Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy ta



Download 87,72 Kb.
bet1/8
Sana09.07.2022
Hajmi87,72 Kb.
#763332
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIY TA‟LIM VA TURIZM KAFEDRASI
KURS ISHI
Mavzu: Qishloq turizmining rivojlanishi
Bajardi: 2 -“T” Xamrayeva Ferangiz
Ilmiy rahbar: i.f.n., dotsent N.S.Ibragimov.

2021-2022- o’quv yili
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………….3
I Bob. Qishloq turizmini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
1.1. Qishloq turizmining mohiyati , maqsadi va vazifalari …………………………………….....7
1.2. Qishloq turizmining rivojlanishi tarixidan……………………………………12
1.3. Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari va Yevropa davlatlarining dasturlari…………………….24
II Bob. O’zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishning nazariy asoslari
2.1. O’zbekistonda qishloq turizmining shakllanishi…………………………………………28
2.2. O’zbekistonda sayohatning yangi turlarini rivojlantirish istiqbollari …………………………………………………..35
2.3. Jizzax viloyatida qishloq turizmining asosiy resurslari ………………………40
Xulosalar va takliflar………………………………………………………49
Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati………… ……………………………...51

Kirish
Turizm XXI asrda jahon iqtisodiyotiga juda katta ijobiy ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy soha bo’lib kirib keldi. Butunjahon turizm tashkilotining ma’lumotlari bo’yicha dunyoda ishlab chiqarish va servis aylanmasining 10 % ini turizm tashkil qilmoқda.
Keyingi 20 yilda xalqaro turizmning rivojlanishi dunyo bozorida tovar va xizmatlarning kuchli eksport qilinayotganligi kuzatilmoqda.Ya’ni turistik xizmatlarning eksportda o’sishi 8 % ga o’sib umumiy xizmatlar savdosining jahon bo’yicha 30-35 % ini tashkil kilmokda.
Butunjahon turizm tashkilotining «Turizm-2020 yilgacha » mavzusidagi statistik ma’ruzasida 2020-yilga borib xalqaro turistlarning soni 1,6 mlrd kishini tashkil qilib,turizmdan olinadigan foyda 2 trln AQSH dollarigacha etadi.Turistik oqimning turg’un ravishda o’sishi xar yili 3-5% gacha ko’payadi.
O’zbekturizm milliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, 2010 yilda O’zbekistonga 2009 yilga nisbatan 6,9 % ko’p sayyoh kelgan. 2011 yilning birinchi yarmida esa mamlakatimizda sayyohlik xizmatining o’sishi 27%, xizmat ko’rsatish xajmi esa 6,6 % ni tashkil etgan. Bundan tashqari 2011 yilning yanvar-iyun oylarida 71 turistik korxona va 29 meҳmonxona ishga tushurildi. Yurtimizda ushbu sohada 782 korxona, 294 mexmonxona, qariyb 450 sayyohlik operatori faoliyat olib bormoqda.
Albatta turizmning rivojlanishi birinchi navbatda turizm industriyasining o’zagi bo’lgan meҳmonxonalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilar ekan.Chunki,meҳmonxona biznesi turizmni rivojlantiruvchi eng muhim infratuzilmalardan biri hisoblanadi.Shuning uchun ҳam XXI asr turizmning ajralmas qismi bo’lib, birinchi navbatda turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning datlabki extiyojlarini qondiruvchi,murakkab mehmonxonalar biznesida nafaqat xizmatlar sonini, turini ko’paytirishga e’tibor berilmoqda, balki ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini va samaradorligini oshirishga kuch berilmoqda, xizmatlarning sifatini va samaradorligini oshirish uchun yangi-yangi texnologiyalar ishlab chiqilmoqda.
Shu bilan birga mehmonxona xo’jaligidagi xizmatlaning yaxshilanishi nafaqat xizmat ko’rsatishda balki, mehmonxona xodimlarining yuqori malaka va bilimlarga ega bo’lishini talab qilmoqda.Ҳozirgi vaqtda xalqaro turizmda ҳam birinchi navbatda xar qanday meҳmonxonadagi servis xizmatlarining sifatiga va turli-tumanligiga katta e’tibor berilmoqda.
Mehmonxonalardagi xizmatlarning turini ko’paytirish muammo emas, lekin bu xizmatlarni taklif qilish va sifatli darajada ijro qilish albatta meҳmonxonalarda xizmat qiluvchi xodimlarning xushmuomilaligi, ochiq chexraliligi, ustamon-ligi.chaqqonligi va ijrochilik qobiliyatlarining yuqori darajalarga etganligi bilan belgilanadi.
E’tibor berish lozimki mehmonxona xo’jaligining raxbarlari yoki menejerlari bilan turistlar deyarli uchrashmaydilar va muloqotda ҳam bo’lishmaydi.Turistlarga ularni qabul qilishdan tortib to kuzatguncha: joylashtirish xizmatlari, restoran-ovqatlantirish xizmatlari, xonalardagi xizmatlar va qo’shimcha xizmatlarni barchasini mehmonxona xodimlari bajarishadi.
Shuning uchun ҳam mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda mehmonxonalardagi xizmatlar va servisning samaradorligini oshirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Albatda yangi soha shakllanishida bu sohani rivojlantirishning barcha yo’nalishlarini birdaniga qamrab rivojlantirish mumkin emas. Chunki, davlat ahamiyatiga molik bo’lgan turizm murakkab ijtimoiy-iqtisodiy iqtisodiy soha bo’lganligidan rivojlanish jarayonida uning ko’plab yangi tarmoqlari, sohalari va yo’nalishlari tarkib topib boradi. Ayniqsa, turizmning yangi turlarini rivojlantirish kun tartibiga chiqadi. Biz kurs ishining mavzusini tanlashda mamlakatimizda turizm soҳhasini rivojlantirishda qishloq turizmini rivojlantirish kundan-kunga dolzarb masalalardan bo’lib borayotganligidan kelib chiqdi.
Ushbu qarorda mamlakatimizdagi xizmatlar ko’rsatishning qishloqlarda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga nisbatan ancha past darajalarda ekanligi va mamlakatimiz qishloqlarida xizmatlar ko’rsatishning yangi yo’nalishlarini, yangi soha va tarmoqlarini tashkil qilish, qishloqlarda yashayotgan mahalliy axolining ish bilan bandlik darajalarini oshirish belgilangan. Ushbu qarorni amaliyotga tadbiq qilishning eng ustivor yo’nalishlaridan biri mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirish hisoblanadi.
Qishloq turizmi AQSH, Kanada va Yevropa davlatlarida o’tgan asrning 70- yillaridan rivojlana boshlagan. Qishloq turizmining shakllanishi tarixida birinchi navbatda qishloq axolisining ish bilan bandligini ta’minlash va qishloqlardagi milliy me’rosni saqlab qolish, qishloq tabiatini va tabiat boyliklarini muxofaza qilish tadbirlaridan kelib chiqgan edi.
Shunday qilib, XX asrning ikkinchi yarmida atrof-muҳitni toza saqlab qolish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, muxofaza qilish, sayyoraviy muammolarga aylanib ketganligi ma’lum bo’ldi. Shu bilan birga insoniyatning tarixiy, madaniy me’rosini saqlash ҳam sayyoraviy chegaralarda kun tartibiga chiqdi. Ushbu dolzarb muammolar natijasida qishloq turizmi rivojlanish bosqichini boshladi.
Jahonda turizm rivojlangan davlatlarning iqtisodiyotini o’rganganimizda shu narsa aniq bo’ladiki, bu davlatlar o’zlarida turizmni rivojlantirishni birinchi navbatda ichki turizmni rivojlantirishdan boshlaganlar. Qishloq turizmi esa ichki turizmni rivojlantirishning birinchi navbatdagi ob’ektlaridan ҳisoblanadi.Shu bilan ma’lumki, shaharlarda xar qanday yangi sohaning tadbirkorlari, ishbilarmonlari qisqa muddatlarda shakllanadilar. Qishloq joylarda esa bu jarayon ancha qiyin kechadi. Chunki, qishloq joylarda yangi tarkib topayotgan tarmoq yoki sohaning shart- sharoitlari va infratuzilmalarini birdaniga yaratib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turizmning mazmuniva moxiyatini, turizm biznesini va bu biznes talablarini tashviqot va reklama qilish, tadbirkorlarni tayyorlash, ularga davlat mablag’lari ҳisobidan yordam berish, xar-xil imtiyozlar yaratish, tadbirkorlarni o’qitish, qayta tayyorlash tizimlarini ishlab chiqish zarur.
Qishloq turizmi qishloqlarda rivojlantiriladi.Yuqorida qayd qilinganlardan ma’lum bo’ladiki, mamlakatimizda turizmni jadal rivojlantirish uchun albatta qishloq turizmini rivojlantirish shu kunning dolzarb masalalaridan bo’lib yuzaga chiqadi.

Download 87,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish