Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy ta



Download 87,72 Kb.
bet2/8
Sana09.07.2022
Hajmi87,72 Kb.
#763332
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O

Kurs ishning dolzarbligi- shundan iboratki, qishloqlarimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohani ko’tarish uchun mahalliy axolining ish bilan ta’minlanganligini oshirish, xizmatlarni ko’paytirish davlat miqyosidagi dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda.
Kurs ishining vazifasi- qishloqlarda turizmni rivojlantirishdagi turistik resurslar, ob’ektlar va imkoniyatlar ҳisoblanadi. Mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda mehmonxona xizmatlarini tashkil qilish va xizmatlar ko’rsatishni amalda bajarishning samarali usullarini, tavsiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda mehmonxona xizmatlarini tashkil qilish va xizmatlar ko’rsatishni amalda bajarishning samarali usullarini, tavsiyalarini ishlab chiqish xisoblanadi.
Kurs ishining hajmi 2ta bob, har bir bobda 3 tadan paragraf savollari, xulosalar, tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishida…..jadvallar,….rasmlar va……grafik, chizmalar keltiridi.Ishning ҳajmi…. betdan iborat bo’lib kompyuterda sahifalandi.
I Bob. Qishloq turizmini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy asoslari

1.1. Qishloq turizmining mohiyati , maqsadi va vazifalari
XX asrning ikkinchi yarmida atrof-muhitni toza saqlab qolish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish, sayyoraviy muammolarga aylanib ketganligi ma’lum bo’ldi. Shu bilan birga insoniyatning tarixiy, madaniy me’rosini saqlash ҳam sayyoraviy chegaralarda kun tartibiga chiqdi. Ushbu dolzarb muammolar natijasida qishloq turizmi rivojlanish bosqichini boshladi.
Ma’lumki, turizm iqtisodiyot sohalari ichida daromad keltirish bo’yicha eng oldingi va istiqbolli o’rinlarni egalaydi, axolini yangi ish o’rinlari bilan ta’minlab ijtimoiy- iqtisodiy ko’rsatkichlarning yuqori bo’lishiga,ijtimoiy-madaniy sharoit ko’rsatgichlarning yuqori bo’lishga sharoit yaratadi va shu imkoniyatlari bilan turizm xar doim barqaror rivojlanishga ega.Shuning uchun ҳam turizm sohasi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar birinchi navbatda, bu sohani ҳarakatga keltiruvchi turistik resurslardan samarali foydalanish yo’llarini qidirmoqda va uning barqaror rivojlantirish yo’nalishlariga e’tiborini qaratishmoqda.
Қishloқ turizmini tashkil қilishda yuқorida қayd қilingan turizm turlarining barcha reurslari majmuali, birikkan ҳolda ishlaydi va ҳar қanday turistni ko’proқ muddatlarga ushlab қoladi. Shuning uchun ҳam Evropa davlatlari қishloқ turizmini rivojlantirishga o’tgan asrning 60 yillaridan jadal kirishdi. Ҳozirga kelib Evropa davlatlarida қishloқ turizmidagi turistlarning oқimi 60 mln. turistni tashkil қilmoқda. Franstiya, Germaniya, Angliya, Italiya davlatlarida қishloқ turizmi xizmatlarini ishlab chiқaruvchi 10 minglab turistik firmalar va turistik tashkilotlar muvaffaқiyat bilan ishlashmoқda.
Mamlakatimizda қishloқ turizmining moҳiyati, maқsadi va vazifalarini tadқiқ қilishga endigina kirishayapmiz. Jaҳonda қishloқ turizmiga ҳar bir davlatlar o’zlaridagi imkoniyatlariga қarab ҳar xil mazmunda қaramoқda. Masalan, Angliyada aҳolisi 7000 kishilik қishloқlarni қishloқ turizmini rivojlantirish rejasiga kiritishadi, Avstriyada bu sonlik aҳolisi bo’lgan қishloқlarni shaҳar turizmini rivojlantirish rejalariga қo’shishadi. Shuningdek, қishloқ turizmini, agroturizmni Rossiyalik olimlar ekologik turizmning tarmoғi deb bilishadi. Evropa davlatlarida aksincha agroturizm-deҳқonchilik bilan boғliқ turizm, ekologik turizm esa tabiat baғrida bo’lish va uni muҳofaza қilishga ko’maklashish deb belgilangan.
Vatanimizda қishloқ joylardagi resurslardan turistik maқsadlarda foydalanishni majmuali tashkil қilish қulayligini ҳisobga olib yuқorida keltirilgan turizm turlarini jamlagan ҳolda қishloқ turizmi deb atasak bu turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiқish ancha oson kechadi. Shuning uchun ҳam қishloқ turizmini tashkil қilishdagi muammolarni o’rganishdan oldin, dastavval қishloқ turizmining moҳiyatini, maқsadi va vazifalarini belgilab olishimiz lozim bo’ladi.
Jaҳondagi ko’plab davlatlarda «Қishloқ joylardagi turizm» atamasi ҳam bor va ular қishloқlardagi turizm resurslarga boғliқ ҳolda turistik infratuzilmalarni yaratadilar. Bu ҳolat ularda қishloқ turizmining juda rivojlanganligini va ayrim – ayrim yo’nalishlarni ҳosil қilganligini ko’rsatadi.
Biz uchun eng muҳimi, қishloқ turizmini rivojlantirish mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish asoslari ekanligini anglab olishimizdir. Ma’lumki, ichki turizm Butunjaҳon turizm tashkilotining tasnifi bo’yicha bir mamlakat aҳolisining o’z davlati ҳududlaridagi turistik faoliyati deb belgilangan. Қishloқlardagi turistik resurslar ichki turizmning asosiy ob’ektlari ҳisoblanadi. Shuning uchun ҳam AҚSh, Kanada, Angliya, Franstiya, Germaniya, Ispaniya kabi davlatlar dastlab (o’tgan
asrning 70-yillaridan) o’z davlatlarida ichki turizmni rivojlantirganlar, butun aҳolini yangi ijtimoiy- iқtisodiy soҳaga - turizm jarayonlariga ko’p yillar davomida tayyorlaganlar. Shu tariқa turizmdagi tadbirkorlik ayniқsa қishloқ turizmidagi tadbirkorlik kuchayib ketgan. Lekin afsuski, ҳozirgacha ichki turzmni ҳam xalқaro turizmni ҳam tarixiy obidalari bor shaҳarlarga sayoҳat deb tushunmoқdamiz.
Қishloқ turizmini rivojlantirish deganda xalқaro turistlarning қishloқlarimizga tashrif buyurishni tushunishimiz ҳam butunlay noto’ғri (ҳozircha). To’ғriligi shundaki, xalқaro turistlar қishloқlarimiz ҳayotiga, milliy madaniyatimiz, қishloқlardagi milliy ma’rosimga, urf-odatimizga, milliy o’yinlarimizga albatda қiziқishadi, xalқaro turistik oқim ko’payadi. Lekin, ҳozircha biz ular uchun қishloқlarimizda xizmatlar ko’rsatish infratuzilmalarini tashkil қilaolganimizcha yo’қ, turistik maҳsulot ҳam, taklif ҳam tayyorlaganimiz yo’қ.
Shunday қilib Respublikamizda қishloқ turizmini rivojlantirishning moҳiyati – қishloқlarimizga ichki va xalқaro turistlarni jalb қilish asosida қishloқlarimizdagi obodonchilikni kuchaytirish, қishloқlarimiz aҳolisini xalқaro ҳamdo’stlik jarayonlariga қo’shish va қishloқlarimizni xalқaro miқyosda dunyoga ko’rsatish ҳisoblanadi. Қishloқ turizmini rivojlantirishning maқsadi – қishloқ aҳolisining ish bilan bandligini қo’shimcha imkoniyatlar asosida oshirish, қishloқ aҳolisi maҳsulotlarining ko’proқ sotilishini ta’minlashdir.
Қishloқ turizmini rivojlantirishning asosiy vazifasi – қishloқlarda turizmni rivojlantirish tadbirkorligini tashkil қilish asosida қishloқ turizmi xizmatlari va servisni, қishloқ turizmi infratuzilmalarini yaratishdan iboratdir deb belgilasak to’ғri bo’ladi.
Endi, tan olishimiz lozimki, қishloқ turizmini rivojlantirish mavzusida respublikamizda ҳali ilmiy tadқiқotlarning boshlanmaganligini ҳisobga olib xalқaro texnologiyalar va dasturlarni o’rganishimiz zarur bo’ladi.Қishloқ turizmini rivojlantirish yo’llarini
albatda Evropa Ittifoқining «Қishloқ turizmini rivojlantirishning strategik rejalari»ni o’rganishimiz lozim. Bu strategik rejaga asosan қishloқ turizmini rivojlantirish dasturiga қuyidagilar kiritilgan. Biz uchun bu dastur ancha muҳim bo’lishi mumkin.

  • қishloқ turizmini rivojlantrishning ҳuқuқiy va me’yoriy asoslarini takomillashtirish;

  • saloҳiyatli turistlarga va rivojlanayotgan tarmoқlarning axborot byurolariga қishloқ turizmi ҳaқidagi barcha ma’lumotlarni, axborotlarni bepul etkazib berish;

  • dasturda қatnashuvchi deҳқon xo’jaliklarini manzili bo’yicha moliyaviy қuvvatlash;

  • қishloқ infratuzilmalarini takomillashtirish bo’yicha maқsadli mablaғlar ajratish;

  • қishloқ turizmi korxonalarini xususiylashtirishda davlatning foizli қatnashuvini ta’minlash;

  • қishloқ joylarining ҳolati manitoringini doimiy o’tkazib borish;

  • fermerlarni dotastiyalash va imtiyozli soliқlar belgilashda raғbatlantirish siyosatini қo’llash;

  • loyiҳalarni amalga oshirish uchun investorlarni izlash;

-Umumiy қilib olganda Evropa davtlarida қishloқ turizmini rivojlantirishdan 3 ta siyosiy xolatni tashkil kilish va 3 ta manfaatni xosil kilish ҳal қilinmoқda.

  1. қishloқ joylarda yangi ish o’rinlarini tashkil қilish asosida қishloқ iқtisodiyotini ko’tarish, қishloқda ishlab chiқarish va savdo – sotiқni kuchaytirish;

  2. Shaҳarlilarning maқsadli dam olishini tashkil қilish orқali shaҳarliklarning mablaғlarini қishloқga yo’naltirish;

  3. Soliқ tizimi orқali davlat xazinasiga қo’shimcha mablaғlarni tushirish ҳisobidan қishloқlarni obodonlashtirish (turizm

infratuzilmalari, transport kommunikastiyalari, meҳmonxonalar, ovқatlantirish korxonalari, sport inshootlari va boshқ.).
Evropadagi mamlakatlardagi қishloқ turizmidagi turistik talab va takliflarning o’sishi istiқbollarini taҳlil қilganimizdan ma’lum bo’ladiki, bu davlatlardagi 30 % shaҳar aҳolisi aynan қishloқlarda dam olish ҳam қishki maҳsulotlarni ғamlash orkali kishlok turizmini kuchli rivojlantirishning maқsadli yo’nalish ekanligidan dalolat beradi.Қishloқ turizmini rivojlantirishda jaҳonning ko’plab davlatlari Evropa modellaridan, dasturlaridan, strategik rejalaridan nusxa olmoқdalar. Chunki, ҳozirda қishloқ turizmi faқat Evropa davlatlarida barқaror rivojlanmoқda.
Mamlakatimizda қishloқ turizmini rivojlantirishda xalқaro modellar, tan olingan texnologiyalar va strategik rejalarni қo’llash masalasini taҳlil қilganimizda shunday xulosa kelib chiқadiki, ushbu modellar, texnologiyalar va strategik rejalarda biron bir қoyil қiladigan yoki ҳayratga tushadigan tomonlari yo’қ. Bu texnologiyalar va strategik rejalarda belgilangan jarayonlar va voқe’liklar, tashkiliy jiҳatlarni ҳech қiynalmasdan tashkil қilishimiz ҳam, bajarishimiz ҳam mumkin. Bu soҳada eng muҳimi ijtimoiy-iқtisodiy ҳayotimizda ijobiy o’zgarishlar yaratadigan ushbu muҳim soҳani tashkil қilish va rivojlantirish rejalari, dasturlarini ishlab chiқish jarayonlarini boshlashimiz kerak. Evropa davlatlarining қishloқ turizmi o’tgan asrimizning davomida ҳozirgi taraққiyotiga erishgan.
Қishloқ turizmini tashkil қilishda 1970-yillarda dastlab «Turizm va қishloқ joylarni rivojlantirish agentligi», Avstriyada – Avstriya fermerlik turizmi assostiyasi», 1990 yilda Evropa Ittifoқining –
«Қishloқ joylarni majmuali rivojlantirish Umum Evropa «Lider» dasturi» tashkilotlari muvaққiyat bilan ishlab kelmoқda. Demak mamlakatimizda қishloқ turizmini rivojlantirishda birinchi navbatda
«O’zbekturizm» milliy kompaniyasi tarkibida «Қishloқ turizmini
rivojlantirish» bo’limini tashkil қilishimiz zarur. Bu bo’lim қishloқ turizmini rivojlantirish uchun қo’yidagi ishlarni amalga oshirishi maқsadli yo’nalish bo’ladi:

  • қishloқlardagi turistik resurslarning ro’yxatini olish, ulardan ichki va xalқaro turizmda foydalanish darajalari, tavsiflarini ishlab chiқish;

  • қishloқ turizmida atrof muҳitni muҳofaza қilishda ekologik turizmni rivojlantirish dasturlarini yaratish;

  • қishloқlarda etishtirilayotgan va ishlab ishlab chiқarilayotgan maҳalliy maҳsulotlarning sifatini ko’tarish va iste’molchini taklif қilish;

  • қishloқ turizmida marketingni tashkil қilish va talab-taklif- iste’molchi tizimidagi ishlarning strategik rejalarini ishlab chiқish va amalga oshirish.

Jaҳonda қishloқ turizmini rivojlantirish tarixidan


XX – asrning ikkinchi yarmidan insoniyatning tarixiy – madaniy boyligi va tabiat resurslarini asrab – avaylashning muhimligi keng jahonda e’tirof etila boshlandi. Natijada qishloq turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlana boshlandi. Hozirda esa odamlarning (turistlarning) mahalliy aholi bilan tanishuv va muloqatga kirishi, do‘stlashuvi, qishloq hayoti bilan hamnafas bo‘lish, qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish, qishloq tabiati bag‘rida dam olish, sport bilan shug‘ullanish turizmda qishloq turizmining imkoniyatlari katta ekanligini isbotladi. So‘ngi yillarda esa qishloq turizmining ko‘p faoliyatligi natijasida dunyoda uning ommaviyligini tobora oshirib, kuchaytirib bormoqda. Qishloq turizmini ekologik turizmning bir tarmog‘i deb talqin qiluvchilar ham o‘zlarini haq deb bilishadi. Masalan, ekologik turizm ko‘p hollarda tabiat bag‘rida joylashgan qishloqlarda yuz beradi yoki turistlar turistik infratuzilmalar va turistik xizmatlarni ekotur vaqtida qishloq aholisidan sotib olishadi. Jahon ilmiy adabiyotida ekologik turizmning nomlanishiga e’tibor bersak, bu holatni tezda ilg‘ab olamiz:

  • yumshoq turizm (Soft Tourismus);

  • tog‘ turizmi (Mountain Tourismus);

  • tabiat turizmi (Nature Tourismus);

  • yovvoyi turizm (Wilderness Tourismus);

  • yashil turizm (Green Tourismus);

  • sarguzasht turizmi (Adventure Tourismus);

  • qishloq turizmi (Agro Tourismus);

  • ekoturizm (Ecotourismus).

Qayd qilingan turizmning barcha turlari ham nomlanishi ham albatta tabiat va uning resurslarini eslatib turadi. Qayd qilingan talablardan ma’lum bo‘ladiki, qishloq turizmi ko‘p faoliyatlari jihatidan ekoturizmdan ancha farq qiladi. Qishloq turizmida turistlar qishloq aholisi (fermer, dehqon, cho‘pon) bilan birga yashaydi, ko‘p hollarda birga ishlaydi, ularning turmush kechirishi, hayot tarzi bilan qiziqadi. Shu jihatlardan ham qishloq turizmini ekoturizmga qo‘shish noto‘g‘ri xulosalarni keltirib chiqaradi. Qishloq turizmini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganishdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

  1. Qishloq turizmi mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashda katta imkoniyatlarni yaratadi;

  2. Tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi texnologiyalarini jalb qiladi;

  3. Qishloq turizmi ekologik toza oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi;

  4. Qishloq turizmi tabiat muhofazasida investitsiyalar kirishini axborotlaydi va qishloqda xizmatlar servisini takomillashtiradi;

  5. Qishloq turizmi qishloqlarda mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy darajalarini o‘stiradi;

  6. Qishloq turizmi mahalliy mahsulotlar, hunarmandchilikka keng yo‘l ochadi;

  7. Qishloq turizmi tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni rivojlantiradi va ma’naviy, moddiy jihatlar bo‘yicha rag‘batlantiradi;

  8. Qishloq turizmi xalqlar o‘rtasida hamdo‘stlik aloqalarini yuzaga keltiradi;

  9. Qishloq turizmi turistik resurslarni muhofaza qiladi, ta’mirlaydi va obodonlashtiradi;

  10. Qishloq turizmi insonlarni ruhiy, jismoniy jihatdan dam oldiradi;

11. Qishloq turizmi dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilikni o‘rgatadi, bu sohalarning mahsulotlaridan manfaatdor bo‘lishni ta’minlaydi.


Download 87,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish