Udk: 338. 48 Saidmahmudova Ozoda Abdulla qizi



Download 1,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/43
Sana02.12.2022
Hajmi1,48 Mb.
#876725
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Ikkinchi model
qo‘shma davlat organi(vazirlik)ni tashkil qilishni ko‘zda 
tutadi. Ushbu vazirlik turizm va yondosh tarmoqlarni ham nazorat qiladi va 
qo‘llab-quvvatlaydi. Odatda, ushbu muassasa moddiy tarmoqlar(ishlab chiqarish, 
energetika, savdo, transport, aloqa) yoki noishlab chiqarish sohalari(madaniyat, 
sport, atrof-muhit muhofazasi) bilan birgalikda ish olib boradi. Makroregion 
kesimida qaralganda ushbu model Afrika mamlakatlari uchun xosdir. Lekin uni 
to‘la ravishda «Afrika modeli» deyish xam maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Afrika 
qit‘asiga turistlar oqimi doimo o‘sib borayotganiga qaramay, umuman qaralganda 
Afrika davlatlari o‘z imkoniyatlaridan juda kam sayyohlarni qabul qilmoqdalar. 
Ko‘pincha, ushbu davlatlarda turizmning moddiy-texnika bazasi yaxshi 
rivojlanmagan, natijada xizmatlar darajasi xam unchalik yuqori bo‘la olmaydi. 


31 
Turizm valyuta tushumi uchun asosiy manbalardan biri bo‘lsada, iqtisodiy 
nochorlik davlat tomonidan mustaqil vazirlik tashkil qilinishiga imkon bermaydi. 
Natijada turizm sohasiga boshqa sohalar tarkibida bo‘lishga majbur. Shuni qayd 
etish mumkinki, qit‘aning 32 davlatidan yarmi turizm boshqaruvini moddiy 
tarmoqlar bilan birgalikda olib bormoqda(Benin, Mali, Marokash, Niger, Senegal, 
Mavritaniya, Gvineya, Nigeriya, Gabon, Uganda, Burundi, Jazoir). Ikkinchi yarmi 
esa-madaniy sohalar bilan birgalikda amalga oshirmoqda (Efiopiya, Gambiya, 
Serra-Leone, Liberiya, Ekvatorial Gvineya, Lesoto, Nambiya, Zambiya, 
Madagaskar, Tanzaniya, Malavi, Botsvana, Sudan).
Hozirgi kunda ikkinchi model Janubiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa 
mamlakatlarida ham keng qo‘llanilmoqda. Yevropa davlatlari uchun turizm 
sohasini asosan madaniy tarmoqlar(Ozarbayjon, Andorra, Albaniya, Gretsiya, 
Turkiya, Ukraina) va sport (Rossiya, Belorussiya, Qozog‘stan, Polsha, San-
Marino) bilan birgalikda olib borilishi ko'zga tashlanadi. Moddiy sohalar bilan 
birgalikdagi boshqaruv Yevropaning faqat 6 ta davlatida – Ispaniya, Islandiya, 
Lyuksemburg, Bolgariya, Ruminiya va Kiprda yo‘lga qo‘yilgan. Amerikada esa 
Bagama, Sent-Lusiya, Dominika, Argentina, Kolumbiya, Gayana, Peru, Surinam 
kabi davlatlarda ikkinchi model keng qo‘llanilmoqda. Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasida Bangladesh, Afg‘onistan, Myanma, Vetnam, Vanuatu, Kiribati, Palau, 
Indoneziya, Tailand, Koreya Respublikasi, Yaponiya davlatlarida ikkinchi model 
keng qo‘llanilmoqda. Yaqin Sharq mamlakatlaridan Iorldaniya va Iroq hukumatlari 
ikkinchi modeldan foydalanmoqda. Bu esa o‘z navbatida ushbu mamlakatlarda 
turizm uzoq o‘tmishga egaligini bildiradi. Shunday qilib, ikkinchi model juda kam 
hollarda rivojlangan mamlkatlarga xos bo'lib, uni asosan o‘tish davrini boshidan 
kechirayotgan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar qo‘llamoqda. Ushbu davlatlarning 
barchasiga xos bo‘lgan narsa sifatida, retseptiv turizm bozori sifatida o‘zini xalqaro 
arenalarda nomoyoni qilishga intilishni keltirsak bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ikkinchi modelning o'ziga xos tomonlari 
sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
• turizmni mamlakat rivojlanishida ustuvor soha sifatida tavsiflanishi


32 
• 
turizm va boshqa sohalarning rivojlanishida o'zaro mutanosiblikka 
erishishga intilish zaruriyati mavjudligi
• 
markaziy va mahalliy turizm organlarining vakolatlarini aniq belgilanishi
• 
mamlakat turizm salohiyatini xorijiy turistik bozorlarda muntazam reklama 
qilib borilishi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish