II BOB. DOSTONLARDA MILLIYY RUH IN’IKOSI
II.1. SHOIRA DOSTONLARIDA IJODKOR SHAXSIYATI IFODASI
Saida Zunnunovaning “Sodiq va Anor” (1947), “Xayrixon” (2949), dostonlari o’z davri uchun dolzarb mavzuda yozilgan. Shoiraning yirik janrlarining ilk tajribalari bo’lgan ushbu dostonlar badiiy jihatdan yetuk emasligi bois keyinchalik “Tanlangan asarlar” to’plamiga kiritilmagan.
Shoiraning “Ruh bilan suhbat” (1966), “Qo’shnilarim”, (1968), “Alla” (1972), “Lirik nutq” (1974) dostonlarida epik tasvirdan ko’ra lirik qahramonning ruhiy-psixologik holatini yoritish ustunlik qiladi. Dostonlarda insonning taqdiri, davrining dolzarb muammolari, ayol va uning baxti, tinchlikni asrash, muhabbat mavzusi yetakchi o’rinda turadi. Shoira dostonlarida ham she’rlaridagi kabi muallif shaxsining o’rni, ayol obrazini yaratishdagi o’ziga xoslik yaqqol namoyon bo’ladi.
Shoiraning “Qo’shnilarim” va “Lirik nutq” dostonlari sof avtobiorgafik xarakterga ega. “Qo’shnilarim” dostoni muallifning o’z mahalladoshlari, qo’shnilariga samimiy muhabbati ramzi va ko’p yillik izlanish, tayyorgarlikning samarasi o’laroq dunyoga kelgan. Mazkur asarni muvzu va syujet jihatidan Sulton Akbariyning “Mening mahallam” dostoniga qiyoslash mumkin. Har ikki doston lirik qahramonning mahallasini kezish asnosida o’tmish xotiralaridan iborat. “Mening mahallam” dostonida ijtimoiylik, davr siyosatiga hamohanglik ruhi ustivor. Uning lirik qahramoniga o’tmish “Xippa bo’lgan jahonnam”, qorong’u va chirkin bo’lib tuyuladi. Muallif hatto ikki qo’shni suhbatidan ham eski va yangi davrni qarama-qarshi qo’yish, o’tmishni qoralash, inkor etish maqsadida foydalanadi. Bu kitobxonda Saqichmondek xaroba joyda gashtsiz o’tgan qahramonning mahallasiga bo’lgan muhabbatiga ishonchsizlik uyg’otdi. Dostonda ko’chalar, hovli va uylar, davrning dolzarb masalalari haqida uzundan-uzoq gaplar aytiladi, lekin mahalladoshlar, qo’ni-qo’shnilarning mehr-oqibati, dardu dunyosi, ularni bir-biriga bog’lab turuvchi rishtalar nimalardan iborat ekani yoritilmaydi.
Saida Zunnunovaning “Qo’shnilarim” dostonida esa lirik qahramon xotiralari urush ofatini mustasno etganda go’zal va diltortar, samimiyat bilan o’qiladi. Bunga quyidagi satrlarni misol qilib keltirish mumkin:
Mahallamdan asta boraman o’tib
Bolalik yillarim kechgan ko’chadan.
Tug’ilgan shahrimdan qolganman ketib,
Sog’inib kelaman ancha-anchada.
Lekin menga tanish har go’sha, har uy,
Har bitta darvoza, har bitta daraxt.
Olis-olislarga tortqilaydi o’y,
Qalbim hayollarning ko’ksida karaxt.
Bu yerda hech narsa o’zgarmagandek,
Devor nahrasiga bosh qo’ygan tut ham.
Dovuchcha paytidan siylagan qantak
Hali ham mahalla ahliga hamdak.
Chang qo’ngan yaproqlar sarg’aygan bir oz,
Qari tanasida bormikan izim.
Ana, chak-chak tomgan suvida navro’z
Sochimni yuvgandim qadrdon uzum.
Hammasi o’shanday, faqat qo’shterak,
Bahaybat qo’shterak ko’rinmas bugun.
Orziqib tushardi boqqanda yurak,
Bola hayolimga tashlardi tugun.
Tubila bo’lardi hovuzi supa,
Suvida suzardi baqayu hazon.
So’lim saharlarda shu yerdan so’fi
Jimjitlikni buzib aytardi azon18
Shoira shu tariqa mahallasining manzarasini chizadi. Qo’sh
nilari haqida iliq gaplarni bitadi:
Bunda men tanigan birinchi odam,
Birinchi ko’rganim qadrdon qo’shnim,
Shu joyda ilk marta mehribon onam
Meni allalagan mehrdan jo’shib.
Osmon tiniqligin sezganman shunda,
Er uzra birinchi qo’yganman qadam.
Ha, mahallasi va qo’shnilari lirik qahramon uchun aziz va mukarram. “Bahor go’zalligi, quyosh jilosi shu joyda singigan ko’zu dilimga” deb yozadi shoira. “Shu joyda hayotning ilk alifbosi”, behi gulidagi mayin chiroydan hayratlangani, yulduzlarni sanab, oyga termulgani, nomini ilk marta chaqirib dugonasi kelgani.... Hamma-hammasi shu yerdan-mahalladan boshlangan. Shuning uchun ham shoira:
Do'stlaringiz bilan baham: |