Аурелио Печчеи. Глава 4, пункт 4 // Человеческие качества. — М.: «Прогресс», 1985. — 312 с.
A. Peccei. The Human Quality. — Oxford; New York: «Pergamon Press», 1977.
10
ortishi. Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur‘atda o‘sishi bilan yuz berdi.
to‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar (TMK)ning qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversiflkatsiya darajasining ortishi.
Bunda asosiy o‘zgarish sifatida TMKlar va ularning turli mamlakatlarda qo‘shma korxonalari sonining o‘sib borishini ko‘rsatish mumkin.
TMKlar o‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarga ta‘sir etdi. Qo‘shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi.
Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e‘tirof etish zarur.
Xalqaro savdo tashkiloti (XST), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (DCRT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va shu kabi xalqaro institutlar hamda yetakchi mamlakatlar boshliqlari va moliya vazirlarining har yili bo‘lib o‘tadigan uchrashuv-larining xalqaro munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati ortib bormoqda. Texnologiyalar bo‘yicha, atrof-muhitni asrash, moliya institutlarining faoliyati, buxgalteriya hisobotlari, milliy statistika (milliy hisoblar tizimi) va boshqalarga yagona andozalarni qo‘llash kengaymoqda. Ushbu andozalar ta‘lim va madaniy sohalarga yoyilmoqda.
Xalqaro tashkilotlar orqali makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlari tadbiq etilmoqda. Valyuta-kredit, soliq, tashqi iqtisodiy siyosat, bandlik sohasi bo‘yicha qo‘yiladigan talablarning birxillashuvi yuz bermoqda, xalqaro raqobat qoidalari ishlab chiqilmoqda.
Bu jarayonlar qanchalik jadal sur‘atlarda amalga oshirlmasin, zamonaviy jahon iqtisodiyoti to‘la global holatda faoliyat yuritayotgani yo‘q, balki u endi globallashuv
11
jarayonlarining dastlabki bosqichlarini boshdan kechirmoqda.
O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozoriga integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Ba‘zi milliy bozorlarning ochiq, ba‘zilarining qattiq tartibga solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda.
Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an‘anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma‘lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi - tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini yengib o‘tish, milliy xavfsizlikni ta‘minlash - takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta‘minlovchi (energetika, transport, aloqa va h.k.) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta‘minlash, shuningdek, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda. Amaldagi bunday protektsionizm fiskal muammolami hal etishdan ko‘ra, ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g‘oyasi (erkinlashuv) bilan protektsionizm o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda ta‘minlash maqsadida, xo‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki instrumentining optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday aralashmaning shakl va nisbatlari, ma‘lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya bilan birga, integratsiya jarayonlarining yana bir shakli - ma‘lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy integratsiya (hududiylashuv) yuz bermoqda.
O‘sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyotning transmilliylashuvi va integratsiya natijasida, eski - davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, ko‘pyoqlama tus olmoqda.
12
Ammo, "milliy xo‘jalik majmui", "mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari" tushunchalari o‘z ma‘nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo‘jalik hamon ishlab chiqarish, almashuv, taqsimot va iste‘mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir.
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Jahon xo‘jaligiga kirishda ilg‘or mamlakatlarning boy tajribalariga tahliliy yondoshish va ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg‘unlashtirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘zining mustaqil tashqi iqtisodiy siyosatini olib borish imkoniyati yuzaga chiqdi. Respublikaning tashqi iqtisodiy siyosati xalqaro moliyaviy munosabatlarda mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan holda amalga oshiriladi va u quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
o‘zining milliy-davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
respublika biron-bir davlatning ta‘sir doirasiga kirmasligi tamoyiliga to‘la amal qilish;
to‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuningdek, ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish va ularni rivojlantirish;
umume‘tirof etilgan xalqaro huquq me‘yorlariga rioya etish.
Tashqi iqtisodiy soha tarmoqlari majmuini vujudga keltirmasdan turib,
13
shuningdek, moliya, bank-kredit tashkilotlari, bojxona xizmati ishini xalqaro me‘yorlar va talablar darajasida yo‘lga qo‘ymasdan turib, xalqaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bo‘lmaydi.
Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagi yo ‘nalishlar ustuvor hisoblanadi:
birinchidan, respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;
ikkinchidan, eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xom-ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni rivojlantirish;
uchinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo‘jalik ishlarini yurituvchi sub‘ektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o‘rnatishda, o‘z mahsulotlarini chet ellarda sotishda ko‘proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko‘zlab siyosat o‘tkazish;
to‘rtinchidan, xorijiy sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga keng ko‘lamda jalb etish uchun zarur huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa sharoitlarni yaratish;
beshinchidan, xalqaro moliyaviy munosabatlarning tarkibiy majmuini vujudga keltirish;
oltinchidan, xalqaro huquq va xalqaro moliyaviy munosabatlar sohasida malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish.
Integratsiya munosabatlari, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanadi. O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida turli darajalarda - dunyo miqyosida va mintaqa ko‘lamida integratsiya jarayonlariga qatnashsada, ammo bir muhim qoidaga amal qiladi, ya‘ni: bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish hisobiga bo‘lmasligi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy jihatdan rivojlangan bozor tizimiga ega
14
bo‘lgan, demokratik davlat haqidagi hozirgi zamon tushunchalariga mos ravishda jahon hamjamiyatiga kirishishi mumkinligiga asoslanadi.
Respublikada tashqi savdo aylanmasi 2017 yil yanvar-dekabr oylarida 27,0 mlrd. AQSh dollarini, shu jumladan eksport 14,0 mlrd. AQSh dollarini va import 13,0 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Oxirgi yillarda Respublikaning eksport tarkibida qariyb barcha tovarlar va xizmatlar guruhlari bo`yicha o`sish kuzatilmoqda. Transformator va akkumulyatorlar eksportining o`tgan yilning shu davriga nisbatan 54,8 foizga, kabelli sim mahsulotlarinning 33,3 foizga, qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar va ularning qismlarining 24,0 foizga o`sishi, mashina va asbob-uskunalarning 60,1 foizga o`sishiga olib keldi. Alkogol va alkogolsiz ichimliklar eksportining o`tgan yilning shu davriga nisbatan 61,1 foizga, bug`doy 32,2 foizga va meva-sabzavot mahsulotlari va ularni qayta ishlash 15,6 foizga o`sishi, oziq-ovqat mahsulotlari hajmining 26,1 foizga o`sishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |