Ish tuzulmasining tavsifi. Dissertatsiya kirish qismi, uchta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat va uning hajmi belgilangan doirada bo‘ladi.
7
I-BOB. IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA TASHQI IQTISODIY ALOQALARNING HAMDA XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARINING ROLI VA AHAMIYATI
1.1. Xalqaro moliya munosabatlari va tashqi iqtisodiy faoliyat muammolari
asrning so‘nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xo‘jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlaqatlaming soni ortib bormoqda. Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlar yo‘qolishiga, uning o‘rniga xalqaro iqtisodiy xo‘jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo‘jalikning funktsional aloqalarini tadbiq etilishiga olib kelmoqda.
Mamlakatlar hayotidagi globalizatsiya - iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda.4
Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta‘sir etgan sezilarli o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o‘rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi;
1958 yilda dastlab, "Umumiy bozor" deb atalgan Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (EIH) - hozirgi Yevropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi;
Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi
(1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Yevropa va Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o‘sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi;
Ataniyazov J.X., Alimardonov E. Xalqaro moliya munosabatlari. Toshkent 2014., Xakimova M., Xujaev X., Maxmudov B. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T .: O‘qituvchi. 1997.
8
4) O‘tgan asrning 60-yillarida Yaponiya iqtisodiyotini tez sur‘atlar bilan o‘sishi, Uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi;
1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qo‘llashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o‘tish;
1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi;
Rivojlanayotgan mamlaqatlaming 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi;
1980 yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;
1987 yilda ettita mamlakatning ("Katta ettilik") Parijda Luvr bitimini imzolashi. Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga nisbatan tor tebranish doirasida sun‘iy ravishda almashtirish orqali, kuchsizlanib borayotgan dollami qo‘llab-
quvvatlashni rejalashtirdilar. Shuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan
iqtisodiy siyosat yuritishni mo‘ljalladilar;
1987 yilda EIH yagona Yevropa aktini qabul qilish orqali 1992 yilda yaxlit Yevropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G‘arbiy Yevropa moliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta‘sir etishi kutildi;
1989-1992 yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlari o‘z siyosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirishi. Ulaming kommunistik dunyoqarashdan ko‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta‘sir etdi;
1992 yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan erkin savdo bo‘yicha Shimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993 yilda Osiyo-tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferentsiyasi va boshqa
9
jarayonlar, o‘tgan asrning 90-yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.
XXI asr bo‘sag‘asida jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tarkibiy an‘ana kuzatildi:
birinchidan, xom-ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida an‘anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
O‘tgan asrning 70-yillarida "Rim klubi" nomi bilan mashhur G‘arbiy Yevropa olimlari" dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi"5, deb bashorat qilgan edilar.
Ushbu mulohazalarga asoslanib ko‘pgina xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xom-ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom-ashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga ta‘sir ko‘rsatdi va natijada xom-ashyo bahosining pasayishi yuz berdi.
ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi.
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi - tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi.
uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada
Do'stlaringiz bilan baham: |