Hozirda eksportga
yo’naltirilgan tarmoqlar
1. Avtomobilsozlik
2. Yengil sanoat
3. Oziq-ovqat sanoati
4. Kimyo sanoati
5. Elektrotexnika
6. Hunarmandchilik
7. Xizmatlar
Potentsial tarmoqlar kengayishi
va rivojlanishi
Avtomobillar va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqarish
Tayyor tekstil mahsulotlari
Quruq meva va sabzavotlar
Kimyo va neft-kimyo sanoat mahsulotlari
Rangli televizor va LAN kabellari
Turizmda milliy kiyimlar, taqinchoqlar, kashtachilik,
o’ymakorlik mahsulotlari
Turizm xizmatlari (tur-agentlik, tur-operatorlik,
mehmonxona va boshqalar)
Farg’ona mintaqasining deyarli barcha hududlarida yengil sanoat buyicha
salohiyat mavjud. Ya’ni, yengil sanoat uchun zaruriy xom ashyo - paxta, pilla
deyarli barcha tumanlarda yetishtiriladi. Uni qayta ishlash uchun ishchi kuchi
yetarli. Xozirgi kunda, mintaqaning deyarli barcha tuman va shaharlarida paxta
tozalash va uni qayta ishlash zavodlari, pillachilik hamda ipakchilik korxonalari
faoliyat ko’rsatmoqda.
Birok, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi faqatgina Farg’ona
mintaqasini hamda respublika ehtiyojining bir qismini qondiradi xolos. Ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning (paxta tolasi, kalava iplar, pilla) qayta ishlanish
darajasi nisbatan past, yarim tayyor mahsulotlar toifasiga kiradi. Ushbu holat
mintaqaning bu tarmoq salohiyatidan tulik foydalanilmayotganidan darak beradi.
SHunday ekan, mazkur tarmoqlarda qayta ishlovchi korxonalarni barpo qilish,
mavjudlarini modernizatsiyalash mintaqa eksport imkoniyatlaridan oqilona
foydalanish imkonini beradi.
2011-2015 yillarga muljallangan sanoatni ustuvor rivojlantirish dasturiga
muvofiq mintaqaning yengil sanoat tarmog’iga 220,1 mln. AQSH dollar kiritilishi
belgilangan. SHundan, 94,5 foizi yoki 208,1 mln. AQSH dollari xorijiy investitsiya
va kreditlar hissasiga to’g’ri keladi. Mazkur mablag’lar evaziga Andijon, Farg’ona,
Qo’qon, Namangan shaharlaridagi mavjud korxonalar texnik va texnologik
jihatdan modernizatsiya qilinadi. SHuningdek, barpo etiladigan yangi korxonalar
bo’yicha ham loyihalar ishlab chiqilgan. Sarmoya kiritiladigan korxonalar yillik
quvvati 3 ming tn. kalava ip, 19,4 mln. p.m. mato, 9,6 mln. dan ortiq trikotaj va
tikuvchilik buyumlari ishlab chiqariladi.
Mintaqaning poyafzal ishlab chiqaruvchi “Imano Grupp”, “Yangi Vega”,
“UzSalaman”, “Anchin invest” qo’shma korxonalarida 165 ming juft poyafzal
ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan loyiha qiymati 2,9 mln. AQSH dollarga
teng yangi tsexlar barpo qilinadi.
Mintaqa eksportining ustuvor tarmoqlaridan yana biri - oziq-ovqat
sanoatidir. Farg’ona mintaqasining qulay geografik joylashuvi hamda uning yer
resurslari unumdorligi qishloq xo’jaligi mahsulotlarida (ayniqsa, bog’dorchilik,
meva yetishtirish va uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik) nisbiy
ustunlikka ega. Meva va sabzavotlarni faqat xosil pishgan vaktda emas, balki, uni
yilning barcha oylarida asl sifatini yukotmaydigan tarzda saklab turishini ta’minlay
oluvchi qayta ishlovchi korxonalar sonini ko’paytirish maksadga muvofikdir.
Mintaqada ho’l meva yetishtish bo’yicha Bog’dod, Yozyovon, Oxunboboev,
Rishton, Oltiariq, O’zbekiston, Pop, Uchqo’rg’on, Paxtaobod, Bo’z, Baliqchi
tumanlari muhim o’rin tutsada, ularda meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan
korxonalar barpo etilmagan. SHu sababli fermer, dehkon, uy xo’jaliklari, shaxsiy
tomorkalarda yetishtirilgan mahsulotlarni zamonaviy texnika va texnologiyalar
asosida qayta ishlovchi kichik mikrofirmalar faoliyatini shakllantirishni
rag’batlantirish mintaqa eksport imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat
qiladi.
Dehqon va fermer xo’jaliklarini qishloq xo’jaligi xomashyolarini qayta
ishlash sanoatidagi ishtiroklarini oshirish va ularni meva-sabzavotlarni qayta
ishlovchi kichik texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash zarur. Buning uchun
bank bilan mijoz urtasidagi munosabatlarni mustaxkamlash choralarini kullash
maksadga muvofikdir. Tadbirkorlarni qayta ishlovchi yangi zamonaviy texnika va
texnologogiyalar bilan tanishtirish va texnikani iste’molchiga yetkazish, mahsulot
ishlab chiqarishini kafolatlovchi mehnat kapitallashuvi yuqori xizmatlar tizimini
kengaytirish ijobiy natijalarni beradi.
Ma’lumki, qishloq xo’jaligi ikkilamchi resurslarga boy hisoblanadi.
Ikkilamchi resurslarni qayta ishlash bir tomondan birlamchi resurslarni tejashga
olib kelsa, boshka tomondan tabiatni ifloslanishini oldini oladi. Mintaqada qishloq
xo’jaligi chikindilari bo’lgan g’o’zapoya, bug’doy, sholi, arpa poyalari ikkilamchi
resurslar hisoblanib, ularni qayta ishlash texnologiyalarini qishloq joylariga olib
kirish orqali qurilish materiallari, kog’oz xomashyosi, omuxta yem ishlab chiqarish
mumkin.
Farg’ona mintaqasi g’allachilikda respublikada yetakchi o’rinlardan birini
egallaydi. Mintaqaning donni qayta ishlovchi korxonalariga un-yorma, omuxta
yem ishlab chiqarish kiradi. Yuqori mahsuldor mashina uskunalarni va ilg’or
texnologiyalarni kullash orkali korxonalarning texnik darajasini oshirish talab
qilinadi. Xususan, unni turli hajmlarda (1, 3, 5, 10, 15, 25 kg) qadoqlangan
paketlarda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish ichki iste’mol bilan birga eksport
hajmini ham oshirishi mumkin.
Ayni paytda, qishloq xo’jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlar va hududdagi
mavjud mineral resurslar xususiyatlarini inobatga olib, innovatsion texnologiyalar
asosida mahalliy xomashyolardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni
kengaytirish, fermer xo’jaliklari, mayda xunarmandlar, kichik biznes korxonalariga
qayta ishlovchi minitexnika va texnologiyalarni sotib olishlari va ishga
tushirishlari uchun moliyaviy yordam ko’rsatish, imtiyozli kreditlar berish tizimini
yanada takomillashtirish mintaqa eksport imkoniyatlarini rivojlantiradi.
Respublikada mavjud bo’lgan kichik qayta ishlash sanoati tarmoqlarini
o’rganib chikish va mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan kelib chikib, qayta ishlash
sanoati tarmoqlari shaxobchalarini yoki ixtisoslashgan plastmassa, tayyor trikotaj
mahsulotlari, sifatli ipak va paxta, sun’iy ipak gazlamalarini, balik va go’sht
konservalari, yozuv va ishlab chiqarish qog’ozlarini fan-texnikaning so’nggi
yutuklaridan foydalanib tugal tsiklli ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarini tashkil
qilish maksadga muvofikdir.
Mintaqaning istiqbolli sanoat tarmoqlaridan yana biri bu - kimyo sanoatidir.
Sanoatni 2011-2015 yillarda rivojlantirishning ustuvor yunalishlari buyicha qabul
qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-1442 sonli “2011-2015
yillarda O’zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yunalishlari
to’g’risida”gi qaroriga binoan “Qo’qon-spirt” OAJ va “Andijon-biokimyo”
OAJlarga 6,2 mln. AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritilib, spirt ishlab chiqarish
texnologiyasini modernizatsiya qilish belgilangan.
Istiqbolda, mintaqaning farmatsevtika sanoatiga investitsiya kiritish
maksadga muvofikdir. CHunki, ushbu tarmoqni rivojlantirish uchun mintaqada
xomashyo resurslari va malakali kadrlar salohiyati mavjud. SHu bilan birga,
mintaqada joylashgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda tabiiy
gazdan metanol ishlab chiqara oladigan, hamda karbamid, etilen va propilen,
sintetik kauchuk, oksil-vitamin kontsentrantlari tayyorlaydigan avtomatlashtirilgan
liniyalarni ishga tushirish mintaqa kimyo sanoati eksport salohiyatidan oqilona
foydalanishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |