nomlanishi asosida yuzaga kelgan perifraza hisoblanadi. O„z navbatida, undan
sifatida baho semasini doimo o„zi bilan birga anglatadi. Bu o„rinda salbiy baho
semasiga ega bo„lgan perifraza qayta nomlanish tarkibiga kirib, ijobiy munosabat
semasini yuzaga keltirishda ishtirok etadi. Chunki o„t o„chiruvchilarning yong„inni
I.Toshaliyevning qayd etishicha “Sarlavhalar matn nomi sifatida qisqa, lo„nda
bo„lishi, maqola mazmunini qisqa bayon etishi bilan birga, o„quvchi diqqatini
o„ziga tortishi, qiziqtirish, o„qib chiqishiga majbur eta olishi ham zarur” [34].
Jurnalistlar ayni maqsadni ko„zlab, idividual perifrazadan ham foydalanadilar.
Ayrim hollarda perifraza tarkibida komponent qo„shtirnoqqa olib beriladi. Bu
o„rinda qo„shtirnoqning qo„llanishi ham axborot uzatishga xizmat qiladi. Masalan:
sog„ligini saqlash borasidagi ishlari hikoya qilinadi. Hali bu axborotlarning o„zi
“tom”ning
20
mavjud matbuotlardan olganligi ma‟lum bo„lib turibdi. Ushbu perifraz rus tilidan
kalkalab olingan.
Tom
so„zining motivlashuvi Tibetning dengiz sathidan to„rt va
olti ming metr balandlikda joylashgan tog„li o„lka ekanligi bilan bog„liq. Demak,
mo„jizalar
so„zi ham perifraza bilan birga, maqolaning o„qimishli ekanligiga ishora
qiladi [16, 67].
Perifrazalarning sarlavhaga chiqarilishi ilmiy uslub uchun ham begona emas.
I.Toshaliyevning
eslatilgan ishida shu hol kuzatiladi. Muallif o„quv
qo„llanmasining so„zboshidan keyingi o„rinda perifrazani sarlavhaga chiqaradi:
Sarlavha – matnning tarkibiy qismi.
Mazkur perifraza orqali muallif sarlavhaning
eng muhim belgisini tavsiflab bera olgan. Sarlavha gap ko„rinishidagi tuzilishga
ega: sarlavha – ega, perifraza (matnning tarkibiy qismi) – kesim, so„ngra muallif
sarlavhani o„rganishning ahamiyati, uning qay jihatdan o„rganilishi yuzasidan o„z
qarashlarini bayon qilgan [34, 18]. Ayrim hollarda perifraza butun bir sahifaga
sarlavha sifatida olinib, perifrazadan anglashilgan narsa-hodisaning sir-asrorlari,
xususiyatlari, inson salomatligiga ta‟siri kichik sarlavhalar ostida bayon qilinadi,
ba‟zan ushbu perifraza ishtirok etgan sarlavha gazetaning bir necha sonlarida
ishtirok etishi mumkin. “Oila va jamiyat” haftalik gazetasining 2006-yil 14-, 15-,
16-sonlarida “mo„miyo – tog„ balzami” sarlavhasi ostida qator maqolalar berildi.
Ushbu maqolalar matnlarida mo„miyoning juda ko„p kasalliklarga davo bo„lishi,
tayyorlanishi yuzasidan maslahatlar berib boriladi. Albatta, ushbu maqoladagi
sarlavha juda o„rinli bo„lib, hech bir insonni befarq qoldirmaydi. Bunday maqolani
nafaqat o„qish mumkin, balki u oilaning tibbiyotga oid maslahatlar arxivi sifatida
saqlanishiga ham sharoit yaratadi [16, 66].
Yuqoridagi maqoladan va keyingi maqola tavsifidan ma‟lum bo„ladiki,
perifraza tayyor ekspressema sifatida narsa-hodisaga muallifning ijobiy
munosabatini ham aks ettiradi, o„zida modal ma‟nolarni tashiydi, shu bilan birga,
maqolaning ma‟naviy-ma‟rifiy qimmatini ham ifodalaydi. Demak, sarlavhaga
chiqarilgan perifrazalarning matn bilan uzviyligi va o„z yuki borligi shubhasiz.
Mahoratli jurnalist o„z maqolasining o„qimishli bo„lishi uchun perifrazalardan
unumli va o„rinli foydalanadi.