“Uchinchi renessans: ilm-fan va
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
ISSN 2181-1784
427
w
www.oriens.uz
2021
January
Hindiston uchun juda og‘ir davr bo‘ldi. Bu ko‘chishlar natijasida musulmon
elitasining ham asosiy qismi mamlakatni tark etdi.
Mauntbetten 21 sentabr, Neru va Patel (Bosh Vazir o‘rinbosari, ichki ishlar
vaziri) migratsiya ko‘lamiga baho berish maqsadida Panjobga uchib ketishdi.
Ferozpur shahari yonida ular ko‘chmanchilar karvonini uchratishdi, yana 50 million
ko‘chib o‘tib ham uning oxiriga yeta olishmadi
46
. Ko‘chmanchilar sekin -asta
aravalarda, yoki bolalari, qariyalari va kasallarini yelkalariga ortgancha oyoqda
harakatlanardilar. Karvon ustida quzg‘unlar tinmay uchib yurib, tez tez sodir bo‘lib
turadigan odamlarning navbatdagi o‘limini poylab turishardi
47
. Bu azob-uqubatlar
turli jamoalar odamlarini bir-biriga yaqinlashtirmas edi, balki aksincha, ularni
uzoqlashtirardi. Tinchlik vayron bo‘lib, uning o‘rnini shavqatsiz jang egallab olardi.
Bu vaqtda Neru va Patel o‘rtasida ham kelishmovchiliklar Kongress miqyosida
bo‘la boshladi. Chunki Patel Neruni musulmonlarga nisbatan murosa bilan
munosabatda bo‘lishini yoqlamadi va bu milliy xafsizlik uchun zid deb baholadi.
Neru va Patel o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning barham topishida Gandining
roli katta bo‘lgan. 1948 yil 11 yanvarda Gandi “korrupsiya o‘chog‘iga” aylangan
Kongressni tarqatib yuborish yaxshiroq bo‘lishini ma’lum qildi. Ertasiga u diniy
jamoalararo to‘qnashuvlarga norozilik bildirish maqsadida ochlik e’lon qildi. Shu
bilan birga u hukumatdan Pokistonga tegishli 550 mln.rupiyni qaytarishni ham talab
qildi. Hukumat buni Kashmir masalasidagi mojaro tufayli qilmayotgan edi. Ammo
Neru va Patel ochlik e’lon qilgan Gandini ziyorat qilgandan so‘ng, bu masala pul
berish bilan hal etildi
48
. Shu vaqtda Neru va Patelning boshqa muammolar borasidagi
qarashlari ham ancha yaqinlashdi.
Britaniya Hindistonining Hindiston Ittifoqi va Pokistonga bo‘linishining hal
etuvchi kuniga kelib, deyarli 600 nafar rojalikdan faqatgina 3 tasi – Haydarobod,
Jammu va Kashmir, Junagadh – Hindistonga qo‘shilmadi. Boshqalarining barchashi
avvaldan Hindiston Ittifoqiga kirishga rozilik bildirib bo‘lishgan edi. Biroq
mo‘g‘ullar davridan hukm surib kelayotgan ulug‘ Haydarobod knyazligi Hindistonga
qo‘shilishdan bosh tortdi. Bu vaqtinchalik hukumatda ushbu muammoni hal etishga
mas’ul bo‘lgan Vallabxay Patelning qattiqqo‘l va ayni damda egiluvchan siyosati
natijasi edi. Patel mamlakatning qoq o‘rtasida bo‘lgan yarim mustaqil va
dushmanchilik niyatidagi bu davlatga 1948-yil 13-sentyabrda qo‘shin jo‘natdi. Bu
ishda unga shtatlar integrasiyasi departamenti kotibi – V.P.Mennon yaqindan yordam
berdi.
46
Campbell-Johnson Alan. Mission with Mountbatten. – London: Robert Hale, 1951. – P. 200-201.
47
Fisher Louis. The Life of Mahatma. – New York: Harper & Row, 1983. – P. 516.
48
Fisher Louis. The Life of Mahatma. – New York: Harper & Row, 1983. – P. 535.
Do'stlaringiz bilan baham: |