III-bob bo'yicha xulosa Hozirgi kunda Respublikamizda qimmatli kapital bozori faoliyatini zamon talabi darajasida rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bunda ushbu sohaning xuquqiy bazasini yanada takomillashtirish, shuningdek, O'zbekiston fond bozorida hosilaviy qimmatli qog'ozlarini chiqarish joylashtirish va muomalada bo'lishi jarayonini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga kasb etadi.
O'zbekistonda hosila qimmatli qog'ozlarni chiqarish va ular muomalada bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Hosila qimmatli qog'ozlarni chiqarish va ularning muomalada bo'lishi haqidagi Nizomga muvofiq respublika hududida faqat ularning negizida aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlari yotadigan Hosila qimmatli qog'ozlar chiqarilishi mumkin. Mazkur Hosila qimmatli qog'ozlarning emissiya risolasi davlat ro'yxatidan o'tishi va belgilangan tartibda ro'yxatga olish raqamiga ega bo'lishi lozim. Hosila qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo'lgan emitentning boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti turli bozorlarning jamlanmasi sifatida namoyon bo'lar ekan, unda moliya bozorining o'rnini alohida ajratib ko'rsatishimiz mumkin, modomiki aynan ushbu bozor izchillik bilan bir tomondan ikkinchi tomonga, iqtisodiyotning kam rentabelli tarmoqlaridan daromadli sohalariga kapitallarning oqimiga imkon yaratib beradi.Buning natijasida esa moliya bozori iqtisodiyotning tarmoqlari o'rtasida kapitalni qayta taqsimlanishini ta'minlab, tarmoqlarning daromadlilik darajalarini o'zaro tenglashtirishga yordam beradi.
Bo'sh turgan mablag'larni investisiyalarga aylanishi moliya bozorida amalga oshirilar ekan, so'nggi paytda uning tarkibida hosilaviy qimmatli qog'ozlar segmenti tobora asosiy o'rinni egallab borayotganligini ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi "qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risi"dagi qonunida hosilaviy qimmatli qog'ozlarga quyidagicha ta'rif berilgan: "qimmatli qog'ozlarning hosilalari – o'z egalarining boshqa qimmatli qog'ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qog'ozlarga doir fyucherslar, depozitar tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog'ozlar" dir. Biz hosilaviy qimmatli qog'ozlar, ularning o'ziga hos xususiyatlari, qo'llanilishi haqida fikr yuritamiz. Shartnoma shartlarini bajarish muddatlari nuqtai nazaridan bozorlar spot bozori va muddatli bozorga ajratilar ekan, bunda spot bozori naqd shartnomalar bozori hisoblanadi. Odatda hosilaviy qimmatli qog'ozlarni muddatli shartnomalar deb ham yuritiladi, negaki ular o'z mazmuniga ko'ra kontragentlar tomonidan kelishilgan shartlarda shartnoma predmetini kelajakda etkazib berishni nazarda tutadi. Shartnomaning asosini turli xildagi aktivlar, ya'ni qimmatli.
XULOSA O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozori savdo tizimlari faoliyatini takomillashtirish uchun jahon tajribasini taxlil qilish natijasida aniqlangan mavjud muammolarni echish, uning istiqbollarini belgilash maqsadida amalga oshirilgan ishlarimiz natijalaridan kelib chiqib quyidagi xulosalarni keltiramiz:
- xar bir mamlakatning qimmatli qog'ozlar bozori savdo tizimlari iqtisodiyotining ajralmas bo'g'ini xisoblanib, uning samarali faoliyat ko'rsatishi jaxon tajribasi natijalari asosida amalga oshirilishini talab qiladi;
- hosilaviy qimmatli qog'ozlar iqtisodiy nuqtai-nazardan muhim ahamiyat kasb etib, bir qator funktsiyalarni bajaradi:
• investisiyaviy;
• xalqaro;
• vositachilik;
• risklarni xedjirlash funktsiyasi4
• imidjni yaxshilash;
• bazisdagi aktivlar bilan hisob-kitoblarni kelajakda amalga oshirish;
• maksimal daromad olish.
- hosilaviy qimmatli qog'ozlarni muomalaga kiritilishi emitentlarning emission va investision imkoniyatlarini oshiradi, investorlarning esa bo'sh pul mablag'larini maksimal daromad olish maqsadida investisiyalaydigan ob'ekti sifatida namoyon bo'ladi;
Moliya bozori qatnashchilarining faolligi sust, muomaladagi moliyaviy instrumentlarining turi kam, riskliligi va vakolatlilik darajasi baland, kapitalizasiyasi va likvidliligi past, hajmi kam, oboroti sekin, tartiblashtirish mexanizmi takomil emas va h.k. Bularning barchasi vaqtinchalik holat bo'lib, kelajakda boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning moliya bozorlari singari raqobatbardoshlik darajasiga erishishi muqarrar.
Aytish mumkinki, o'rta va uzoq muddatda O'zbekiston moliya bozorining omillarning ijobiy ta'siri sharoitida keskin rivojlanishini bashorat qilsa bo'ladi. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Opsion shartnomalari ikki tomon o'rtasidagi shartnoma bo'lib, u uning egasiga qimmatli qog'ozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi.
O'zbekiston Respublikasining "qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida"gi qonunda shunday ta'rif berilgan: opsion — emissiyaviy qimmatli qog'oz bo'lib, u o'z emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qog'ozlarini unda nazarda tutilgan muddatda, qat'iy belgilangan narx bo'yicha sotib olishga bo'lgan huquqini tasdiqlaydi; .
O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, opsionlar ular emitentining ilgari chiqarilgan shaxsiy qimmatli qog'ozlarini ham, uchinchi shaxslar qimmatli qog'ozlarini ham xarid qilish yoki sotish huquqini tasdiqlashi mumkin.Bazis aktivi emitentning birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan shaxsiy qimmatli qog'ozlaridan iborat bo'lgan opsionlarning chiqarilishiga
yo'l qo'yilmaydi.
Opsionlar egasining nomi yozilgan va ko'rsatuvchi egalik qiladigan turlarda bo'lishi mumkin. O'zbekiston Respublikasida opsionlar o'ziga amerikacha xildagi opsionning belgilarini jamladi,opsion egasi o'zining bazis aktivini xarid qilish yoxud sotish huquqini yo malum bir muddat davomida, yoki aniq bir sanada amalga oshiradi.
Opsionning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog'ozning o'zini emas balki uni sotib olish yoki sotish huquqini opsion mukofoti evaziga sotib oladi. Shuni ta'kidlash lozimki, opsion egasi vaziyatga qarab opsion yuzasidan sotib olish yoki sotish huquqidan foydalanish yoki undan voz kechishi mumkin.Svoplar bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq kelajakda ma'lum bir to'lovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirishdir bo'yicha bitimidir.
Hosilaviy qimmatli qog'ozlarning asosini tashkil etuvchi bazis aktivlarga ko'ra ularni quyidagilarga ajratishimiz mumkin:
• tovarlar bo'yicha (neft, neft mahsulotlari, elektr energiya, metallar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari – don, shakar va boshqalarga asoslangan hosilaviy qimmatli qog'ozlar);
• valyutalar bo'yicha (valyutaviy qimmatliklarga asoslangan hosilaviy qimmatli qog'ozlar);
• fond birjalar bo'yicha (aksiya, obligasiya, fond indekslari, o'zgaruvchanlik indekslariga asoslangan hosilaviy qimmatli qog'ozlar);
• foizlar bo'yicha (qarz majburiyatlari bo'yicha foiz stavkalariga asoslangan hosilaviy qimmatli qog'ozlar);
• kreditlar bo'yicha (hosilaviy qimmatli qog'ozlar bo'yicha to'lovlar, kreditlar bo'yicha muayyan bir holatlarning sodir bo'lishiga bog'liq);
• nostandart bazis aktivlar bo'yicha (ob-havo, saylov natijalariga asoslangan hosilaviy qimmatli qog'ozlar va boshqalar).
Hosilaviy qimmatli qog'ozlar aylanuvchi bozorlarga muvofiq ularni quyidagi guruhlarga ajratishimiz mumkin:
• birja instrumentlari (barcha ko'rinishdagi fyucherslar, birjada muomalada bo'luvchi standartlashtirilgan opsionlar);
• birjadan tashqari instrumentlar (forvardlar, nobirjaviy opsionlar, svoplar).
Muddatli bozorda quyida terminlardan foydalaniladi. Agar muddatli shartnomani imzolayotgan shaxs bazis aktivni sotib olish majburiyatini oladigan bo'lsa, u uzun pozisiyasiga (Long pozision) ega bo'ldi deyiladi. Aksincha bo'lsa, ya'ni agar u shartnoma bo'yicha boshqa tomonga kelajakdagi ma'lum bir sanada aktivlarni sotish majburiyatini olsa, u holda qisqa pozisiyaga ega bo'ldi deb hisoblanadi. O'z navbatida "uzun kontrakt" va "qisqa kontrakt" kabi tushunchalar ham uchraydi. Bunda birinchi holat investor shartnomani sotib olganini bildirsa, ikkinchi holatda sotganini anglatadi.
Hozirgi kunga kelib hosilaviy qimmatli qog'ozlar bozori fond bozorining alohida segmenti sifatida rivojlanib kelmoqda, ayniqsa ushbu moliyaviy instrumentlar aylanmasini birjadan tashqariga chiqishi sababli ular cheklanmagan miqdorda muomalada bo'lish va turli bazis aktivlar bo'yicha, jumladan fond indekslari va boshqa hisob ko'rsatkichlari bo'yicha ham muomalaga kiritilish imkoniyatiga ega bo'ldi. So'nggi paytlarda hosilaviy qimmatli qog'ozlar bozori boshqa moliyaviy instrumentlarga qaraganda yuqori sur'atlarda o'sishda davom etmoqda va bu esa birjalardagi asosiy (o'zgaruvchanlik)ni hosil qilmoqda.
Olib borilgan tadqiqot va o'rganishlar natijalaridan xulosa qilgan holda ushbu ilmiy maqolaning yakunida bir nechta taklif va tavsiyalar berib o'tsam:
1.O'zbekiston qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozori professional ishtirokchilarining milliy assotsiatsiyasi va O'zbekiston banklari assotsiatsiyasining qoshida moliya bozorining barcha ishtirokchlari uchun ochiq bo'lgan elektron ma'lumotlar bazasini tuzish. Bu mazkur bozorning shaffofligini ta'minlaydi va uning ishtirokchilari tomonidan qaror qabul qilish jarayonining operativligi ta'minlash
2.Hosila qimmatli qog'ozlarni fond bozoriga mablag'larni jalb qilish maqsadida guruhiy investorlar va jismoniy shaxslarga mo'ljallangan yangi moliyaviy aktivlarni joriy qilish lozim. Jahon amaliyotidan keragicha foydalanish va muhim investision loyihalarni moliyalashtirish uchun yaratilgan aktivlarni emissiya qilish kerak.
3.Investitsiya muhiti va chet el investitsiyalari oqimining barqarorliligini ta'minlashning muhim sharti bo'lgan makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning barqarorligini ta'minlash lozim. Shuningdek, fond bozori infratuzilmasini va ishtirokchilar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI