikkinchi  tilga  milliy  kiyimlarning,  poyafzallarning, 

taqinchoqlarning va bosh kiyimlarning nomlarini izohlab, ko‘rsatib, tasvirlab yoki 

tarjima  qilib  berish  katta  va  mashaqqatli  ishdir.  Bir  biriga  yaqin  qarindosh 

tillardan qilinadigan tarjimalarda bu katta muammo tug‘dirmasligi mumkin, lekin 

uzoq tillar uchun bu o‘ta murakkab holdir. Chunki xalqlar yiroq, til oilalari ham 

boshqa  boshqa.  Bundan  tashqari  turli  xalqlarning  jumladan:  G‘arbliklarning 

yashash 


tarzi, 

madaniyati, 

kiyimlari, 

bosh 


kiyimlari, 

poyafzallari 

sharqliklarnikidan farq qiladi. 

Demak,  tarjimon  oldida  XV  asrda  yashagan  o‘zbek  xalqining  (odamlarning) 

kiygan kiyimlari ingliz kitobxoniga etkazish va ularda o‘zbeklar haqida, tasavvur 

hosil qilish muammosi paydo bo‘lgan. 

Bu muammolar quyidagilar: 

Shayx yuvinib hirqa kiydi (34 b). 

Bir kuni u aysh jomidan nush etayotib ko‘chadan o‘tib borayotgan janda kiygan 

ikki darveshni ko‘rdi. 



45 

 

Beliga zunnorni mahkam bog‘lab kofirlarni o‘zimdan xursand qilay (322 b). 



U hiyla bilan egniga xizrnikiga o‘xshash yashil chakmon tashlab olgan bo‘lib, o‘z 

nafsini ana shu yashil rang bilan xursand qilib yuradi. (298 b). 

Uni  ushlab  olib,  soyaboni  va  tojini  boshiga  urdilar  bo‘yra  to‘nini  esa  buzib 

kuydirib yuboradilar. 

Chunki  bu  murid  kiyadigan  xirqa  toza  matodan  bo‘lib,  u  qizil  yashil  va  sariq 

nakshlar bilan ziynatlangan edi. (356 b). 

 

Egnigdagi  yashil  libosing  bilan  shohni  izla  yo‘ldan  ozganlarga  Xizr  kabi  yo‘l 



ko‘rsat (291 b). 

 

Zuxdu tasbehu ridongizdan uyat sizga! Kovush, salla va hassangizdan uyat sizga! 



Bu  damda  qo‘lidagi  hassasi  xuddi  uy  ustuniga  o‘xshash  uning  gavdasini  suyab 

qoldi. 


Bu masxaraboz o‘z boshiga kungurali toj qo‘ydi (300 b). 

Chunki menga toj nasib etgan, boshimda oltin tumog‘a zar tojim bor. (300 b). 

Beliga  zunnorni  mahkam  tang‘ib,  bu  tasavvuf  peshvosi  bo‘lgan  SHayxni 

kofir  qiladilar.  U  maet  holda  but  oldida  sajda  qildi,  egnidagi  pirlik  xirqasini 

olovda ko‘ydirdi va «kallamul lohni» o‘tga tashladi. (336 b). 

Ko‘ylagiga  rangbarang  go‘zal  naqshlar  solingan  bo‘lib,  ularda  Rum  va 

farang ustalarining jon chekib mehnat qilganliklari ko‘rinib turibdi. (326 b). 

Bu  tubantabiat  yana  shunga  teng  keladigan  boylikni  to‘niga  gir  aylantirib  tikib 

olgan edi. (362 b).  

Yuz ming iltijo bilan egniga janda kiydi. (375 b). 

Ammo uning qo‘lidan janda kiygan devonani ishini qilish kelmaydi.       

(397 b). 

  

Kiyim  tikuvchi  o‘z  ustaxonasiga  borib  shoh  kiyimi  uchun  zarbof  to‘n 



tikmoqqa ish boshladi. 

Yuqoridagi  jumlalardagi  ajratib  ko‘rsatilgan  kiyim  nomlariga  quyida  izoh 

berishga  xarakat  qilamiz.  Xirqa  Dag‘al  matolardan,  qurab  tikilgan  libos, 

darveshlar kiyimi. Juldur kiyim. 



46 

 

Janda Darveshlar va qalandarlarning uloq quroq to‘ni. Zunnor (arabchilvir) 



charmdan  yasalgan  maxsus  kamar  belbog‘.  Arab  xalifaligi  davrida  musulmon 

davlati  xududida  yashab  boshqa  dinga  e`tiqod  qiluvchilar  asosan  (yaxudiylar, 

xristyanlar) musulmon emasligining belgisi sifatida zunnorni taqishgan. Chakmon 

odatda  jun  matodan  tikiladigan  erkakcha  uzun  to‘n.  Bo‘yra  to‘n  Tozalangan 

qamish  cho‘pidan  to‘qilgan  to‘n  (cho‘pon).  Kovushpoyafzal  turi,  odatda  maxsi 

bilan yoki sappoychang kiyiladigan oyoq kiyim turi. O‘zbeklarning  milliy oyoq 

kiyim  turi.  Salla  Nomozxon  erkaklar  boshiga  kiyadigan,  uzun  oq  mato.  Hassa 

Qo‘lda tutib erga tirab tayanib yurish uchun silliq qilib ishlangan uzun tayoq. 

Zarbof to‘n zarda naqshlar bilan tikilgan to‘n. 

Ana endi bu so‘zlarning muqobillarini ko‘rib chiqamiz. 

The Shaik washed himself and put on the customary Muslim clothes (73 p). 

One  day  when  he  was  in  his  visual  state  of  inebriation  he  saw  two  dervishes 

clothed in robes pass him on the street (89 p). 

Let me inside the unbeliever's tavern tie on the Christians belt and hang the 

icon (51 p). 

He  had  a  green  coat  on  like  the  one  Hizr  used  wear  and  his  lust  was 

satisfied by that green color (26 p). 

They stick down his fan and crown from his head and his . grass robe was 

destroyed and burnt (40 p). 

This dervish was wearing the clothes of a Sheikh, the material was new and 

his robes were decorated with green and yellow ornaments. 

See  the  king  with  your  green  coat  and  show  the  way  for  the  lost  ones  as 

Hizr (19 p). 

Shame on you for your religious garb, for your Islamic foot wear and staff .  

At that moment the staff in his hand buttressed his body just like a house pillar. 

Finally the clown put a notched crown on top of his head. (310 p). 

They  call  me  the  king  of  birds  because  I  was  bestowed  a  golden  helmet. 

The metal cap that is used for trained hunting falcons in Central Asia (38 p). 

 


47 

 

They  tightened  the  Christians  cord  around  his  waist  and  the  Sufi  leader 



became  an  unbeliever.  In  his  drunken  state,  he  worshiped  in  front  of  the  idol 

burned the tattered remains, of his old robes of authority and flung the Quran in to 

the fire (66p). 

Her  dress  had  color on  color  and  beautiful decoration. One  could  observe 

the soul bearing labor done by Roman and Europe expert (55 p). 

This  dervish  was  wearing the  cloths of  a sheik, the  material  was  new  and 

his robes were decorated with green and yellow ornaments (87 p). 

This  harsh  man  also  had  his  robe  stuffed  with  a  comparable  amount  of 

treasure (94 p). 

And  with one  thousand pleas  and  clothed  himself  in  the  rags of  a  dervish    

(94 p). 

However,  it  cannot  do  what  dervishes  who  wear  tattered  clothes  can  do      

(129 p). 

He  tore  his  robe, threw  down  his turban and  mourned  for  the person  who 

had fallowed his advice. 

A tailor went to his workroom and began to make a brocaded robe for the 

Shah to wear (124 p). 

Finally the clown put a notched crown on top of his head. (310p). 

Footwear  —  boots  and  shoes.  The  word  is  used  chiefly  by  tradesmen. 

Turban — a long piece of cloth wound round the head. It is warm chiefly by men 

in India. 

Staff — a strong stick or pole, longer than a walking stick, used to help a person 

in climbing or as a weapon. 

Lison ut tayr» dagi kiyim realiyalari nomlari.   

Bunday realiyalarning ingliz tilidagi tarjimasi,ularning anglatgan ma`nolari 

quyidagicha: 

Xirqa - an`anaviy musulmonlar kiyimi - Customary Muslim clothes; 

Janda - xalat (cho‘pon)-  Robe   

Zunnor - xrist‘yanlik belbog‘I - Christian's belt 

 


48 

 

YAshil chakmon  - Green coat yashil pal‘to 



o‘yra to‘n  - o‘tdan(maysadan tikilgan) cho‘pon - Grass robe; 

Xirqa - shayxning kiyimi - The clothes of a sheik   

Kovush - Islamic footwear 

 

musulmonlarning oyoq kiyimi. 



Turban - Salla 

 

Xassa - Staff- hassa(uzun tranadigan) 



Rido - Religious garb - diniy libos 

Kungurrali toj 

 

Notched crown - o‘yma toj 



Oltin tumog‘a 

 

Golden helmet - oltin qalpoq 



Zunnor - Christians cord - xristyanlik belbog‘ 

Pirlik xirqa - Old robe - eski chupon 

Ko‘ylak - Dress- ko‘ylak 

Xirqa - Sheiks robe - shayxning to‘ni 

To‘n - Robe - to‘n, cho‘pon 

Rags of a dervish - Darveshning laxtak kiyimi 

Tattered clothes - nyirtiq, juldur kiiim 

Brocaded robe - zar to‘n 

Misollardan ko‘rinib turibdiki o‘zbek milliy kiyimlarning nomlarini boshqa 

tilga o‘girish ancha mas`uliyat, bilim, mahorat, mulohaza talab etadi. Lekin ayrim 

so‘zlarni  kanday  ma`no  anglatishini  xatto  o‘zbek  millati  vakillari  bilmasligi 

mumkin.  Bunga  sabab,  bu  so‘zlarning  arxaik  so‘zlarga  aylanib,  iste`moldan 

chiqib ketgani. Masalan: Bo‘yra to‘n qamish cho‘pidan tikilgan cho‘pon. Xozirgi 

vaqtda  bunday  cho‘ponlarni  hech  kim  yasay  olmaydi  va  kiymaydi.  Bunday 

cho‘ponlarni  qadimda  cho‘ponlar,  qalandarlar  kiyganlar.  XV  asrga  xos  bo‘lgan 

kiyim  turini  nomini  «bo‘yra  to‘n»ni  tarjimon  "grass  robe"  o‘tdan  yasalgan  to‘n 

deb o‘girgan. Fyodorovning fikricha realiyalarni tarjima qilishda, shu so‘zlarning 

asliyat tilida tutgan o‘rnini va anglatgan ma`nosini bilish kerak. Agar shu so‘zlar 



49 

 

asliyatda  muhim  o‘rin  egallab  asosiy  g‘oyani  etkazsa,  uni  transkriptsiya  qilish 



lozim.  Agarda  bu  realiyaga  asliyatda  kam  urg‘u  berilsa,  uni  boshqa  so‘z  bilan 

ham  almashtirish  mumkin.  endi  «bo‘yra  to‘n»  asliyat  qikoyatida  qanday  o‘rin 

egallaganligini ko‘rishimiz zarur. 

Hikoyat,  bir  podshoni  ko‘ngil  yozish  niyatida  mamlakatga  to‘y  bergani 

haqida. Bu to‘yda butun mamlakat axdi boshdan oyoq yasanib ko‘chalarda bazm 

qiladi. Bir birlariga shirin so‘z aytib katta tantana o‘tkazadilar. Odamlar orasida 

bir behayo razil kishi o‘zini bo‘yra shohi deb e`lon qiladi. Uning ustidagi kiyimi, 

boshdan  oyoq  bo‘yradan  bo‘lib,  do‘stlari  ham  shu  kiyimda  edi.  Demak  bo‘yra 

to‘n  asliyatda  urg‘u  bilan  ajratilgan.  Bu  ta`rif,  kiygan  kiyimi  orqali  biz  bu 

odamning  fe`l  atvorini,  qarashlarini,  hatti  xarakatini  bilib  olamiz.  Tarjimada  esa 

«bo‘yraqamish»,  «strawsomon»  tarzida  o‘girilgan.  «A  detestable  person 

proclaimed himself to be the king of straw on top of his clothes from head to foot 

there was a straw friends dress up the same way»(7. 40) 

"Grass robe" o‘tdan yasalgan cho‘pon jumlasigacha hikoyatda u odamning 

kiyimi  nimadan  yasalganligi  haqida  so‘z  yuritilgan.  SHuning  uchun  kitobxon 

"Grass robe" deganda "Straw robe" somondan yasalgan cho‘ponni tushunadi. Bu 

holda  transkriptsiya  vositasidan  foydalanish  mumkin  ediku?  Agar  tarjimon 

«bo‘yra to‘n» ni «Viuga to'n» yoki «Viuga robe» tarzida o‘girganda kitobxon bu 

g‘ayrioddiy  libos  nima  bo‘lishi  mumiknligiga  ko‘p  o‘ylanar  edi  va  hikoyat 

tushunarsiz  bo‘lishi  tabiiy.  Xulosa  qilib  shuni  aytish  mumkinki  tarjimon  doimo 

ijodiy  fikrlashi,  ishga  kitobxon  nuqtai  nazari  bilan  qarashi  va  tarjimaning  eng 

samarali usullaridan foydalanishi tarjimaning o‘quvchiga manzur bo‘lishiga asos 

yaratadi. Yana bir libos borasida so‘z yuritsak. 

Ustoz va shogird, pir va murid munosabatida shogirdning ustozga nisbatan 

xurmati,  izzati,  ustozini  qadrlash  muhim  o‘rin  egallaydi.  Insoniyat  yaralibdiki, 

ustoz  va  shogird,  o‘qituvchi  va  o‘quvchi,  o‘rganuvchi  va  o‘rgatuvchi,  pir  va 

murid  kabi  tushunchalar  uning  hayotida  muhim  rol‘  o‘ynab  keladi,  zero  hayot 

davom etishi uchun kishilar birbirlariga o‘rgatishlari va birbirlaridan o‘rganishlari 

zarur.  Ustozlar  o‘rgatadi,  shogirdlar  esa  o‘rganadilar.  O‘z  navbatida  shogirdlar 


50 

 

ustoz  bo‘ladilar.  Ustoz  tushunchasi  kasb,  xunar,  ilm,  ta`lim,  taxsil  berayotgan 



o‘qituvchi,  kishi  tushuniladi.  SHogird  deganda  biron  kasb,  xunar,  ilm,  ta`lim, 

taxsil olayotgan o‘quvchi, kishi tushuniladi. Ustoz va shogird tushunchalari bir-

biri  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lib,  biri  ikkinchisini  taqozo  etadi.  Ular  o‘rtasidagi 

munosabat  ma`lum  talablar,  qonuniyatlar  asosida  o‘rnatiladi.  Bu  hakda  tanikli 

adabiyoshunos  olim  G‘aybulla  as-Salom  quyidagicha  fikr  bildirgan:  «Ustoz-

shogirdchilik  maxsus  shartnoma  asosida  muayyan  bir  muddatga  tuziladigan 

axdlashuv  sherikchilik  shirkati  emas.  Bu  qalb  amri  bilan  amalga  oshadigan 

jarayon,  chirmashib  xosil  bo‘ladigan  insoniy  qotishma,  muqaddas  birlik, 

parchalanmas  ittifoq,  oqibatli  ustod  iste`dodli  shogird  uchun tayanch, ixlosmand 

va  nuroniy  ustodning  qanoti»  (G.  as  Salom  1996  926)  Barcha  masalalarda 

milliylik  o‘z  aksini  topgani  kabi  ustoz  va  shogird  munosabatlarida  ham  turli 

xalqlarga  xos  xususiyatlari  o‘z  aksini  topadi.  SHu  munosabat  bilan  sharqona 

ustoz  va  shogird  munosabati  ham  boshqa  millatlardan  ko‘p  jihatlari  bilan  farq 

qiladi. SHarq  xalqlarning  bosiqligi, har  qanday  keskin vaziyatda  ham  masala  va 

muammolarni  tinchlik,  muzokara,  munozara,  yo‘li  bilan  xal  qilish,  hayotning 

negizi kundalik mehnat ekanini tan olish, otaonalarga hamda farzandlarga alohida 

mehribonlik  bildirish,  boylik  yoki  shonshuxratga,  yuksak  lavozimlarga  erishgan 

bilan inson zoti osmonga ustun bo‘la olmaydi deb hamma vaqt o‘zini tiya bilish 

sharqona xususiyatlardan hisoblanadi. 

Qadimda ham pir va murid muomalasida ayrim talablar bo‘lib ular: 

1. Suhbat ta`limi. 

2. Xirqa kiygizish. 

3. Zikr talqini. Bo‘lgan. 

Shayx  Saididdin  Farg‘oniyning  aytishicha,  xirqa  (darveshlarning  maxsus 

kiyimi)  ikki  hil  bo‘ladi.  Irodat  xirqasi  —  muayyan  shayx  sulukiga  ta`luqligini 

bildiradi. Tabarruk xirqa —ko‘p shayxlardan olish mumkin bo‘lgan kiyim. 

Shu  kabi  bo‘rk,  quloq  ko‘ylaklar  ham  tabarruk  tuhfa  sifatida  qabul 

qilingan.  Talqini  zikr  ham  bitta  shayxdan  olinadi,  ammo  suqbat  ta`limini  kishi 

istagan  shayxdan  olishi  mumkin.  Xirqa  kiydirish  va  zikr  talqining  o‘ziga  xos 


51 

 

marosimlari,  talablari  bo‘lgan.  Xirqa  so‘zining  lug‘aviy  ma`nosi  bizga  ma`lum. 



Dag‘al matodan tikilgan darveshlar kiyimi. Shayx yuvinib egniga xirqa qiydi. Bu 

misolda  ran  Shayx  San`on  haqida  ketayapti.  Shayx  San`on  Ka`bada  avliyo 

kishilar  va  qavmni  etaklovchilar  orasida  xuddi  payg‘ambar  va  qavmni 

etaklovchilar orasida xuddi payg‘ambar o‘z sahobalari bilan turgandek turar edi. 

U barcha Shayxlarning shayxi edi. 

Demak  uning  libosi ham  shayxlarnikidek  bo‘ladi.  Yoki bu  misol:  Chunki 

bu  murid  kiyadigan  xirqa  toza  matodan  bo‘lib,  u  qizil,  yashil  va  sarik  nakshlar 

bilan ziynatlangan edi. 

Bu misolda ham  muridning kiyimining ranglari, naqshlari ta`riflangan. Bu 

ikki  misolda  SHayxning va  muridning  liboslari  yuqori  sifatli, go‘zal  matolar  va 

naqshlar bilan bezalganini tushunishimiz mumkin. Bu o‘rinda «xirka» so‘zining 

lug‘aviy  ma`nosi kontekst  mazmuni  va g‘oyasiga  moe  kelmaydi.  endi  bu kiyim 

nomlari  ingliz  tiliga  qay  tarzda  o‘girilganini  ko‘rib  chiqamiz.  Birinchi  misolda 

«xirqa» so‘zi «customary muslim cloth» «an`naviy musulmonlar kiyimi» tarzida, 

ikkinchi  misolda  «xirka»  so‘zi  «the  cloth  of  sheikh»  «shayxlar  libosi»  tarzida 

inglizchalashtirilgan.  Shayx  egniga  an`naviy  musulmonlar  kiyimini  kiydi  degan 

jumla kitobxonlar ko‘z oldilariga zarlar bilan tikilgan cho‘ponni tasavvur etadilar. 

Bu  esa  «xirqa»  so‘zini  «khirqa,  hirka»  so‘zi  orqali  ifoda  etishdan  ko‘ra 

tushunarliroq  va  samaralirok  Ikkinchi  misolda  ayrim  noaniklik  bor.  Asliyatda 

so‘z murid haqida boradi. Murid (arabergashuvchi) pir yoki eshonga qo‘l berib, 

sufiylik  yo‘liga  kirgan  shaxs.  (Islom.  126  b)  Shayx  Abu  Turob  Naxshabiy 

hikoyati.  Pok  tabiatli  xahiqitni  aniqlovchilardan  bari,  xaqqa  vosil  bo‘lgan  Abu 

Turob  Naxshabiy  bir  muridning xoliga nazar  solib unda  zebu ziynat  nishonasini 

ko‘rar edi. Chunki bu murid kiyadigan xirqa toza matodan bo‘lib, u qizil, yashil 

va  sariq  naqshlar  bilan  ziynatlangan  edi.  Bu  misolda  shayxga  shogirdlikka 

tushgan  o‘quvchining  kiyimi  tasvirlangan.  Tarjimada  esa  «murid»  so‘zi 

«darvesh» so‘zi bo‘lib o‘tgan. 

"Abu  Turob  Nakhshabiy  set  the  standard  for  purity  of  nature  and  lived  in 

union with God. Once he glanced upon a dervish and caught a glimpse of some 


52 

 

jewelery  on  him. This  dervish  was  wearing  the  clothes of  a sheikh, the  material 



was new and his robes were decorated with cjreen and yellow ornament." 

Yuqorida 

aytganimizdek 

«xirqa» 


shayxlar 

libosi 


sifatida 

inglizchalashtirilgan.  Lekin  darvesh  bunday  qimmatbaho  kiyimni  kiyib  shayx 

xuzurida  unga  shogird  bo‘lishi  mantiqsizlik.  Muridni  darvesh  deb  ifodalash 

hikoyatning mazmuniga bir oz noanikdik kiritadi. 

Agar da so‘z o‘zbeklarning otaxonlari haqida borsa bu nuroniylarni oppoq 

soqollari,  oq  yaxtak,  cho‘pon,  kavush,  xassa,  do‘ppi  yoki  salla  bilan  tasavvur 

etamiz.  Ko‘pincha  sallani  yoshi  ulug‘  bobolar  va  dindor  kishilar  o‘raydilar. 

Sallamusulmonlar boshiga o‘raydigan mato. Faqat erkaklar o‘raydilar. Oq, yashil, 

kul  rang  matolardan  iborat  bo‘lib  do‘ppi,  kulox  ustidan  o‘raladi.  Salla  o‘rash 

usullari:  matosi  kishilarning  qaysi  ijtimoiy  guruhga  mansubligiga  qarab 

belgilanadi  (mae  shiyalik  ruxoniylari  kora,  sayidlar  va  hojalar  yashil  mato  dan 

salla o‘raydilar) Hindiston va Pokistonda sallani bosh kiyimsiz o‘raladi (Islom / 

L5‘b)  «Salla»  ingliz  tiliga  Turban  tarzida  o‘girilgan.  Turban  is  a  long  piece  of 

cloth wound round the head. It is warn chiefly by men in India. Oksford lug‘atida 

Tyurbanni  bosh  atrofida  aylantirib  o‘raladigan  mato,  asosan  Hind  erkaklari 

o‘raydi  deb  yozilgan.  Fyodorovning  fikricha  agar  biror  bir  xos  so‘z  (realiya)  ni 

o‘girishda  unga  moe,  bir  turdagi  muqobili  tarjima  tilida  mavjud  bo‘lsa  yoki  u 

xalkaro realiya bo‘lsa uni o‘sha muqobili bilan almashtirish kerak bo‘ladi. 

Demak  Salla  va  Tyurban  bir  xildagi  bosh  kiyim  turi.  Balki  Salla  so‘zini 

Tyurban  so‘zi  bilan  ifodalash  kitobxonga  tushunarli  bo‘ladi,  lekin  «Tyurban» 

orqali  o‘zbek  xalqi,  o‘zbek  erkaklari  boshqa  xalkdar  xususan,  Qindlar  bilan 

almashib  ketishi  ham  mumkin.  hind  millati  erkaklari  o‘raydigan  sallalar  asosan 

kizil  va  oq  rangda  bo‘ladi.  Ular  sallani  o‘zbeklar  kabi  chambarak  tarzida 

aylantirib  emas  balki  uchlarini  bir  biriga  bog‘laydilar.  Sallani  Hindlar  to‘y 

marosimlarda,  bazm  va  kechalarda  kiyadilar.  To‘yda  kuyovlarning  salla  o‘rashi 

hindlarning  urf-odati  hisoblinadi.  Kovush  musulmonlar  kiyadigan  poyafzal  turi. 

Kovushni  asosan  yoshi  katta  erkaklar  va  ayollar  kiyadi.  Ingliz  tiliga  kovush 

"Islamic footwear" «musulmoncha, islomiy poyafzal» tarzida o‘girilgan. Xulosa 


53 

 

qilib  shuni  aytish  mumkinki  biror  bir  xalqqa  xos  bo‘lgan  kiyim,  bosh  kiyim, 



poyafzal, taqinchoq nomlarini 

Boshqa  bir  notanish  xalq,  millatga  etkazib  berish  tarjimondan  katta, 

mahorat va bilim talab etadi. 

3.2. «Lison ut-tayr» asarida kasblar nomlarining tarjimasi

Kasb ish faoliyatning ma`lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan biror turi, 

sohasi.  Kasb  kishining  mehnat  faoliyati,  doimiy  mashg‘uloti  turi,  muayyan  ish 

turini  malakali  bajarishga  imkon  beradigan  bilim,  mahorat,  tajribani  talab  etadi. 

Kasblar  ichida  mehnat  faoliyatining  eng  tor  sohasi  bilan  ajralib  turadigan 

ixtisoslar  bor  (masalan,  o‘kituvchilik:  ingliz  tili,  nemis  tili,  frantsuz  tili 

o‘qituvchisi) 

Kasblar nomlarini bir tildan ikkinchi tilga o‘girish qiyinchilik tug‘dirmasa 

kerak chunki, har tilda shu kasbni aynan ifodalovchi so‘z mavjud. 

Masalan: O‘qituvchi Uchitel‘ Teacher Der Lehrer SHifokor Vrach Doctor  

Der Arzt. 

Lekin ba`zi kasblar faqat bir millat va xalqga xos bo‘lib, ma`lum bir davrda 

ishlatilgan hozirda esa bu kasblar nomlari iste`moldan chiqib ketgan. Mingboshi, 

ellik  boshi,  g‘aznachi,  mirshab.  «Lison  ut-tayr»  asarida  ham  ko‘plab  kasblar 

haqida so‘z yuritiladi: 

Ba`zi  misollarga  murojat  qilsak.  Aslida  uni  bog‘bon  emas,  xashakchi 

deyish  kerak.  (303  b)  Actually  he  should  be  rebeled  a  haymaker  and  not  a 

gardener  (7.  32)  Umuman  sohilda  savdo  ishlar  bilan  shug‘ullanib  dengiz 

savdosida  boyishni  ko‘zlagan  savdogarlar  ko‘plab  uchraydi.  (6.  315)  There  are 

many that are busy with trade by the sea shore; at the seaboard many tradesmen 

striving  to  get  rich  meet  each  other.  (7.  44)  Uning  nomiga  Xarrozmaxsido‘z 

laqabi  nisbatan  berilgan.  (6.  388)  The  nickname  given  to  him  was  "Kharroz  the 

shoemaker"  (7.  14)  Olim  kitob  yozmoq  niyatida,  bastakor  yangi  kuy  yaratish 

istagida  bo‘ldi.  SHoir  zamona  shohi  nazar  qilishga  arzirli  madhiya  yozishga 

urindi. Munshiy men yozgan nomani shoh pisand etarmikin, degan o‘y bilan xat 

yozishga qalam olib, shohni vasf etishga kirishdi. Zargar o‘z hunarini ishga solib, 



54 

 

shohga  loyiq  oltin  kamar  yasamoqchi  bo‘ldi.  Kiyim  tikuvchi  o‘z  ustaxonasiga 



borib shoh kiyishi uchun zarbof to‘n tikmoqqa ish boshlabdi. Duradgor shunday 

bir  taxt  yasayki,  bu  taxtga  saodatli  shoh  o‘tirsin  degan  o‘y  bilan  taxt  hozirladi. 

Kamon yasovchi yoyim zora shohga yoqib tushsa, deb o‘z san`atiga band bo‘ldi. 

O‘qchi  ham  ko‘p  mashaqqatlar  ila  ehtimol  bu  shoh  ko‘ngliga  xush  yoqarmikin 

deb o‘q yasashga kirishdi. (6. 391) 

Scholars  wanted  to  write  books  and  musicians  wanted  to  compose  new 

songs.  Poets  tried  to  write  verses.  that  would  be  worthy  for  the  shah  to  look  at. 

Scribes tried to write a letter that the shah would notice, they took their pencil and 

began  to  describe  him.  A  jeweler  tried  to  create  a  golden  belt  to  match  him.  A 

tailor went to his workroom and began to  make a brocaded robe for the shah to 

wear. A. carpenter made a throne for the shah roping he would enjoy sitting on it. 

A bow maker prepared a bow and was busy with it's artwork. In order to please 

the shah, an arrow maker made some arrows that required intricate work. (12 p) 

Bastakor - Musicians 

 

O‘qchi - An arrow maker 



SHoir - Poets 

 

Bog‘bon - Gardener 



Munshiy - Scribes  

Xashakchi - Hay maker 

Zargar - A jeweler  

Savdogar - Tradesmen 

Kiyim tikuvchi -A tailor   

Maxsido‘z  - Shoemaker 

Duradgor 

- Acarpenter  

Scribe —a writer, one who made copies of writings before printing was invented. 

Munshiy  Saroyda yozuv ishlarini olib boradigan kotib. 

Tarjimada  kamon  yasovchi,  o‘qchi,  xashakchi  kabi  kasblarning 

(xunarlar)ning nomi bir oz ikkilanish tug‘dirgan bo‘lishi mumkin. 



55 

 

Chunki, Duradgoryog‘ochdan imorat va boshqa har hil buyumlar yasovchi 



hunarmand usta. Duradgor carpenter, o‘qni ham kamonni ham yasay oladi. Lekin 

tarjimon  kitobxonlarga  tushunarliroq  bo‘lishi  uchun  "a  bow"  kamon"maker" 

yasovchi  (qiluvchi),  «an  arrow»  o‘q"maker"  yasovchi,  so‘zlaridan  yangi  xunar 

nomini yasadi. 

Xashakchi  —  xashaklarni  yig‘ib  terib,  bog‘da  yordam  beradigan  odam. 

Xashakchi ham "hay" xashak "maker"yasovchi sifatida o‘girilgan. Balki bu so‘z 

bir  oz  noaniq  chunki  xashakni  o‘q  va  yoy  kabi  yasab  bo‘lmaydi.  Uni  yig‘ish, 

terish  mumkin.  Balki  xashakchini«haymaker»  emas  bir  oz  ta`rif  berib  «xashak 

bilan ishlaydigan odam»«A man who works with hay, a man who picks up a hay» 

deyish bo‘larmidi? Mahsido‘z Maxsi tikuvchi kosib. 

Mahsi  uzun  qo‘njli,  poshnasiz  tag  charmi  yumshoq,  kovush  yoki  kalish 

bilan  kiyiladigan  milliy  oyoq  kiyim.  (O‘zbek  tilining  izoxli  lug‘at  1  k.  456  b). 

Mahsido‘z Shoemaker tarzida o‘girilgan. 

Shoemakerone who makes boots and shoes. Oyoq kiyim poyafzal yasovchi. 

(The advanced learner's dictionary of current English, (35. 169) 

«Xarroz»ning ma`nosi mahsido‘z lekin, payafzal tikuvchi (yasovchi emas) 

Bu o‘rinda tarjimon o‘zbeklarning milliy oyoq kiyimini tikuvchi usta mahsido‘z 

bo‘lishini tushuntirishi milliylikdan uzoqlashtirmas edi. 



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish