Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet52/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida bar- chaning tengligini ta’minlash lozim. Eng awalo huquq-tartibot ishlarini, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlami xalqaro mezon va andozalarga moslashtirish zarur. Ma’lumki, ayni paytda ja- honda mazkur masalaga doir yetmish xil andoza mavjud. Bular- ning hammasi jahon hamjamiyatida tan olingan tamoyillar hisob­lanadi. 0‘zbekiston hozir ana shu andozalardan o‘n beshtasiga qo‘shilganligi uning juda qisqa muddatda demokratiyaning turmush tarziga va uni doimiy ishlab turadigan mexanizmga aylantirish bora­sida amalga oshirilgan katta yutug‘i hisoblanadi.
Hukumat mustaqillik davrida bosib o‘tilgan yo‘l, to‘plangan taj- ribalar va imkoniyatlami tahlil qilar ekan, huquqni muhofaza qi­lish organlari faoliyatini qaytadan ko‘rib chiqish, uni jahonning eng ilg‘or tajribalari bilan boyitish kerakligini uqtiradi.
Sessiyada inson huquqlarini kafolatlash va bu sohadagi norma- tivlami amalga oshirish ustidan nazoratni kuchaytirishning eng za- monaviy shakllarini vujudga keltirish zarur, deb ko‘rsatdi. Jumladan, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili instituti hamda hu- quqparvar jamoat tashkilotlarining mavqeyi va maqomini ko‘tarish, inson huquqlarini himoya qilish Ombudsman instituti, Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Amaldagi qonunchilik Monitoringi institu­ti, Inson huquqlari milliy markazi singari tashkilotlar ishini rivojlan­tirish, takomillashtirish hamda boshqa bir qator institutlami tashkil etish zarurligini ko‘rsatdi.
Prezident I. Karimov masalaning xuddi ana shu jihatiga alo­hida e’tibor berar ekan, «Aholida inson huquqlari va erkinlikla- riga rioya qilish borasida yangi qadriyatlar va ko‘nikmalarni shakllantirish, pirovard natijada esa inson huquqlariga hurmat- ehtiromni va ularga rioya etishni umummillat darajasida rivoj- lantirishga qaratilgan madaniyatni yuzaga keltirish g‘oyat mu- himdir. Insonning o‘z huquqlari va majburiyatlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi shaxs huquqlarining konstitutsiyaviy kafolat- larini ro‘yobga chiqarishning eng asosiy sharti bo‘lib qolishi ke­rak» - deb uqtirdi.
0‘z-o‘zidan ma’lumki, bu odamlaming tafakkurida o‘zgarish yasash, ulaming o‘z haq-huquqini chuqurroq anglab olishiga yor- dam berish, umuman olganda, har bir fuqaroning huquqiy bilim- lari saviyasini oshirishni taqozo etadigan jarayon. Zotan, o‘z haq- huquqini aniq bilgan, o‘zini himoya qilishga qodir shaxs jamiyat oldidagi burchini ham chuqur tushunadi. Fuqaroning huquqiy ongi va siyosiy bilimi qanchalik yuqori bo‘Isa, davlat va jamiyat ol­didagi majburiyatini hamda fuqarolik mas’uliyatini shunchalik chuqur anglaydi. Ana shunday holatning o‘zi shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlaming uyg‘unlashgan, barkamol ma’naviy qiyofasini belgilaydi,
To‘rtinchidan, aholining siyosiy faolligi bevosita uning ja­miyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlariga qanchalik daxldorligi bilan belgilanadi. Agar fuqaro siyosiy va ijtimoiy jihatdan faol bo‘lsa, u o‘z-o‘zini boshqarishga va shu orqali jamoa harakatini shakl- lantirishga, uning mazmunini chuqurlashtirishga qodir bo‘ladi. Yangilanayotgan jamiyat aholini kundalik tashvishlar va har xil ikir-chikirlar girdobidan olib chiqadi, uni hayotga teranroq va ser- gakroq qarashga undaydi. U o‘zini erkin his qilsin, erkin fikrla- sin, oldin fikrining to‘g‘riligiga, jamiyat uchun foydali ekanligi- ga ishonsin, so‘ng uni hech qiynalmasdan bayon qilsin. Haqiqiy demokratiya ana shunda ko‘rinadi. Agar har bir fuqaro hayotda o‘zini ana shunday tutsa, ana shunday qobiliyatga ega bo‘!sa de­mokratiya o‘z-o‘zidan jamiyatning tarkibiy qismiga aylanadi, unda mustahkam o‘mashib oladi.
Aholining siyosiy madaniyatini oshirish, uning jamiyat rivoj- lanishida tutgan roli va mavqeini ko‘tarish bir jihatdan ko‘ppar- tiyaviylik tizimini shakllantirish va uning faoliyatini chuqurlashtirish bilan belgilanadi. Ayni paytda mamlakatimizda «Jamoat birlash- malari to‘g‘risida»gi qonun amal qilmoqda. Hozir ana shu qonun doirasida mamlakatimizda to‘rtta partiya, bitta xalq harakati, kasa­ba uyushmalari, jami ikki yuzdan ortiq jamoat tashkilotlari faoli­yat ko‘rsatmoqda. Fuqarolarning ana shu tashkilotlarda faol ishtirok etishini ta’minlashning uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish lo­zim.
Yuqoridagidan kelib chiqib Prezident I. Karimov «jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanafai saqlaydigan kuchli ommaviy, jamo­at birlashmalari bo‘Imas ekan, davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘iniarida o‘zboshimchalik, voluntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining komipsiyasi singari illatlar paydo bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham boimaydi», - deydi.
Beshinchidan, demokratiya va muxolifat xususida. Ma’lumki, bizning muxolifat haqidagi tushunchalarimiz hali-hamon jo‘n va sodda. Chunki, biz uchun muxolifat yangi davming mahsuli sifati­da istiqlol arafasidagina tilimizda paydo bo‘ldi. Buning o‘ziga xos omillari bor. Jumladan, qadimda Sharq davlatchiligida adolat tamo- yillarining ustun turganligi, qonun oldida barchaning tengligi, davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlaming nihoyatda sodda, ayni paytda samimiy tizimi mavjudligi butun jamiyatda har tomonlama barqaror- likka asos bo‘lgan. Qolaversa, muxolifat tushunchasi umuman jahon davlatchiligi tajribasida ham XX asr «ixtirosi» sifatida demokratik jarayonlaming tobora chuqurlashishi sharoitida vujudga kelgan ho- disadir.
Muxolifat mavjud siyosiy kuchlami taroziga solib turadigan, jamiyat taraqqiyoti muvozanatini saqlab turadigan, uning ravnaqi yangidan-yangi tamoyillarini ishlab chiqishga da’vat etadigan ijobiy voqelik. Biroq, biz ana shu voqelikning haqiqiy mazmunini kashf etolganimiz yo‘q.
Ochig‘ini aytganda bizda hozirgacha muxolifat bo‘lmagan va hozircha yo‘q. 1980-yillaming oxiri va 90-yillaming boshlarida de- mokratiya o‘yinlari avj olgan paytda bir guruh kishilar o‘zlarini turli tomonga urishdi. Ularning ayrimlari shon-shuhrat va amalga intilish orzu-istagida bo‘Isa, bir qismi yuqori partiyaviy kurslarda ishlab, uning imtiyozlaridan foydalangan va keyinchalik ana shu imkoni- yatlardan quruq qolib, oldingi kiborona hayotini qo‘msab qolgan kishilar edi. Ularga. ergashganlar esa hayotdan norozi bo‘lgan, tur- mushda o‘z о‘mini topolmagan, jamiyatga nimadir berishdan ko‘ra undan ko‘proq narsa olishga ishtiyoqmand bo‘lganlardir. Umuman olganda muxolifat deb atalgan bu guruhlami muxolifatchilar emas, balki hayotdan norozilar, deb atash mumkin. Bundaylar esa, taassuf- ki, har qanday sharoitda, har qanday jamiyatda va hatto eng rivoj- langan mamlakatlarda ham mavjud. Bu tabiiy hodisa. Chunki, mav­jud siyosat, tartib-qoidalar, qonunlar qaysidir jihati bilan cheklangan bo‘ladi. Ular aholi barcha tabaqasining talab-ehtiyojlarini to‘la qam- rab ololmaydi. Qisqa qilib aytganda, tartib-intizomning chegarasi bor, ehtiyojlar esa nihoyasizdir. Ana shu holatning o‘zi qonunlami doimo takomillashtirib, qo‘shimchalar bilan boyitib borishni taqo- zo etadi. Demak, hech qachon mukammal demokratik hayot mav­jud bo‘lmaydi. U doim fiiqarolar talabi, hayot ehtiyoji va yangidan- yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib, rivojlanib, boyib boraveradi.
Prezident I. Karimov muxolifat tushunchasi xususida gapirar ekan, «tushunchaning asl ma’nosini aniq anglab olishimiz lozim. Biz siyosiy muxolifatni muqobil muxolifat sifatida tushunamiz.Turmushimizning hamma sohasida muqobillik bo‘Iishi lozim. Shu sababli muxolifat haqida so‘z borar ekan, eng awalo, islo­hotlar o‘tkazish, jamiyatning taraqqiyot va yangiianish yo‘Iidan olg‘a borish bo‘yicha muqobil dastur turlarini taklif etishga qo- dir amaliy muxolifatni nazarda tutamiz», - deydi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Prezident muxolifat ha­qida, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘mi va roli to‘g‘risida ga­pirar ekan, jahon tajribalariga tayanadi. Muxolifatchilikning hayotiy zarurati, mas’uliyati va burchi haqidagi eng adolatli mulohazalarini o‘rtaga tashlaydi.
Darhaqiqat, jahon demokratik jarayonlari huquqiy maqomi va konstitutsiyaviy kafolatlari mavjud bo‘lgan, o‘z faoliyatini ja­miyat taraqqiyoti va fuqarolar osoyishtaligi asosida qurgan, uning butun mas’uliyatini bo‘yniga olgan, davlat ravnaqini ta’minlashga xolisona ko‘maklashadigan, har tomonlama - ilmiy va hayotiy ji­hatdan asoslangan dasturlarga ega bo‘lgan muxolifatni tan oladi. 0‘zbekiston hukumati muxolifatga xuddi ana shu xalqaro talablar nuqtayi nazaridan yondashadi. Taraqqiy topgan mamlakatlarda va demokratik tamoyillar rivojlangan davlatlarda muxolifatga shun­day yondashishadi. Ana shu xulosalardan kelib chiqib Prezident I. Karimov «Biz rasmiy hokimiyat bilan g‘oyaviy va amaliy jihatdan raqobatlasha oladigan, amaliy takliflar kirita biladi- gan, jamiyatimizning turli siyosiy qatlamlari manfaatlarining ifodachisi tariqasida maydonga chiqa oladigan muxolifatni ko‘rishni istaymiz», - deydi.
Oltinchidan, sessiyada hokimiyat bo‘linishi tamoyillariga qat’iy amal qilish demokratik jarayonlami chuqurlashtirishning muhim omili sifatida ko‘rsatildi. Bu, ayniqsa, o‘tish davrida jamiyat boshqa- mvini takomillashtirishga, uning barqarorligini ta’minlashga, fuqaro va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqurlashtirishga zamin yaratadi.
Qonun chiqaruvchi organ jamiyatni qonunlar tizimi bilan ta’minlasa, ijro organlari bevosita ishlab chiqarishni takomillashti- rish, joylarda qonunchilikni joriy etish, huquqiy demokratik davlat tizimini mustahkamlashni ta’minlaydi.
Sud hokimiyati esa insonparvar fuqarolik jamiyati ma’naviy qiyofasini belgilaydigan muhim omillardan hisoblanadi. Endigina, mustaqillik davriga kelib sud o‘z vazifasini bajarishga kirishmoqda, o‘z maqomi doirasida faoliyat ko‘rsatishni tamoyilga aylantirmoqda.
Yaqin o‘tmishimizga nazar tashlaylik. Sud, prokuratura, ich­ki ishlar xizmati, bizning tasawurimizda qattol va beshafqat jazo organi, odamlarga tazyiq qiluvchi, zo‘ravonlik mahkamasi bo‘lib ko‘rinar edi. Ko‘chada bir militsioner yoki prokuratura xodimiga ко‘zing tushsa, beixtiyor tovoninggacha muzlab ketarding, kishi. Chunki qizil imperiyaning asosiy tayanchi, qonxo‘r qilichi hisob- langan huquq-tartibot organlari aslida o‘z vazifalarini bajarmas edi. Ular davlat va qonunni ro‘kach qilib, fuqarolami qo‘rqitish, ularda tobelik va mutelik ruhiyatini singdirish, qalbini jarohatlash, irodasini bukishni maqsad qilib olishgan edi. Aslini olganda bu maqsadgina emas, balki davlat siyosatiga aylangan qudratli va fashistik xarakter- dagi hodisa edi.
Sessiya «Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatdan ham mustaqil bo‘lib qolishi lozim», - deb ko'rsatdi. Darhaqiqat, sud endi odamlami jazolovchilik faoliyatidan ulami hi­moya qiluvchi, haq-huquqini tiklashga yordam beruvchi, insonpar- var va adolatparvar tizimga aylanmog‘i lozim. Ana shunday taqdirda chinakam demokratik jamiyat vujudga keladi va uning yashovchan- ligi ta’minlanadi.
Prezident Sud hokimiyati ishini isloh qilishni huquqiy demok­ratik davlatni barpo qilishning asosi sifatida qaraydi. Sud faoliyatini demokratiyalashtirishni esa xalq maslahatchilari tizimini takomil- lashtirish, sud ishlarida keng jamoatchilik vakillarining faol ishtirok etishini ta’minlash orqali amalga oshirish zarurligini ko‘rsatdi. Ana shunda demokratik jamiyatning poydevori mustahkam bo'ladi. Bu - birinchidan.
Ikkinchidan, biz butunlay yangi tarixiy sharoitda yashayapmiz. Biz o‘z hayotimizni qaytadan yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Jumladan, sud hokimiyati faoliyatida ana shunday yangilanishlar davrini boshdan kechiryapmiz. Endi uning tarkibini kengaytirishimiz darkor. «Shu maqsadda, - deydi Prezident I. Karimov, - transport va soliq sud- larini tuzish, xolis hakamlar sudlari (Третейский суд) imkoni- yatlaridan kengroq foydalanish lozim.
1993-yil sentabrida qabul qilingan «Sudlar to6g6risida»gi qontmda nazarda tutilganligiga qaramay, sudlar tarkibida ha- nuzga qadar ma’muriy huquqbuzartiklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudyalar lavozimlari joriy etilmadi.
O‘zbekiston sudyalari uyushmasini tashkil etish ham maq­sadga muvofiq ko‘rinadi. Bu uyushma Xalqaro sudyalar uyush- masiga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi mumkin».
Bulaming barchasi huquqiy demokratik davlat ildizlarini chu- qurlashtirishga, uni har jihatdan mustahkamlashga, davlatni qudrat- li mexanizmga aylantirishga yordam beradi. Davlat kuchli bo‘lgan joyda taraqqiyot tezlashadi, jamiyat ma’naviy jihatdan mutahkam- lanadi, siyosiy jihatdan o‘zini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlari kengayadi. Qonun barqaror bo‘lgan joyda fuqarolarning erkinliklari kengayadi, o‘zligini namoyon qilish, ichki qudratini ko‘rsata bilish, yaratuvchi- lik iqtidorini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fuqarolari o‘z taqdirini o‘zi belgilab, har bir kunini bunyod etish, kashf qilish ishti- yoqi bilan o‘tkazadigan mamlakatda, albatta, aholi ehtiyojlari qonun bilan kafolatlangan bo‘ladi. Davlat esa butun choralar bilan ana shu qonunlar harakatini nazorat qilib borish, uni yo‘naltirib turish, yo‘l- yo‘lakay «ta’mirlab», takomillashtirib borish singari muhim vazifani bajaradi.
Yuqoridagilaming barchasi bevosita fuqarolarning huquqiy bilimlami nechog‘li egallashiga, o‘z haq-huquqini anglab olishi- ga, mavjud qonunlar kafolatlab bergan imkoniyatlardan qanchalik foydalana olish darajasiga bog‘liq. Qolaversa, huquqshunos kadr­lar sifatini yaxshilash, ulami zamonaviy bilimlar bilan qurollanti- rish katta ahamiyat kasb etadi. Prezident I. Karimov sessiyada shu masalalar haqida so‘z yuritar ekan, huquqshunos kadrlarga ehti­yoj katta ekanligini alohida uqtirdi. Jumladan, bizda har yuz ming aholiga sudlar Olmoniyadagiga nisbatan olti marta, advokatlar esa Amerika Qo‘shma Shtatlariga nisbatan 55 marta kam ekanligini ko‘rsatib o‘tdi.
Bosh islohotchi - davlatning istiqbol rejalari va strategik das- turlaridan kelib chiqib shuni aytish lozimki, shunday davlat va ijti­moiy tuzilma yaratish kerakki, unda kuchli markaziy hokimiyat o‘z sa’y-harakatlarini mudofaa, davlat xavfsizligi va fuqarolarning xavf- sizligi, tartib-intizom, tashqi siyosat, valyuta-moliya, soliq tizimini shakllantirish, qonunlar qabul qilish va jamiyatning boshqa strategik vazifalarini amalga oshirish singari asosiy umummilliy vazifalarga qaratmog‘i zarur.
Boshqaruv masalalarini hal etish esa asta-sekin markazdan joy- larga, davlat hokimiyati organlaridan jamoat birlashmalari va fuqa- rolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazishi lozim.
Ana shunday sharoitda jamiyatda demokratiya chuqurlashadi, fuqarolarning ijtimoiy faoliyati kuchayadi. Joylarda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari ishi bevosita barcha fuqarolarning ishti- roki asosida takomillashib boraveradi. Natijada fuqaro va jamiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik kuchayadi. Odamlar o‘zlarini jamiyatning muhim, yo‘naltiruvchi kuchi ekanliklarini chuqurroq anglay bosh- laydilar. Ulaming dunyoqarashi, maqsad va intilishlari bevosita ja­miyat istiqbolini belgilaydi, uning kelajagidan bashorat qiladi. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, demokratiya jamiyatning har bir a’zosi hayotining uzviy bir qismiga aylangan taqdirdagina demokra­tiya hisoblanadi. Farzandlarimizni bolalikdanoq ayni shu ruhda tar- biyalab borish zamr, - degan xulosaga kelish mumkin.
Yuqorida demokratik tamoyillami chuqurlashtirishning uch omi- li xususida gapirdik. Hokimiyat bo‘linishidagi tarmoqlaming har biri xususida alohida to‘xtaldik. Qonun chiqaruvchi, ijro hokimiyati va sud hokimiyatining faoliyatlari yuzasidan fikr yuritdik. Ulaming de­mokratik jarayonlami chuqurlashtirish borasida tutgan o‘mi va roli haqida fikr yuritdik.
Hozirgi zamon demokratik jarayonlari va uning eng ilg‘or taj- ribalari to‘rtinchi hokimiyatni ham yaratish va uning faoliyatidan unumli foydalanishni taqozo etmoqda. Bu bevosita ommaviy axbo- rot vositalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, uning huquqiy asosini mustahkamlash, demokratik jamiyatdagi roli va vazifalarini belgi­lab berish, jumalistik faoliyatni qonun bilan kafolatlash zamrligini ko‘rsatmoqda.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1996-yil 30-avgustda bo‘lib o‘tgan sessiyasida «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi hamda «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonunlami qabul qildi. 1997-yil 24-aprelda «Jumalistik faoliyatni himoya qi- lish to‘g‘risida», «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»,

  1. yil 26-dekabrda esa «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» (yangi tahrirda) Qonun qabul qilindi. Jumalistlami qayta tayyorlash Markazi ish boshladi. Bular mamlakatimizda so‘z va fikr erkinligiga kafolat bo‘lib xizmat qiladi.

1999-2000-o‘quv yilida 0‘zbekiston jahon tillari universitetida xalqaro jumalistika fakultetining tashkil etilishi esa o‘zbek jumalis- tikasi tarixida muhim voqea bo‘ldi.

  1. 2007-yilar mobaynida' esa matbuot va so‘z erkinligiga doir amaldagi qonunlar tizimi qayta ko‘rildi va ular zamon talablari asosida yangi tahrirda qabul qilindi. 2006-yili 0‘zbekiston Respub­likasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun Oliy Majlis Senati tasdig‘idan o‘tdi. Axborot olish, saqlash, ishlash va tarqatish, elektron axborot tarqatish va undan foydalanishning huqu­qiy asoslari yaratilmoqda.§. 0‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi

0‘zbekiston tarixining mustaqillik yillari awalgi davrdan farqli o‘laroq aynan istiqlol tufayli yurtimizda inson huquqlari va erkin­liklari kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani bilan alohida ajralib turadi.
Awalo shuni aytish kerakki, bu 0‘zbekiston Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topdi. Unda eng oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson huquqi kafolatlab qo‘yildi. Konstitutsiyaning 13-moddasida «0‘zbekiston Respublikasida demokratiya umumin- soniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qad­riyat hisoblanadi», - deb belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning ikkinchi bo‘limi «Inson va fuqa­rolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb atalishining o‘zi Asosiy qonunning insonparvarligini ko‘rsatadi. Uning har bir moddasida fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari, shaxsiy huquq va erkinliklar fuqarolarning siyosiy huquqlari, ularning kafo- latlanishi o‘z ifodasini topgan.
0‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning barcha sohalarida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, hu­quqiy va boshqa munosabatlarda bir-birlari bilan teng huquqqa ega bo‘ldilar.
Ayrim shaxslaming foydalanishi lozim bo‘lgan imtyozlar qonun- da belgilanib, ular faqat ijtimoiy adolat prinsiplari asosida bo‘lishi ko‘rsatib qo‘yildi.
Ayniqsa, fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilishi yoki qilmas- ligi qonun bilan kafolatlanib, o‘zlarining ixtiyoriga berilgan bo‘lib, bu huquqlaming amalga oshirilishi me’yoriy qonunlar bilan mustah- kamlandi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (1998-y.) qonun bilan tartibga solindi hamda ularning daxlsizligi to‘la ta’minlanmoqda.
Istiqlol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, 0‘zbe- kistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafo­lati, e’tiqod, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta’lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya qi- linadigan bo‘ldi. Bu borada shuni ta’kidlash joizki, hozirgi qiyin va ziddiyatli bir paytda mamlakatimizning turli sarhadlariga yaqin joylarda urushlar ro‘y berib, qon to‘kilib, begunoh odamlar qurbon bo‘lib, sarson-sargardon kishilar ko‘payib borayotgan bir sharoitda 0‘zbekistonda inson uchun eng oliy ne’mat - yashash va osoyishta hayot kechirish huquqi to‘la ta’min etildi. Bir so‘z bilan aytganda xuddi ana shu murakkab yillarda 0‘zbekistonda umuminsoniy qad- riyatlaming ustuvorligi yanada mustahkamlanib, yangi demokratik jarayonlar odamlar ongi va qalbi orqali o‘tkazilib, hayotga tobora chuqurroq kirib bora boshladi.
0‘zbekistonda mustaqil davlatchilikning jahon andozalariga mos keladigan, eng ilg‘or tajribalar asosida vujudga kelgan zamo- naviy usullar joriy qilina boshlandi. Inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlashning huquqiy asoslari yaratilishiga kirishil- di. Xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyillarga asoslanib faoliyat ko‘rsatadigan yangidan-yangi huquqiy muassasalar tashkil etildi.
1991-2007-yillarda fuqarolarning huquqlarini aks ettiruvchi, hi­moya qiluvchi, ulaming turli sohalardagi faoliyatini tartibga soluv- chi 500 dan ortiq qonun va Parlamentning Qonunga tenglashtirilgan 1000 ga yaqin qarorlari tizimi vujudga keldi. Ikki mingdan ortiq Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan- ligi ayni ana shu tarixan juda qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar ko‘lamini ko‘rsatadi. Ulaming aksariyati fuqarolar haq-huquqini mu­hofaza qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va to‘la qaror toptirish asosida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy himoyalashni ta’minlashga qaratilgandir. Endi hamma gap ana shu qonunlar, qarorlar, farmon va farmoyishlaming hayotga to‘la tatbiq etilishiga, ulami og‘ishmay amalga oshirishda qolgan. Bu fuqarolar turli tabaqasi ma’naviy-axloqiy yetuklik darajasidan tortib, ulaming tub islohotlar mohiyatini chuqur anglashi, yangilanayotgan jamiyat tamoyillarini o‘zlashtirish va keng miqyosli siyosiy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli jarayondir.
0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng inson huquqlari bo‘yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar qo‘llayotgan tamoyil­larga sodiqligini namoyish etib kelmoqda.
Respublikada mustaqillik yillarida inson huquqi va erkinlik- lariga doir bir qator xalqaro hujjatlar tan olindi va ular xalq ora- sida targ‘ib qilina boshlandi. «Inson huquqlari umumjahon Dek­laratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt va fakultativ Bayonnoma» shular jumlasidandir. Ular hozirgi zamon jahon davlatchiligini va jamiyatni demokratlashtirish jara- yonida inson huquqlarini mustahkamlashning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ayni chog‘da 0‘zbekiston inson huquqiariga oid 30 dan ortiq asosiy Pakt va Konvensiyaga qo‘shilgan. Bu borada shuni aytish kerakki, 0‘zbekiston 1996-yilning aprel oyida BMT komissiyasiga siyosiy va inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro Pakt normalarini baja- rish borasida milliy ma’ruza matnini taqdim etdi.
0‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o‘z vakillarini saylash, o‘zini o‘zi boshqarish asosida, referendumlar o‘tkazish kabi demokratik huquqiy institutlar orqali qatnashadi, U o‘z siyosiy huquqlarini kasa- ba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, boshqa jamoat va ommaviy tashkilotlarda real ishtirok etish yo‘li bilan amalga oshirishi mumkin. Shuning uchun ham «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi» va boshqa jahon miqyosida tan olingan xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlardan kelib chiqib, Oliy Kengash 1991-yil IV sessiyasida «0‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi», «Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi» (1996-y.) Qonunlar qabul qilindi.
Jamoat tashkilotlari rolini oshirish, ular faoliyati samaradorligini ta’minlash asosida fuqarolami o‘z-o‘zini boshqarishga tayyorlash, mahalliy davlat organlari ishini asta-sekinlik bilan jamoat tashki­lotlari zimmasiga yuklashning o‘zi insonning yashash huquqini ka- folatlash, unga erkinlik berish, ozod turmush tarzini yaratishning debochasidir. 0‘zbekistonda mustaqillikning endigina bir yilligi nishonlangan pavtdayoq jamoa birlashmalari faoliyatini qonun bilan kafolatlash bu mamlakatimizda jahon andozalariga mos, ayni payt­da kelajakka qat’iy ishonch bilan qarayotgan, o‘z istiqbolini aniq ko‘rayotgan siyosat mavjudligini ko‘rsatadi.
Yuqorida zikr etilgan qonunlar fuqarolaming ajralmas huquqi hisoblangan jamoat birlashmalari tuzish, siyosiy partiyalarga birla- shish huquqlarini belgilab berdi.

  1. yil 30-avgustida qabul qilingan «Fuqarolaming huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shi- koyat qilish to‘g‘risida»gi Qonun ham inson huquq va erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini mukammallashtirishda muhim aha- miyatga egadir.

Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq davlat inson huquqlarini mu- hofaza etishga alohida e’tibor berganligi bejiz emas. Binobarin, ush­bu tushuncha rivojlangan demokratik davlatlarda oliy qadriyat sifati­da e’tirof qilib kelinmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov Oliy Majlisning 1996- yil 28-avgustida bo‘lib o‘tgan sessiyasida shu masalaga alohida to‘xtalib, «aavbatdagi muhim masala respublikamng qonun huj- jatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlar va stan- dartlarga muvofiq holga keltirishdir.
Jahonda inson huquqlari sohasida 70 standart qabul qilin­gan. Bu hujjatlarda hukumatning o‘z fuqarolari oldidagi maj- buriyatlari va ularga nisbatan qilishi shart bo‘lmagan ishlar bel- gilab berilgan. O‘zbekiston hozirda bu standartlardan 15 tasiga qo‘shilgan.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish