Boshqacha qilib aytganda, ommabop uslub tilning yangi so„z va iboralar
hisobiga boyib borishiga ko„maklashadi.
Bu uslubda shakllangan matnlar
obrazliligi, ta‟sirchanligi, tasviriy vositalarning mahsuldor qo„llanilishi bilan badiiy
uslubga yaqinlashsa, dialektizmlar, istorizmlar, argo va jargonlar uni boshqa
vazifaviy uslublardan chegaralash imkonini beradi. Publitsistik uslubda tasviriy
ifoda (perifraza)larning qo„llanish doirasi kengayib, boyib bormoqda. Bu esa
tilshunosligimizda yangi tadqiqotlarning yuzaga kelishiga asos bo„lib xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |