3.2.Fond bozorida xosilaviy qimmatli qog’ozlar ishtirokini takomillashtirish
Qimmatli qog'ozlar bozori zamonaviy bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanib, o'zida moliyaviy resurslarga ega bo'lgan investorlar va emitentlarning manfaatlari va qiziqishlarini o'zida mujassam etadi. Ammo, shu bilan birga u spekulyasiyalar vositasi va inqirozlarning katalizatori ham bo'lishi mumkin. Aynan shuning uchun ham O'zbekistonda mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq mustahkam va muvozanatlashtirilgan qimmatli qog'ozlar bozorini yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Biroq, ayni paytda fond bozorining xalqaro kapital bozoriga integrasiyasi etarli darajada emas.
Milliy fond bozorimizda shaffoflikning yo'qligi va investorlarning xuquqlarini himoya qilish mexanizmi sust rivojlanganligini ko'rishimiz mumkin. Bu esa bozorning o'z funktsiyalarini amalga oshirish samarasini pasaytiradi, moliyaviy yo'qotishlar riskini oshiradi va investisiyalar jalb qilish jarayonini sekinlashtiradi. Bugungi kunda yaratilib, rivojlanib kelayotgan yangi g'oyalarning xorijiy tajribasi o'rganilib, amaliyotga tadbiq etish masalalari qo'rib chiqilayotganligi rivojlanishlarning bir joyda to'xtab qolmayotganligidan dalolat beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida korxonaning rivojlanishi uchun, o'zining moliyaviy vositalarning etishmovchiligi uchrab turadi. Bunday holatda kompaniya turli xil yo'llar bilan qo'shimcha kapital jalb qilishi mumkin. O'zbekistonda xosila qimmatli qog'ozlarni chiqarish va ular muomalada bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Xosila qimmatli qog'ozlarni chiqarish va ularning muomalada bo'lishi haqidagi nizomga muvofiq respublika hududida faqat ularning negizida aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog'ozlari yotadigan Hosila qimmatli qog'ozlar chiqarilishi mumkin. Mazkur xosila qimmatli qog'ozlarning emissiya prospekti davlat ro'yxatidan o'tishi va belgilangan tartibda ro'yxatga olish raqamiga ega bo'lishi lozim. Xosila qimmatli qog'ozlarning emitentibu Xosila qimmatli qog'ozlarni chiqaruvchi va ushbu qimmatli qotozlar egalarining oldida ular bo'yicha o'z nomidan majburiyatga ega bo'lgan yuridik shaxsdir. Xosila qimmatli qog'ozlarni chiqarish to'g'risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo'lgan emitentning boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi. Mazkur idoraning o'zi Xosila qimmatli qog'ozlarning emissiya prospektini tasdiklaydi. Agar Xosila qimmatli qog'ozlar bazis aktivining qiymati 1 mln. so'mga teng yoki undan ortiq bo'lsa, emissiya prospektini davlat ro'yxatidan o'tkazish qimmatli qog'ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi. qolgan holatlarda Xosila qimmatli qog'ozlarning ushbu markazning hududiy mintaqalardagi bo'limlarida davlat ro'yxatiga olinadi.
Xosila qimmatli qog'ozlar naqd hamda naqdsiz shakllarda chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shaklda chiqarilgan hollarda ular global sertifikat Xosila qimmatli qog'ozlarning naqdsiz shaklidagi butun nashrini (yoki bir qismini) tasdiqlovchi va depozitariyda saqlanadigan, shuningdek, bir martalik sertifikat uchun talab etiladigan barcha rekvizitlar, Xosila qimmatli qog'ozlarning nashri emissiyasi va muomalasining umumiy shartlari ro'yxatini o'z ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi .Ohirgi yillarda hosilaviy qimmatli qog'ozlar dasturida ishtirok etish qo'shimcha investisiya jalb qilishning zamonaviy va qulay usullaridan biri bo'lib hisoblanmoqda. Kompaniya xalqaro bozorga chiqish yo'li bilan bozor kapitalizasiyasining yuqoriligiga erishadi. Odatda, xalqaro bozorga chiqqan kompaniyalar, "yopiq" xususiy kompaniyalarga nisbatan yuqori likvidliligi bilan ajralib turadi va kompaniya to'g'risidagi informasiyalarni olish ham ancha oson kechadi. Xosilaviy qimmatli qog'ozlar dasturi O'zbekiston Respublikasida hali qo'llanilmagan, ammo xorijda tezkor va samarali rivojlanayotgan
innovasiyalardan biri bo'lib, uni mamlakatimizda qo'llash imkoniyatini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq.
Dessertatsiya ishini bajarish jarayonida xosilaviy qimmatli qog'ozlar muomalasi bozorida o'rganilgan jahon tajribasi amaliyotidan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi fond bozorida moliya instrumentlari mahsuloti bo'lgan depozitar tilxatlarn, opsion, svop, forvard kabi instrumentlarni qo'llash uchun quyidagi masalalarni echimini topish zarur:
1."Qimmatli qog'ozlar to'g'risida"gi Qonuniga qo'shimchalar kiritish, "xosilaviy qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish, muomalasi va tugashi to'g'risida" gi Nizomni qayta ishlab chiqish va unda xosilaviy qimmatli qog'ozlar va uning turlari to'g'risida tushuncha, uning muomalasi va ishtirokchilari imkoniyatlarini to’la yoritib berish hamda yuridik asosiga keltirish lozim;
2. O'zbekiston jahon moliya bozorida ,xalaqaro fond birjalarida ijobiy maqomga ega bo'lishi hamda xalqaro investorlarni fond bozoriga hosilaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish orqali jalb etish maqsadida mahalliy sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari to'g'risida duyo mamlakatlariga keng yoritib berish;
3. IPO dasturi asosida birlamchi emissiyani amalga oshirishdan oldin, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko’rgazmali qatnashish va ushbu dasturlarini mamlakatizmizda rejalashtirish va tashqi moliviy aloqalarni takomillashtirish;
4. Depozitariy va hisob-kitob kliring tizimi faoliyatini rivojlantirish, ya'ni qimmatli qog'ozlar va uning hosilalari bo'yicha amlga oshiriladigan operasiyalarning savdo kunlarini qisqartirish, buning uchun yuqoridagi professional ishtirokchilarning texnik bazasini,axborot komunikasiya vositalari bilan ta’minlash va uni jahon standartlariga moslashtirish;
5.O'zbekiston fond bozorini rivojlangan va rivojlanayotgan fond bozorlari bilan integrasiyalashuvi jarayonini tezlashtirish va birja savdolarining qoidalarini bir xillashtirish lozim.
yuqorida keltirilgan dasturlarning amalga oshishi respublika fond bozorimizni yanada rivojlantirishda, hosilaviy qimmatli qog'ozlarni chiqarish orqali xorijiy investorlarni jalb etishda hamda mahalliy emitent va investorlarning investision imkoniyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |