Annotatsiya:
Hindistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar XX asr oxirgi choragida
birmuncha boshqacha kechdi. Bunga sabab, Hindiston oldidagi muammolarning 40-
50 yil oldingi muammolardan bir muncha farq qilishidadir. “1947 yil 24 aprelda
Hindiston Muvvaqqat hukumati ichki ishlar vaziri Patel Mauntbettenga aytgan
edi: ”Sizlar mamlakatga kelgandan beri, jarayon yomonlashdi. Mamlakatda fuqarolik
urushi ketmoqda, sizlar bo‘lsa bunga qarshi hech qanday chora ko‘rmayapsizlar.
Sizlar o‘zingiz mamlakatni boshqarmayapsiz yoki Muvvaqqat hukumati
boshqarishiga yol bermayapsizlar. Sizlar bu hunrezlikning javobgarligidan qutila
olmaysizlar”.
Kalit so’zlar:
Hindiston, dominion, mustaqillik, Mahtama Gandi, Javaharlak
Nerul, Sardar Patel, siyosat.
1947-yil 3-iyulda qabul qilingan Hindistonda ikkita dominionga bo‘lishi
to‘g‘risidagi “Mauntbetten rejasi”
34
asosida bir butun Hindiston ikki qismga bo‘lindi.
U davrda Bengaliyaning 60 mln.lik aholisidan 33 mln.i (55%) – musulmonlar, 25 mln
(44%) – hindular, qolganlarini esa – xristianlar, va boshqalar teshkil etgan. Kongres
Bengaliyani (77, 5 ming kv.milya) G‘arbiy (34 ming kv.milya) va Sharqiy (42,5 ming
kv.milya) qismlarga bo‘lishni talab qildi. Birinchi qismida musulmonlar 30% tashkil
etgan bo‘lsa, ikkinchi qismida esa, hindular ham 30% tashkil qilgan.
Mustaqillik arafasida turgan Hindiston uchun, Panjob ham juda murakkab
muammo edi. Bengaliyada ikki asosiy diniy jamiyat – musulmonlar va hindular –
bo‘lsa, Panjobda yana uchinchisi – sikxlar bor edi. Umumiy aholisi 28, 4 mln bo‘lib,
musulmonlar – 16, 2 mln, hindular – 8, 2 mln, va sikxlar – 4 mln kishini tashkil etgan.
Panjob 5 viloyatga jamlangan 29 okrugdan tashkil topgan. Ikki g‘arbiy vilotda –
Multan va Ravalpindida – musulmonlar ko‘pchilikni tashkil etgan (9 mln musulmon
va 2 mln musulmon emaslar). Laxor viloyatida 4 mln musulmon va 3 mln hindu va
sikxlar. Qolgan ikki viloyat – Jallandar va Ambalda – hindu va sikxlar 7 mln,
musulmonlar esa 3 mln kishi edi.
34
Izoh. “Mauntbetten rejasi” Hindistonning so‘nggi vitse-qiroli Mauntbetten tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda
Hindistondan ingliz qo‘shinlarini olib chiqib ketish, Hukumatni o‘lkadagi ilg‘or ikki partiya: Hindiston Milliy
Kongressi va Musulmonlar ittifoqi boshqaruviga topshirish, ular boshqaruvida bir-biriga qarama-qarshi ikkita dominion:
Hindiston ittifoqi va Pokiston tuzish ko‘zda tutilgan edi. Bu haqda qarang: Антонова К.А. История Индии. – М.:
Наука, 1973. –С. 478-481
Do'stlaringiz bilan baham: |