Uchinchi kitob


huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalardagi hamda mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning



Download 57,25 Mb.
bet54/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalardagi hamda mahalliy hokimiyat organlari, fuqarolarning о ‘zini о ‘zi boshqarish organlari tizimidagi ayrim mansabdor shaxslarning poraxo ‘rligi, ish bilmasli- gi va malakasining yetarli emasligi, mas’uliyatsizligi hollariga chek qo ‘yilishi;

  • davlat organlari va jamoat sektorining fuqarolar huquqiy on- gini ochish, jamiyatning barcha qatlamlariga huquqiy bilim berish sohasidagi keng qamrovli tizimni rivojlantirish borasidagi faoliyati­ni muvofiqlashtirish ta’minlanganligi.

    Shimoliy va Janubiy Amerika (AQSH, Kanada, Meksika, Argen- tina)dagi 20 dan ortiq mamlakat, Avstraliya ombudsmanlari, olimlari va amaliyotchilarining materiallari hamda, turgan gapki, Inson hu­quqlari bo‘yicha vakil institutini qaror toptirishning asosiy bosqich- larini, uning mintaqaviy vakillarining faoliyatini, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, chet ellik hamkasblar bilan hamkorligi- ni, shuningdek, tibbiy muassasalarda davolanuvchilaming huquqla­rini himoya qilish masalalarini aks ettiradigan 0‘zbekiston tajribasi ham joy oldi.
    Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik ham Ombudsman faoliyatining muqarrar tarkibiy qismi sifatida rivoj topdi. Ombuds­man tomonidan o‘tkazilgan deyarli barcha tadbirlar matbuotda va elektron OAVda yoritildi. Vakil instituti faoliyati haqidagi materiallar markaziy gazetalar - «Xalq so‘zi» - «Народное слово», «Правда Востока», «Postda» - «На посту», «Vaqt» - «Время», «Tosh­kent oqshomi» - «Вечерний Ташкент», «Новости Ташкента», «Inson va qonun», «Huquq», «Ishonch» - «floBepne»da va min- taqalar matbuotida; «Демократия и права человека», «Вестник Конституционного суда Республики Узбекистан», «Xalq ta’limi» jumallarida, 0‘zA, «Jahon», «Uzreport» axborot agentliklarining saytlarida e’lon qilindi, markaziy telekanallar, mahalliy telekompa- niyalar, shuningdek, radio orqali efirga uzatildi.
    0‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi yordamida Internet tarmog‘ida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson hu­quqlari bo‘yicha vakilining elektron sayti (www.ombudsman.gov. uz) qayta tiklandi. Unda Vakil institutining faoliyati, 0‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ta’minlash haqidagi materiallar j oylashtirilmoqda.
    Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik ham keng rivoj- landi. Jumladan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, aynan EXHT, Yevropa Ittifoqi, Germaniya Bundestagi, Germaniya Federal hukumatining inson huquqlari va gumanitar yordam bo‘yicha vakili, shuningdek, Tyuringiya o‘lkasi (Germaniya) landtagining raisi, Ba- zel kantoni (Shveysariya) Ombudsmani, AQSH, Polsha, Pokiston- ning 0‘zbekistondagi elchilari, EXHTning 0‘zbekistondagi loyiha- lari Muvofiqlashtiruvchisi, Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘arma, Kanada, Yaponiya elchixonalari, London universiteti vakillari va boshqalar bilan uchrashuvlarga bag‘ishlangan 30 ga yaqin qabul o‘tkazildi.
    BMT tuzilmalari bilan, xususan, inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissarining Boshqarmasi, BMT TD, Yu NISEF, JST vako- latxonalari bilan hamkorlik davom ettirilmoqda.
    2006-yil oktabr oyida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 61-sessiyasi ishida qatnashdi. A’zo davlat­lar vakillari bilan uchrashuvlar hamda BMT BA Uchinchi qo‘mitasi ishida qatnashish chog‘ida 0‘zbekiston parlamenti Ombudsmani 0‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, de- mokratiyalash jarayonlari to‘g‘risida, sud-huquq islohotini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar haqida axborot berdi.
    2006-yil 18-22 noyabrda Karlovi Vari shahrida (Chexiya Res­publikasi) BMT TDning Bratislavadagi Mintaqaviy Byurosi to­monidan tashkil etilgan Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari ombudsmanlarining VII davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati ishida Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldova, Rossiya, 0‘zbekistondan borgan om- budsmanlar delegatsiyalari, shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili davra suhbati ishtirokchilariga 0‘zbekiston Res- publikasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash ham­da himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar xaqida axborot berdi.
    2006-yil 3-5-dekabrda Ombudsman 0‘zbekiston delegatsiya- si tarkibi Yevroparlamentda (Brussel shahri, Belgiya) o‘tkazilgan «0‘zbekistonda gender tengligi» mavzuidagi davra suhbati ishida qatnashdi. Davra suhbati doirasida 0‘zbekistonda gender tengli- gining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan uchta majlis o‘tkazildi. Davra suhbati davomida uning ishtirokchilari 0‘zbekiston parlamen- ti Ombudsmanining mamlakatda xotin-qizlar huquqlari va manfaat- lariga rioya etilishini hamda ular himoya qilinishini ta’minlash soha­sidagi faoliyati haqida axborot oldilar.
    2006-yil mobaynida Tyuringiya (Germaniya) o‘lkasi landtagi raisi va Bazel kantoni (Shveysariya) Ombudsmanining tashriflari amalga oshirilib, ular Samarqand va Toshkent shaharlarida «Inson huquqlariga rioya etilishini va mazkur huquqlar himoya qilinishi­ni ta’minlash sohasida ombudsman institutining davlat organlari va nohukumat tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasining dolzarb masalalari» mavzusida o‘tkazilgan konferensiyalarda qatnashdilar.
    EXHTning 0‘zbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi parlament Ombudsmanining doimiy xalqaro sheriklaridan biridir. 2006-yilda «0‘zbekiston Respublikasida ombudsman institutini ri- vojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi doirasida parlament a’zolari uchun seminarlar hamda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari va ekspert guruhlarining a’zolari uchun seminar-treninglar o‘tkazildi, rus tilida «IiaoTniaiu ie5a» kitobi nashr etildi, tajriba almashish maqsadida Ombudsman vakillarining Yevropa mamlakatlariga o‘quv safari amalga oshirildi.
    Shunday qilib, 1991—2008-yillar 0‘zbekiston inson huquq­larini himoya qilish tizimining shakllanish, rivojlanish va xalqaro me’yorlar talablari asosida takomillashish davri bo‘ldi.


    1. Download 57,25 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   164




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish