«
yashirin
»
sifati «sirli, o„zgaga
bildirilmaydigan» leksik ma‟nosi bilan umumleksikaga oid bo„lib,
maxfiy
sifati
rasmiy uslubga,
pinhon
so„zi badiiy uslubga,
xufiya
so„zi dialektal uslubga,
bekitiqcha, yopiq va «imi-jimi»da
so„zlari esa jonli so„zlashuv uslubiga oiddir.
Shuning uchun ularning barchasi
yashirin
so„ziga nisbatan doimiy, barqaror
sinonimlar emas. Leksik ma‟nosi bir xil bo‟lgan birdan ortiq so„zlarning
birlashtiruvchi ma‟nosi bilan o„zaro bog„langan guruhiga sinonimik qator deyiladi.
Sinonimik qator ikki yoki undan ortiq so„zlardan tarkib topadi:
iljaymoq,
jilmaymoq, ishshaymoq, tirjaymoq; osmon, ko„k, samo, falak; qiziq, g„alati, ajoyib,
alomat, antiqa, ajab, ajib
kabi. Sinonimik qatorni tuzishda ma‟lum chegaraga va
aniqlikka ega bo„lgan, uslubiy jihatdan «betaraf» bo„lgan so„zga dominanta
deyiladi. Yuqoridagi misollardagi
osmon, jilmaymoq, qiziq
so„zlari o„z
qatorlarining dominantalaridir. O„zbek adabiy tilida sinonimik qatorlar ham ichki,
ham tashqi manba: chetdan so„z olish (erk – o„zbekcha, ozod – forscha), adabiy til
va dialektal so„zlar (narvon – adabiy, shoti va zangi – dialektal), polisemantik
so„zlar (bet – yuz, sahifa) hisobiga tashkil topadi. Ta‟kidlash joizki, sinonimik
63
qatorni tarkib toptiruvchi so„zlar ayni bir tilda, ayni bir vaqtda lug„aviy birlik
holida qayd etilishi kerak. Shuning uchun ma‟nodosh so„zlarning sinonimik qatorni
tashkil qilishida quyidagi talablar qo„yiladi:
1. Adabiy tilga munosabati:
izlamoq, istamoq.
2. Uslubiy qo„llanishi:
inson, bashar.
3. Emotsional-ekspressivligi:
yuz, chehra
kabi.
Tilda hamma so„z turkumlari sinonimik qator hosil qila oladi:
odam – inson,
go„zal – chiroyli, ming – lak, hamma – barcha, yig„lamoq – siqtamoq, tez –
chaqqon, shivir-shivir, pichir-pichir
kabilar.
Sinonimlarning paydo bo„lish manbalari sifatida quyidagilarni ko„rsatish
mumkin:
1. O„zbek tilining o„z ichki imkoniyatlari asosida:
a) tub so„zlar:
odam, kishi; aytmoq, demoq
kabi;
b) tub so„z va yasamalar:
his, sezgi; savol, so„roq; vazifa, topshiriq
kabi.
2. O„zbek tili va boshqa turkiy tillar o„zaro aloqasi asosida:
paxta, momiq
kabi.
3. O„zbek tili va uning dialektlari munosabati asosida:
narvon, shoti, zangi; satil,
paqir, chelak
va b.
4. O„zbekcha va chetdan qabul qilingan so„zlar:
yuz, bet
(o„zbekcha),
aft, chehra
(forscha);
ulug„, katta
(o„zbek),
kalon, buzurg
(fors-tojik),
gigant
(rus) kabilar.
Sinonimlar ham perifrazalar (tasviriy ifodalar) singari og„zaki va yozma nutqda
amaliy ahamiyatga ega, chunki ular so„zni o„rinsiz takror ishlatishga yo„l
qo„ymaydi, uslubning ravonligini ta‟minlaydi, jimjimadorligi bilan ma‟naviy zavq
ulashadi, bir xillikning oldini oladi.
Sinonimlar ham badiiy tasvir vositasidir. Yozuvchilar o„z asarlarida
sinonimlardan asar qahramonlarining xarakterini ochishda, manzaralarni obrazli,
go„zal, jonli, eshitimli tasvirlashda keng foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |