Uchinchi kitob


Yangi mafkuraning asl mazmuni - yangicha, erkin fikrlay- digan, mutelik



Download 57,25 Mb.
bet90/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Yangi mafkuraning asl mazmuni - yangicha, erkin fikrlay- digan, mutelik va jur’atsizlik tuyg‘usidan mutlaqo xoli, mustaqil insonni tarbiyalashdir». Milliy mafkurani ongimizga singdiruv- chi amaliy dasturni yo‘lga qo‘ymoq kerak», ~ degan fikmi ilgari surdi. Prezidentning bu ko‘rsatmasi asosida 0‘zbekiston Fanlar Aka- demiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi o‘z qarashlarini ishlab chiqdi va uni «0‘zbekistonda ijtimoiy fanlar» jumalida e’lon qildi.
Ko‘ppartiyaviylik sharoitida mafkuralar xilma-xilligi, g‘oyalar turlichaligi tabiiy hoi. Aksincha bo‘lishi mumkin emas. Bu jamiyati- mizda sog‘lom fikrlar yashovchanligining qonuniy va amaliy ifoda- sidir. Har bir fuqaro mustaqilligi va shaxs erkinligi asosida ulaming o‘z qarashlariga mos holda ma’lum bir ijtimoiy guruhlar atrofida birlashib yashashi huquqiy demokratik davlatning barkamollik da- rajasidir. Ana shu xilma-xil g‘oyalami umumxalq va umumdav- lat manfaatlari yo‘lida birlashtiruvchi milliy istiqlol mafkurasi dir. 0‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashining

  1. yil 27-dekabrida bo‘lib o‘tgan IX plenumida mazkur masala keng muhokama qilindi. Partiyaning milliy istiqlol mafkurasi doira­sida o‘z qarashlari va nuqtayi nazari asosidagi nusxasi qabul qilindi. Bu hujjat uning barcha quyi tashkilotlariga o‘rganish va hayotga tat­biq etish uchun tarqatildi.

Milliy istiqlol mafkurasiga doir fikrlar nafaqat XDPda, balki barcha jamoat tashkilotlarida, ilmiy va o‘quv muassasalarida, siyosiy harakatlarda ham keng muhokama qilindi. Uni butun choralar bilan hayotga tatbiq etish choralari ko‘rildi.
Mustaqillik - mustaqil yashash, mustaqil fikrlash, mustaqil intilish imkoniyatidir. Bu bevosita ong va tafakkur bilan bogliq bo‘lgan, doimiy rivojlanib, shakllanib boradigan harakatdagi hodisa.
Demak, milliy ong ta’sirida milliy g‘oyalar yaratiladi. Ana shu g‘oyalar asosida milliy mafkura, milliy dunyoqarash shakllanadi.
Milliy g‘oya, O‘zbekistonning mustaqillika erishishi haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, tarixiy, badiiy va diniy qarashlar majmui, xalqni kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g‘oyaviy qurol, barcha toifa kishilarini shu maqsad yo‘lida bir- lashtiruvchi g‘oyat qudratli ma’naviy omil hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib:

  • 0‘zbekistonning mustaqillikka erishishini tarixiy muqarrar ja- rayonligini ko‘rsatish;

  • Yangi Konstitutsiyada qonunan maqsad qilib qo‘yilgan ado­latli, demokratik, fuqarolik jamiyat haqida ilmiy-nazariy qoidalami ishlab chiqish;

  • 0‘zbekistonning kelajagiga ishonch va kishilarda yangi ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashni shakllantirishni milliy g‘oyaga asos bo‘luvchi qarashlar deyish mumkin. Biroq, yuqorida keltirilganlar jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, ayrim siyosatshunoslaming milliy istiqlol mafkurasi xususidagi nuqtayi nazarlari va shaxsiy qa- rashlari edi, xolos. Hali asl ma’noda istiqlol mafkurasining nazariy jihatdan, uning amaliy tomonlari dastur shaklida, qo‘llanma sifatida yetarlicha ochib berilmagan edi.

Milliy istiqlol mafkurasining nazariy jihatlari Prezident I.A. Karimovning, ayniqsa, keyingi yillardagi nutq va risolalarida atrof- licha yoritib berildi. Xususan, 1995-yil 24-fevralida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida «0‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» mav- zuyida keng qamrovli ma’ruza qildi.
Awalo ushbu risola o‘zining nazariy jihatdan puxta, rivojlani- shimizga doir amaliy taklif va mulohazalarga boy qo‘llanmaliligi bi­lan xarakterlidir. Darhahiqat, kitobchada mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi, bugungi ijtimoiy siyosiy hayotga tav- sif beriladi, ichki va tashqi siyosatga doir vazifalar oydinlashtiriladi. Bir so‘z bilan aytganda xalqimiz XXI asrga qanday o‘tadi, degan sa- vollarga aniq javob beriladi. Shuning uchun ham ushbu nutq siyosiy hayot uchun dasturiy hujjat, amaliy faoliyat uchun qo‘llanma bo‘ldi.
Bir so‘z bilan aytganda ana shu sessiyada so‘zlangan nutq biz- ning qariyb to‘rt yil mobaynida to‘plangan tajribalarimizni to‘plab, davlat siyosatining taktika va strategiyasini aniq-ravshan belgilab berdi. Milliy istiqlol mafkurasining asl o‘zagini, butun mazmun- mohiyatini, ko‘lami va miqyosini ko‘rsatib berdi.
Mustaqillikning to‘rt yilligi arafasida jamoatchilik yana bir sovg‘a oldi. I.A. Karimovning «0‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» kitobi nashrdan chiqdi. Bir-biri bilan uz- viy bog‘langan, bir-birini mantiqiy jihatdan davom ettiradigan ushbu monografiya «Iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining yakunlari va saboqlari» hamda «Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining vazifa- lari va ustuvor yo‘nalishlari» kabi qismlardan iborat. Mazkur asarda yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiya­tini barpo etishga, inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoi- tini vujudga keltirish, jamiyatni ma’naviy-axloqiy jihatdan yangilash va taraqqiy ettirishning nazariy hamda amaliy negizlarini belgilab berish tamoyillari ishlab chiqildi.
Asar o‘zining hayotiy faoliyatini Vatanimizning mustaqilligini mustahkamlashga bag‘ishlagan har bir fuqaroni: u olim bo‘ladimi, ishchi-xizmatchi yoki dehqon bo‘ladimi, o‘z ishiga mas’uliyat bilan qarashga, o‘z faoliyatini tahlil qilish, hayotiy saboqlar chiqarish m- hida tarbiyalaydi.
Bugungi kunda ushbu kitob jahonning ko‘p mamlakatlari- da nashr etildi, o‘nlab tillarga taijima qilindi. Uni dunyo xalqlari o‘rganayotganligi asaming ilmiy qiymati naqadar yuksakligini ham nazariy, ham amaliy xulosalari qator mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yangi yo‘nalish yuz berayotganini ko‘rsatadi.
Mavzuga doir fakt
Islom Karimov kitobi arab tilida
1996-yilning 8-aprelida Saudiya Arabistoni Podshohligi poy- taxti Arriyod shahrida bo‘lib o‘tgan Prezident Islom Karimovning «0‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» kitobi arabcha nashri taqdimnomasi ham ana shu qiziqish va xayrixohlik- ning amaliy samarasi bo‘ldi.
Ushbu taqdimnoma ikki jihati bilan alohida diqqatga sazovordir. Ma’lumki, Islom Karimovning qator kitoblari ingliz, fransuz, koreys, ms va boshqa xorijiy tillarga taijima qilinib mustaqil 0‘zbekistonni, lining iqtisodiy imkoniyatlarini keng dunyoga tanitish uchun xizmat qilmoqda.
Lekin qariyb 250 million aholiga ega arab dunyosi mamlakati­mizda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar ha­qida bevosita ilk manbalardan axborot olish imkoniyatiga to‘la ega bo‘lmagan edi. Bu esa, arab ishbilarmonlarining mamlakatimiz ha­qida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishiga qaratilgan tabiiy intilishi yo‘lida g‘ov bo‘lib kelayotgan edi.
Taqdimnomaning ikkinchi ahamiyatli jihati shundaki, nafaqat arab dunyosi, balki umuman musulmon olami ichra alohida nufuzga ega mamlakat, Makka va Madina kabi muqaddas shaharlar joylash- gan mo‘tabar zamin - Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tdi. Bu esa 0‘zbekiston Respublikasi va mamlakatimizga ko‘rsatilayotgan yana bir alohida hurmat va e’tibor belgisidir.
Prezidentning «0‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashti­rish yo‘lida» kitobi Bayrutdagi «Sharikat al-matbuot lit tavzi’ van nashr» nashriyoti tomonidan arab tilida chop etildi. Noshiming ki- tobdan o‘rin olgan kirish so‘zida uning mazmun va mohiyati ham­da ruhiyati yaxshi aks etgan. Jumladan, unda quyidagi so‘zlar bor: «Ushbu kitob o‘z yurtini cheksiz sevguchi fuqaro, islohiy yuksalish- ning eng mayda tafsilotlari haqida ham qayg‘uruvchi davlat arbobi hamda islohotlar haqida nazariy fikr yuritib, ulami chin dildan hi­moya etayotgan Q‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov janobi oliy lari qalamiga mansub.
Kitob istiqloldan oldingi voqelik, mustaqillikni qo‘lga kiritgan yosh respublika oldida paydo bo‘lgan qiyinchiliklar haqida hikoya qilib, o‘zbek xalqi respublika rahbariyati boshchiligida mamlakat va uning imkoniyatlariga mos bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgan islohotlar orqali o‘z vatanining yuksalishini ta’minlashga erishayot- ganini aks ettiradi.
Mazkur kitob o‘xshash vaziyatni boshdan kechirayotgan har bir xalq, bo‘hronga duch kelgan har qanday millat, qiyinchiliklami yen- gib o‘tish yo‘llarini izlayotgan har qanday jamiyat uchun foydali darsdir».

  • * *

Xullas, Prezident I. Karimov bir qator asarlarida ilgari surilgan qoida va qarashlari bilan dastlabki yillarda ma’naviy hayotda yuz bergan mafkuraviy bo‘shliqni to‘ldirdi, milliy istiqlol mafkurasining nazariy zaminini yaratdi. Qolaversa, jahon miqyosida mustaqillik harakati nazariyasi va amaliyotiga munosib hissa qo‘shdi. Shu bois ham, I. Karimov bugungi kunda nafaqat 0‘zbekistonda, balki ja- honda yirik siyosatchi, katta davlat arbobi, hozirgi zamonda jahon ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotida jamiyatni tubdan isloh qilishning ta- shabbuskori va tashkilotchisi sifatida tanildi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish