Udk sodiqova salima zohidovna


 «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana15.04.2020
Hajmi0,94 Mb.
#44805
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
badiiy asarlarda realiyalar tarjimasi


3.3. «Lison ut-tayr» asaridagi tasavvuf atamalari tarjimasi masalalari 

Tasavvuf g‘ayritabiiy olamga iloxlar va ilohiy kuchlarga, odamning iloxlar 

bilan  bevosita  aloqa  qila  olishga  ishonishdan  iborat  diniy  e`tiqod.  Olimlar 

tasavvufning adabiyot bilan yaqinlashiish sabablarini ko‘proq sufiylarning raqsu 

samo`  majlislari  bilan  bog‘laydilar.  Tasavvuf  shayxlari  muridlariga  ta`sir  etish 

uchun ruboiy, g‘azal kabi kichik she`riy janrlardan foydalanganlar. Ba`zan o‘zlari 

so‘fiyona g‘oyalarga moyil asarlar ijod qilib aksar, aksar holda esa xalq orasida 

yurgan og‘zaki ijod namunalari va mashhur shoirlarning she`rlaridan foydalanib 

suhbatlarini  qizitganlar,  so‘zlarga  yangi  ma`no  berib,  so‘fiyona  g‘oyalar  ruhida 

talqin va tafsir qilib eshituvchilarni hayajonga solganlar. Tasavvuf g‘oyalari keng 

tarqalgandan keyin u gumanistik shoirlarning qalbini rom etdi. Tasavvufning pok 


56 

 

ilohiy  ishq  haqidagi,  Haq  va  haqiqat,  najib  insoniy  xislatlar,  kamolot  kasb  etish 



haqidagi g‘oyalari she`riy g‘oyalarga aylandi shoirlar qizg‘in bir ruh, ko‘ngil amri 

bilan  irfoniy  g‘oyalarni  kuyladilar,  hisobsiz  lirik  she`rlar,  jaxonga  mashhur 

dostonlar, qissalar yaratildi. Tasavvufning bexudlik va ishq kontseptsiyasi, soflik, 

adolat va haqiqat timsoli  Mutlaq ilohga  muhabbat  zavqi  ijod axdiga qattiq  ta`sir 

etdi,  insoniyat  g‘ami  bilan  qalbi  dardga  to‘lgan  isyonkor  ruxdagi  shoirlarni  bir 

ohanraboday  o‘ziga  tortib,  o‘rtanilishi,  his  hayajonga  serob  ajoyib  she`riyatni 

vujudga  keltirdi.  So‘fiyona  adabiyotning  tasvir  mavzui  tariqat  yo‘li  bilan 

poklanayotgan va  tinmay  komillik sari taraqqiy  etayotgan  Inson bo‘lgani uchun 

ana  shu  soliq  yo‘lovchi  Insonning  dunyoqarashi,  estetikasi,  kechinmalar  olami 

muhim  ahamiyat  kasb  etib  kelgan.  Tasavvufiy  adbiyotning  barcha  ko‘rinishlari, 

janrlarida  ana  shu  soliq  Insonning  tuyg‘ulari,  tushunchasi  tasvirga  olinadi,  uni 

tarbiyalash,  unga  Haqni  va  o‘zligini  tushuntirish,  turli  rivoyat  va  hikoyatlar 

keltirish,  o‘git  nasihatlar  qilish  bilan  uning  ongi  va  qalbiga  yo‘l  topish  bosh 

masala qilib olinadi. 

Alisher  Navoiyning  fikricha,  shoirda  darveshlik  xislati  bo‘lmasa,  uning 

iste`dodi  ulug‘  maqsadga  xizmat  qila  olmaydi,  shuning  isboti  sifatida  biz 

tasavvufiy g‘oyalarni, qarashlarni, atamalarni «Lison ut-tayr» asarida ko‘rishimiz 

mumkin. Mansur halloj VIIIXI asrda yashab ijod etgan ulug‘ sufiylardan bo‘lib, 

o‘zini  barkamollik  cho‘qqisida  ko‘rgan,  ruhan  ozod  kishi  edi.  «Lison  ut  tayr» 

asarida ham Alisher Navoiy Mansur Halloj haqida so‘z yuritib «Mansur tavhidda 

yuqori  darajaga  erishib,  uning  tilida  doimo  analhaq»  «analmen,  haq  xudo»(6. 

407)  Ingliz  tiliga  bu  ran.  "Mansur  achieved  much  in  oneness,  and  used  to 

cotinually repeat I am truth" (7. 138) Bu misolda «anal haq» ning aynan tarjimasi 

"I  am  analmen,  truth  haq  xudo"  «Suqra,  suqrmast  demakdir,  (1146  tasavvuf) 

tasavvuf ta`limotiga ko‘ra haq vaslidan sarxushlik, ilohiy jazavasiga tushish payti. 

«Bir kuni suqr vaqtida uning nazari bir itga tushdi» (6. 350) "One day, when the 

shaikh was drunk, a dog cought his eye" (7. 81) Suqr, bu misolda drunk, mastlik 

tarzida ifodalangan. Lekin ichimlikdan maet bo‘lish va olloh vaslida maet bo‘lish 

bir  biridan  mutlaqo  farq  qiladi.  Kitobxonda,  bu  jumla  orqali  shayxlar  turli  hil 


57 

 

ichimliklar  ichib  ko‘chalarda  maet  xolda  yurishgan  ekan  degan  xulosa  paydo 



bo‘lishi  mumkin.  Balki  suqr  so‘zini  transkriptsiya  orqali  berib  unga  izoh 

berilgnda  edi,  yuqoridagidek  xatoga  yo‘l  qo‘yilmas  edi.  Alisher  Navoiyning 

«Lison  ut-tayr»  asaridagi  Shayx  San`on  hikoyatidagi  Shayx  San`on  ilmlari  va 

Kur`onning xotirasidan ko‘tarilishi, bu ilohga etish uchun barcha dunyoviylikdan, 

dunyoviy  ilmlardan  xoli  bo‘lish,  akldan  va  akdiy  narsalardan  qutilish,  o‘zligini 

unutishga  ishoradir.  Uning  xotirasining  qaytishi  bo‘lsa  «suqra»  dan  qaytishdir. 

Tasavvufda  sufiy,  darvesh,  solih  kabi  atmalar  mavjud  bo‘lib,  ular  quyidagi 

ma`nolarni anglatadi. Tilanchi, gado bilan darvesh yoki sufiyning ijtimoiy ahvoli, 

yurish  turishida  o‘xshashlik  bor.  Sufiy  ham  gado  dunyo  mol  mulkidan  xoli 

bo‘lgan  janda  to‘nidan  boshqa  narsasi  yo‘q  qashshoq  odam.  Ammo  sufiyning 

darveshligi ongli ixtiyoriy sayyu qo‘shilish natijasidir, darveshlik uning e`tiqodi, 

u tariqat maslagini qabul qilib shu yo‘lda jonini, borlig‘ini fido etadi. 

 Sufiy  darveshlar  ham  tilanchi  lekin  uning  tilanchiligi  bilan  gadoning 

tilanchiligi  orasida  eru  osmoncha  farq  bor.  O‘  o‘zini  hak  yo‘liga  bag‘ishlab, 

dunyodan  yuz  o‘girgan  boylik,  oltin,  javohirga  bepisand  qarab,  insoniy  sha`nu 

sharaf  hikmat  va  ma`naviy  ganjani  har  qanday  zaru  zevardan  ustun  qo‘ygan. 

Darvesh  forscha  gado,  kambag‘al  demakdir.  YA`ni  darveshlik  benavolik, 

qashshokdik  kamtar,  xoksor  bo‘lish,  o‘zini  haqiru  zabun  hisoblash  darveshning 

asosiy  fazilati  deb  karalgan.  Darveshlar  zohiran  aftodahol,  janda  kiyimda 

ko‘rinsalarda,  lekin  botinan  ilm  ma`rifatli,  zakiy,  xozirjavob  va  mard  hamiyatli 

kishilar  bo‘lganlar.  Solih  deganda  sohibdil  fazilati  bilan  birga  rahm  shafqatli, 

karamli  bo‘lish  ham  nazarda  tutiladi  yahshilik  qilishga  qobil,  ichki  dunyosi  but 

iymon  e`tiqodi  kishilarga  nisbatan  solih  so‘zi  ishlatiladi.  Solih  darveshlar  xalq 

moliga ko‘z olaytirmasdan, o‘z mehnatlari bilan kun ko‘radilar, birovning haqqini 

eyishdan hazar qiladilar. Ular nafsini jilovlaganlari uchun birovga bog‘liq emaslar 

amal mansabga intilmaydilar va shuning uchun ham erkin yashaydilar. «Lison ut-

tayr» asarida ham yuqoridagi atamalar berilgan. 

«Shu  sifat  bilan  yana  o‘zingni  yaxshi  fikrli  to‘g‘ri  ish  tutuvchi  deb 

hisoblaysiz  bir  biringizni  yana  darvish  deb  ham  ataysiz»  (3396).  "With  such 


58 

 

qualities  you  considered  your  ideas  good  and  called  each  other  dervish  as  one's 



who do right deeds."(7.69) 

Ingliz  tilida  «darvesh»  so‘zining  aynan  tarjimasi  bo‘lib  u  quyidagicha 

ma`no anglatadi. Dervisha member of a Muslim religious group whose members 

make  a  pomise  to  stay  poor  and  lively  dance  as  a  part  of  their  worship.  Ingliz 

kitobxoni  darvesh  musulmonlarda  faqirlikda  va  tanholikda  yashaydigan  kishilar 

ekanligini, faqat olloh vasli bilan yashashini biladilar. «Karaxtlikdan dang qotgan 

bir  qalandar  bo‘lar  edi»  (6.  364)  "There  lived  a  wandering  dervish  who  was 

famous for his indolence" (7. 96). 

Qalandar  diniy  g‘azallar  o‘qib  musulmon  dinini  targ‘ib  qilib  darbadar 

kezuvchi  tarki  dunyo  qilgan  darvesh,  to  wandermove  or  go  about  from  place  to 

place  with  out  any  special  purpose  or  destination.  Qalandarwandering  dervish 

maqsadsiz bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuruvchi tarzida o‘girilgan. Agarda 

kitobxon  darvesh  so‘zini  ma`nosini  anglab  etsa,  unda  qalandar  ham  biror  bir 

yumush  bajaradigan,  kandaydir  vazifani  uddalaydigan  darveshligini  tushunadi. 

«Sayr  qilayotgan  soliq  shu  bilan  yo‘lni  nihoyasiga  etkazadi»  (3946).  "The 

travelers who are spiritually pure will finish here" (7.126). 

«U erda etti iklimni zabd etgan qahramon shoh ham bir gado ga tengdir» 

(6.403)"The  heroic  shah  who  was  able  to  conquer  seven  coutries  is  equel  to  a 

simple.  Gadotilanchilik  bilan  kun  kechiradigan  odam,  tilanchi,  kambag‘al, 

qashshoq.  Beggarone  who  lives  by  begging  (for  food,  clothes, money)  one  who 

begs  for  others.  By  misolda  ham  biz  ingilz  tilida  «gado»  so‘zining  muqobilini 

ko‘rishimiz  mumkin.  Bunday  muqobillarning  mavjudligi  tarjimani  engillishtirib 

yanada tushunarli qiladi. «Tariqat piri yo‘lda davom etar. 3246» "Tariqat's elder 

continued down the road (7. 53) Bu misolda tarjimon tarjimaning «polu kal‘ka» 

uslubidan  foydalangan,  ya`ni  asliyatdagi  birinchi  so‘z  shundayligicha  saqlanadi 

«tariqattariqat» undan keyingi keladigan so‘z esa o‘sha tilga o‘tiriladi, «pirelder». 

Bundan  tashqari  saqifa  ostida  Tariqatsufizmning  bir  yo‘nalishi  deb  tushuntirish 

berilgan. Tariqat — the way of Sufism. Bu ham bo‘lsa tarjimaning eng samarali 

usullaridan biri. 


59 

 

«U  biron  g‘amgin  kishi  haqiga  duo  qilmoqchi  bo‘lsa  malaklar  qo‘l  ochib 



omin  derdi  3236»  "If  he  wanted  to  bless  a  depressed  person  he  would  open 

angelic hands and say an Amen (7.52 p)" 

«Ishq uning jism ila joniga o‘t yoqqan, kufr dinu imoniga o‘t solgan edi» 

"Love  lit  his  body  and  soul  and  put  his  blasphemy  religioun,  and  faith  of 

fire. (7.57)". 

«Ey do‘st maqsading nedur?» deb so‘ralganida u tangri muftiga uzrxoqlik 

qilib, osiy ummatingni gunohidan o‘tishini istagani keldi. Unda ehson ko‘pu lutf 

qammaga etarlidir, unga lutf haddan ziyodu xalqi esa sahiy edi. (407 b) 

"O  friend,  when  is  your  desired  intention?  There  he  begged  God"s 

forgiveness, as he desired for the sins of his guilty community to be forgiven. He 

had  enough  alms  and  graces  for  all.  He  had  more  than  enough  graces  for  his 

people  and  he  was  generaus"  (7.138)  «G‘usl  qilish  kerak,  u  ko‘ngilni  pok 

etishdan  tashqari  g‘amdan  qutqaradi.»"You  should  do  the  observance  and  wash 

all  the  parts  of  your  body  since  to  purifies  the  soul  and  dispels  sorrow.  (7.59)" 

G‘usl  ustidan  suv  quyib  yuvinish,  cho‘milish.  Ingliz  tilida  g‘uslni  yuvinib 

poklanish  vazifasi,  ya`ni  qalb  va  tanani  poklash  marosimi  sifatida  talqin  etiladi. 

Garchan  «g‘usl»  so‘zi  boshqa  so‘z  orqali  ifodalangan  bo‘lsada  asliyatdagi 

ma`noni  etkazib  bera  olgan.  «Shayxning  bir  foniy  muridi  bo‘lar  edi.338»  "The 

shaikh once had a pupil marked by selfabandement. (7.68)". 

«Shunday  qilib,  bu  sodiqlik  va  ixloslikdan  ikkinchi  fanoga  erishish  yorni 

ularga  oshno  qildi.»  "Therefore,  their  loyalty  and  devotion  brought  them  to  the 

second  nothingness.  (7.156)"  Telba  aytgan  bu  so‘zlar  garchand  nomaqbul 

bo‘lsada muhabbat tufayli sodir bo‘lgani uchun maqbul edi.» "Although what the 

crazy man said was unpleasant in one sense it was considered acceptable because 

of his love. (7.5)". 

«Bu  shaytonning  ishi.  Undan  kishi  faqat  zikr  tushish  yo‘li  bilangina 

qutiladi. (6.329)» "This is Satan's doing. If you do the ritual dances like him you 

will  be  able  to  get  rid  of  him.  (7.59).  "  Zikr  Musulmonlarning  biror  ruhiy 

etakchiligida davra qurib hudo va aziz avliyolarning nomlarini baland ovoz bilan 


60 

 

tilga  olib,  g‘ayritabiiy  xarakatlar  va  jazava  bilan  o‘tkazadigan  marosim.  Zikr 



tushmoqshunday  marosimlarda  qatnashmoq.  Zikr  tushmoqRitual  dances  tarzida 

berilgan. Ritual dance, ya`ni biror bir dininy marosimda qatnashib, o‘tirish va shu 

marosimda raqsga tushishi. «Shayxning bir foniy muridi bo‘lar edi» 

"The shaikh once had  a pupil  marked by  self  abondonment  who  drank on 

immodarate amount of wine from the bowl of love.  (7.68). " «Qiyomat kuni har 

kim  o‘z  qabridan  bosh  ko‘tarib,  chiqar  ekan.  Zohid  ham,  fosih  ham,gado  ham 

mahshar tomon yo‘l olar ekan. (6.375)» "On Judgement day averybody rose from 

their tombs. Both erements and evildoer; both beggers and the affluent all stood 

before  the  Judge  on  that  day.  (7.110)"  Zohid  Tarki  dunyo  qilib,  toat  ibodatga 

berilgan odam, sufiy. Fosih. Yomon gunohli ishlar bilan shug‘ullanuvchi, yomon 

yo‘lga  yuruvchi  axdoqsiz.  Eveldoerone  who  does  evil.  Erementsone  who  helps 

people.  Garchand  ingliz  tilida  tasavvuf  atamalarining  aynan  tarjimalari 

bo‘lmasada tarjimon ingliz tilida asliyat ma`nosini anglatuvchi so‘zlar  orqali bu 

atamalarning g‘oyasini aynan ifodalashi mumukin bo‘lgan so‘zlarni topib, ularni 

qo‘llagan. Va yaxshi natijaga erishgan. 

3.4«Lison ut-tayr» asaridagi nomlar va ismlar tarjimasi 

Bizga  ma`lumki  Alisher  Navoiy  o‘z  davrida,  undan  oldin  yashab  ijod 

kilgan  shoir,  yozuvchi,  davlat  arbobi,  tasavvuf  ta`limotining  buyuk 

namoyondalari, shayxlar va boshqa bir qancha darveshvash faqir odamlar haqida 

o‘zining  asarlarida  yozib  qoldirgan.  Shu  jumladan  «Lison  ut-tayr»  asarida  ham 

qadimda  yashab  o‘tgan  shunday  din  axdi  vakillari,  tabarruk  zotlar  haqida  so‘z 

bitilgan.  Navoiy  bobomiz  har  bir  hikoyatda  biror  bir  mashhur  shayx  hayotida 

bo‘lib  o‘tgan  voqealarni  o‘tmishdagi  qarashlarni,  tasavvuf  ta`limotining  gullab 

yashnashini  ko‘rsatgan.  Masalan:  Shoh  Ibrohim  Adham  hikoyati  orqali  biz  7 

asrda  yashagan  shoxlikdan,  tojidan  vos  kechib  mamlakatni  tark  etib  ollohga 

etishish  maqsadida  egniga  janda  kiygan  shoh  haqida  bilishimiz  mumkin.  U 

mutlaq bu dunyoning tashvishlaridan xoli bo‘lib fakat olloh vasli bilan yashar edi. 

Bunday  hikoyatlar  bizga  o‘sha  davr  odamlari,  davlat  tuzumi,  qarashlari,  haqida 

qimmatli ma`lumotlar beradi. 



61 

 

Ismlar  va  nomlarni  bir  tildan  ikkinchi  tilga  o‘girish  murakkab 



jarayonlardan biri. Nomlar doimo ham o‘z ma`nosida kelmasligi mumkin, ba`zan 

esa  so‘z  o‘yini  tarzida  ishlatiladi.  Bu  tarjimon  uchun  juda  mas`uliyatli  vazifa, 

chunki bu nom yoki taxallus shu obrazning xarakterini ochib berishda xatto milliy 

yumorni  aniqlashda  muhimdir.  Ismlar  tarjimasiga  yagona  talab  qo‘yish  qiyin. 

Tarjimon  avvalo  bu  nomlarnining  asliyatda  bajarayotgan  vazifasini,  ma`nosini 

anglab  etishi  zarur.  Bir  xolatda  ismni  o‘girish  kerak  bo‘lsa,  ikkinchisida 

transkriptsiya  orqali  uzatiladi.  Yana  tarjimon  ikki  tilning  fonetik  tuzilishidan 

xabardor  bo‘lishi  kerak.  «Lison  ut-tayr»  asarida  ham  ko‘plab  ismlar,  nomlar 

ingliz tiliga o‘girilgan. Shayx San`on-Shaikh San'on, Farididdin Attor Farididdin 

Attar,  Junayd  Bag‘dodiy-Junaid  Baghdodi,  Boyazid  Bistomi-Boyazid  Bistomi, 

Shayx  Najmiddin  KubroShaikh  Najmiddin  Kubro,  Abu  Sayid-Abu  Said, 

Abulxayr-Abulkhair,  Qorun-Qorun,  MustafoMustafo,  Faridun-Faridun,  Afridun-

Afridun, Moniy-Moniy. 

Demak  bu  ismlar  ingliz  tiliga  lotin  alifbosi  vositasida  berilgan,  talaffuzi 

ham  saqlanib  qolgan.  O‘zbek  tilidagi  yumshoq  «X,»  xarfi  lotin  tilidagi  "N"  ga 

ingliz tilida ham aynan shu xarfga to‘g‘ri keladi. Hotam Tay Hatam Tai, Ibrohim 

Ibn  Adham-Ibrahim  Ibn  Adham.  endi  qattiq  «X»  xarfi  lotin  yozuvida  ham  «X» 

tarzda ifodalanadi. Ingliz tilida «X» alifbodagi 24 inchi xarf bo‘lib u «ks» tovush 

birikmasini  ifodalaydi.  Qattiq  «X»  ni  uzatish  uchun  tarjimon  «KN»  xarflarini 

biriktirish yo‘ldan foydalanadi. Abulhasan Xaraqoniy Abulhasan Kharaqoni, Abu 

Sayid  Abulxayr  Abu  Said  Abulkhair,  Shayx-Shaikh.  O‘zbek  tilidan  qilinadigan 

ismlar tarjimasida, ko‘pincha «iy» bilan yoziladigan ism va nomlar (Navoiy, Abu 

Bakr  Nishopuriy,  Boyazid  Bistomiy,  Junayd  Bog‘dodiy,  Shibliy,  Abdulla 

Ansoriy)  larda  oxirgi  «y»  tovushi  tushurib  qoldiriladi.  Va  ingliz  tiliga  (Navai, 

Boyazid Bistomi, Abu Bakr Nishopuri, Junaid Boghdodi, Shibli, Abdulla Ansori) 

Bundan tashqari asarda barcha millat vakillariga tanish bo‘lgan ismlar haqida so‘z 

yuritiladi. Ularga Arastu, Aflotun, Fir`avn. Ularni Arastu, Aflotun, Fir'avn tarzida 

o‘girsa  bo‘lar  edi.  Lekin  ularni  dunyo  biladigan  nomlaribor.  Arastu-Aristotel‘-

Arisiotle,  Aflotun-Platon-Plato,  Fir`avn-Faraon-Pharaoh.  Shayxlarning  ismlari 


62 

 

asosan  ular  qaysi  joyda  yashaganliklarini  bildiradi.  Abu  Bakr  Nishopuriy 



Nishopur  shahridan,  Abu  Turob  Naxshabiy  Qarshi  shahridan.  Umuman  «Lison 

ut-tayr»  ni  o‘qigan  kitobon  ismlarni  tushunishida  hech  qanday  qiyinchilikka 

uchramaydi.  Tarjimon  ismlarni  transkriptsiya  orqali  ingliz  tilida  jonlantirgan. 

SHu  bilan  birga  sahifa  ostida  har  bir  ismning,  nomning,  shayxlarning  yashagan 

joyi, davri, davlt tuzumi ko‘rsatilgan, bu esa buyuk shaxslarni yanada chuqurroq 

o‘rganishga ko‘proq ma`lumotlar olishga yordam beradi. Bundan tashqari asarda 

payg‘ambarlar farishtalar haqida ham so‘z yuritiladi. Payg‘ambar (fors payg‘om, 

payyomxabar, barkeltirmoq, xabar keltiruvchi) ilohiy kuchlardan vahiy ko‘rsatma 

olgan  deb  e`tiqod  qilinadigan  shaxslarning  umumiy  nomi.  Ba`zilari  xudoning 

erdagi  vakili,  elchisi  deb  ham  ataladi.  Payg‘ambarlarga  e`tiqod  qilish  barcha 

dinlarga  xos.  Yahudiy,  Xristian,  Qur`onda  yuzlab  payg‘ambarlar  haqida 

rivoyatlar  keltirilgan.  Islomda  e`tirof  etilgan  ko‘p  payg‘ambarlar  Nuh,  Ibrohim, 

Ishoq,  Yaqub,  Yunus,  Ayyub,  Yahyo,  Muso,  Iso  va  boshqalar  haqida  rivoyatlar 

Tavrot  va  Injildan  Qur`onga  o‘tgan.  «Lison  ut-tayr»  asarida  ham 

payg‘ambarlarning  ayrimlari  haqida  so‘z  yuritib,  ularning  nomlari  ham  ingliz 

tilida berilgan. 

Odam ato - Father Adam,  

Sulaymon-Solomon,  

Iso (Masiq) Jesus (Christ),  

YUsuf-Joseph,  

Myco-Moses,  

Muhammad-Muhammad,  

Ibrohim-Ibrahim,  

Nuh-Noach. 

 

Istig‘no vodiysidan. 



Etti daryo onda bir qatra matar 

Etti ko‘k xashxosh chog‘lig‘ muxtasar 

Etti do‘zax onda bir uchqun kibi 


63 

 

Mo‘rlarg‘a tu`ma onda barcha sher, 



Pashshasi pil ovlamoqqa bas daler. 

Etti kishvar ichra shohi qashramon 

Bir gado onda hamonu ul hamon. 

Tig‘i qotil tortibon yuz ming cherik, 

Ko‘zga kelmay onda qoqimcha irik. 

Ajdahokim ko‘kni chekkay dam bila, 

Onda yakson rishtai Maryam bila. 

Bo‘ldi ming xayli maloik bartaraf, 

Nogah Odam kiydi bir toji sharaf. 

Bo‘ldi yuz ming jismdin begona ruh, 

Toki kishtibolig‘ oyin qildi Nuh. 

Yuz tuman Namrudni pashsha zalil 

Qildi to o‘tni chechak qildi Xalil. 

Bo‘ldi yuz ming tiflning qoni hadar, 

To Kalimulloh bo‘ldi tojvar. 

Bog‘ladi zunnor yuz ming axdi din

To Masih anfosidin jon toti tin. (6. 203) 

Nasriy  bayoni:  «Etti  do‘zax  olovi  bu  yashin  oldida  bir  uchqunga  teng 

bo‘lsa,  sakkiz  jannat  uning  oldida  bir  shudring  misolidir.  U  erdagi  chumolilar 

sher  bilan  ovqatlanadi,  pashshasi  esa  filni  ov  qilishga  qodir.  U  erda  etti  iqlimni 

zabt  etgan  qahramon  shoh  ham  oddiy  bir  gado  ga  tengdir.  Qotillik  tig‘i  u  erda 

o‘zining  yuz  ming  qo‘shini  bilan  saf  tortib  turadi.  Qoqum  terisidan  tikilgan 

qimmatbasho kiyimlar u erda nazar pisand qilinmaydi. Ko‘kni yutib yuborishga 

qodir  ajdaho  u  erda  Bibi  Maryamning  nozik  ipi  bilan  babbaravar  turadi.  U  erda 

minglab maloiklar to‘dasi e`tibordan qolib, nogoh Odam sharaf tojini kiydi: Yuz 

ming jism o‘z ruhidan begona bo‘lganida, Nuhkemachilik bilan odamlar hayotini 

ofatdan sakdab qoldi. U erda Namrud sonsanoqsiz pashshalar chaqqanidan tortib, 

Halilning  o‘tni  chechakka  aylantirga  ni  ham  yoki  yuz  ming  begunoh  bolaning 

bekordan bekorga qoni to‘kilishiyu  Kalomullohning sharf  etilishi  ham;  yoki  yuz 


64 

 

minglab  din  axdining  o‘z  e`tiqodidan  voz  kechib,  zunnor  bog‘laganiyu  Masih 



nafasidan  jon  taskin  topganigacha;  yoki  bu  ko‘hna  zolim  dunyoning  yuz  ming 

qon  to‘kishdan  Muhammadning  bir  tun  arsh  uzra  sayr  qilganiga  qadar 

hammahammasi,  boru  yo‘q  barcha  narsalar  din  ahliyu  kofirlar  eli  —barchasi 

birday teng hisoblanadi»(403b) «I the fire of seven hells is only equal to a spark 

before  this  lightning,  then  eight  paradises  are  just  dew.  Here  ants  feed  on  lions 

fleas are capable of hunting alephants. The heroic shah who was able to conquer 

seven countries is equal to a simple beggar. The blade of execution with it's army 

of  one  hundred  stands  at  attention.  Nobody  cares  about  the  expensive  clothes 

made  even  from  martens.  The  Dragon  that  is  able  to  swallow  the  whole  sky  is 

equal  to  Saint  Mary's  fine  thread  there.  Angel  flocks  by  the  thousands  were 

neglected  and  suddenly  Adam  wore  the  glorious  crown.  When  a  hundred 

thousand spirits lost their body, Noach saved the lives of people from disaster by 

ship building. Everybody is equal there including: Nimrod who has been bitten by 

innumerous  flies  and  Halil  who  turned  fire  in  to  flower.  Or  the  one  hundred 

thousand  innocent children  whoose  blood has  been  shed prising  God's  Word, or 

the  hundrads  of  thousands  who  gave  up  their  religion  and  those  wearing  the 

Christian belt whose soul have found comfort in Christ's breath. Or the old tyrant 

who  who  shed  the  blood  of  one  hundred  thousand  people,  and  Muhammad's 

travel  to  the  top  of  Heaven  one  night.  Everything  that  exists  or  does  not  exist, 

both religious people and infidels is equal there (7.153)» 

Farishta  (forstojik,  arab  malak  maloik,  maloka)  iudaizm  xristianlik,  islom 

diniy  rivoyatlarga  ko‘ra,  xudoning  amrini  bajaruvchi  g‘ayri  tabiiy  mavjudotlar. 

Farishtalar  son  snoqsiz  bo‘lib,  har  biri  ma`lum  vazifani  bajarar  emish.  Mae: 

islomda  har  bir  odamning  savob  va  gunoh  ishlarini  hisobga  olib  yuruvchi 

Farishtalar, jannat va do‘zaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda so‘roq 

qiluvchi  (Munkir  va  Nakir),  Olloh  taxtini  osmonda  ko‘tarib  yuruvchi  va  boshqa 

xizmatlarni bajaruvchi. Farishtalar haqida tasavvurlar mavjud bo‘lib, bu taevvur 

Qur`on  rivoyatlariga  asoslangan.  Islomda  farishtalardan  to‘rttasi  Jabroil,  Azroil, 

Mikoil,  Isrofil  bosh  farishtalar  xisoblanadi.  Azroilislomda  to‘rt  bosh  farishtadan 


65 

 

biri. Diniy a`nada jon oluvchi farishta. Jabroilislomda to‘rt bosh farishtadan biri. 



Islom  ta`limotiga  ko‘ra  Jabroil  go‘yo  xudo  bilan  payg‘ambar  o‘rtasida  elchilik 

xizmatini  bajargan.  Muhammadga  Qur`on  mazmunini  ham  etkazib  turgan. 

Mikoilislomda  to‘rt  bosh  farishtadan  biri.  Diniy  an`nada  koinotni  boshqaruvchi 

farishta hisoblanadi. Isrofilislomda to‘rt bosh farishtadan biri. Isrofil go‘yo oxirat 

kunini  e`lon  qilib,  karnay  chalarmish.  «Lison  ut-tayr»  asarida  ham  Qur`oni 

karimdan  ayrim  hikoyatlar  olingan,  ko‘plab  o‘gitlar,  o‘rnak  oladigan  hikoyatlar 

keltirilgan. Ularda albatta farishtalarhaqida ham so‘z  yuritiladi. Masalan: Azroil 

farishtasini  jon  olishga  erga  uchib  kelgani  va  Sulaymon  payg‘ambar  bilan  bu 

masala yuzasidan fikr yurgizganini hikoyatdan bilib olish mumkin. Bu hikoyatda 

Azroilninig sifatlari bayon etiladi. 

"Naqldurkim,  avji  rif`at  kavkabi,  Mehtari  a`zam  Sulaymoni  nabiBir  kun 

erdi taxt uzra oromgir, Olida devu pari farmonpariz. Jinsi maxduqot insu vahshu 

tayr, Kurmay oning xizmatidin o‘zni g‘ayr. Nofiz ul borig‘a farmoni oning, Om 

majmu`iga  ehsoni  oning.  Turmush  erdi  olida  bir  axdi  hush,  hush  oni  aylab 

tafakkurdin hamxo‘sh. Bo‘yla xolatda etishishni bir malak, Qobizi arvohu jallodi 

falak.  ham  bu  soat  qatl  tig‘in  solg‘omen,  Hind  iqlimida  jonin  olg‘omen.  Tengri 

sun`ig‘a debon ko‘p ofarin, Oni ham qildi yonolarg‘a qarin. El bila hamtaklik etsa 

gar kishi, Ruh kabzi keldi Azroil ishi(6. 155) 

«U  osmon  jallodijon  oluvchi  Azroil  edi.  Umrinig  ajal  paymonasi  to‘lib, 

yukrridan  hukm  keldi,  men  uning  yonida  shu  soat  qatl  tig‘ini  sanchib,  Hind 

iqlimida  uning  jonini  olish  kerak.  Kimdakim  shamol  bilan  elib  yugursa  ham 

jonini  olish  Azroilning  ishidir  3706»  Bu  ta`riflar  orqali  kitobxon  bu  farihta 

qandayligini  u  bajaradigan  ish  nimadan  iboratligini  bilib  olish  mumkin.  Bu 

hikoyatlar  orqali  shoir  o‘lim  hakligini  undan  hech  qaerga  qochib  bo‘lmasligini, 

bu  dunyoda  hech  narsa  abadul  abad,  boqiy  emasligini  aytadi.  Ingliz  tilida  bu 

hikoyat juda tushunarli va aniq ifodalangan. Azroil farishtasi ingliz tiliga Azrael 

tarzida  o‘girilgan.  "It  was  Azreal,  the  executioner  of  heaven  the  angel  of  death 

made this complain: He Is about to die as a sentence has come from on high. At 

this  hour  I  must  stab  his  side  with  the  danger  of  execution,  saying  him  in  India 


66 

 

how  extremely  surprising  and  terrifying  Azreal's  job  is  to  take  souls  even  those 



who flew with the wind".  YUqorida aytganimizdek payg‘ambarlar va farishtalar 

nomlari  iudaizm,  xristianlik,  islomda  mavjud  bo‘lib,  bu  nomlar  barcha  din 

vakillariga  ma`lum.  SHuning  uchun  bu  nomlar  tarjimasini  anglab  etish 

kitobxonlarda, ular qaysi din vakili bo‘lishidan qat`iy nazar dostupno‘y. Bu yana 

shundan dalolat beradiki, har bir din insonlarni ahillikka, birdamlikka, inoqlikka 

chorlagani  kabi  bu  asarning  bosh  g‘oyasi  insonlarni  bir  biriga,  atrofdagilarga  va 

avvvlo  Ollohga  bo‘lgan  mehr  muhabbatni  namoyon  etish  va  unga  etishish 

yo‘lidagi  mashaqqatlarni  ifodalashdir.  Halk,larning  turmush  taxliti,  tirikchilik 

sharoitlari,  urf-odat,  rasmrusm,  irimsirim,  udumlarida  juda  katta  farkdar  borki, 

mavjud rosmana lug‘atlardan ularinng nomlariga muqobil so‘z topib bo‘lmaydi, 

umuman topilgan takdirda ham ulardan foydalanish qiyin bo‘ladi, negaki bunday 

so‘zlar asardagi tasvirlangan voqeaga o‘zgacha milliy ma`no berish mumkin. 



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish