semantik
sinonimiya
deb atash to„g„riroqdir.
Sinonim leksemalar sememalaridagi atash va vazifa sememalari aynan bir xil
bo„lib, faqat ifoda semalari farqlanadi. Masalan,
kulmoq-iljaymoq-tirjaymoq-
ishshaymoq-hiringlamoq-tabassum qilmoq
. Ma‟nodoshlik qatoridagi mazkur
leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: “xursandligini yoku zavq-
shavqini, ichku quvonchini kulgi bilan ifodalamoq”. Ammo ifoa semalari har bir
leksemada o„ziga xos. Ya‟ni “shaxsiy munosabat” har bir leksemada boshqacha
namoyon bo„lgan. Bu munosabat [kulmoq] leksemasida “shaxsiy betaraf
munosabat” ko„rinishida bo„lsa, [ishshaymoq] leksemasida “o„ta kuchli shaxsiy
salbiy munosabat” tarzidadir. Ma‟nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda
semalari turli-tumandir. Jumladan, 1. Ijobiy yoki salbiy baho semalari. 2.
Leksemaning qo„llanilish davri bilan bog„liq holatdagi “arxaik”, “tarixiy”,
“umumiste‟moldagi”, “yangi” semalar. 3. Leksemaning qo„llanilish doirasini
ko„rsatuvchi shevaga xos “shevaga xos”, “so„zlashuvga xos”, “kitobiy”,
“ko„tarinkilik” kabi semalardir. Ma‟nodoshlik qatoridagi leksemalarning bittasi
dominanta (bosh) bo„lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi va
ma‟nodoshlik qurshovini hosil qiladi. Dominanta leksemaning yuqori sanalgan
barcha semalariga nisbatan neytral, betaraf bo„ladi. Dominantaning o„ziga xos
xususiyatlari quyidagilar bo„lib hisoblanadi:
1)
dominanta leksemaning ma‟nodoshlik qatoridagi boshqa leksemalarnikiga
nisbatan “kambag„alroq” bo„ladi. Masalan,
oriq, nozik, qotma, qiltiriq,
ramaqijon.
Ushbu qatordagi [oriq] leksemasida [nozik], [qotma], [qiltiriq],
[ramaqijon] leksemalaridagi kabi hissiy-ta‟siriy bo„yoq yo„q.
2)
Dominanta leksemaning qo„llanilish doirasi boshqa ma‟nodoshlarnikiga
nisbatan keng.
3)
Dominanta leksema istalgan vaqtda o„z ma‟nodoshlarini almashtira oladi.
4)
Ma‟nodoshlik qatori mansub bo„lgan katta tizimga faqat dominanta leksema
kiradi va boshqa leksemalar bilan paradigma hosil qila oladi. Masalan,
“kishi tana a‟zolari” lug„aviy ma‟no guruhiga yuz, aft, bashara, turq, oraz,
62
bet, diydor, tal‟at, chehra sinonimik qatoridan faqatgina [yuz] dominanta
leksemasi kirib, [quloq], [burun], [lab], [qosh], [peshona] leksemalari bilan
paradigma hosil qiladi. Boshqa ifoda semasidagi ifodalar “betaraf”
bo„lolmaganligi bois yuqoridagi paradigmaga kirolmaydi.
Sinonimlar qo„llanish doirasiga ko„ra
asl
va
uslubiy sinonimlarga
ham
ajratiladi. Sinonimlardagi bu bo„linish, aslida, barqaror va beqaror sinonimlardan u
qadar farqlanmaydi. Chunki asl sinonimlar doimiy sinonimlar (
safar, marta, daf‟a
kabi) bo„lib, uslubiy sinonimlar o„z qatoridagi sinonimik guruhlar bilan ayrim
nutqiy jarayonlardagina sinonimlar qatoriga kirishi mumkin. Masalan,
keksa, qari,
mo„ysafid, oqsoqol
sinonimlaridan faqat
keksa
va
qari
so„zlari asl sinonimlardir.
Uslubiy sinonimlar ma‟lum leksik ma‟nosi bilan aynan bir xil bo„lib, u bilan
namoyon bo„lgan so„zlar muayyan bir ijtimoiy qatlamga, uslubga mansubligiga
ko„ra o„zaro farqlanadi. Masalan,
yashirin, maxfiy, pinhon, xufiya, bekitiqcha,
yopiq, «imi-jimi»da
sinonimlarining umumiy leksik ma‟nosi bir bo„lsa-da, uslubiy
qo„llanishiga ko„ra bir-biridan farqlanadi. Bulardan
Do'stlaringiz bilan baham: |