“Uchinchi renessans: ilm-fan va
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
ISSN 2181-1784
428
w
www.oriens.uz
2021
January
Undan ham qiyin muammoni Hindiston bilan G‘arbiy Pokiston chegarasi
o‘rtasidagi Kashmir keltirib chiqardi. Mamlakatning to‘rtdan uch qismini
musulmonlar tashkil qilsada, uning hukmdori Maxaraja Xari Singh edi. U yo
xohlamasligi, yoki Hindiston va Pokistondan biriga o‘tishni tanlashni orqaga surar
edi. Pokiston chegara bo‘ylab musulmonlardan tashkil topgan ixtiyoriy qismlarini
shay qilib qo‘ydi. 1947-yil oktyabrda ular Kashmirga kirdilar. Bosib olish maqsadida
uning poytaxti Srinagaruga yo‘l oldilar. Hokimiyatni qo‘ldan boy berishdan qo‘rqqan
Xari Singx Hindistonni tanladi va Yangi Dehlidan yordam so‘radi. Srinagaruga
samolyotlarda hind askarlari tashlandi. Shiddatli janglardan so‘ng Pokiston
qo‘shinlari chekindilar. Srinagar va Kashmir vodiysi Hindistonga qo‘shildi.
Kashmirning g‘arbiy qismi Pokistonliklar qo‘lida qoldi. Shtat rahbarlari asta-sekin
hind jamiyatiga qo‘shilib ketdilar. Maxarajlik huquqlari o‘rniga Hindiston
konstitutsiyasida ularga bir qancha huquqlar berildi. Ularga meros yerlari, unvonlari
va har yili beriladigan pul miqdori belgilandi. Ularning ba’zilari siyosatchi, elchi,
biznesmen va Hindistonning eng boy kishilariga aylanib qoldilar.
Bu hodisalarni qonuniylashtirish maqsadida, 1947 yil 31 dekabrda Hindiston
Ittifoqi Kashmir muammosini BMT Havfsizlik Kengashi muhokamasiga topshirdi.
Ushbu muammoni hal etish maqsadida, Hindiston va Pokiston bilan kelishilgan holda,
uch a’zodan tashkil topgan BMT komissiyasi tuzildi. Ushbu komissiya Kolumbiya,
Belgiya va AQSh vakillaridan tashkil topdi. Komissiya faoliyati natijasida
Kashmirdagi harbiy harakatlar to‘xtatildi, 1949 yil 1 yanvardan boshlab sulh tuzildi.
Kashmirning ikki qismi o‘rtasidan nazorat chegarasi o‘tkazildi. Pokiston nazorati
ostiga avvalgi rojalikning shimoli-g‘arbiy tumanlari – maydonining 40 % va
aholisining 27 % - o‘tdi
49
. 1954 yil fevral oyida Kashmirning Hindiston nazorati
ostidagi qismi ta’sis majlisi rojalikni shtat huquqi bilan Hindiston Ittifoqiga qo‘shilish
haqidagi qaror qabul qildi
50
. Bu orqali ikki mamlakat Kashmir uchun kurash
jadallashdi.
Hukumatga kirishdan bosh tortgan Narayan, Neruga “Milliy tiklanish
bo‘yicha minimum-dasturlar” loyihasini yubordi. Ushbu loyihada u quyidagilarni
taklif etdi: ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish uchun konstitusiyaga o‘zgartirishlar
kiritish; ma’muriy islohotlarni o‘tkazish, jumladan, siyosiy hokimiyat
desentralizasiyasini amalga oshirish; ekspluatasiya va iqtisodiy tengsizlikni bartaraf
etish maqsadida yerni qayta taqsimlash, hamda bu jarayonda eng avvalo qishloq
49
Ibid., p. 354; Шаумян Т.Л. Кашмирская проблема: новые подходы и перспективы // Международнй конгресс
востоковедов. Труд, том 3. – М., 2007. – C. 1105-1107.
50
Балабушевич В.В. и Дьяков А.М., отв. ред. Новейшая история Индии. – М.:Издательство восточной
литературы, 1959. – C. 518-519.
Do'stlaringiz bilan baham: |