Udk axmadova umidaxon shavkayt qizi publisistik uslubda perifrazalar



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/107
Sana03.01.2022
Hajmi0,94 Mb.
#316186
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
Bog'liq
publisistik uslubda perifrazalar

 

 

 

 

 

 

 

 


 

56 


UCHINCHI BOB 

PUBLITSISTIK USLUBDA QO„LLANUVCHI PERIFRAZALARDA 

SINONIMLIK MUNOSABATI 

 

III.1. Tilshunoslikda lisoniy ma‟nodoshlik

 

        



     Har  bir  davrning  buyuk  tilshunoslari  bo„ladi.  Ular  o„z  yurti  va  xalqining  tili 

haqidagi  fikrlarini  o„rtaga  tashlaydilar,  tadqiq  qiladilar  va  o„rganadilar.  Xalqni 

buyuk  maqsadlar  sari  yetaklovchi  bayroq  sifatida  namoyon  bo„ladigan 

g„oyalarning  muayyan  davr  mafkurasiga  aylanishida  tilshunoslik  bilimlari  katta 

ahamiyat kasb etadi va o„z dolzarbligini hamisha saqlab qoladi.   

     Sinonimiya    (ma‟nodoshlik)  hodisasi  ham    o„zbek  tilida  atroflicha  o„rganilgan 

til  birliklaridan  biri  sanaladi.  Ayniqsa,  bu  boradi  Azim  Hojiyev,  Shavkat 

Rahmatullayev,  Ayub  G„ulomov,  Ernest  Begmatov,  Yo.Tojiyev  kabi 

olimlarimizning  xizmatlari  katta.  Sinonimiya  hodisasi  o„zbek  tilining  asoschisi, 

so„z  mulkining  sultoni  Hazrat  Alisher  Navoiyning  ham  nazarlariga  tushgan 

hodisalardan biridir.  Navoiy turkiy tilning ifoda imkoniyatlari haqida gapirar ekan, 

bir ma‟noni darajalanishiga yoki holatiga qarab turib bir nechta so„z orqali berish 

mumkinligini,    fors-tojik  tilida  esa  bunday  imkoniyatning  yo„qligini  aytib  o„tadi. 

Aka, uka, og„a, ini;  singil, egachi, opa

 kabi so„zlarning fors-tojik tilida 



birodar

 va 


xoxar 

so„zlari  bilan  berilishini  ta‟kidlaydi.    Bulardan  ma‟lum  bo„ladiki,  

sinonimiya hodisasiga azaldan qiziqish katta bo„lib kelgan. 

     “O„zbek  tili  sinonimlarining  izohli  lug„ati”da  sinonimlar  va  sinonimik 

munosabat  to„g„risida    quyidagicha  fikr-mulohazalar  keltirib  o„tilgan.  Sinonimlar 

talaffuzi,  yozilishi  har  xil,  birlashtiruvchi  ma‟nosi  bir  xil  (umumiy)  bo„lgan, 

qo„shimcha  ma‟no  nozikligi,  emotsional  bo„yog„i,  qo„llanishi  kabi  bir  qator 

xususiyatlari  bilan  o„zaro  farqlanadigan  so„zlardir.  Ana  shunday  umumiy 

(birlashtiruvchi)  ma‟no  bilan  o„zaro  bog„lanuvchi  so„zlar  guruppasi  sinonimik 

qatorni tashkil etadi. Sinonimik qator ikki yoki undan ortiq so„zdan iborat bo„lishi 

mumkin:  gul,  chechak;  boplamoq,  qoyil  qilmoq,  qoyillatmoq,  o„xshatmoq, 



 

57 


o„rinlatmoq,  kelishtirmoq,  do„ndirmoq,  qiymoq,  eshmoq,  mondalamoq,  yasamoq. 

Ko„p ma‟noli so„zlar bir emas, ikki yoki undan ortiq ma‟nosida o„zaro sinonimik 

qator tashkil etishi mumkin. Sinonimik qatordagi so„zlar ifodalaydigan tushuncha 

doirasi  o„zaro  farqli  bo„lishi  mumkin.  Masalan, 



yoqtirmoq,  xohlamoq;  istamoq, 

xohlamoq.  Bajarmoq,  ado  etmoq,  bitirmoq,  o„rinla(t)moq,  do„ndirmoq,  o„tamoq, 

bajo  qilmoq;  bitirmoq,  tugatmoq,  tugallamoq,  tamomlamoq,  tamom  qilmoq; 

tugatmoq,  sob  qilmoq,  soblamoq,  bitirmoq,ado  qilmoq,  yo„qotmoq,  yo„q  qilmoq, 

quritmoq. 

Sinonimik  qatordagi  so„zlar  ifodalaydigan  tushuncha  doirasi  o„zaro 

farqli  bo„lishi  mumkin.  Masalan, 

yordamlashmoq, 

yordam  qilmoq, 

ko„maklashmoq,  qarashmoq,  boqishmoq  so„zlari  “yordam  ko„rsatmoq”,  “ko„mak 

bermoq” ma‟nosi bilan bir sinonimik qatorni tashkil qiladi. Bu sinonimik qatordagi 

yordamlashmoq  so„zi  ifodalaydigan  tushuncha  doirasi  keng.  Bu  so„z  jismoniy 

harakat  (xizmat)  bilan  yordam  ko„rsatish,  moddiy  yordam  ko„rsatish,  fikr-

mulohaza  bilan  va  boshqa  tarzda  yordam  ko„rsatish  ma‟nosini  ifodalay  oladi 

(ko„tarishga 

yordamlashmoq, 

imtihonga 

yordamlashmoq, 

tirikchilikka 

yordamlashmoq  va b.).  Ko„maklashmoq,  qarashmoq so„zlari esa  asosan  jismoniy 

harakat  bilan,  ba‟zi  hollardagina  boshqa yo„l  bilan  yordam  ko„rsatishni ifodalash 

uchun  qo„llanadi.  Boqishmoq  fe‟li  esa  faqat  jismoniy  yo„l  bilan  yordam 

ko„rsatishni ifodalash uchun qo„llanadi. Sinonimik qatordagi so„zlar nutqning biror 

turiga, uslubiga xosligi jihatidan ham o„zoro farqlanishi mumkin. Masalan, sovg„a, 

hadya,  tortiq,  armug„on,  tuhfa  sinonimik  qatorida    va  armug„on  so„zlari  kitobiy 

uslubga  xos.  Urishmoq,  yoqalashmoq,  solishmoq,  mushtlashmoq,  so„qishmoq, 

tashashmoq  sinonimik  qatoridagi  solishmoq,  so„qishmoq,  tashashmoq  so„zlari 

oddiy  so„zlashuvga  xos.  Sinonimik  qatordagi  so„z  hozirgi  adabiy  til  nuqtai 

nazaridan  eskirgan  bo„lishi  mumkin.  Masalan,  xursandlik,  sevinch,  quvonch, 

shodlik, surur, farah, bexbudlik, so„zlari eskirgan so„zlardir. Foyda, naf, manfaat, 

hayon  sinonimik  qatorida  hayon  eskirgan  so„z.  Ushbu  keltirilgan  xususiyatlar 

sinonimik  qatordagi  so„zlarning  ko„zga  yaqqol  tashlanadigan  eng  muhim 

belgilaridir. Sinonimlar bir umumiy ma‟no ifodalasalar-da, lekin ko„rib o„tilgan va 



 

58 


bundan  boshqa  o„zaro  farqli  xususiyatlari  sababli  ularning  har  biri  tilda  (nutqda) 

o„z qo„llanish o„rniga ega bo„ladi [77, 4-5bet].    

     Sinonimlar  haqida  “O„zbek  tili  leksikologiyasi”  (1981)  kitobida  ham 

sinonimlarni  “bir-biriga  yaqin  ma‟noli  so„zlar”  va  “bir-biriga  yaqin  yoki  bir  xil 

tushunchani  bildiruvchi  so„zlar”  deb  ta‟riflovchilar  ularning  (sinonimlarning) 

ma‟nosi  va  boshqa  xususiyatlari  jihatidan  o„zaro  teng  (bir  xil)  bo„lmasligini 

nazarda  tutishlari  haqidagi  fikrlar  keltirilgan  [235].          Sinonimiya  so„zi  aslida 

grekcha



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish