52
Aqlli odam hayotdan to„g„ri xulosa va saboq chiqaradi. Shu ma‟noda,
hayot
biz
uchun doimo
saboq maktabi
desak, yanglishmagan bo„lamiz.
(Karimov I.A. Ona
yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo„lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir.
–T.: “O„zbekiston”, 2015. – B. 302).
Umr gavhari – tarbiya
Tarbiya inson umrini bezaydigan gavhar. Undan ayro iste‟dod g„arib, qobiliyat
esa no„noqdir
(“Mahalla”, 2017-yil, 2-fevral).
Demak, yuqorida keltirilgan barcha misollarimiz tasviriy ifoda (perifraza)lar
bo„lib, ular badiiy tasvir vositasi bo„lib xizmat qiladi. Tahlillar ularning
evfemizmlarga o„xshashligidan dalolat beradi. Ammo, tasviriy ifodalarda shaxs,
narsa-buyum, joy va boshqa nomlarni oydinlashtirish, nutqiy g„alizlikning oldini
olish maqsad qilinsa, evfemizmlarda esa qo„pol, noqulay, beodob so„z va so„z
birikmalarini qulay, odobli, chiroyli so„z va so„z birikmalariga almashtirish
maqsad qilinadi. Masalan,
Ra‟noni egasiga topshirmagunimizcha, dedi Nigor
oyim, – quyilmaydiganga o„xshaydi
[74, 5]. Keltirilgan jumlada nutq odobi
nuqtayi nazaridan
erga bermoq
iborasi o„rnida
egasiga topshirmoq
shaklidagi
evfemizm qo„llangan;
“...yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofirlarga
saxovat ko„rsatish sidqidildan, beg„araz yordam berishni anglatadi va bunday
xususiyat xalqimizning ma‟naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta
olmaydi”
(I.A.Karimovning “Yuksak manaviyat–yengilmas kuch” asarlaridan). Bu
o„rinda
"nogiron"
evfemizmi qo„llanilgan. Mana shu jumladagi evfemizm kishida
ko„ngilsizlik, umidsizlik, tushkunlik ifodalaydigan
"shol", "bir qo„li yo„q",
"oyog„i
yo„q", "ko„r"
kabi bir qator nuqsonlarni mumkin qadar beozorroq tusga kiritishga
xizmat qilyapti.
Perifraza va evfemizmga oid misollarni qiyoslashdan shu narsa ayon bo„ldiki,
perifrazada ijobiylik kuchli, aniqrog„i ijobiylikdan ijobiylikka intiladi, bir nomni
yanada ta‟sirli atashni tashkil qiladi, takrorlarning oldini oladi, evfemizmda esa
salbiylikdan ijobiylikka intilish, qo„pollikdan yumshoqlikka, mayinlikka erishish,
so„zni madaniylashtirish, eshitimli qilish maqsad qilinadi.
53
Ma‟lum bo„ladiki, tasviriy ifoda (perifraza)lar publitsistik uslubning ham
komponenti bo„lib, uning shakllanishida muhim rol o„ynaydi. Yuqorida keltirilgan
barcha tahliliy misollar va parchalarda tasviriy ifodalarning qo„llanganligi fikrimiz
dalilidir va publitsistik uslubning perifraza (tasviriy ifoda)lar bilan boyib
borayotganligini ko„rsatuvchi yorqin misol hisoblanadi. Tasviriy ifodalar
so„zlashuv uslubi tarkibida ham aktiv qo„llanib kelinmoqda. So„zlashuv nutqi nutq
momentidagina mavjudligi, so„z tanlash va so„z qo„llashning yozma nutqqa
nisbatan erkinligi, so„z iqtisod qilish qonuniyatining amal qilish jarayonlari tasviriy
ifodadan osonlik bilan foydalanish imkoniyatini beradi. Buning isbotini esa yon
atrofimizda, kundalik turmushimizda uchratyapmiz.
Xulosa qilib aytadigan bo„lsak, tasviriy ifoda (perifraza)larni bitta tushunchani
ifodalaydigan, bir so„zni ikkinchi yangi bir mos so„zga almashtirish, matnda
so„zlarni mohirona qo„llash orqali tushunchalar ta‟sir doirasini oshirib, nutqiy va
uslubiy jihatdan yutuqlarga erishishni bildiruvchi san‟at deya nomlasak xato
bo„lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: