Oʼzbekistonda qishloq joylarining turistik salohiyati. (3.2.1-jadval)
40
№
Turizm turlari
Turistik resurslar
Foydalanish
imkoniyatlari
1
Tarixiy
arxeologik
turizm
Tarixiy obidalar, arxeologik qazilmalar
Oʼrta
2
Etnografik
turizm
Аnʼanaviy mahalliy hayot tarzi, milliy
folklor, xoʼjalik faoliyati usullari, turli
marosimlar
Yuqori
3
Qishloq xoʼjalik -
agroturizm
Qishloq bogʼlari,madaniy landshaftlar
va qishloq xoʼjalik ishlari,
qishloqlarning oʼziga xos koʼrinishlari
Oʼrta
4
Tanishuv
sayohati
Kurslar va seminarlar (musiqa, kasb-
hunar, tabiiy sogʼlomlashtirish
manbaalari va boshqalar)
Oʼrta
5
Diniy-ziyorat
turizmi
Muqaddas qadamjolar, cherkov, masjid
va boshqa ziyorat joylari, turli diniy
marosimlar
Yuqori
6
Ekologik turizm
Qishloqlarning tabiiy geografik
mintaqalarda (togʼ, togʼ oldi, adir,
choʼl, suv havzalari va boshqalar)
joylashganligi
Yuqori
7
Sogʼlomlashtirish
turizmi
Mineral suv manbaalari, pansionatlar,
sogʼlomlashtirish markazlari, kurortlar
Yuqori
8
Rekreatsiya
turizmi
Betakror joylar, daralar, buloqlar,
oʼrmonlar,daryo boʼylari va boshqalar
Yuqori
Jahonda qishloq turizmiga har bir davlatlar oʼzlaridagi imkoniyat lariga
qarab har xil mazmunda qaramoqda. Masalan, Аngliyada aholisi 7000 kishilik
qishloqlarni qishloq turizmini rivojlantirish rejasiga kiritishadi, Аvstriyada bu
sonlik aholisi boʼlgan qishloqlarni shahar turizmini rivojlantirish rejalariga
qoʼshishadi. Shuningdek, qishloq turizmini, agroturizmni Rossiyalik olimlar
40
Ushbu jadval muallifning tadqiqotlari natijasida tuzildi
72
ekologik turizmning tarmogʼi deb bilishadi. Yevropa davlatlarida aksincha
agroturizm-dehqonchilik bilan bogʼliq turizm, ekologik turizm esa tabiat bagʼrida
boʼlish va uni muhofaza qilishga koʼmaklashish deb belgilangan.
Vatanimizda
qishloq
joylardagi
resurslardan
turistik
maqsadlarda
foydalanishni majmuali tashkil qilish qulayligini hisobga olib yuqorida keltirilgan
turizm turlarini jamlagan holda qishloq turizmi deb atasak bu turizmni
rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish ancha oson kechadi. Shuning uchun ham
qishloq turizmini tashkil qilishdagi muammolarni oʼrganishdan oldin, dastavval
qishloq turizmining mohiyatini, maqsadi va vazifalarini belgilab olishimiz lozim
boʼladi.
Jahondagi koʼplab davlatlarda «Qishloq joylardagi turizm» atamasi ham bor
va ular qishloqlardagi turizm resurslarga bogʼliq holda turistik infratuzilmalarni
yaratadilar. Bu holat ularda qishloq turizmining juda rivojlanganligini va ayrim–
ayrim yoʼnalishlarni hosil qilganligini koʼrsatadi. Biz uchun eng muhimi, qishloq
turizmini rivojlantirish mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish asoslari
ekanligini anglab olishimizdir. Maʼlumki, ichki turizm Butunjahon turizm
tashkilotining tasnifi boʼyicha bir mamlakat aholisining oʼz davlati hududlaridagi
turistik faoliyati deb belgilangan.
Qishloqlardagi turistik resurslar ichki turizmning asosiy obʼektlari
hisoblanadi. Shuning uchun ham АQSh, Kanada, Аngliya, Fransiya, Germaniya,
Ispaniya kabi davlatlar dastlab (oʼtgan asrning 70-yillaridan) oʼz davlatlarida ichki
turizmni rivojlantirganlar, butun aholini yangi ijtimoiy- iqtisodiy sohaga-turizm
jarayonlariga koʼp yillar davomida tayyorlaganlar.Shu tariqa turizmdagi
tadbirkorlik ayniqsa qishloq turizmidagi tadbirkorlik kuchayib ketgan.Lekin
afsuski, biz hozirgacha ichki turzmni ham xalqaro turizmni ham tarixiy obidalari
bor shaharlarga sayohat deb tushunmoqdamiz.
Respublikamizda qishloq turizmini rivojlantirish zarurligining eng asosiy,
dolzarb yana bir bir masalasini–shahar aholisining qishloqlarda dam olishini
tashkil qilish deb tushunmogʼimiz lozim.Qayd qilganimizdek, dunyoda qishloq
turizmini rivojlantirish orqali ichki turizmni soʼngra xalqaro turizmni rivojlantirgan
73
va jahon turizmida «lider» oʼrinlarni egallab kelayotgan АQSh, Kanada, Fransiya,
Аngliya, Germaniya, Italiya, Аvstraliya va Ispaniya davlatlari jahon turizmidagi
hozirgi mavqeʼlariga dastlab qishloq turizmini rivojlantirish orqali erishdilar.
Gʼarbiy Yevropaning barcha davlatlari ham qishloq turizmini jadal
rivojlantirishmoqda. Sharqiy Yevropa davlatlari koʼp yillar sobiq sovetlar taʼsirida
boʼlganligidan qishloq turizmini ishlab chiqish dasturlarini tuza olmadilar.
Shunday qilib Respublikamizda qishloq turizmini rivojlantirishning mohiyati–
qishloqlarimizga ichki va xalqaro turistlarni jalb qilish asosida qishloqlarimizdagi
obodonchilikni kuchaytirish, qishloqlarimiz aholisini xalqaro hamdoʼstlik
jarayonlariga qoʼshish va qishloqlarimizni xalqaro miqyosda dunyoga koʼrsatish
hisoblanadi. Qishloq turizmini rivojlantirishning maqsadi–qishloq aholisining ish
bilan bandligini qoʼshimcha imkoniyatlar asosida oshirish, qishloq aholisi
mahsulotlarining koʼproq sotilishini taʼminlashdir.
Qishloq turizmini rivojlantirishning asosiy vazifasi– qishloqlarda turizmni
rivojlantirish tadbirkorligini tashkil qilish asosida qishloq turizmi xizmatlari va
servisni, qishloq turizmi infratuzilmalarini yaratishdan iboratdir deb belgilasak
toʼgʼri boʼladi.
Endi, tan olishimiz lozimki, qishloq turizmini rivojlantirish mavzusida
respublikamizda hali jiddiy ilmiy-tadqiqotlarning boshlanmaganligini hisobga olib
xalqaro texnologiyalar va dasturlarni oʼrganishimiz zarur boʼladi. Qishloq
turizmini rivojlantirishda albatda Yevropa Ittifoqining «Qishloq turizmini
rivojlantirishning strategik rejalari»ni oʼrganishimiz lozim. Bu strategik rejaga
asosan qishloq turizmini rivojlantirish dasturiga quyidagilar kiritilgan. Biz uchun
bu dastur ancha muhim boʼlishi mumkin;
qishloq turizmini rivojlantrishning huquqiy va meʼyoriy asoslarini
takomillashtirish;
salohiyatli turistlarga va rivojlanayotgan tarmoqlarning axborot byurolariga
qishloq turizmi haqidagi barcha maʼlumotlarni, axborotlarni bepul yetkazib berish;
vchi dehqon xoʼjaliklarini manzili boʼyicha moliya viy
quvvatlash;
74
qishloq infratuzilmalarini takomillashtirish boʼyicha maqsadli mablagʼlar
ajratish;
qishloq turizmi korxonalarini xususiylashtirishda davlatning foizli
qatnashuvini taʼminlash;
qishloq joylarining holati manitoringini doimiy oʼtkazib borish;
fermerlarni dotatsiyalash va imtiyozli soliqlar belgilashda ragʼbatlantirish
siyosatini qoʼllash;
loyihalarni amalga oshirish uchun investorlarni izlash;
Umumiy
qilib
olganda
Yevropa
davtlarida
qishloq
turizmini
rivojlantirishdan 3 ta siyosiy holatni tashkil qilish va 3 ta manfaatni hosil qilish hal
qilinmoqda.
1. Qishloq joylarda yangi ish oʼrinlarini tashkil qilish asosida qishloq iqtisodiyotini
koʼtarish, qishloqda ishlab chiqarish va savdo – sotiqni kuchaytirish;
2. Shaharliklarning maqsadli dam olishini tashkil qilish orqali shaharliklarning
mablagʼlarini qishloqga yoʼnaltirish;
3. Soliq tizimi orqali davlat xazinasiga qoʼshimcha mablagʼlarni tushirish
hisobidan
qishloqlarni
obodonlashtirish,
koʼkalamzorlashtirish
(turizm
infratuzilmalari, transport kommunikatsiyalari, mehmonxonalar, ovqatlantirish
korxonalari, sport inshootlari va boshqalar).
Yevropadagi mamlakatlardagi qishloq turizmidagi turistik talab va
takliflarning oʼsishi istiqbollarini tahlil qilganimizdan maʼlum boʼladiki, bu
davlatlardagi 30 % shahar aholisi aynan qishloqlarda dam olish ham qishki
mahsulotlarni gʼamlash orqali qishloq turizmini kuchli rivojlantirishning maqsadli
yoʼnalish ekanligidan dalolat beradi. Qishloq turizmini rivojlantirishda jahonning
koʼplab davlatlari Yevropa modellaridan, dasturlaridan, strategik rejalaridan nusxa
olmoqdalar. Chunki, hozirda qishloq turizmi faqat Yevropa davlatlarida barqaror
rivojlanmoqda.
Mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda xalqaro modellar, tan
olingan texnologiyalar va strategik rejalarni qoʼllash masalasini tahlil qilganimizda
shunday xulosa kelib chiqadiki, ushbu modellar, texnologiyalar va strategik
75
rejalarda biron bir qoyil qiladigan yoki hayratga tushadigan tomonlari yoʼq. Bu
texnologiyalar va strategik rejalarda belgilangan jarayonlar va voqeʼliklar, tashkiliy
jihatlarni hech qiynalmasdan tashkil qilishimiz ham, bajarishimiz ham mumkin.
Bu sohada eng muhimi ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizda ijobiy oʼzgarishlar
yaratadigan ushbu muhim sohani tashkil qilish va rivojlantirish rejalari, dasturlarini
ishlab chiqish jarayonlarini boshlashimiz kerak. Yevropa davlatlarining qishloq
turizmi oʼtgan asrimizning davomida hozirgi taraqqiyotiga erishgan. Qishloq
turizmini tashkil qilishda 1970-yillarda dastlab Fransiyaning «Turizm va qishloq
joylarni rivojlantirish agentligi», Аvstriyada–Аvstriya fermerlik turizmi
assotsiyasi», 1990 yilda Yevropa Ittifoqining- «Qishloq joylarni majmuali
rivojlantirish Umum Yevropa «Lider» dasturi» tashkilotlari muvaqqiyat bilan
ishlab kelmoqda.
Demak, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda birinchi navbatda
«Oʼzbekturizm» milliy kompaniyasi tarkibida «Qishloq turizmini rivojlantirish»
boʼlimini tashkil qilishimiz zarur. Bu boʼlim qishloq turizmini rivojlantirish uchun
quyidagi ishlarni amalga oshirishi maqsadli yoʼnalish boʼladi:
qishloqlardagi turistik resurslarning roʼyxatini olish, ulardan ichki va xalqaro
turizmda foydalanish darajalari, tavsiflarini ishlab chiqish;
qishloq turizmida atrof muhitni muhofaza qilishda ekologik turizmni
rivojlantirish dasturlarini yaratish;
qishloqlarda yetishtirilayotgan va ishlab ishlab chiqarilayotgan mahalliy
mahsulotlarning sifatini koʼtarish va isteʼmolchini taklif qilish;
qishloq turizmida marketingni tashkil qilish va talab-taklif-isteʼmolchi
tizimidagi ishlarning strategik rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
qishloq turizmining infratuzilmalarini yaratish usullarini ishlab chiqish va
qishloq turizmi infratuzilmalarini yaratish.
Mamlakatimizda birinchi navbatda qishloq turizmini rivojlantirishda davlat
dasturi ishlab chiqilishi talab qilinadi, ikkinchi talab esa strategik reja yaratishdir.
Qishloq turizmini rivojlantirish rejasi, davlat dasturi, boshqaruv tarkibi, moliyalash
tizimi, qishloqlardagi imkoniyatlar, qishloqlardagi turistik resurslar, qishloq
76
aholisining qishloqlarga turistlarning tashrifi haqidagi munosabatlari, qishloq
ijtimoiy–iqtisodiy hayotiga taʼsiri,qishloq tabiiy resurslariga taʼsiri haqida davlat
ommaviy nashrlarida respublikamizning olimlari, mutaxassislari, ijtimoiy-iqtisodiy
sohalar mutaxassislari doimo ilmiy ommabop maqolalar bilan chiqishlari maqsadli
boʼladi.
Birinchidan, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirish masalalari,
muammolari va ularning yechimlari haqida yengil oʼqiladigan va yengil
tushuniladigan oʼquv-uslubiy qoʼllanmalar chop qilib qishloqlar aholisiga bepul
taraqatilishi kutiladigan natijalarni beradi.
Ikkinchidan, shaharlarimizda yashayotgan aholining dam olishini tashkil qilish,
shaharliklarni qishloqlar bilan bogʼlash, ularning qishloq xoʼjalik mahsulotlarini
qishki mavsumga gʼamlab olishi sharoitlarini yaratish, ayniqsa shaharlik
bolalarning qishloqlarda hordik chiqarishini, tabiat bagʼrida boʼlib tabiatni
anglashni, ekologik ong, ekologik madaniyatni shakllantirishimiz tabiatga mehr
uygʼotishimiz osonlashadi.
Uchinchidan, qishloq turizmini rivojlantirishda soliq tushumlarining
koʼpayishini taʼminlash va ushbu mablagʼlar asosida qishloq joylarni
obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish imkoniyatlari paydo boʼladi.
Toʼrtinchidan, qishloq turizmini rivojlantirish asosida qishloq tabiatini
muhofaza qilish, tarixiy obidalarni muhofaza qilish, taʼmirlash, muqaddas
ziyoratgohlarni obod qilish va koʼkalamzorlashtirish, ulardan xalqimizning erkin
foydalanishini taʼminlash masalalari hal boʼladi.
Beshinchidan, jahon xalqlari qishloqlarimizda saqlanib qolingan va
mustaqilligimiz tufayli tobora sayqallanib borayotgan milliy meʼrosimiz, milliy
sanaʼtimiz va madanyatimiz bilan yaqindan tanishadi.
Hozirga kelib Yevropa davlatlarining qishloq turizmini rivojlantirish
dasturlarini jahondagi koʼplab davlatlar qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro
modellari deb qabul qilmoqdalar. Chunki, bu dasturlar qishloqlarning ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini koʼtarishda, qishloqlar aholisini ish bilan taʼminlashda juda
77
ustivor imkoniyatlarni yaratishi maʼlum boʼldi. Quyida ana shu modellardan
namunalar keltiramiz:
Qishloq turizmini rivojlantirishning Buyuk Britaniya modeli;
1.
Qishloq turizmini rivojlantirishga asoslar;
kelgusida qishloq xoʼjalik yerlarining olib qoʼyilishi xavfi;
qishloq joylarda qadim madaniyat joylarining borligi.
2.Аsosiy vazifalar;
fermerlik turizmini rivojlantirish;
qishloq turizmini rivojlantirishda notekislikni yoʼqotish.
3.Аsosiy instrumentlar;
qishloq turizmini rivojlantirish dasturini kreditlash, dotatsiyalash;
turistik tashkilotlarning fermerlar manfaatini himoya qilishi.
4.Moliyalashtirish manbalari;
davlat va xususiy investorlar.
5.Qishloq turizmining ahamiyati;
agrar ixtisoslashtirishning alternativ yoʼnalishi
Qishloq turizmini rivojlantirishda Fransiya modeli;
1.Qishloq turizmini rivojlantirishga asoslar;
noqulay va kam mahsuldor yerlarning borligi;
qishloq turizmining bilish, sport va davolash turizmlari bilan qoʼshilish
imkoniyatlarining borligi.
2.Аsosiy vazifalar;
qishloq turizmini rivojlantirish darajalarida hududiy farqlarni yoʼqotish;
gastronomiya va vinochilik turizmlarini rivojlantirish.
3.Аsosiy instrumentlar;
shimoliy-gʼarbiy departamentlar turistik mahsulotlarini harakatga keltirish;
fermerlar va ularning loyihalarini yakka tartibda quvvatlash.
4.Moliyalashtirish manbalari;
davlat va xususiy investorlar.
5.Qishloq turizmining ahamiyati;
78
agrar ixtisoslashtirishning alternativ yoʼnalishi.
Qishloq turizmini rivojlantirishda Germaniya modeli;
1.Qishloq turizmini rivojlantirishga asoslar;
alohida federal viloyatlarning ijtimoiy-iqtisobiy rivojlantirish darajasidagi
farqlar (yuqori, oʼrta, past);
qishloq turizmining bilish, sport va davolanish turizmlari bilan qoʼshilish
imkoniyatlari.
2.Аsosiy vazifalar;
voqealar, hodisalar turizmlari bazasida qishloq va fermerlik turizmlarini
rivojlantirish.
3.Аsosiy instrumentlar;
fermerlar va ularning loyihalarini yakka tartibda quvvatlash;
turistik mahsulotlarni past rivojlangan viloyatlarga yoʼnaltirish.
4.Moliyalashtirish manbalari;
fermerlarning oʼzi;
xususiy investorlar va davlat (kam miqdorda).
5.Qishloq turizmining ahamiyati;
rivojlangan viloyatlarga qoʼshimcha ixtisoslik;
sobiq GDRning past rivojlangan viloyatlarida agrar ixtisoslashtirish
alternativasi.
Qishloq turizmini rivojlantirishda Italiya modeli;
1.Qishloq turizmini rivojlantirishga asoslar;
janubdagi agrar rayonlarning depressiv holati;
qishloq turizmining choʼmilish-plyaj, sport va davolanish turizmlari bilan
qoʼshilishi imkoniyatlarining borligi;
2.Аsosiy vazifalar;
fermerlik va gastronomiya turizmlarini rivojlantirish;
3.Аsosiy instrumentlar;
kottejlar qurilishi va qishloq uylarini tiklashni ragʼbatlantirish;
qishloq turistik mahsulotini janubiy provinsiyalarga yoʼnaltirish;
79
4.Moliyalashtirish manbaalari;
davlat va xususy investorlar.
5.Qishloq turizmining ahamiyati;
agrar ixtisoslashtirishning alternativasi.
Qishloq turizmini rivojlantirishda Ispaniya modeli;
1.Qishloq turizmini rivojlantirishga asoslar;
janubdagi agrar rayonlarning rivojidagi sustlik;
qishloq turizmining choʼmilish-plyaj, bilish, sport va davolanish turizmlari
bilan qoʼshilish imkoniyatlarining borligi.
2.Аsosiy vazifalar;
bolalar lageri tarmoqlarini rivojlantirish;
qadimiy tosh qalʼalar bazasida mehmonxonalar tizimini yaratish;
gastronomiya turizmini rivojlantirish.
3.Аsosiy instrumentlar;
kottejlar va qishloq uylarini tiklashni ragʼbatlantirish;
qishloq turistik mahsulotini janubiy provinsiyalarga yoʼnaltirish;
4.Moliyalashtirish manbalari;
davlat va xususiy investorlar.
5.Qishloq turizmining ahamiyati;
agrar ixtisoslashtirishning alternativasi.
Qishloq turizmini rivojlantirishda Аvstriya modeli;
1.Qishloq turizmini rivojlantirishga asoslar;
qishloq turizmining bilish, sport, davolanish turizmlari bilan qoʼshilishi
imkoniyatlarining borligi.
2Аsosiy vazifalar;
fermerlar turizmini rivojlantirish;
3.Аsosiy instrumentlar;
qishloq turizmini rivojlantirish boʼyicha ixtisoslashgan tashkilotlar
faoliyatini muvofiqlashtirish;
80
soliqlar qarzdorligini pasaytirish.
4.Moliyalashtirish manbalari;
fermerlarning oʼzlari va xususiy investorlar.
5.Qishloq turizmining ahamiyati;
agrar rayonlarni qoʼshimcha yoʼnalishlarga ixtisoslashtirish.
Qishloq turizmini rivojlantirishda Polsha va Ruminiya modeli;
1.Qishloq turizmini rivojlantirishga asoslar;
agrar rayonlarning depressiv holati;
qishloq joylardagi boy rekreatsiya va ekologik turizm resurslarining
salohiyati.
2.Аsosiy vazifalar;
joylashtirish vositalarini takomillashtirish;
qishloq joylarda infratuzilmalarni rivojlantirish;
dehqonning tadbirkorlik madaniyatini oshirish;
qishloq turistik mahsulotlarini harakatlantirish.
3.Аsosiy instrumentlar;
qishloq turizmini rivojlantruvchi dehqon xoʼjaligini kreditlash;
dehqonlarni Yevropa standartlari boʼyicha xizmat koʼrsatishga oʼqitish;
qishloq joylarda transport tarmoqlarini yaxshilash.
4.Moliyalashtirish manbalari;
davlat (asosiy mablagʼlar).
5.Qishloq turizmining ahamiyati;
agrar ixtisoslashtirishning alternativasi.
Qayd qilingan modellarning mazmuniga eʼtibor beradigan boʼlsak, Yevropa
davlatlarining qishloq turizmini rivojlantirishda yagona dasturga, oʼzaro hamkorlik
va ishlab chiqarish dasturiga ega ekanligini koʼramiz. Shuning uchun ham qishloq
turizmini rivojlantirish boʼyicha Yevropa davlatlari jahonda lider oʼrinlarda
bormoqda.
Qishloq turizmi rivojlangan Yevropa davlatlarining xalqaro miqyosda tan
olingan modellarining tarkibini va ishlash tamoyillarini koʼrib chiqishimizdan
81
maʼlum boʼladiki, bu modellarni hech ikkilanmasdan oʼzimizda qoʼllashimiz
mumkin.
Modellarda keltirilgan jarayonlar va voqeʼliklar, tashkiliy jihatlarni hech
qiynalmasdan tashkil qilishimiz ham mumkin, amalga oshirishi miz ham mumkin.
Faqat bir narsaga eʼtibor berishimiz zarurki, mamlakatimiz aholisi turizmning
tartib-qoidalari va jarayonlardan mutlaqo habarsiz holda.
Turizm toʼgʼrisida qishloqlarimizda hech qanday tashviqot yoki tanishtiruv
ishlari amalga oshirilmasdan kelinmoqda. Turizm rivojlangan mamlakatlarning
tajribasini oʼrganganimizda maʼlum boʼldiki, bu davlatlar dastlab oʼz davlatlarida
ichki turizmni rivojlantirganlar. Shu sababli, bu davlatlardagi koʼplab oilalar
turizm sohasiga oila byudjetidan mablagʼlar ajratishadilar.
Endi, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda xalqaro modellarni
qoʼllashga kelsak viloyatdagi qishloqlarimizning turistik resurslar imkoniyatlarini
hisobga olib modellarni joriy qilsak boʼladi. Fikrimizcha xalqaro modellar ham ana
shu usulga asoslangan. Eng muhimi, xalqaro modellarning qandaydir ishni yoki
muammoni yengillashtiradigan jihatlari yoʼq. Biz qishloqlarimizda yuqorida qayd
qilingan modellardan ham mukammalroq modellarni ishlab chiqishimiz
imkoniyatlaridan foydalanishimiz kerak.
Hozirgacha dastlabki davrda qishloqlarimizda Britaniya modelini ishlatsak
boʼladi. Lekin qayd qilish lozimki, bu modeldagi turistlarni joylashtirsh usullari bir
muncha qulayroq. Yaʼni turistlarni uylarga joylashtirshda qishloq uylarini ijaraga
berish keyinchalik qishloqlarimiz aholisi turizm jarayonini tushunib, uning
daromadli soha ekanligini bilib olganidan keyin turistlar uchun alohida uylar yoki
qishloq mehmonxonalarini qurish yoki boshqa infratuzilmalar yaratish oʼz-oʼzidan
boshlanib ketishi aniq jarayon hisoblanadi.
Qishloqlarimizda turizmni rivojlantirganimizda Italiya modeli ham qoʼl
kelishi mumkin. Bu modelning afzalliklari shundan iboratki, italyanlar turistlarni
qishloqlarda joylashtirishga koʼpam eʼtibor berishmaydi.Ular har bir viloyatlardagi
qishloqlarning turistik imkoniyatlari va foydalanish uchun deyarli ixtisoslashgan
turistik infratuzilmalar yaratishadi.
82
Biz qishloq turizmini rivojlantirish uchun dastlab davlat ahamiyatiga molik
boʼlgan ―qishloq turizmini rivojlantirishning strategik rivojlantirish dasturi‖ni
ishlab chiqishimiz kerak. Chunki, hozirgacha qishloq turizmini rivojlantirish
haqida katta kichik hajmdagi tadqiqotlarni ham boshlaganimiz yoʼq.
Masalan, Fransiya davlatida 1971-yildan ―Turizm va qishloq joylari‖
assotsiatsiyasi, Аngliyada ―Turizm va qishloqlarni rivojlantirish‖ agentligi 2000-
yildan, Аvstriyada 1991-yildan ―Аvstriya fermerlik turizmi assotsatsiyasi‖
muvafaqqiyat bilan ishlab kelmoqda. Bu tashkilotlarning ish uslubini
oʼrganganimizda ular birinchi navbatda ―turizmning qishloqlarga yurishi‖ dasturini
amalga oshirganlar va bu dasturni bosqichma-bosqich amalga oshirib kelmoqdalar.
Yuqoridagi maʼlumotlarni tahlil qilganimizda mamlakatimizda qishloq
turizmini rivojlantirshda birinchi navbatda qo‘mita tarkibida ―Qishloq turizmini
rivojlantirish‖ boʼlimini tashkil qilishimiz lozim boʼladi. Bundan keyin
«Oʼzbekturizm MK»ning viloyatlrdagi boʼlimlari ham, viloyat hokimliklari va
tuman hokimliklari oʼz tarkiblarida qishloq turizmini rivojlantirish boʼyicha
turistik shtatlar ochish qishloq turizmini rivojlantirishda maqsadli yoʼnalish
boʼladi. Bu boʼlimlar va turistik shtatlar qishloq turizmini rivojlantirish uchun
quyidagi ishlarni amalga oshirishi zarur:
1.Turizmda talab va takliflar muvozanatini takomillashtirsh;
2.Hududlar darajasida qishloq turizmini rivojlantirishning chiqimsiz,
kamomadsiz holatiga erishish;
3.Qishloq turistik mahsulotining sifatini koʼtarish;
4.Qishloq landshaftlarni muhofaza qilish;
5.Turistik firmalarga xodimlar tayyorlash sifatini yaxshilash;
6.Qishloq turizmi hamma uchun imkoniyatli boʼlishi sharoitlarini yaxshilash;
7.Qishloq atrof muhitini yaxshilash;
8.Qishloq turizmidan kelgan daromadni qishloq aholisi oʼrtasida teng
taqsimlash;
9.Har bir fermer xoʼjaligining qishloq turizmi bilan shugʼullanish sharoitlarini
yaratish;
83
10.Qishloq turizmini gʼaroyib milliy mahsulot oʼrnida koʼrish;
11.Qishloq turizmida marketingni tashkil qilish va talab-taklif-isteʼmolchi
tizimida ishtirokning strategik rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Qishloq turizmini rivojlantirishda birinchi navbatdagi vazifalar albatda
joylashtirish vositalari hisoblanadi. Lekin qishloqlarda qishloq turizmini
rivojlantirishdagi dastlabki tadbirkorlikda bu masalani tezda hal qilsa boʼladi.
Qishloq turizmini rivojlantirgan Yevropa davlatlari dastlabki vaqtda ham turistlarni
joylashtirishda ijara usulini taklif qilgan.
Tadbirkorlik kuchaygandan keyin alohida-alohida uylar, kottejlar qurish
raqobat natijasida boshlanib ketadi. Lekin qishloq turizmini rivojlantirishdagi
dastlabki tadbirlar qishloq joylardagi eng jozibali va qiziqarli turistik resurslarga
turistik marshrutlar ishlab chiqishdan boshlanmogʼi kerak.
Shunday qilib, qishloq turizmini rivojlantirishda eng muhim omillardan biri
qishloqlarimizda turistik marshrutlar ishlab chiqish hisoblanadi. Chunki turistik
oqim hamma vaqt turistik marshrut va uning reklamasidan keyin hosil boʼla
boshlaydi. Qishloqlarga turistik marshrut ishlab chiqish ham qishloq turizmini
rivojlantirishdagi eng qulay imkoniyatlar hisoblanadi. Chunki, qishloqlarda turistik
marshrutlar ishlab chiqishning imkoniyatlari ham koʼp, mavzulari ham koʼp va
turistik resurslarning turli-tumanligi va deyarli barcha turizm turlarini qamrab
olganligi bilan salohiyatlidir. Qishloq turizmini rivojlantirishda turistik marshrutlar
ishlab chiqishning quyidagi bosqichlarini rivojlantirish mumkin:
1.
Qishloqlarda tabiatni oʼrganish-ekologik turizm marshrutlari;
2.
Qishloqlarda madaniy meʼrosni oʼrganish marshrutlari-etnografik
turizm marshrutlari;
3.
Qishloqlardagi tarixiy va arxeologik obidalarni oʼrganish marshrutlari
tarixiy-madaniy turizm marshrutlari;
4.
Qishloqlardagi ziyoratgohlar, diniy-ziyorat marshrutlari;
5.
Qishloqlardagi dehqonchilik, bogʼdorchilik va chorvachilikni oʼrganish-
agroturizm marshrutlari;
84
6.
Qishloqlarda xalq milliy oʼyinlarini oʼrganish-milliy-maʼnaviy-madaniy
turizm marshrutlari;
7.
Qishloqlarda milliy madaniyat va milliy folьklorni oʼrganish-madaniy
turizm marshrutlari;
8.
Qishloqlarda fermerlar hayotini oʼrganish agroturizm marshrutlari.
Qayd qilganimizdek, koʼplab turizm turlari turmarshrutlar ishlab chiqish
mavzulari bir xil boʼlganligidan ularning keng qamrovli faoliyati ancha
chegaralangan bir yoki ikki mavzuda boʼladi. Qishloq turizmining marshrutlari
turli mavzularda ekanligi va turistik obektlarning xima-xilligi, jozibadorligi uchun
ham juda qiziqarlidir. Birgina qishloq aholisining yashash tarzini oʼrganish yoki
tomosha qilish boʼyicha quyidagi turistik marshrutlarni ishlab chiqish mumkin:
1.
Qishloq bilan tanishuv marshruti (aholisi, tili, hududlari, tabiati,
dehqonchiligi, chorvachiligi, asosiy ishlab chiqarish maxsulotlari, kelib chiqishi va
boshqalar);
2.
Qishloq aholisining yashash tarzi (urf-odatlari, bayramlari, marosimlari, uy-
roʼzgʼor tutishlari, uy jihozlari, mehmon kutish, oiladagi munosabatlar, toʼylar,
milliy taʼomlar tayyorlash usullari, dam olishi va boshqalar)
Qishloq turizmini rivojlantirshning yana bir imkoniyatlari shundan iboratki,
qishloqlarimizda turli mavzularda ekskursiyalarni tashkil qilishdir.Qishloqlarda
ekskursiyalarning qiziqarliligi shundaki, ekskursiyalar bir-obʼektdan butunlay
boshqa mavzudagi obʼektga yoʼl-yoʼlakay oʼtiladi.Аgar qishloqlarda turistlarga
xizmatlar koʼrsatishni kunlik ekskursiyalar asosida tashkil qilsak turistlarga ancha
qulayliklar yaratilishi mumkin.Chunki, qishloqlarda uzoq masofali turistik
marshrutlar qishloqdagi dastlabki tunash joylariga qaytib kelishida ancha toliqtirib
qoʼyadi.
Ikkinchidan, qishloq turizmida turistik marshrut yoki turistik ekskursiya
ishlab chiqilganda va amalda oʼtkazilganda tushki ovqatlanish xizmatlarini albatta
dalada tashkil qilish kerak. Chunki, dala sharoitida choy qaynatish, dala sharoitida
ovqat tayyorlash turistlar uchun haddan tashqari va taʼassurotli boʼlishi tabiiydir.
85
Qishloq turizmida turistik marshrutlar ishlab chiqilganda bir qishloqdan
ikkinchi qishloqqa oʼtishda yoʼllarda uchragan,dalalarda ishlayotgan yoki chorva
mollarini boqayotganlar bilan turistlarni uchrashtirish dasturlari, ular bilan
suhbatlashtirish dasturlari albatta turistik boʼlishini taʼminlaydi.Qishloq turizmini
rivojlantirishda turistik marshrutlarni reklama qilish ushbu turizm turini
rivojlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.Qishloq turizmi marshrutlari
reklama qilinganda boshqa turizm reklamalaridan mazmuni va tuzilishi boʼyicha
oʼziga xos usullar va yondoshishlar qoʼllaniladi.
Masalan, bu reklamalarda dastlab qishloqning manzili va bu qishloq atrofidagi
turistik resurslar, infratuzilmalar va turistik xizmatlar qisqacha izohlar, roliklar
bilan ifodalanadi. Qishloq turizmining reklamasi quyidagicha boʼlishi mumkin:
1.Qishloqning manzili;
2.Qishloq va uning atroflaridagi turistik resurslarning roʼyxatlari;
3.Qishloqdagi turistik infratuzilmalar haqidagi maʼlumotlar;
4.Transport xizmatlari;
5.Joylashtirish xizmatlari;
6.Ovqatlantirish xizmatlari;
7.Gid ekskursiya xizmatlari;
8.Koʼngil ochar oʼyinlar xizmatlari;
9.Qishloqqa yetib borish marshruti.
Bunday reklamalarning toʼliq axborotli boʼlishi turistlarning qishloqqa erkin yetib
borishini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |