ommaviy axborot vositalari uslubi – publitsistik uslub
hisoblanadi. Ushbu uslub
ikki xil shaklda namoyon bo„ladi. Bular: yozma va og„zaki shakllardir.
Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag„ishlangan bosh maqolalar, felyeton va
pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar, gazeta va jurnal uslubi
publitsistik uslubning
yozma shakli
ga mansubdir. Radio va televideniyeda
chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlar nutqi publitsistik uslubning
og„zaki
shakli
dir. Og„zaki publitsistik nutq yakka shaxs manziliga emas, balki tinglovchilar
ommasiga qaratiladi, monologik formada bo„lib, bitta shaxs so„zlaydi,
tinglovchilar esa behisob bo„ladi, aniq mavzu oldindan yozma yoki og„zaki
formada tayyorlangan bo„ladi, ma‟noviy struktur jihatidan qat‟iyligi, aniq
informatsiyalanishi bilan xarakterlidir.
Tashviqot-targ„ibot ishini olib boradi,
matbuot uslubi – ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so„z
ko„p qo„llanadi. Nutq ta‟sirchan bo„lishi uchun ta‟sirchan so„z va birikmadan,
maqol va hikmatli so„zdan keng foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo„lagi
odatdagi tartibda bo„ladi, kesim buyruq va xabar maylidagi fe‟l bilan ifodalanadi,
darak, his-hayajon va ritorik so„roq gap, yoyiq undalma, takroriy so„z va birikma
unumli qo„llanadi
[76, 126]. Publitsistik uslub o„zbеk adabiy tilining nutq uslublari
qatorida, asоsan, XIX asrning охiri XX asrning bоshlarida paydо bo„la bоshladi.
Chunki bu davrga kеlib, ya‟ni 1883-yilning bоshlarida o„zbеk tilida to„ng„ich
gazеta “Turkistоn vilоyatining gazеti” chiqa bоshladi. XX asr bоshida esa
nashriyot va vaqtli matbuоt ishlari dоirasining yanada kеngayishi hamda
24
o„zbеk dеmоkratik yozuvchilar ijоdida badiiy publitsistikaning kеng o„rin
оlishi kabi оmillar o„zbеk adabiy tilida publitsistik uslubning paydо bo„lishi va
shakllanishida katta rоl o„ynaydi.
Publitsistik uslubning o„ziga xos xususiyatlari quydagilardan iborat:
–
publitsistik
uslub
davrning
dolzarb
masalalarini
o„quvchilarga,
tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta, radio, televideniye orqali yetkazish,
ommaning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi;
–
muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo„lish, hozirjavoblik,
ta‟sirchanlik, shuningdek, soddalik, tushunarlilik belgilariga ega;
–
publitsistik uslub ikki vazifani –
axborot berish
va
ta‟sir qilish
vazifasini
bajaradi;
–
ushbu uslubda adabiy tilning me‟yorlariga qat‟iy amal qilinadi;
–
ushbu uslubda ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so„zlar ko„p
qo„llanadi.
Ommaviy muloqot tili ifodasi adabiy tilning qo„llanishidagi o„ziga xoslikni,
publitsistik uslubning tavsifiy sifatlarini nazarda tutadi [35, 64].
Publitsistika reportaj, pamflet, felyeton kabi bir qancha janrlarga ega. Bular bir-
biridan ma‟lum farqlarga ega bo„lsa-da, bir umumiy belgiga ega, u ham bo„lsa
nutqning jamiyatga qaratilganligidir. Shuningdek, Beruniy Alimov
“Axborot
globallashuvida janr, til va tasvirning o„rni”
nomli maqolasida publitsistik
uslubda qo„llanuvchi janrlarning amaliy ahamiyatiga to„xtalib o„tgan. “Ayni
paytda tilning funksional uslublari haqida so„z ketar ekan, til vositasini ijtimoiy
faoliyat sohasida an‟analar va qoidalar asosida ishlatish joiz. Shu ma‟noda
ommaviy muloqot uslubi betakror ildizlariga ega. Axborot matnini tayyorlashning
o„ziga xos uslublari mavjudki, ular o„z navbatida, turli shakl va janrlarga ajraladi.
Muxbir ma‟lum bir mavzuga doir faktlarni o„ziga ma‟qul uslubda ifoda etish
jarayonida mazkur janrlarning texnik va texnologik unsurlarini ishga soladi.
Umuman janr haqida gap ketganda, shuni alohida qayd etib o„tish kerakki, bugungi
o„zbek jurnalistikasi jahon axborot makoni arxitektonikasiga tarkibiy bo„lim
sifatida kirar ekan, axborotning zamonaviy shakllaridan foydalanishni keng joriy
25
etish masalasi davr talabidir. Axborot matniga ortiqcha bezak berish, so„zlarni
keragidan ortiqcha ishlatish tavsiya etilmaydi. Chunonchi, dunyo axborot
maydonida paydo bo„layotgan zamonaviy janrlarning barchasi qisqalikka va
tezkorlikka yo„naltirilmoqda. Janrdan o„z o„rnida foydalana bilish mahorati
tarqatilayotgan axborotning muvaffaqiyatini belgilaydi” [ 14, 41].
XXI asrda axborot – eng dolzarb, eng ommabop va qimmatbaho mahsulotga
aylanib ulgurgan bir vaqtda, bugunga kelib axborotni tarqatish va uni qabul qilib
olishning usul va vositalari shu qadar ko„paydiki, bu o„z-o„zidan to„g„ri va
ishonchli manbalarga bo„lgan ehtiyojni orttirib, eshituvchi tomoshabin uchun
ma‟naviy ozuqa bera oluvchi kuchga ega bo„lgan vositalarni to„g„ri yo„naltira
olish, axborot bankini har tomonlama zamonaviy talablarga to„la mos kela
oladigan qilib shakllantirish publitsistik uslubda ish yurituvchilar oldida turgan eng
muhim vazifa bo„lib qolaveradi. Zero, har bir davr, har bir makonda bo„lgani kabi
tarqatilayotgan axborotlar uchun javobgarlik, axborotga egalik qilish madaniyati
shakllangan kishilargina axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy
etib borayotgan bugungi davrning chinakam qahramonlari bo„lib hisoblanadilar.
Publitsistik uslubning har ikkala shakli ham birdek kuchli ta‟sir berish orqali
ishonchli manbani tinglovchi va o„quvchiga yetkazishga xizmat qiladi. Publitsistik
uslubning yozma va оg„zaki ko„rinishlari o„ziga хоs хususiyatlarga ega bo„lsa-da,
ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo„ysunadi. Chunоnchi, bu
uslubning ikkala turida publitsistikaga хоs siyosiy aktivlik, hоzirjavоblik, o„tkir va
ta‟sirchan nоtiqlik, mantiqiylik, tashviqоt va targ„ibоt kabi хususiyatlar mavjud
bo„ladi. Publitsistikaga хоs umumiy bеlgilarga muallif munоsabatining оshkоra va
aniq ifоdalanish хususiyati ham kiradi. Muallifning vоqеlikka munоsabati
faktlarning tanlashida, ularni o„z dunyoqarashi va estеtik tamоyili asоsida
mantiqiy tahlil qilishida va nihоyat, tilning emоtsiоnal-eksprеssiv vоsitalaridan
fоydalanishida o„z ifоdasini tоpadi.
Xulosa qilib aytadigan bo„lsak, ommabop uslub o„zbek tilshunosligida
filologiya fanlari nomzodi T.Qurbonov tomonidan monografik yo„nalishda
o„rganilgan. Til taraqqiyotida muhim omil sanaladigan publitsistika o„z navbatida
26
tilning imkoniyatlaridan ham keng foydalanadi [28]. Ommabop uslub
imkoniyatlarining kengligini lingvistik va ekstralingvistik (paralingvistik) – tildan
tashqaridagi omillarning mustahkam aloqadorligida kuzatamiz. Publitsistik janrda
yozilgan asarlarning mohiyatan hozirjavobligi, ularning axborot hamda targ„ibot-
tashviqot xarakterda bo„lishi va ommani dunyo yoki mamlakatimiz miqyosida
sodir bo„layotgan voqea-hodisalardan zudlik bilan xabardor qilishi natijasida
yuzaga keladigan novatorlik unda tabiiy ravishda yangi ijtimoiy-siyosiy
terminologiyaning qo„llanilishi va tilimizda me‟yorlashishiga sabab bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |