Udk: boltabaev baxrom xoldoralievich


III-BOB. O'ZBEKISTON FOND BOZORIDA OPSIONLAR SEKTORINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI



Download 0,62 Mb.
bet22/26
Sana18.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#818985
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Boltaboyev Baxrom Dessertatsiya

III-BOB. O'ZBEKISTON FOND BOZORIDA OPSIONLAR SEKTORINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
3.1. Fond bozorida xosilaviy qimmatli qog’ozlar huquqiy asoslari
Qimmatli qog'ozlarning doimo va ishonarli tarzda muomalada bo'lishi uchun ushbu sohaga oid qonuniy - me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqsh hamda ularni doimiy ravishda rivojlantirib borishni, fuqarolar va davlat organlari qimmatli qog'ozlar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishni o'zida jamlovchi tizim zarur. Tizim sarmoyadorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga va ishonchliligini oshirishga yo’naltirilishi lozim, chunki aynan ular qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining ichida eng zaif hamda ko'p qismini tashkil etadi. Ushbu tizimda tanglik holatini sog'lomlashtirishga yoki fond bozori ishtirokchilarining turli qatlamlari o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimida sodir bo'ladigan nomutanosibliklarni, fond bozori va bozor iqtisodiyoti boshqa sektorlarining o'zaro aloqalari sohasidagi kelishmovchiliklarni qidirib topish, qimmatli qog'ozlar bozoriga tuzatib bo'lmaydigan zararlar keltirishga, mavjud barqarorlikni buzishga qodir bo'lgan omillarni o'rganishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar qo'llanishiga jiddiy ahamiyat berilishi lozim.
Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad, qimmatli qog'ozlarning uzluksiz, tartibli va xatarsiz muomalada bo'lishi, qimmatli qog'ozlar oldi sotdisi orqali iqtisodiyotga investisiya qilish uchun sharoitlar yaratish, investisiyani amalga oshirishda sarmoyadorlar tomonidan mumkin bo'lgan yo'qotishlarni eng kam holatga keltirish, savdolar tashkilotchilari va fond bozorining professional ishtirokchilarining barqaror ishlashini ta'minlashdir. Fond bozorida barqarorlikka erishgan xolda, davlat bu bilan iqtisodiyotning o'zini o'zi tartibga solishi, pul mablag'larining bir tarmoqdan boshqasiga oqib kelishi uchun sharoit yaratadi, shu tariqa xalk xo'jaligi mustahkamlanadi (qimmatli
qog'ozlar bozorining bir maromda faoliyat ko'rsatishi iqtisodiyotga samarali ta'sir ko'rsatadi). Rivojlangan mamlakatlarning tajribalari shundan kelib chiqgan holda, qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solishni davlat va professional (ya'ni maxsus tashkil etilgan qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilarining tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan) bo'laklarga bo'lish eng samarali usul sanaladi.
Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solishning ikkita yo’nalishda ajratish mumkin:
1.qimmatli qog'ozlar bozorining asosan davlat idoralari tomonidan tartibga solinishini va bunday tartibga solish bo'yicha vakolatlarning kichik qismini o'zini-o'zi tartibga muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi.
2.fond bozorini tartibga solish bo'yicha eng katta hajmini o'zini o'zi tartibga soluvchi tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi, bunda davlat faqat asosiy nazorat qilish vakolatlarini saqlab koladi.
Qimmmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish jarayonida davlat quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1.Qonun chiqarish vazifasi (qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish kontsepsiyasini, uni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish, dasturni boshqarish), fond bozoridagi munosabatlar rivojlanishining maqsadi va asosiy yo'nalishlarini belgilash, qimmatli qog'ozlar bozoridagi munosabatlarning tamoyillariga,bo zor infratuzilmalarining faoliyat ko'rsatishiga, professional ishtirokchilar hamda savdolar tashkilotchilarining maqomiga, sarmoyadorlar huquq va manfaatlarini himoya kilishga taalluqli asosiy (fundamental) huquqiy me'yorlarni belgilash.
2. "Birja qoidalari"ni belgilash va tartibga solish (emitentlarga,investorlarga, professionallar ishtirokchilarga qo'yiladigan talablar tasdiqlash).
3. Bozorning moliyaviy barkarorligi va xavfsizligini nazorat qilish (qimmatli qog'ozlarni ro'yxatga olish, investisiya muassasalarining moliyaviy ahvolini nazorat kilish, huquqiy va axlokiy me'yorlarga rioya etilishini nazorat kilish, jazolar qo'llash).
4. Fond bozori ishtirokchilarini fond bozori va fond birjalari natijalarinida xabardor qilish, emitentlar, sarmoyadorlar, investisiya tashkilotlari, fond birjalari va shu kabilar tomonidan axborotning oshkor etilishini ta'minlash, sug'urta masalalarini ishlab chiqsh.
5. Fond bozorining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora tadbirlar ishlab chiqish,emissiyalarni restrini yuritish, xorijiy qimmatli qog'ozlarini O’zbekiston fond bozorlarda muomalada bo'lishiga ruxsat berish, emitentlar va qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish.
Investisiya muassasalarini qimmatli qog'ozlar bozoridagi faolligini yanada oshirish uchun mavjud qonunchiliklardagi kamchiliklarni bartaraf etish, hozirgi kunda fond bozorining qonuniyme'yoriy bazasini yangilash va muammolarni bartaraf etish maqsadida qimmatli qog'ozlar bozoriga oid "Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining Qonuni Qonunchilik palatasi tomonida Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 13-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-iyunda ma’qullangan qaror hamda “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 2014-yil 24-oktabrda qabul qilingan.Senat tomonidan 2015-yil 15-mayda qabul qilingan qonun hujjatlari bilan belgiab qo’yilgan. Xosilaviy qimmatli qog’ozlar tog’risida 1997-yil 2-aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish va muomalada bo‘lishi” tartibi belgilovchi meyoriy hujjatlar asos bolib xizmat qiladi.
Shungdek bozor infratuzilmasi rivojlangan sari unga ishonchlilikni oshirish,jahon fobd birjalari kabi huquqiy meyoriy hujjarlar jahon talabiga jabob berishi lozim, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 6-noyabrda “Qimmatli qog‘ozlar hosilalarini chiqarish va muomalada bo‘lishi tartibiga o‘zgartirishlar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasi davlat mulki qo‘mitasi qoshidagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrug‘i qabul qilindi.
O'zbekistan Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan "Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida"gi qonun loyihasida qimmatli qog'ozlar hisobi tizimi hisob institutlarining barchasini o'z ichiga oladi bular depozitar faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar va Markaziy depozitariydir, Markaziy depozitariy, o'zining mavjud vazifalarini bajaradi. Bu funktsiya qimmatli qog'ozlar egalari reestrlarini to'plash va shakllantirishdan iborat Markaziy depozitariyning depozitar hisobi bir vaqtning o'zida reestrni yuritish tizimi ham bo'lib, bu ikki tomonlama hisobni bartaraf etadi. Yagona qonunning qabul qilinishi qimmatli qog'ozlar bozorining zamonaviy infratuzilmasini yaratishga imkon beradi va nafaqat Markaziy depozitariyning, balki ikkinchi darajadagi depozitariylarning funktsiyalarini kengaytiradi. Bugun respublikamiz qimmatli qog'ozlar bozorida faoliyat yuritadigan ikkinchi daraja depozitariylari o'z mijozlariga faqat qimmatli qog'ozlarni saqlash va ularga bo'lgan huquqni hisobga olish bo'yicha xizmatlar ko'rsatmoqda, ya'ni ixtisoslashgan tashkilot sifatida harakat qilmoqdalar. Investorga esa fond bozorida qimmatli qog'ozlar bilan operasiyalar olib borish uchun qo'shimcha tarzda boshqa ishtirokchilar, masalan, investisiyaviy maslahatchi, investisiyaviy vositachi, bank bilan munosabatga kirishish kerak. Bu xizmat ko'rsatish bo'yicha qulaysizliklarga va investorlar xarajatlarining oshib ketishiga olib keladi.
Ushbu holat qonuiylik darajasida mavjud qimmatli qog'ozlar va unig xosilalari bozorida professional faoliyat turlarini qo'shib olib borishga mavjud cheklovlar qoyiladi. Qonun loyihasida faqat investisiya fondning qimmatli qog'ozlar bozoridagi boshqa faoliyat bilan qo'shib olib borilishiga yo'l qo'yilmaydi. Mazkur faoliyatning qimmatli qog'ozlar bozorida investisiyaviy vositachilikni qo'shib olib bormaydigan depozitariylar tomonidan amalga oshirilishi hollari bundan mustasno. Depozitariylar uchun ham brokerlik xizmatlarini, ham investisiyaviy maslihatchi xizmatlarini ko'rsatish imkoniyati tug'iladi. Investor bitta investisiyaviy institut doirasida kompleks xizmat ko'rsatilishidan bahramand bo'ladi, bu esa o'z navbatida xizmat ko'rsatishda qulayliklar tug'diradi va tabiiyki, emitentlarning qimmatli qog'ozlar bilan bitimlar tuzishdagi xarajatlarini kamayishiga olib keladi.Depozitariylar ham keng faoliyat sohasiga ega tashkilotlarga aylanishga intilmoqdalar, ya'ni investorlar bilan "bitta oyna" tamoyiliga muvofiq faoliyat yuritish.
Bugungi kunda investision resurslarni qayta taqsimlashning munosib mexanizmi bo'la oladigan sifat jihatdan boshqacha bozorga talab paydo bo'lmoqda. Buning uchun katta miqdordagi qimmatli qog'ozlar bilan ishlashga mo'ljallangan zamonaviy savdo tizimlari, shuningdek, qimmatli qog'ozlarga xuquqni hisobga olish va pullik hisob-kitoblarni yuritish bo'yicha tashkilot kerak.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish