Uchinchi kitob


§. Millatiararo totuvlikni ta’minlash choraiarining amatga oshirilishi



Download 57,25 Mb.
bet62/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

§. Millatiararo totuvlikni ta’minlash choraiarining amatga oshirilishi

Mustaqillik yillarida ko‘p millatli mamlakatda fuqarolar o‘rta- sida tinchlik va millatiararo totuvlik saqlanganligi 0‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lida qo‘lga kiritilgan katta yutuqlardan biridir. Chunki 120 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan mamlakatda jamiyatni tubdan yangilash, bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tkazish osonlik bilan ko‘chmaydi. Bunday paytda davlat siyosati izchil va oqilona, dadil va qat’iyatli bo‘lmog‘i lozim.
Mamlakat rahbariyati milliy masalani qonun yo‘li bilan hal qilishga urindi, millatiararo mojarolami tinch hal qilish chora- tadbirlarini ko‘rdi. Bu borada hukumat eng awalo Konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutdi. Aholining barcha qallamlari va turli millat vakillari diqqatini bir nuqtaga qaratdi. Qonun oldida hammani teng qilib qo‘ydi. Har bir fuqaro qalbida yagona zamin, yagona makon, yagona vatan uchun j avobgarlik hissini kuchaytirdi.
0‘zbekiston Konstitutsiyasining muqaddima qismida «0‘zbe- kiston xalqi... fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida о‘zining muxtor vakillari siymosida 0‘zbekiston Res­publikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi», - deb yozib qo‘yilgan.
Jahon tajribalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘p millatli davlatda fuqa­rolar milliy va madaniy manfaatlarini himoya qilish ulaming ehti- yojlarini qanoatlantirish milliy davlat chegaralari doirasida cheklanib qolmasligi lozim.
0‘zlarining tarixiy vatanlaridan tashqarida yashovchi millatlar uchun hamma joyda, hamma vaqt milliy ehtiyojlarini qondira olish- lari uchun zarur sharoit yaratilishini taqozo etadi. Bu talab birinchi galda milliy hududiy tuzilmalari bo‘lmagan xalqlarda alohida aha­miyat kasb etadi.
0‘zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar, milliy siyosatga bir yoqlama qaralar edi. U hech bir ittifoqdosh respublikada hal etilmagandi. Milliy masala borasida sobiq Markaz tomonidan bir yoqlama yo‘l tutib kelindi. Bu esa oqibatda butun SSSRning, jum- ladan 0‘zbekistonning ham ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga katta ziyon yetkazdi.
Sobiq SSSR Konstitutsiyasida milliy ravnaq, milliy madaniyat- lar rivoji xususida fikrlar bayon qilingan bo‘lsa-da, amalda «ulug‘ og‘a»chilik, ruslashtirish siyosati hukmron edi. Kommunistik partiya dasturida barcha millatlar va elatlarni o‘zaro yaqinlashtirish asosida milliy xususiyatlami yo‘qotish va yagona, «madaniyatsiz», yasa- ma xalqni vujudga keltirish tendensiyasi davlat va hukmron partiya siyosati darajasiga ko‘tarilgan edi. Darhaqiqat, KPSS programmasi- da «yagona sovet xalqi vujudga keldi. Bu sovet davlati milliy siyo­satining ulkan yutug‘idir» deb surbetlarcha bayon etilgan edi.
Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgach, millatlararo munosa- batlarda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va nuqsonlar asta-sekinlik bilan bartaraf etila boshlandi. Ko‘p millatli mamlakatda xalqlar tinch- totuvligini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rildi.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «0‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, 0‘zbekiston Respubli­kasining fuqarolari tashkil etadi», - deyiladi.
Mazkur moddada qayd etilgan qoida jahondagi biror bir Konsti­tutsiyada uchramaydi. Unda Konstitutsiya darajasida «0‘zbekiston xalqi» tushunchasining ta’rifi bayon etilgan. 0‘zbekistonda tug‘il- gan, uning zaminida yashab, mehnat qilayotgan har bir kishi, millati va irqiy mansubligidan, diniy e’tiqodidan qat’i nazar, mamlakatimiz- ning teng huquqli fuqarosi bo‘lishga munosibdir.
0‘zbekiston fuqarolari, o‘zlarining nasl-nasabi, irqi, ijtimoiy ke­lib chiqishi va boshqa holatlaridan qat’i nazar, 0‘zbekiston xalqini tashkil etadi.
Konstitutsiya 0‘zbekiston xalqini tashkil etuvchi barcha millat va elatlaming urf-odatlari va milliy an’analarini hurmat qilishni ka- folatlaydi.
Mazkur moddada mustahkamlangan 0‘zbekiston fuqarolarining milliy tengligi tamoyili inson huquqlariga oid barcha xalqaro hujjat- larga, jumladan 0‘zbekiston Respublikasi nomidan uning Prezidenti imzolagan «Yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasi» talablariga to‘la mos keladi.
Mazkur prinsip mamlakatimizdagi tinchlik, siyosiy barqarorlik va millatlararo totuvlikning huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoq­da. Ana shu talablardan kelib chiqib mamlakatda millatlararo muno- sabatlami takomillashtirishga qaratilgan amaliy choralar belgilandi. Shuni aytish lozimki, mamlakatda millatlararo munosabatlami ta- komillashtirishda tilning o‘mi va roli benihoyadir. 0‘zbekistonda o‘zbek tili davlat tili maqomini oldi, bu o‘z navbatida uning mamla­katda yashovchi fuqarolar o‘rtasida millatlararo aloqalar vositasiga aylanishiga imkon berdi.
Ma’lumki, 1989 yil oktabrda Oliy Kengash sessiyasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Davlat manfaatlari nuqtayi nazaridan bunday zarur chora respublikada istiqomat qilayotgan ru- siyzabon aholi tomonidan bir xil qabul qilinmadi. Ulaming ruhan tayyor emasligini hisobga olib, mamlakat rahbariyati til Dasturini amalga oshirishda shoshmashosharlikka yo‘l qo‘ymadi. Unga hayot taqozosi asosida o‘zgartirishlar kiritib bordi.
Mamlakatda muntazam ravishda til siyosati haqida tushuntirish- lar olib borildi. Mavjud vaziyatni hisobga olib, zaruriyatga qarab ish yuritish, hujjatlami rasmiylashtirish, turli ma’muriy-idoraviy muno- sabatlarda rus tili va boshqa millatlar tillaridan foydalanila bosh- landi. Shuning uchun bu masala 1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlis IV sessiyasi kun tartibiga kiritilib, «0‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunning 4-moddasida «0‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hu­dudida yashovchi millatlar va elatlaming tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillami rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi», - deb yozib qo‘yildi.
Bu qoida millatlararo do‘stlik munosabatlarini yaxshilashga xiz­mat qila boshladi. Mamlakatda milliy-madaniy markazlami tashkil qilish asosida tub aholi bo‘lmagan xalqlar milliy an’analari, mada- niyatlari va boshqa o‘ziga xos jihatlarining rivojiga keng yo‘l ochib berdi.
1989-yilda Madaniyat vazirligi qoshida mamlakat millatlararo Madaniyat Markazi tashkil etildi. Uning tarkibida 12 ta, jumladan Qozoq, Koreys, Arman, Ozarbayjon, Tojik madaniyat markazlari fa­oliyat ko‘rsata boshladi.
Vaqt o‘tgani sayin ulaming soni orta bordi. Xususan, 1995-yilga kelib mamlakatda ulaming soni 80 tadan oshdi. Bunday rivojlanish o‘z navbatida ulaming faoliyatini muvofiqlashtirishni taqozo qilar- di. Shu maqsadda 1992-yil yanvar oyida 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 0‘zbekiston Respublikasi Baynal- milal madaniyat Markazi tashkil qilindi. Milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ko‘maklashish uning asosiy vazifasi qilib belgilandi. Shu bilan bir qatorda davlat organlari va jamoat tashkilotlariga 0‘zbekiston hududida yashovchi milliy gu- ruhlaming ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga doir masalalami o‘rganishda yordam berishi lozim deb, ta’kidlandi.
Markaz faoliyatidagi muhim yo‘nalish umumxalq bayramlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda faol ishtirok etish bo‘ldi. Jumladan, respublikada o‘tkaziladigan an’anaviy «Navro‘z» bayra- mida nafaqat mahalliy, balki, respublikada yashayotgan barcha mil­lat vakillari qatnashadilar, bu bayramga chuqur hurmat bilan qaray- dilar. 0‘z navbatida mahalliy aholi ham ruslaming milliy bayrami bo‘lmish «Масленница рождество», tatarlaming «Sabanto‘y» va boshqa qator xalqlaming milliy bayramlarida faol ishtirok eta bosh- ladilar.
Bu bir jihatdan ma’lum bir xalqning milliy bayramini, o‘ziga xos an’ana va urf-odatlarini o‘rganishga, shu tufayli o‘z dunyoqa- rashni boyitishga yordam beradi. Ikkinchidan, o‘zaro hurmat va ya­qin qardoshlik asosida umumiy xonadon - yagona vatan tuyg‘usini kuchaytiradi. Uchinchidan, mamlakatda sog‘lom, ma’naviy-ruhiy iq- limning barqaror bo‘lishini ta’minlaydi.
Mustaqillik yillarida Baynalmilal madaniyat Markazi tomoni­dan amalga oshirilgan ishlaming yana bir yo‘nalishi bu 1994-yili boshlangan birinchi «Xalq ijodiyoti» festivali bo‘ldi. Bu festival 0‘zbekiston Mustaqilligining uch yilligi munosabati bilan tashkil etildi va uni har ikki yilda bir marta o‘tkazishga qaror qilindi.
Ayniqsa, arman, ozarbayjon, tojik, qozoq, tatar, nemis va koreys xalqlarining professional va badiiy havaskorlik san’atkorlarining chiqishlarini xalq xursandchilik va qiziqish bilan kutib oldi. Har bir Madaniyat Markazining festivali chinakamiga milliy bayram­ga, o‘sha millatning tom ma’nodagi porloq istiqbolining kafolatiga, yashab turgan zamin uning uchun begona emasligi, aksincha, ana shu yurt, ana shu tuproq taqdiri uchun javobgarlik hissini kuchay- tirishga xizmat qildi. Milliy madaniy Markazlaming yakunlovchi chiqishlari Mustaqillik bayrami arafasida 20-avgust kuni «Istiqlol» saroyida va bayram kuni - birinchi sentabrda «Mustaqillik» maydo- nida o‘tkazilgan tantanali konsertlarda namoyish qilindi.
Mamlakatda millatiararo munosabatlami barqarorlashtirish, mil­liy madaniyatlar ravnaqi yo‘lidagi xizmatlarini qo'llab-quvvatlab festival qatnashchilariga Prezident I. Karimov tabrik maktubi yo‘lladi.
0‘zbekistonda qardosh xalqlar ijodkorlari bilan uchrashuvlar, ular ijodiga bag‘ishlangan kechalar o‘tkazish odat tusiga kirdi. Keyingi yillarda 0‘zbekiston kunlarining Qozog‘istonda, Qozo- g‘iston kunlarining 0‘zbekistonda o‘tkazilishi, qozoq va o‘zbek xalqi o‘rtasidagi qardoshlarcha aloqaning yanada ravnaq topishiga katta hissa qo‘shdi. Rus madaniyat Markazi Rossiyaning 0‘zbe- kistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda S.Yesenin tug‘ilgan kunining 100 yilligini, Qozoq madaniyat Markazi Qozog‘istonning 0‘zbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda buyuk qozoq shoiri Abay tavalludining 150 yilligini, milliy istiqlol uchun tolmas ku- rashchilar Turor Risqulov, Sultonbek Xojanovlaming 100 yilligi­ni, Qirg‘iz madaniyat Markazi Qirg‘izistonning 0‘zbekistondagi elchixonasi bilan birgalikda «Manas» eposining 1000 yilligini keng nishonladilar.
Bu sanalar o‘z navbatida o‘zbek xalqining ham katta bayramiga aylandi. Milliy madaniyat markazlari, mamlakat fanlar akademiyasi va boshqa qator oliy o‘quv yurtlari ishtirokida ilmiy-amaliy konfe- rensiyalar o‘tkazildi.
Ukraina milliy madaniy Markazi «Taqdirimiz - yagona» mav- zuida davra stoli tashkil etdi. Atoqli rus shoiri S.Yesenin yubileyiga bag‘ishlangan kecha ishtirokchilari «0‘zbekiston - umumiy uyimiz» mavzuida suhbat o‘tkazdilar.
Shuningdek, turli millatga mansub ijodkorlar asarlarining ko‘rgazmalarini tashkil qilishga katta e’tibor berildi. Masalan, 1994- yil mart-aprel oylarida Toshkentda «Bir daraxtning shoxlari» mav­zuida ana shunday ko‘rgazma tashkil qilindi. Unda mamlakatda is- tiqomat qiluvchi 11 millatga mansub 58 ijodkoming 98 ta tasviriy san’at asari namoyish qilindi. Shu yilning may oyida esa Ukraina, 0‘zbekiston, Belorussiya xalq amaliy san’ati namoyandalari asarla­rining ko‘rgazmasi uyushtirildi. Xususan 0‘zbekistonlik mo‘yqalam ustalari: I.Xaydarov, A.G.Jiboldov, K.Gulenko, S.RMansurov, Kov- riyenko va boshqalaming asarlari keng tomoshabinlar ommasida katta taassurot qoldirdi. Bu ko‘rgazmalar kishilami hozirgi zamon amaliy va tasviriy san’at namunalari bilan tanishtirishda katta aha­miyatga ega bo‘ldi.
0‘zbekistonda o‘tkaziladigan «Turkiston - umumiy uyimiz» mavzuidagi kechalar, uchrashuvlar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va ahillikni kuchaytirishda katta rol o‘ynamoqda. Masalan, ana shun­day shior ostida 1995-yil avgustda mamlakat Baynalmilal madaniyat Markazining respublika, Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitalari, «Tinchlik va barqarorlik» hamda shahar «Mahalla» xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlikda o‘tkazgan do‘stlik kechasi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu yil kuzda Markaziy Osiyo xalqlari ma­daniyat arboblari Assambleyasining Toshkentda to‘planishi ham bu borada qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 299
0‘zbekiston Respublikasi davlat delegatsiyasi Germaniya, Rossiya, Koreya va Markaziy Osiyo mamlakatlariga rasmiy tashrif buyurganda, tegishli milliy-madaniy markazlar raislari shu Hukumat delegatsiyasi tarkibida bordilar. Bu ham mamlakatimizda milliy va millatlararo munosabatlar davlat nazoratida ekanligini, unga doimiy ravishda g‘amxo‘rlik va alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi. Qolaversa, bu har ikki davlat va xalq o‘rtasidagi munosabatlaming yanada chuqurlashuviga xizmat qiladi.
Mamlakat Baynalmilal madaniyat Markazi 1995-yil 10-11-mart kunlari Toshkent shahar hokimiyati hamda «Ma’naviyat va ma’rifat» Markazi bilan hamkorlikda «Mustaqil 0‘zbekistonda millatlararo munosabatlar madaniyati» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konfe- rensiyasini o‘tkazdi. Ushbu konferensiya tavsiyalari keyingi yillarda millatlararo totuvlikni rivojlantirishga doir ishlami yanada takomil- lashtirishga, uni yangidan yangi tajribalar va ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitishga yordam berdi.
0‘zbekiston «Xalq birligi» harakati va Baynalmilal madaniyat Markazi 1996-yil «0‘zbekiston millatlararo hamjihatlik yo‘lida» nomli kitobni nashr etdi. Unda milliy va millatlararo munosabat­laming jamiyatni tubdan isloh qilish sharoitida tutgan о‘mi va roli, milliy madaniyatlar ravnaqi va Mustaqillik imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat va- killarining o‘z ona tillarida o‘qishi, ta’lim olishi uchun keng imko- niyatlar yaratildi. Ular kerakli miqdorda o‘quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlanadi.
Ayni paytda 0‘zbekistonda istiqomat qilayotgan 120 dan or­tiq millat va elatlaming farzandlari mamlakatimiz o‘quv yurtlarida bemalol ta’lim olmoqdalar. Ko‘plab tillarda gazeta va jumallar chop etilmoqda. Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar olib boril- moqda.
0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida millatlararo va diniy bag‘rikenglik tamoyili mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, unga muvofiq mamlakatimizda yashayotgan har bir kishi jinsi, irqi, millat- lari, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar bir xil huquq va erkinlikka ega hamda qonun oldida bir xil javobgardir.
Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimiz tashabbusi bilan 1992- yilda tashkil etilgan Respublika baynalmilal madaniyat markazi o‘z tili, madaniyati, san’ati, milliy hunarmandchiligi, urf-odat va an’anasiga ega bo‘lgan millatlar markazlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularga amaliy va uslubiy ko‘mak berish, har bir mil- latning o‘ziga xos udumlarini asrash bag‘rikenglik tamoyili asosida bir-birini tushunish, hamkorlik va hamjihatlik fazilatlarini singdirish kabi ustuvor vazifalami bajarishda faollik ko‘rsatmoqda.
2008-yilga kelib yurtimizda turli millat va ellatlami birlashtirgan 140 dan ziyod milliy-madaniy markaz faoliyat yuritmoqda. Ulardan 13 tasi respublika miqyosidagi tashkilot maqomiga ega. Rus, ukrain, koreys, turkman, qozoq, uyg‘ur, nemis, polyak markazlarining hudu­diy bolinmalari ham ishlab turibdi. Ushbu markazlar uchun millat va elatlar o‘rtasidagi munosabatlami mustahkamlash g‘oyasi asosiy dasturilamaldir.
2007-yil 20-yanvar kuni Respublika baynalmilal madani­yat markazining 15 yilligi keng nishonlandi. Bu tadbirga alohida tayyorgarlik ko‘rildi. 2006-yil davomida joylarda «0‘zbekiston - umumiy uyimiz», «Kuchimiz - birlik va jipslikda», «Vatan yago- nadir, Vatan bittadir» kabi festivallar tashkil etildi. Ularda esa hur 0‘zbekistonimiz jamoli, do‘stlik, birodarlik, hamjihatlik kabi ezgu fazilatlar yanada ulug‘landi. Tadbiming asosiy qismi o‘tkazilayotgan paytda mamlakat Prezidenti barcha millat va elat vakillariga tabrik xati yo‘lladi. Unda jumladan shunday deyiladi:

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish